Telegram Web Link
Xatodan to'g'ri xulosa ham qilmaskan ChatgGPT!

Xato deb 3 marta aytdim, yana 3 marta xato qildie. Uzr ishlolmaymanam demadie!

PS: Yuqoridagi hazil. Aslida ChatgGPTdan foydalanish kerak masalan malumotlar olishda, yaxshi kitoblarni so'rashda va hokazo. O'zim ko'p foydalanaman

@karimraximov
😁45🤣34👍14🤬1
O`zbekiston, Tojikiston va Qirg`iziston Biolog va Ximik talabalariga Biorefdan maxsus grant.

Avvalgi ish joyim Fransiyaning Lille universiteti professori menga ushbu ma'lumotni jo`natdi. Xorijda magistraturada o`qishini davom ettirmoqchi bo`lgan Ximik va Biolog talabalar albatta apply qilib ko`ringlar. Bu grantlarda aynan O`zbekiston, Tojikiston va Qirg`iziston talabalari uchun alohida BITTA o`rin ajratilgan, ya'ni konkursdan tashqari.

To`liq ma'lumot: https://master-bioref.eu/erasmus-scholarship/

Apply qilish uchun havola: https://master-bioref.eu/apply-now/

Deadline 31 Yanvar, 2024 yilgacha.

Iltimos Biologiya va Ximiya yo`nalishidagi talabalarga ulashing!

@karimraximov
🔥19👍12
Hamma tushunadigan lekin hali ochiq masala.

Ixtiyoriy natural n sonini olamiz agar u juft bo`lsa 2 ga bo`lamiz agar u toq bo`lsa u sonni 3 ga ko`paytirib 1 ni qo`shamiz, ya'ni 3n+1. Va chiqqan natijaga yana shu algoritmni qo`llayveramiz.

Misol uchun n=14 bo`lsa, u juft bo`lganligi uni 2 ga bo`lamiz 7 chiqadi. Endi 7 toq bo`lganligi uchun uni 3ga ko`paytirib 1 ni qo`shamiz 22 chiqadi, 22 juft demak u 11ga o`tadi 11 toq 34 ga o`tadi, so`ngra

34—>17—>52—>26—>13—>40—>20—>10—>5—>16—>8—>4—>2—>1—>4—>2—>1

va oxirida 4—>2—>1 davriy takrorlanaveradi!

Gipoteza: Ixtiyoriy n olinganda ham uqoridagi algoritm takror qo`llanilaversa oxir oqibatda 4—>2—>1 davrga kelib tushaveradi!

Bu hali ochiq masala, isbotlashga urinib ko`ring!

@karimraximov
👍44💯21🔥6😁41
👍13🔥5👏2
Karim Raximov pinned «Ilmiy suhbat boshlandi https://www.youtube.com/live/6ip0FyVGzsg?si=2hzPCrks36ZFFY-- @karimraximov»
Karim Raximov
Ilmiy suhbat boshlandi https://www.youtube.com/live/6ip0FyVGzsg?si=2hzPCrks36ZFFY-- @karimraximov
Test tizimida o'tkazilgan birinchi suhbatimiz yaxshi o'tdi va foydali bo'ldi deb umid qilaman. Kimga qiziq bo'lsa: Suhbat 2 bosqichda bo'ldi 40-daqiqagacha talim tizimi bo'yicha 40-daqiqadan keyin Nanofizika, IT va ayrim matematik tushunchalarga chuqurroq sho'ng'idik.


@karimraximov
👍27🔥71
Forwarded from Zafar Khashimov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Кўз ёшларимни тутиб тураолмадим…
Жанговор ҳаракатлар туфайли уйларини ташлаб чиққан қочқинлар лагерида овқат улашилаётган эди.
Бу ёш болакайга навбат келмасидан, тарқатилаётган озуқа тамом бўлиб қолди. Шунда бошқа бола унга ўз овқатидан бир оз улашган эди, болакай бечора, икки уч қошиқ содда овқат солинган идишини кўтарганича, ҳурсанд бўлиб, онасининг олдига шошилди…
🔥20👍4🤬41
Forwarded from Laziz Abdullaev
Muhit nazoratdan afzal.

Ko'pchilik matematik oilasida tug'ilganimni bilganida birinchi so'raladigan savol: "Yoshlikdan undov va talab shu yo'nalishda bo'lgan ekanda?", - bo'ladi. Aslida esa menda ularning hayot tarzlarini ko'rib katta bo'lish shu yo'nalishga bo'lgan mehrni va qiziqishni shakllantirgan. Hech qachon "buni o'qi... buni qil... uni qilma..." kabi bosim bo'lmagan. Faqatgina bir marta darsimni qilmay kompyuter o'yini o'ynab o'tirganimda bo'lgan quyidagi dialog esimda:

- "O'yin o'ynayapsanmi?"
- (Uyalib) "Ha."
- "Haa, kelajakda baklajka (макулатура) yig'ib ham kun kechirsa bo'ladi..."

Bir umrga tatigulik suhbat, shundaymasmi? 😄️️️️️️

Inson doim to'g'ri, o'zi va jamiyat uchun manfaatli muhitda bo'lishi mazmunli hayot va taraqqiy etgan jamiyatning asosiy unsurlaridan biri. Bunday muhitni topish uchun noto'g'ri muhitdan qochish kifoya, shunda qachondir to'g'risiga "tutilasiz". Qanchalik tez "tutilish" jamiyatda bunday muhitlarning qanchalik ko'pligiga bog'liq, bu esa o'z navbatida bu jamiyatda ilmli va bilimli insonlarning miqdori bilan o'lchanadi.

Vaholanki, bejizga hammasi "O'qi!" bilan boshlangan emas 🙂

@lazizabdullaev
👍47🔥12👏21
Singapurda matematikani va umuman olganda aniq fanlarni juda hurmat qilishadi va har bir oila farzandini matematikasi juda zo'r bo'lishini istaydi va shunga maksimal harakat qiladi. Jamiyatning matematikaga bo'lgan muhabbati kitob do'konlarida ham o'z aksini topgan. Deyarli barcha kitob do'konlarida 60 foizdan ko'proq kitob matematika va unga oid kitoblar. Va bu kitoblar juda turli tuman, ya'ni uni ichida har xil turdagilari bor, IQni kuchaytiradigan matematika, mantiqiy masalalar, hayotiy masalalarda matematikani qo'llanilishi, va hokazo.

Har bir rivojlangan jamiyatda matematika va umuman aniq fanlarga bo'lgan hurmat juda katta hamda yoshlikdan berilgan ilm va tarbiya natijasi o'laroq bu fanlar qayerda ishlatilishini juda yaxshi bilishadi. Bizning jamiyatda esa juda kamchilikni tashkil qilayotgan matematikani asl ma'nosini tushinadiganlardan tashqari, boshqalar "Matematika o'zi nimaga kerak"dan uyog'iga o'tishmayapti.


@karimraximov
👍60👏8🤣5🔥31
Tavsiya!

Yaqinda akademiklik unvoniga ega bo'lgan ajoyib o'zbek matematigi, Akademik O'tkir Roziqov bilan ajoyib suhbat bo'libdi:

https://youtu.be/SyALWDjugV4

Ko'rishni tavsiya qilaman.

O'tkir aka bilan ko'p suhbatda bo'lganman, yoshlarni hurmatini joyiga qo'yadigan va ular bilan oraliq saqlamaydigan matematik. Bu olim uchun juda muhim xislat deb o'ylayman!

Suhbatni nomatematiklar ko'rsa ham juda foydali bo'ladi, chunki suhbatda matematikaning hozirgi hayotda qanchalik zarurligiga urg'u berib misollar yordami aytib o'tilgan.

@karimraximov
👍41🔥6💯51
Motivatsiya!

Bugun Singapur Milliy Universitetida ish boshalaganimga bir yil to`ldi. Shu bir yil davomida quyidagilarni Alloh menga nasib ko`rdi:

1) 3 ta katta maqolani tugatdim va yana 3 tasi oxirgi bosqichida;
2) Hammualiflarim bilan Monografiya yozishni boshladik va uni yakunlanishiga 3-4 oy qoldi;
3) O`zbekistondan Singapur Milliy Universiteti doktoranturasiga ikki talaba va bir ilmiy izlanuvchi kelib qo`shilishiga Alloh meni bir sababchi qildi;
4) Fikrat loyihasiga qo`shildim;
5) Kriptografiya va Kvant mexanikasiga qiziqib o`rgana boshladim va shu sohalarni o`zlashtirishni o`zimga maqsad qilib qo`ydim;
6) Matematikaga oid kitoblardan tashqari boshqa adabiyotlarni ham mutoala qildim va ular orasida menga eng yoqqani va motivatsiya bergani Professor Najmiddin Erbaqonning G'oyam asari bo`ldi;
7) Eng asosiysi Singapurda juda ko`p va ajoyib tanishlar orttirdim.

Nasib qilsa fevraldan O`zbekistonda ish boshlayman. Alloh xayrli qilgan bo`lsin!

@karimraximov
👍83🔥435👏4
Forwarded from O'zMU | Rasmiy kanal
#Prezident_stipendiati
#O’zMU_magistranti

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi sohibi:

🔹 Oltiboyev Davrbek Nodirbek o’g’li, Matematika fakulteti “Matematika” mutaxassisligi 2-bosqich magistranti

🔸 Ilmiy rahbar: Raximov Karim Xoshimovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor

Stipendiat talabamiz va uning ilmiy rahbarini ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklab, kelgusi faoliyatlariga omad tilaymiz.

Bizni kuzating:
Web-sayt |Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍95🔥13👏8🤣4🏆3
Fizika bo`yicha ilmiy suhbat!

Bugun soat 11:30da youtubedagi jonli ilmiy suhbatlarimizni davom ettiramiz. Bu safar Fizika bo`yicha Hakimjon bilan ilmiy suhbat quramiz. Suhbatimiz Nanofizika va Nanotexnologiyalar boshlanish tarixi, hozirdagi ahvoli va kelajakdagi istiqbolli yo'nalishlar haqida bo'ladi. Undan tashqari Fizika bo`yicha chetda o`qish imkoniyatlari va bizning yangi loyihamiz haqida ham gaplashamiz. Savollarni youtube chatida online tarzda berishingiz mumkin.

Suhbatni jonli ko`rish uchun link suhbatdan 5 daqiqa oldin ushbu kanalda e'lon qilinadi!

@karimraximov
🔥21👍91
Matematika va shaxmat!

Hozirda dunyodagi eng kuchli shaxmatchi kuchli kompyuterni shaxmatda yengishi im(possible)konsiz!!!


Lekin matematika bo'yicha o'rtacha olim qila oladigan matematik yangilikni eng kuchli kompyuterlar ham eplolmaydi. Aslida kompyuter(AI) rivojlanishi uchun matematik yangililiklar juda zarur. Bu esa kompyuter bilan bahsda inson qo'lini bir karra yuqori tutib turadi.

Shu o'rinda har doimgi fikrimni yana qaytaraman, shaxmat matematikani umuman anglatmaydi. Shaxmat matematika qamrab olgan cheksiz(aslida kontiniumdan ham katta) ko'p o'yin nazariyalaridan bir kichkinasi xolos.

Men shaxmatni va shaxmatchilarni hurmat qilaman. Shaxmat ajoyib kombinatsiyalarga ega murakkab o'yin. Men shunchaki matematika bilan shaxmatni bog'lashlarini va shaxmatchi bo'lsa matematikani yaxshi biladi deb noto'g'ri xulosa qilishlarini yoqtirmayman.

@karimraximov
🔥57👍27💯10🤬2
Singapur kitob do'konining maktab yoshidagi va undan yoshroq bolalar uchun ajratilgan kitoblar bo'limini ozroq videoga oldim:

https://youtu.be/UB76yBt5eh0?si=C7auDOI7wtJuGV1z

Videoni ko'rib, shuni xulosa qilish mumkinki, Singapurda matematika va tilga bo'lgan e'tibor juda yuqori. Bizda matematikaga oid turli tuman kitoblar yetarlimikin???


@karimraximov
👍34🔥11👏3
2025/10/21 10:41:16
Back to Top
HTML Embed Code: