Forwarded from KHISO xalqaro maktabi (Jamoliddin)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Istalgan sohadagi muvaffaqiyat matematika va uni toʻgʻri oʻqitilishi bilan bogʻliq" - Karim Rahimov
🎯 Farzandingiz kelajagi uchun toʻgʻri tanlov qiling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍48🔥15👏5🏆3
--sen nega ko'p narsalarni baykot qilgansan?
--kel 1 so'mdan yig'ib yosh bolalar ustiga bomba yog'dirayotgan terrorist davlatga beramiz va ular bomba olib yosh bolalarni o'ldirishda davom etadi.
--jinnimisan?
--jinnimasman; va shuning uchun ham 1 so'mim ham shularga bormasin uchun qo'limdan kelgancha boykot qilaman...
@karimraximov

💯92👍57🔥15👏4🏆3
Ustozlik qilish, muallim bo'lish masuliyatli bir vazifa hisoblanadi. Ushbu mas'uliyatli vazifani halol va beminnat bajarayotgan ustozlarni bugungi bayram bilan tabriklayman!
Undan tashqari barcha shogirdlarimga tabrik uchun minnatdorchilik bildirib, Allohdan ilmlarini ziyoda qilishini tilab qolaman.

🔥132👍58👏10⚡8💯6
Uzbekistan Math Competition for University Students
2025-yil iyun oyi oxiri(25-30 iyunlar)da xalqaro darajadagi olimpiada mutaxassislari bilan birga universitet talabalari uchun yangi olimpiada tashkil qilishni rejalashtirayapmiz. Olimpiadani xalqaro darajada tashkil qilinishi rejalashtirilayapti. Unda 2 kun 5 tadan masala va har bir kun uchun 5 soatdan vaqt beriladi. Appelyatsiya uchun yana bir kun ajratiladi.
Hozircha qatnashishga masala tanlashda va hakamlik qilishga rozi bo'lgan chet eldagi mutaxassislarimiz:
Abror Pirnapasov (University of Maryland, USA)
Hakimboy Egamberganov (National University of Singapore)
Tolibjon Ismoilov (Scuola Internazionale Superiore di Studi Avanzati, Italia)
Shohzod Quroqboyev (KU Leuven, Belgium)
Jasurbek Imomov (National University of Singapore)
Lazizbek Abdullaev (National University of Singapore)
Shoxrux Ibragimov (University of Münster)
Nodirbek G'afforov (National University of Singapore)
Yana boshqa olimlarimizdan javob kutayapmiz.
Ushbu musobaqada qatnashsangiz, siz eng kamida xalqaro tajribaga ega bo'lgan ajoyib olimlar suhbati va tavsiyalarini olish imkoniga ega bo'lasiz.
Olimpiadaga homiylik qilmoqchi bo'lganlarni biz bilan @univolimp2025 orqali aloqaga chiqishlarini kutib qolamiz!

👍87🏆20🔥13
Karim Raximov
Uzbekistan Math Competition for University Students 2025-yil iyun oyi oxiri(25-30 iyunlar)da xalqaro darajadagi olimpiada mutaxassislari bilan birga universitet talabalari uchun yangi olimpiada tashkil qilishni rejalashtirayapmiz. Olimpiadani xalqaro darajada…
Bu olimpiada bo'yicha ko'pchilik qiziqish bildirib yozayapti, qiziqishingiz uchun rahmat. Tez orada olimpiada sayti, qaysi universitetda o'tkazilishi(hali o'tkaziladigan joy noma'lum), registratsiya uchun talablar, va olimpiada dasturi to'liq e'lon qilinadi.
@karimraximov
@karimraximov
👍60🔥11💯5⚡4🏆3
Karim Raximov
Uzbekistan Math Competition for University Students 2025-yil iyun oyi oxiri(25-30 iyunlar)da xalqaro darajadagi olimpiada mutaxassislari bilan birga universitet talabalari uchun yangi olimpiada tashkil qilishni rejalashtirayapmiz. Olimpiadani xalqaro darajada…
π olimpiadasi!
V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika Instituti, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti va TIFT Universiteti tashkilotchiligida 2025-yilning 26-29 iyun kunlari Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida matematika bo'yicha talabalar o'rtasida xalqaro darajadagi olimpiada bo'lib o'tadi.
Olimpiada tartibi:
1. Olimpiadada 2 kun 5 tadan masala beriladi, har kungi masalalarni yechish uchun talabalarga 5 soatdan vaqt ajratiladi. Har bir masalaga 10 balldan ball beriladi.
2. Olimpiadaga qatnashishda jamoaviy ro'yxatdan o'tiladi. Bir jamoada jamoa rahbari va 6 tagacha talaba bo'lishi mumkin. Olimpiadada alohida o`zingiz ham qatnashsangiz bo`ladi.
3. Appelyatsiya jarayonida talabalar umuman aralashmaydi, barcha appelyatsiya jarayonlarida jamoa rahbarlari shogirdlari ishlarini himoya qiladi.
4. Olimpiadada 1-4 kurs bakalavr talabalari va magistratura bosqichi 1-kurs talabalari qatnashishi mumkin.
Hozircha Jamoa rahbarlari olimpiadada ro'yxatdan o'tishlari mumkin. Deadline 14-mart 2025(π day). Keyinchalik talabalar uchun ro'yxatdan o'tish ochiladi. Tezroq jamoangizni tuzing va jamoa sifatida ro'yxatdan o'ting!
Olimpiada ro'yxatdan o'tish va olimpiada haqida to'liq ma'lumotni quyidagi saytdan olishingiz mumkin: https://sites.google.com/view/uzmc

Google
Akademik Sadullayev olimpiadasi
Olimpiada dasturi
👍69🏆15🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Abdulxoliq G'ijduvoniy yurti bo'lgan men tug'ilgan G'ijduvon aholisida matematika faniga umuman olganda ilmga bo'lgan qiziqish juda ham yuqori. Yaqin yillarda G'ijduvon hokimi Sherzod Raximovich bu qiziqishga rag'batlantirishni va ta'limga bo'lgan e'tiborni boshqa bosqichga olib chiqdi deb o'ylayman(yaqinda o'tkazilgan Buxoro ochiq olimpiadasida masalalarni shaxsan hokimning o'zlari yechib tahlil qilib berishlari bunga yaqqol bir misol).
Yaqinda Khiso jamoasi bilan G'ijduvonda Buxoro ochiq olimpiadasini o'tkazdik. Bundan keyin G'ijduvon hokimiyati va Khiso hamkorligida Buxoro ochiq olimpiadasi G'ijduvonda regulyar yo'lga qo'yiladigan bo'ldi. Bu albatta juda ajoyib.
Yoshlarga doimiy o'zlari ustida ishlab ushbu olimpiadalar orqali bilimlarini sinab borishlarini tavsiya beraman. Unutmang natijaga bir kunda erishilmaydi, natijalar doimiy mehnat ortidan keladi.
G'ijduvon deganda insonlar miyasiga birinchi shashlik emas Olimlar kelmaguncha qattiq ishlashimiz kerak.

👍80🔥23👏18💯10⚡4
4 yoshli bola kechqurun ota-onasi va opa ukalari bilan uxladi, ko'zini ochdi juda qattiq og'riq his qilgan, tanasini nazorat qilolmaydi, o'zi shok holatida.... Qanchadir vaqtdan keyin uni bomba tushib yer bilan yakson qilingan uyi xarobalaridan qazib olishdi. U oilasidan to'liq ajralgandi undan boshqa hech bir oilasi azosi tirik qolmagan. Bir o'zi qoldi... Uni shofixonaga olib borishdi. 1-2kundan keyin shifoxonani ham bombalashdi, u yerdan ham omon qolgan bola bir oyog'ini yo'qotdi...
Afsuski bu shunchaki qo'rqinchli ertak emas, bunga o'xshash juda juda ko'plab voqealar ko'z o'ngimizda Falastinda ro'y berdi va biz hech nima qilolmadik.
Umid qilamanki tuzilgan sulhdan keyin Falastindagi qirg'in haqiqatdan tugaydi va endi Falastindagi bolalar bomba ovozidan emas sog' omon uyquga to'yib uyg'onadi.
#freepalestine

🔥122👍47💯17⚡15👏10
ChatGPT vs DeepSeek, Round 1
Chatgpt va DeepThink(R1) ikkalasiga universitet olimpiadasidan ikkita soddaroq matematik masala berdim. Birinchi masala holatlarga bo`linadigan ketma-ketlik limiti edi, Chatgpt bitta holatni tahlil qilmasdan qoldirib ketdi va javob to`kis chiqmadi. DeepSeek esa masalani to`liq yechdi. Ikkinchi masala Matritsalar bo`yicha edi, Chatgpt yecholmadi va umuman olganda xato mulohaza qildi(20 balldan 0 ball). DeepSeek ham xato ishladi lekin bitta holni topdi (20 balldan 1 ball). Tahlil qilishdan shuni angladimki, Ikkala SI ni masalalarni tahlil qilishidagi farqlar ko`p va yondashuv boshqa boshqa. Demak DeepSeek yaratuvchilari ushbu SIni yaratishda boshqa nuqtai nazardan qarashganga o`xshaydi va ayrim jabhalarda chatgptdan effektivroqqa o`xshayapti.
Biz O`rta Osiyo xalqlari aslida hammamizniki bo`lgan allomalarimizni seniki-meniki qilmasdan birlashib tezroq o`zimizni suniy intellektimizni yaratmasak allomalarimiz tugul o`zimizga egalik qilolmay qolamiz bu ketishda.

👍114💯26🔥8🏆8⚡5
Karim Raximov
ChatGPT vs DeepSeek, Round 1 Chatgpt va DeepThink(R1) ikkalasiga universitet olimpiadasidan ikkita soddaroq matematik masala berdim. Birinchi masala holatlarga bo`linadigan ketma-ketlik limiti edi, Chatgpt bitta holatni tahlil qilmasdan qoldirib ketdi va…
Alibabaning Accio sun'iy intellektini ishlatib ko`rdim. Juda ajablanarlisi, bu SI yuqoridagi ikkala masalani ham to`liq va tez ishladi. Bu Chatgpt va DeepSeekdan ham ancha kuchli ekan....
-------
Savol: Bizda ilm hozirgi eng ilg`or holatdan qancha ortda?
Chatgpt: Ha sizlar orqadasizlar tezyurar mashinaga minib yetib olinglar...
DeepSeek: Ortdasizlar, samolyotda yetib olinglar...
Accio: Hozirgi yurishlaringizda Raketaga chiqsalaringiz ham yetolmaysizlar...

😁157👍19⚡13🔥11💯5
Bugun ertalab bir shogirdimiz eng top universitetlardan biri bo'lgan Stanford Graduate School of Business phd dasturiga qabul qilinganini yozdi. Bu albatta insonni juda xursand qiladi. Qani endi shunday xabarlarni har kuni olib tursang.
O'zi ozgina yordamimiz tekkan bo'lsa ham insonni katta ish qilib qo'ygandek xursand qildirdi! Barakalla Abdumalik Alloh ilmingizni ziyoda qilsin!!!

👍130🔥26👏9⚡5🏆5
Belgiyaning yuqori reytingdagi universiteti PhD dasturida tahsil olayotgan ajoyib shogirdimiz Quroqboyev Shohzod quyidagi
https://www.fatemehmohammadi.com/joining-my-group
PhD dastur ochiqligini va unga magistraturani 2 kursidagilar yoki magistr diplomiga ega bo'lajak matematiklar topshirishi mumkinligini yoshlarga yetkazishimni so'radi.
Sohalar:
Applied algebraic geometry
Combinatorial algebraic geometry
Computational algebraic geometry
Stipendiya 2500 euro atrofida!

👍68🔥10🏆6⚡2
Matematikaga oid kitob yozmoqchi bo'lganlar Latex muhitida ishlashni bilishsa va latexda kitob yozishsa juda chiroyli chiqadi. Umuman olganda matematiklar(ya'ni matematikadan ilmiy ish qiladiganlar) latexni bilishi shart. Misol uchun ChatGPT yoki DeepSeekga murakkab matematik masalalarni latex kodida yozib bersangiz ularni tushunishi oson bo`ladi va javoblari ham yaxshiroq chiqadi. Bizda latex muhitida ishlaydigan ilovalar juda kam, deyarli yo'q ham, ko'pchilik ilovalarda formulalarni rasm qilib tashlaydi va shaxsan menga bu yoqimsiz.
Ajoyib shogirdim Behzod Qurbonboyev latex muhitida ishlaydigan ilovani ishlab chiqibdi:
https://play.google.com/store/apps/details?id=ttt.org.uz
Siz ushbu ilovada maktab testlaridan tortib universitet olimpiadasi savollarigacha topishingiz mumkin. Telegram kanal:
@ttt_org_uz
Ilova ma'lumotlar bilan to'ldirib borilmoqda. Ishonamanki bu ilova yoshlar uchun juda foydali bo'ladi.

👍60🔥6👏6⚡4🏆3
Barchangizga kirib kelgan Ramazon ayyomi muborak bo'lsin va bu barokatli oydan unumli foydalanish nasib etsin.
@karimraximov
@karimraximov
👍145🔥30⚡13👏4🏆4
Talabalar o'rtasidagi Pi-olimpiadasiga ro'yxatdan o'tish davom etadi!
Ushbu olimpiadada siz
-Akademik ustozlar bilan suhbatlar va master-klasslar;
-Xalqaro darajadagi yosh olimlar bilan uchrashuv va tavsiyalar;
-IMC formatidagi olimpiada;
-Tavsiyanomalar olish imkoniyati;
va boshqa sovg'alar kutmoqda. Ro'yxatdan o'tishni unutmang. Hozircha jamoa sardori ro'yxatdan o'tishi mumkin.
https://sites.google.com/view/uzmc

⚡22👍15💯1
Forwarded from Nodirbek Gafforov
GRAID dasturi.
Rivojlanayotgan mamlakatlardagi matematika sohasida ilmiy ish qilayotgan guruhlarni qo'llab quvvatlash uchun XALQARO MATEMATIKA BIRLASHMASI(IMU) grant e'lon qiladi.
Bu grant tartibi:
Ilmiy guruhdagi o'qituvchi magistratura yoki doktoranturada o'qiyotgan o'quvchisini(shu guruh a'zosini) grantga tafsiya qiladi. Bu o'qituvchini o'zi universitet professori bo'lishi va PhD darajasiga ega bo'lishi talab qilinadi.
Bu grantni O'zbekistonda magistratura yoki PhD qilayotgan talabalar ham yutish imkoni bor.
Bu grantni yutsa:
O'zbekistonda boshqa ish qilmasdan magistratura yoki PhD o'qishga yetadigan qilib oylik to'lab turadi.
IMU shu ilmiy guruh yo'nalishiga qarab chet ellik kuchli mutaxassislar bilan aloqa o'rnatishga va birga ilmiy ish qilishga ham yordam beradi.
Deadline: May 15, 2025 (23:59 CET).
To'liq ma'lumot uchun link: https://www.mathunion.org/cdc/scholarships/graduate-scholarships/GRAID
@nodiribnmuzaffar

👍37😁2⚡1🔥1
Sen ratsional emassan, irratsionalsan, buni bilish uchun necha necha matematiklar umrini senga bag`ishladi. Seni verguldan keyingi sonlaringni topish uchun qanchadan qancha matematiklar doiraga ichki va tashqi ko`pburchaklar chizib yuzalarni solishtirdi. Seni yetarlicha aniqlikda topish uchun 2^62-burchakni yuzi bilan ishlashlariga to`g`ri keldi. Lekin Nyuton seni yetarlicha aniqlikda topishning eng yaxshi usuli bo`lgan qatorni integrallash usuli bilan seni aniqlashni o`ylab topdi va Matematik analiz rivojlanishiga katta poydevor qo`ydi. Hozir kompyuterlar seni verguldan keyingi millionlab raqamlaringni topyabdi, lekin bu ham seni to`liq anglash imkonini bermaydi, sen takrorlanmassan. Bugun sening kuning (03.14), lekin o`zing bilmaysan janob π=3.14159265...
Xalqaro matematiklar kuni bilan barchani tabriklayman, doimo π sonidek muhim, murakkab va o`rganilishga arziydigan bo`lib yuring!

👏141🔥46👍38😁17💯6
100 yillik ochiq masala, Kakeya muammaosini 1991 yilda tug`ilgan Xitoylik matematik qiz hal qildi!
Kakeya masalasi tushunishga juda oddiy. 3 o`lchamli Dekart koordianalatalar sistemasini olsak (matematiklar buni R^3 deb atashadi) va parallel to`g`ri chiziqlarni oila sifatida qarasak juda ko`p oilalar hosil bo`ladi.
Ochiq masala quyidagicha edi: Kakeya to`plamning (Xaussdorf) o`lchami maksimal? Ya'ni R^3 da 3, R^2 da 2 va R^n da n mi?
Bu masala bilan juda ko`p mashhur matematiklar ishlagan. Misol uchun mashhur matematik Terence Tao hammuallifi bilan 2002-yil Kakeya to`plamlarini o`lchami (2-\sqrt{2})(n-4)+3 dan katta ekanligini isbotlagan.
Yaqinda Xitoylik matematik Hong Wang va uning hammuallifi Joshua Zahl ushbu 100 yillik ochiq masalani n=3 holatida hal qilishganini e'lon qilishdi.
Ma'lumot uchun Wang quyidagi top universitetlarda tahsil olgan:
- Pekin universitetida (Bakalavr)
- Paris-sud universitetida (Magistratura)
- MIT da (PHD)
Shu o`rinda savol tug`iladi, nega bizdan shunday yoshlar chiqmayapti?
Ta'lim olishi zarur bo`lganlar eng asosiy vaqtini ta'lim berish bilan sarflasa qanday bizda bu darajadagi matematiklar chiqsin? Qiynalsa ham, buxanka yeb bo`lsa ham ilm olish kerak va yuqoriga intilish kerak.

Agar K to`plam har bir oilaning biror to`g`ri chizig`i bilan kesishganda uzunligi 1 ga teng bo`lgan kesmani o`zida saqlasa, bu to`plamga Kakeya to`plami deyiladi.
Ochiq masala quyidagicha edi: Kakeya to`plamning (Xaussdorf) o`lchami maksimal? Ya'ni R^3 da 3, R^2 da 2 va R^n da n mi?
Bu masala bilan juda ko`p mashhur matematiklar ishlagan. Misol uchun mashhur matematik Terence Tao hammuallifi bilan 2002-yil Kakeya to`plamlarini o`lchami (2-\sqrt{2})(n-4)+3 dan katta ekanligini isbotlagan.
Yaqinda Xitoylik matematik Hong Wang va uning hammuallifi Joshua Zahl ushbu 100 yillik ochiq masalani n=3 holatida hal qilishganini e'lon qilishdi.
Ma'lumot uchun Wang quyidagi top universitetlarda tahsil olgan:
- Pekin universitetida (Bakalavr)
- Paris-sud universitetida (Magistratura)
- MIT da (PHD)
Shu o`rinda savol tug`iladi, nega bizdan shunday yoshlar chiqmayapti?
Ta'lim olishi zarur bo`lganlar eng asosiy vaqtini ta'lim berish bilan sarflasa qanday bizda bu darajadagi matematiklar chiqsin? Qiynalsa ham, buxanka yeb bo`lsa ham ilm olish kerak va yuqoriga intilish kerak.
@karimraximov
👍122🔥24💯12😁6🏆4
Yaqin do'stim Sentyabrdan Princetonda ish boshlaydigan ajoyib matematik Abror Pirnapasov bilan avvalgi loyihamiz zoominarni asta-sekin tiklamoqchimiz. Nasib qilsa navbatdagi zoominarimiz zoom orqali kelayotgan Dushanba kuni, 24-mart, soat 15:20da bo'lib o'tadi.
Mavzu: Bakalavriatdagi ta'lim va undan keyin O'zbekiston va G'arb! (Solishtirishga harakat qilib ko'ramiz)
Barcha qiziqqanlar qatnashishi mumkin. Zoomlink zoom boshlanishidan 15 daqiqa oldin e'lon qilinadi.
*vaqt o'zgardi

👍125🔥35💯7⚡6🏆5