Telegram Web Link
Live stream scheduled for
Yaqin daqiqalarda ya'ni 9:00da Motivatsiya haqidagi podkastimiz boshlanadi. Podkastga kirish linki:

https://www.tg-me.com/karimraximov?livestream=ff275be14bf2988493

@karimraximov
👍17🔥4👏2
Live stream started
Karim Raximov pinned «Yaqin daqiqalarda ya'ni 9:00da Motivatsiya haqidagi podkastimiz boshlanadi. Podkastga kirish linki: https://www.tg-me.com/karimraximov?livestream=ff275be14bf2988493 @karimraximov»
Live stream finished (1 hour)
Audio
Bugungi podkastning yozib olingan audiosi. Kamchiliklar bo'lsa oldindan uzr so'raymiz.

@karimraximov
👍30🏆4🔥3
Bugun Singapur milliy universitetiga phdga qabul qilingan shogirdlarni kutib olish uchun aerportga chiqdim va chiqishlarini kutib o'tiribman.

Yoshlarga motivatsiya😂: O'zbekistondan birortangiz NUSga phdga qabul qilinsangiz, Singapurga uchib kelganingizda shu yerda bo'lsam o'zim kutib olaman!


@karimraximov
👍105🔥19👏9😁52
Forwarded from Hakimjon Saidov (Hakimjon Saidov)
Karim aka bilan ertaga (06.08.2023) soat 9:00 da (O‘zb vaqti bilan) Zoomda keyingi podkastni rejalashtirdik. Suhbatimiz ingliz tilida bo'ladi.

Mehmonlarimiz haqida:
1) Dr.Muhammad Esmoil Alezzi, nazariy fizik va turli sistemadagi 2D materiallarni o‘rganadi. U NUSda PhDni tugatgan.
2) Ali Al Mejamai, eksperimental fizik va 2D materiallarning har xil xossalarini o’rganadi. U yaqinda NUSda PhDni boshladi.

Biz quyidagilar haqida gaplashamiz:
1. Ularning o‘zlari haqida va NUS tanlovi: ularning hozirgacha boʻlgan taʼlim yoʻllari, NUSga ariza topshirish jarayoni va oʻz universitetlari va NUS oʻrtasidagi farqlar.

2. PhD davridagi qiyinchiliklari: PhD davrida ular duch keladigan qiyinchiliklar, stressni boshqarish strategiyalari va bu to'siqlarni yengib o'tish uchun foydalanadigan usullar.

3. Bo‘lajak tadqiqotchilar uchun ularning tavfsiyalari/qarashlari: Magistratura/Ph.D. yo‘nalishini boshlamoqchi bo‘lgan talabalar uchun, jumladan, tadqiqot mavzularini tanlash, professorni tanlash va tadqiqot uchun nimalar muhimligi haqida, xususan, fiziklar uchun maxsus maslahatlar.

4. Ularning ilmiy tadqiqotlari va uning muhimligi haqida.

5. Yosh tadqiqotchilar uchun kelajak istiqbollari: Rivojlanayotgan yo'nalishlar, fizika sohasidagi kelajakdagi yo'nalishlar, PhDdan keyingi qadamlar va akademiada bo'lishni maqsad qilgan talabalarni kelajakda nimalar kutishi haqida.

Ushbu podkast magistratura yoki Ph.D darajasini olishni maqsad qilgan talabalar uchun foydali bo'ladi, barcha qiziquvchilarni kutib qolamiz.

Zoom link: https://nus-sg.zoom.us/j/86788970164?pwd=d0dha1Qya2hZSjEwWVFqOW5IQWsxZz09

@saidovhakimjon
🔥13👍10👏41
Chet ellik ilmiy izlanuvchilar bilan podkast

Eslatib o'tamiz ertaga Hakimjon bilan O'zbekiston vaqti bilan soat 9:00da Singapurda ilmiy ish qilayotgan chet ellik ilm izlanuvchilari bilan zoomda podkast qilishni rejalashtirganmiz. Podkast ingliz tilida bo'ladi, podkastni o'tkazib yubormang, suhbatga kirish linki:

https://nus-sg.zoom.us/j/86788970164?pwd=d0dha1Qya2hZSjEwWVFqOW5IQWsxZz09

@karimraximov
👍13🔥3
Кўпчилик Азон.уз ёпилишига муносабатимни сўрашди. Азон.уз’га салбий қараш бугун бошлангани йўқ эди. Минг афсус, “диний фон ошиб кетяпти” деган сиёсий позиция сабабли, Азон.уз ҳам ёпилди. Эътибор берсангиз, кейинги йилларда деярли барча диний сайтлар-платформалар ёпилди.

Виждон ва дин эркинлиги тўғри тушунилмади, тўғри талқин қилинмади. Жамиятнинг диний эҳтиёжлари Ўзбекистонни ичида, ўзида қондирилмас экан, бу чанқоқлик ҳам четга чиқиб бошлаган.

Ижтимоий тармоқлар даврида, ўзбекистонликлар яна хориждаги манбалардан диний ахборот излайди. Давлат ва жамият ўртасидаги диний эркинликлар, қадриятлар, эхтиёжлар борасидаги тирашув, яна кучаяди. Давлат ўзини ва халқни икки маротабалаб жазолаяпти.

Ўзбекистонда диний эркинликсиз, эркин, ҳуқуқий ва демократик давлат қуриб бўлмайди. Ўзбекистонда сиёсий қаттиққўллик, совет даврида ҳам, биринчи маъмурият даврида ҳам, айнан динга қарши кампаниядан бошланган ва ҳокимият инқирози билан тугаган. Дин ва виждон эркинлигисиз, Ўзбекистон нормал давлат бўлиш имкониятига эга эмас.

@Rabbimov_rasmiy
👍31🔥102💯2🤣1
GTM267 Quantum Theory for Mathematicians.pdf
5.3 MB
Matematikadan bo`sh vaqtlarimda Kvant nazariyasini o`qiyman deb shu kitobni boshladim. Qarasam ichi to`la matematika ekan va tushunishga ancha oson. Keyinchalik shu sohada ham ilmiy ish qilish niyati paydo bo`ldi. O`zbekiston fiziklari va metamatiklari bir jamoa bo`lib ishlashni boshlashimiz kerak deb o`ylayman. Shunga nima dediz Hakimjon?

@karimraximov
👍44🔥7😁4🏆1
Forwarded from Hakimjon Saidov (Hakimjon Saidov)
Kvant nazariyasini o‘rganayotganingiz juda ajoyib Karim aka. Matematika bu kvant nazariyasida eng muhim "tool", uni yaxshi bilmasdan turib u sohada bo'lish imkonsiz aslida. O‘zbekistondagi fizik va matematiklarni birlashtirish, shubhasiz, ikkala fanni ham rivojlanishiga olib keladi deb o'ylayman. Ya'ni, ham murakkab fizik jarayonlar yechiladi, ham matematiklar ham o'zlari qilgan hisoblashlarning tadbiqlarini real muommolar yordamida yaxshiroq ko'rishadi - mana bu innovatsiyalar va taraqqiyotning bir muhim yo'li aslida. Ayniqsa, kvant kompyuterlar hayotimizga kirib kelayotgan bir paytda, buning muhimlik darajasi ortadi.

Ilm hamkorlikda rivojlanadi, bu bog'liqlik tarixiy aslida. Pastda bir qiziqarli maqolaga link qoldirdim. Unda Penn universitetidagi fiziklar va matematiklar o'rtasidagi muvaffaqiyatli fanlararo hamkorlik ta'kidlangan, ayniqsa geometriya, kvant fizikasi va zarrachalar fizikasi... kabi sohalarda. Nima deysiz Karim aka?

https://penntoday.upenn.edu/news/where-math-meets-physics

@saidovhakimjon
👍16💯3🏆3
Hisobot!

Bu yil kamida 4 ta O'zbekistonlik matematik yoshlar chet el grantlarini yutib o'qishlarini chetda davom ettirishyapti. Shulardan
2 tasi Singapur Milliy Universitetida bittasi Italiyadagi ICTP markazida va yana bittasi Sankt Peterburg davlat Universitetida o'qishlarini davom ettirishyapti. Ularning barchasi shogirdlarim ekanligi meni juda quvontiradi. Xususan, shulardan 2 tasi O'zMU maxsus guruhi bitirivchisi, yana biri Qoraqalpoq Davlat Universiteti bitiruvchisi (birinchi kursligida  O'zMU maxsus guruhida tahsil olgan) ekanligi insonni yanada quvontiradi.

Alloh nasib qilsa keyingi yildan O'zbekistonga qaytib ko'proq yoshlar bilan ishlab, har yillik chetga chiqayotganlar sonini 10tadan ko'proqqa chiqarishga hissa qo'shish niyatim bor!!!

@karimraximov
👍96🔥15👏9🏆6
Chuqur ilm juda muhim!!!


Bilamiz ilm olish dinimizda ko'p takidlangan. Qancha chuqur ilm o'rgansangiz Yaratuvchi zot mavjudligiga shunchalik ko'p amin bo'lib boraverasiz. Musulmon bo'lmagan mashhur juda kuchli olimlardan quyidagi iqtiboslar keltiraman:

Oz miqdordagi bilim sizni dahriy(ateist)ga aylantiradi, chuqur bilimlar sizni Xudoga ishonishga majbur qiladi

Fransis Bekon

Ilmni qanchalik ko'p o'rgansam, Xudoga shunchalik ko'p ishonaman. 

Albert  Eynshteyn


Ateizm juda bema'ni.  Quyosh sistemasini ko'rib chiqsam, yerni quyoshdan to'g'ri masofada, kerakli miqdorda issiqlik va yorug'likni olishini ko'raman.  Bu tasodifan sodir bo'lmagan.

Isaak Nyuton

O'zingizga o'zingizni aqlli qilib ko'rsatadigan chala ilm eng xavflisi. Qanchalik ko'p ilm olsangiz shunchalik iymoningiz mustahkamlanib boraveradi. Ko'proq ilm olishga harakat qiling!!!

@karimraximov
👍71🔥115💯2🤣2
Forwarded from Hakimjon Saidov (Hakimjon Saidov)
Magistr yoki PhD ga scholarshiplar qidiryapsizmi?

Bu erda siz topshirishingiz mumkin bo'lgan 30 ta Magistr yoki PhD uchun scholarshiplar ro'yxati:

1. Fulbright Scholarships USA (Deadline: September 2023)

2. Australian Government Research Training Program (RTPS) (Deadline: several rounds each year)

3. MEXT Scholarship Japan (Deadline: January 2024)

4. DAAD Scholarship Germany (Deadline: November 2023)

5. Chinese Government Scholarships (Deadline: December 2023)

6. Turkiye Burslari Scholarships (Deadline: February 2024)

7. Bangkok Government Scholarships (Deadline: May 2024)

8. Gates Cambridge Scholarships (Deadline: October 2023)

9. Hungary Government Scholarships (Deadline: January 2024)

10. Italian Government Scholarships (Deadline: February 2024)

11. Leeds Doctoral Scholarships (Deadline: January 2024)

12. KAAD Scholarships Germany (Deadline: June 2024)

13. Chevening Scholarships (Deadline: November 2023)

14. Gates Scholarship USA (Deadline: March 2024)

15. Vanier Canada Graduate Scholarships (Deadline: November 2023)

16. McCall MacBain Scholarships Canada (Deadline: September 2023)

17. Knight-Hennessy Scholarships USA (Deadline: September 2023)

18. Canadian Government Banting Scholarships (Deadline: September 2023)

19. Austrian Government Scholarships (Deadline: March 2024)

20. Lester B. Pearson Scholarships (Deadline: January 2024)

21. Rhodes Scholarship Canada (Deadline: July 2024)

22. Singapore International Graduate Award (Deadline: June 2024)

23. Heinrich Boll Foundation Scholarship (Deadline: September 2023)

24. Google PhD Fellowship (Deadline: April 2024)

25. Amsterdam Merit Scholarships (Deadline: January 2024)

26. SBW Berlin Scholarships (Deadline: June 2024)

27. KAUST Scholarships (Deadline: September 2023)

28. UNIDROIT Research Scholarships (Deadline: September 2023)

29. British Council Scholarships (Deadline: May 2024)

30. Asia Kakehashi Scholarship Japan (Deadline: December 2023)

@saidovhakimjon
👍35🔥31
Talabalikka yangi qabul qilinganlar uchun!

Bir bolani kulol shogirdlikka qabul qildi. Bolani ota-onasi "farzandim hunarmand bo`ladi" deb xursand bo`lib elga osh berdi. Bola men katta ishni qilib qo`ydim deb o`yladi. Kulol shogirdlikka olgan bo`lsa ham, kulolni darslariga kam qatnashdi, deyarli hech nima o`rganmadi. Va oxir oqibat kulol menga bunaqa shogird kerak emas deb shogirdni haydab yubordi. Shunda ota-onasi tushundiki shogirdlikka tushish degani hali hunarmand bo`lish degani emas.


Hozirda ko`pchilik talabalikka qabul qilindi. Bu juda ajoyib albatta. Lekin shuni tushunishimiz kerakki talaba bo`lish degani hali kasb sohibi bo`lish degani emas. Aslida mehnat qilish endi boshlanadi. Va endi g`ayrat va shijoat bilan o`qish kerak. Ota-ona ishonchini oqlash kerak. Harakat qilsangiz bu qiyin emas, shunchaki shuni istash kerak.

Balki hozirgi universitetlar sizni haydamas va siz bir diplomga ega bo`larsiz. Lekin oxir oqibat qiyshiq ko`za yasaydigan kulol kimga ham kerak.

@karimraximov
👍73👏12💯5😁4🔥1
Mustaqillik bayrami muborak bo'lsin!


Tariximizni qanchalik ko'proq o'qib anglay boshlaganimdan buyon, mustaqillik xuddiki kurashlarsiz erishilgandek ko'rinsada, mustaqillik kurashi ortida qanchada qancha to'kilgan qonlar, xorlangan ulamolar hasratlari va millat oydinlari qatag'oni borligini anglab borayapman. Mustaqillikni qadriga yetaylik. Barchangizga mustaqillik bayrami muborak bo'lsin.

@karimraximov
👍56💯53🤬1
Channel photo updated
2025/10/24 06:45:34
Back to Top
HTML Embed Code: