Bugun soat 14:15larda Fikratda matematika bo'yicha ko'rsatuvlar davom etadi! Ajoyib matematiklarimizdan biri Marks aka Ro'ziboev "Kundalik matematika: Determinizm va xaos" mavzusida suhbat olib boradilar:
https://www.youtube.com/live/E5NiBJdlbjk?si=JKDs-Mzwi032tJdK
@karimraximov

👍27🔥7⚡1
Ertaga Singapur milliy universitetidagi oxirgi ish kunim. NUS dagi jamoamiz bilan bugun ajoyib kun o'tkazdik. Singapurdagi ilmiy ishlarga omad tilayman yoshlar: Hakimboy, Hakimjon, Laziz, Shohruh!
Do'stlar(Singapurdagi) bilan xayrlashish uncha yoqimli hissiyot emas, sog'inganim oilam va (O'zbekistondagi) do'stlar bilan qaytadan ko'rishish ishtiyoqi esa ajoyib hissiyot.
Alloh nasib qilsa bundan keyin O'zimizda, qo'ldan kelgancha O'zimizga(O'zbekistonga) xizmat qilishga harakat qilaman.

🔥135👍76💯8👏7⚡2
Assalomu aleykum hammaga! Bugundan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Matematika instituti da yetakchi ilmiy xodim sifatida yangi ish boshladim. Alloh xayrli qilsin. Nasib bo`lsa rejalar juda katta:
1. Hamkasblar bilan birga 3-kurs va undan yuqori(magistr phd)lar uchun jahon darajasidagi maxsus kurslar tashkil qilish(tez orada e'lon qilamiz).
2. 1-2 kurs talabalari uchun regulyar haftalik olimpiadalar tashkil qilish.
3. Riemann gipotezasi va hozirgacha bo`lgan natijalar bo`yicha maxsus seminar tashkil qilish.
4. Fizika bo`yicha ham rejalarimiz bor uni ozgina vaqtdan keyin boshlaymiz.
va boshqalarini yo`l-yo`lakay e'lon qilib boramiz. Yoshlar faol bo`lishga harakat qilinglar!

👏161👍47🔥16⚡12🏆5
Maxsus kurslar:
3-4-kurs bakalavr talabalari, magistrlar va doktoranturada tahsil olayotganlar uchun hozircha 4 ta maxsus kurs tashkil qilindi:
1. Algebraik topologiya---haftaning har Shanba kuni soat 13:30 da matematika instituti 105-xonasida
2. Abstrakt algebra---haftaning har Chorshanba kuni soat 15:00 da matematika instituti 105-xonasida
3. Ergodiklik nazariyasi I---haftaning har Payshanba kuni soat 14:00 da matematika instituti 105-xonasida
4. Differensial topologiya---haftaning har Juma kuni soat 14:30 da matematika instituti 105-xonasida!
Yuqoridagi kurslar haqida ma'lumotlar va kurslar videomateriallarini @maxsuskurslar telegram kanalida xabar berib boriladi!
Musobaqalar va Olimpiadalar!
3-kursgacha bo'lgan talabalar uchun nazariy musobaqalar va olimpiadalar tashkil qilindi. Tayyorlov olimpiadalari haftaning har shanba kuni onlayn tarzda o'tkaziladi.
Ushbu musobaqalar va olimpiadalar haqida ma'lumotlar @matinstcomp telegram kanalida berib boriladi!

👍55 12🔥10👏1🏆1
ICTP Diploma dasturiga hujjatlar qabuli davom etayapti!
O`zbekiston matematik va fizik (va boshqa sohalar, quyidagi linkdan tanishing) talabalari uchun yaxshi dastur bo`lgan ICTP diploma dasturi navbatdagi akademik yil uchun hujjatlar qabul qilishni davom ettirayapti. Bu dastur Yevropa universitetlari phd dasturlariga tom ma'noda ko`prik vazifasini o`tuvchi dastur bo`lib ko`pgina o`zbek olimlari shu dasturni muvaffaqqiyatli tamomlab Yevropa va Amerikaning bir qator yuqori darajali universitetlarida PhD grandlarini yutishgan. Ushbu dasturga bakalavr bosqichi 4-kursida tahsil olayotgan yoki tugatgan talabalar yoki magistraturada tahsil olayotgan yoki bitirganlar topshirishi mumkin. Topshirish uchun link:
https://www.ictp.it/news/2024/2/call-applications-postgraduate-diploma-programme
Deadline 15-mart.

👍37🔥6⚡1🏆1
O'zbekistonga kelganimga 1 oydan oshdi. Chetda ko'p yurganimdanmi yaqingacha o'zimni haliyam O'zbekistonda emas chetdadek his qilib yurgandim, ko'nikish qiyin bo'layotgandi. Bugun jamoamiz bilan qizg'in ilmiy seminar qilib turganimizda eshik ochilib "doskalatta olsam bo'ladimi" deb so'rab kelishganda o'zimni haqiqiy ma'noda O'zbekistonda his qildim😂.
@karimraximov
@karimraximov
🤣289😁24👍13🏆5👏2
Sen ratsional emassan, irratsionalsan, buni bilish uchun necha necha matematiklar umrini senga bag`ishladi. Seni verguldan keyingi sonlaringni topish uchun qanchadan qancha matematiklar doiraga ichki va tashqi ko`pburchaklar chizib yuzalarni solishtirdi. Seni yetarlicha aniqlikda topish uchun 2^62-burchakni yuzi bilan ishlashlariga to`g`ri keldi. Lekin Nyuton seni yetarlicha aniqlikda topishning eng yaxshi usuli bo`lgan qatorni integrallash usuli bilan seni aniqlashni o`ylab topdi va Matematik analiz rivojlanishiga katta poydevor qo`ydi. Hozir kompyuterlar seni verguldan keyingi millionlab raqamlaringni topyabdi, lekin bu ham seni to`liq anglash imkonini bermaydi, sen takrorlanmassan. Bugun sening kuning (03.14), lekin o`zing bilmaysan janob π=3.14159265...
Xalqaro matematiklar kuni bilan barchani tabriklayman, doimo π sonidek muhim, murakkab va o`rganilishga arziydigan bo`lib yuring!

Ozginadan keyin Fikrat dasturida Fraktallar haqida gaplashamiz:
https://www.youtube.com/live/Igh0gckoZ80?si=q0bWgNDW_0gG6f-a
@karimraximov
https://www.youtube.com/live/Igh0gckoZ80?si=q0bWgNDW_0gG6f-a
@karimraximov
👍43 19🔥12🏆4⚡2
Inson uchun oddiy lekin robot uchun murakkab!
Bilasizmi kundalik hayotda inson miyasi murakkab darajadagi matematikaga tayanib ishlaydi, lekin insonning o`zi buni uncha his qilmaydi. Eng sodda misol:
Barchamiz katta yo`llarni kesib o`tganmiz, ayniqsa bizda odatiy hol bo`lgan svetofor ishlamay qolganda bu ishni amalga oshirish ancha diqqat talab qiladi, lekin inson odatda vaziyatni tez tahlil qiladi va o`zi uchun optimal vaqt topib yo`lni kesib o`tadi. Aynan shu vaziyatda robot shu ishni bajarishi uchun nima qilishi kerak bilasizmi? U yo`lni kesib o`tishdagi optimal vaqtni topish uchun xususiy hosilali differensial tenglama yechishiga to`g`ri keladi, bu esa oddiy hisob kitob emas, bu murakkab darajadagi matematika.
Inson bu o`zini haligacha to`liq anglay olmagan bir mo`jiza. O`zimizni oz bo`lsada anglay olish undan tashqari dunyoda o`z o`rnimizni munosib egallash uchun kompleks bilim kerak bo`ladi, bu uchun esa ilm olishdan, murakkab bo`lsada yuqori darajadagi aniq fanlarni o`rganishdan to`xtamaslik kerak. O`zimiz o`rgana olmasak ham hech bo`lmaganda shu fanlar muhimligini his qilishimiz va yoshlarni aniq fanlarni chuqur o`rganishga targ`ib qilishimiz lozim.

Forwarded from Sodiq School
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
2-son
❤️🔥 Bu safargi podkastimizda ayrim muammolarga matematiklar nuqtayi nazaridan fikr bildirishga harakat qildik.
O‘zbekistonda xalqaro darajadagi matematiklar bormi?
Ular yiliga qancha pul topa olishi mumkin?
Xalqaro matematik olimpiadani nega yuta olmaymiz?
Finlandiya yoki Singapur? Qaysi birining ta’lim tizimi biz uchun ma’qul?
Shu kabi savollarga quyidagi spikerlar javob berishadi:
Karim Rahimov – V. I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti yetakchi ilmiy xodimi, fizika-matematika fanlari doktori.
Sardor Bazarboyev – bir necha xalqaro olimpiadalar g‘olibi, xalq ta’limi a’lochisi, matematikaga oid kitoblar muallifi.
Azimjon Mahmudov – "Sodiq School" maktabi matematika va SAT fani ustozi, “Abituriyent” gazetasi va kitobi muallifi.
Hasanxo‘ja Muhammad Sodiq – "Sodiq School" maktabi asoschisi, matematika fani ustozi.
P.S. bundan keyin buxanka trendga chiqsa kerak.
🕸 To'liq videoni ko'rish uchun
https://youtu.be/oQhNtTutVhc

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍51 11🔥10⚡3😁2
Kriptografiya va Matematika
Yaqin insoningiz bilan boshqalar tushunmaydigan qilib gaplaringizni shifrlab gapirib ko'rganmisiz? Shuni o'zi kriptografiyadi shifrlashning bir ko'rinishi. Shifrlash anchadan buyon juda dolzarb hisoblanadi va ayni damda esa super dolzarb.
Kriptografiyaga yaqinda qiziqib oz oz o'rganib boshlagan edim. Lekin ajoyib yosh matematiklarimizdan biri Dr. Aliyev Abdurahmon mendan oldin qiziqib ancha narsa o'rganib qo'yibdi. Bugun Fikratda shu haqida suhbatlashdik. Matematikani zamonaviy kriptografiyadagi roli juda katta ekanligini ushbu ko'rsatuvda oz bo'lsada anglab olishingiz mumkin deb umid qilaman:
https://www.youtube.com/live/8Dr2G9F4BTs?si=vQ21ZxQ4MLKTPKgK

👍58 20👏7🔥4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Odatda yozda juda ko‘p ishlayman va ko`p natijalarimni aynan yozda olganman. Erkin va bosimsiz ishlash insonga yangi natijalar olishga ko‘makchi bo‘ladi. Shuning uchun anchadan buyon telegram kanalimda post yozishga vaqtim bo‘lmadi, lekin ajoyib inson Bekzod aka To‘xtasinov tashabbusi bilan qilingan ishlarni ko`rib buni albatta ulashishim kerak deb o‘yladim. Bekzod aka respekt.
Bekzod aka va qilingan ish bo‘yicha to‘liqroq ma'lumot: https://www.tg-me.com/bazarbaevs/10468
@karimraximov
Bekzod aka va qilingan ish bo‘yicha to‘liqroq ma'lumot: https://www.tg-me.com/bazarbaevs/10468
@karimraximov
👍61👏6💯6⚡3
Iqtisodchilar matematikani o'qishi bo'yicha ajoyib tavsiya.
Ma'lumot o'rnida: hozircha O'zbekistonda matematikani o'qitish bo'yicha O'zbekiston Milliy Universitetiga yetadigani yo'q.

👍107 42🤣15⚡6🔥6
Tavsiyanoma!
Bu o`quv yili (eng) top chet el universitetlariga va yozgi maktablariga mening tavsiyam bilan grand asosida borganlar (aynan ushbu o`quv yildagilar) soni 4 taga yetdi. Alloh nasib qilsa asta sekin bu sonni yildan yilga ko`paytiramiz.
Top universitetlar uchun tavsiyanoma va uni kim tomonidan berilayotgani juda muhim hisoblanadi. Ko`pchilik menga tavsiyanoma bering deb so`rab yozadi. Shu uchun umumiy qilib javob bermoqchiman: tavsiyanomani kamida bir semestr dars o`tib, o`zim imtihon olgan talabalarga berishim mumkin. Umumiyroq ma'lumot ushbu linkda.
Qo`shimcha sifatida aytishim mumkinki, kelayotgan o`quv yilida hozircha O`zbekiston milliy universiteti matematika fakulteti matematika yo`nalishi talabalariga dars o`taman.

👍102👏7⚡2🔥2🤣1
Barchaga yangi o`quv yili muborak bo`lsin!
Yozda deyarli post qo'yolmadim, chunki ilmiy ishga juda sho`ngìb ketdim. Allohga shukurki ushbu yozda har xil hammualliflar bilan birgalikda 4 ta maqolani tugatdik:
https://arxiv.org/abs/2409.02039
https://arxiv.org/abs/2407.01984
https://arxiv.org/abs/2406.13353
https://arxiv.org/abs/2405.12033
Nasib bo'lsa endi ilmiy ishlar bilan birgalikda yoshlarga ilm berish bilan shug'ullanishni boshlaymiz. Umid qilamanki talaba yoshlarimiz o`qishga kirgandan keyingi o`qish ham juda muhimligini anglab qattiq ishlab bizga ko`makchi bo`ladi va biz ham ularga to`g`ri ilm berib ularga ko`makchi bo`lamiz.

👍109🏆14🔥11⚡7💯5
Hech nima davlatni ilmchalik rivojlantirmaydi va dunyoga tanitmaydi.
Qochirimni yaxshi ko`radigan rivojlangan davlatdagi bir odamdan so`rashdi, sizlar bu rivojlanishga qanday erishdingiz? U javob berdi:
-biz bu holatga kelish uchun sportga katta mablag` ajratdik, shunga parallel ravishda ilmga sportchalik e'tibor qaratmadik, jamiyatga sport ortidan boyib ketilishini propoganda qildik, hatto utyukni tokka tiqqanda ham sportchilar chiqib aqllilik qilib ilm bilan sportni solishtirib ilm qilish sportdan oson ekanligini aytaverdi. Shunda xalq ichida kuchli sportchilar ko`paydi. Bu ishlarni va sportni kuchini qarangki bu sportchilar bir joyga yig`ilib har xil ixtirolar qilib boshlashdi, ular atom bombasi yaratdi, robortlar yaratishdi, uchuvchisiz uchuvchi uchoqlar yaratishdi va hokazo. Shular ortidan davlatimiz juda boyib ketdi, mana o`zim ham millionerman. Gapirsam gap ko`p lekin hozir universitetda matematikadan darsim bor shunga bormasam bo`lmaydi, sizlar esa men aytgan yo`ldan boravinglar hammasi zo`r bo`lib ketadi.
Bu gaplarim bilan hech nima demoqchi emasman!
Mayli aytmoqchiman: sportga e'tibor beraverish kerak lekin hamma narsa ilmga bo`lgan katta e'tibordan keyin bo`lishi kerak.
@karimraximov
Qochirimni yaxshi ko`radigan rivojlangan davlatdagi bir odamdan so`rashdi, sizlar bu rivojlanishga qanday erishdingiz? U javob berdi:
-biz bu holatga kelish uchun sportga katta mablag` ajratdik, shunga parallel ravishda ilmga sportchalik e'tibor qaratmadik, jamiyatga sport ortidan boyib ketilishini propoganda qildik, hatto utyukni tokka tiqqanda ham sportchilar chiqib aqllilik qilib ilm bilan sportni solishtirib ilm qilish sportdan oson ekanligini aytaverdi. Shunda xalq ichida kuchli sportchilar ko`paydi. Bu ishlarni va sportni kuchini qarangki bu sportchilar bir joyga yig`ilib har xil ixtirolar qilib boshlashdi, ular atom bombasi yaratdi, robortlar yaratishdi, uchuvchisiz uchuvchi uchoqlar yaratishdi va hokazo. Shular ortidan davlatimiz juda boyib ketdi, mana o`zim ham millionerman. Gapirsam gap ko`p lekin hozir universitetda matematikadan darsim bor shunga bormasam bo`lmaydi, sizlar esa men aytgan yo`ldan boravinglar hammasi zo`r bo`lib ketadi.
@karimraximov
💯136👍35🤣17🔥12⚡8
ChatgGPT maktablarimizda bir sinfda 40tadan bolani o'qitishga qarshi.
Bugun ertalab ChatgGPT bilan O'zbekistonni qanday rivojlantirish mumkinligi haqida dildan gaplashdik. Yuqoridagi rasmda suhbatimiz yozishmasini o'qishingiz mumkin.
O'ylab qoldim shu narsalarni tushunmaydigan ayrimlarni o'rniga shu ChatgGPTni ishga qo'ysakmikin. Oylik ham to'lamasdik!

😁116👍55🤣52🔥11💯5