Jinoiy javobgarlikdan qochib yashiringan fuqaro ushlandi
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan Chiroqchi tumanida yashovchi J.X. yashirindi. Oqibatda unga nisbatan sud qidiruv e’lon qilindi.
Tuman IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan navbatdagi tadbirda qochoq Chiroqchi tumani hududidan ushlanib, VS'Hga joylashtirildi.

— — —
Жиноий жавобгарликдан қочиб яширинган фуқаро ушланди

Ўзбекистон Республикаси Жиноят кодексининг 266-моддаси 1-қисмида кўрсатилган жиноятни содир этган Чироқчи туманида яшовчи Ж.Х. яширинди. Оқибатда унга нисбатан суд қидирув эълон қилинди.
Туман ИИБ ходимлари томонидан ўтказилган навбатдаги тадбирда қочоқ Чироқчи тумани ҳудудидан ушланиб, ВСҲга жойлаштирилди.

— — —
⚠️ Xavfsiz internet yordamchisi

Telegram |   Website | Facebook | Youtube |Instagram| TV
Bugun, 19 oktabr
☁️ +24°...+10°, Bulutli

Hozir: ☀️ +10°, ↖️ 2.1 m/s

Tong: ☀️ +16°
Kun: ☁️ +23°
Oqshom: ☁️ +20°
Namlik: 24%
Shamol: Shimoli-g'arbiy, 3.7 m/s
Bosim: 765 mm sim. ust.

Oy: Eski oy
Quyosh chiqishi: 06:49
Quyosh botishi: 17:53
Osoyishtalik_yo‘lida
— — —
Осойишталик_йўлида
— — —
⚠️
Xavfsiz internet yordamchisi

Telegram |   Website | Facebook | Youtube |Instagram| TV
Qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llash

Qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llash, ya’ni ma’muriy qamoqqa olingan shaxsga, shuningdek gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga, mahkumga, guvohga, jabrlanuvchiga, jinoyat protsessining boshqa ishtirokchisiga yoxud ularning yaqin qarindoshlariga ulardan yoki boshqa uchinchi shaxsdan biror-bir axborot olish, jinoyat sodir etganligiga iqrorlik ko‘rsatuvi olish maqsadida, ularni sodir etilgan qilmish uchun o‘zboshimchalik bilan jazolash yoxud biror-bir harakatni sodir etishga majburlash maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi organning yoki boshqa davlat organining xodimi tomonidan yoxud uning dalolatchiligida yoki xabardorligida yoxud indamay bergan roziligi bilan boshqa shaxslar tomonidan qo‘rqitish, urish, do‘pposlash, qiynash, azob berish yo‘li bilan yoki qonunga xilof boshqa harakatlar vositasida sodir etilgan qonunga xilof ruhiy, psixologik, jismoniy bosim o‘tkazish yoki boshqacha tarzda bosim o‘tkazish, —
Qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llash, ya’ni ma’muriy qamoqqa olingan shaxsga, shuningdek gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga, mahkumga, guvohga, jabrlanuvchiga, jinoyat protsessining boshqa ishtirokchisiga yoxud ularning yaqin qarindoshlariga ulardan yoki boshqa uchinchi shaxsdan biror-bir axborot olish, jinoyat sodir etganligiga iqrorlik ko‘rsatuvi olish maqsadida, ularni sodir etilgan qilmish uchun o‘zboshimchalik bilan jazolash yoxud biror-bir harakatni sodir etishga majburlash maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi organning yoki boshqa davlat organining xodimi tomonidan yoxud uning dalolatchiligida yoki xabardorligida yoxud indamay bergan roziligi bilan boshqa shaxslar tomonidan qo‘rqitish, urish, do‘pposlash, qiynash, azob berish yo‘li bilan yoki qonunga xilof boshqa harakatlar vositasida sodir etilgan qonunga xilof ruhiy, psixologik, jismoniy bosim o‘tkazish yoki boshqacha tarzda bosim o‘tkazish, —
muayyan huquqdan mahrum etib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar:
a) hayot va sog‘liq uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlikni qo‘llagan holda yoxud shunday zo‘rlikni qo‘llash tahdidi bilan;
b) milliy, irqiy, diniy yoki ijtimoiy kamsitish zamiriga asoslangan har qanday sabab bo‘yicha;
v) bir guruh shaxslar tomonidan;
g) takroran;
d) keksa shaxsga yoki nochor ahvoldagi shaxsga, voyaga yetmagan shaxsga yoxud homiladorligi aybdorga ayon bo‘lgan ayolga nisbatan;
e) ikki yoki undan ortiq shaxsga nisbatan;
j) hayotga va sog‘liqqa zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan ashyolar qo‘llanilib;
z) dalillarni soxtalashtirish (qalbakilashtirish) maqsadida sodir etilgan bo‘lsa, —
muayyan huquqdan mahrum etib, besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar badanga og‘ir shikast yetkazilishiga yoxud boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —
muayyan huquqdan mahrum etib, yetti yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

— — —
⚠️ Xavfsiz internet yordamchisi

Telegram |   Website | Facebook | Youtube |Instagram| TV
Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘limi tomonidan "xavfsiz internet yordamchisi" telegram boti ishlab chiqildi. kiberhujumga uchrab zararlangan telegram akkauntlari nomidan siz kuzatib borayotgan kanal va guruhlarga zararli .apk ilova yoki fishing havola yuborilgan taqdirda "Xavfsiz internet yordamchisi" telegram boti uni avtomatik tarzda aniqlab o‘chiradi. Sizlarni ham ushbu "Xavfsiz internet yordamchisi" telegram botidan foydalanishingizni tavsiya etamiz
— — —
Қашқадарё вилояти ички ишлар бошқармаси Тезкор-қидирув хизмати Киберхавфсизлик бўлими томонидан "хавфсиз интернет ёрдамчиси" телеграм боти ишлаб чиқилди. киберҳужумга учраб зарарланган телеграм аккаунтлари номидан сиз кузатиб бораётган канал ва гуруҳларга зарарли .apk илова ёки фишинг ҳавола юборилган тақдирда "Хавфсиз интернет ёрдамчиси" телеграм боти уни автоматик тарзда аниқлаб ўчиради. Сизларни ҳам ушбу "Хавфсиз интернет ёрдамчиси" телеграм ботидан фойдаланишингизни тавсия этамиз
— — —
⚠️ Xavfsiz internet yordamchisi

Telegram |   Website | Facebook | Youtube |Instagram| TV
Kiberxavfsizlik — zamon talabi!

Bugun Milliy gvardiya Qashqadaryo viloyati boʻyicha boshqarmasida harbiy xizmatchilar uchun “Kiberxavfsizlik” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga internet tarmog‘idan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish va kiberjinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha tushunchalar berildi.
Bunday ma’rifiy suhbatlar harbiy xizmatchilarning axborot xavfsizligi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ularni zamonaviy texnologiyalar davrida ehtiyotkorlik bilan harakat qilishga o‘rgatadi.

— — —
 Киберхавфсизлик — замон талаби!


Бугун Миллий гвардия Қашқадарё вилояти бўйича бошқармасида ҳарбий хизматчилар учун “Киберхавфсизлик” мавзусида давра суҳбати ўтказилди.
Тадбир давомида иштирокчиларга интернет тармоғидан фойдаланишда хавфсизлик қоидаларига риоя қилиш, шахсий маълумотларни ҳимоя қилиш ва кибержиноятчиликнинг олдини олиш бўйича тушунчалар берилди.
Бундай маърифий суҳбатлар ҳарбий хизматчиларнинг ахборот хавфсизлиги бўйича билим ва кўникмаларини ошириш, уларни замонавий технологиялар даврида эҳтиёткорлик билан ҳаракат қилишга ўргатади.

— — —
⚠️ Xavfsiz internet yordamchisi

Telegram |   Website | Facebook | Youtube |Instagram| TV
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Xavfsiz harakat – hayot kafolati!"

Hurmatli moped va skuter haydovchilari!

Bugungi kunda moped va skuterlar orqali harakatlanish tobora ommalashib bormoqda. Bu transport vositalari jadal va qulay harakatlanish imkonini bersa-da, ularni haydashda katta mas’uliyat va qonunlarga rioya qilish talab etiladi.

— — —
 "Хавфсиз ҳаракат – ҳаёт кафолати!"

Ҳурматли мопед ва скутер ҳайдовчилари!

Бугунги кунда мопед ва скутерлар орқали ҳаракатланиш тобора оммалашиб бормоқда. Бу транспорт воситалари жадал ва қулай ҳаракатланиш имконини берса-да, уларни ҳайдашда катта масъулият ва қонунларга риоя қилиш талаб этилади.

— — —
⚠️ Xavfsiz internet yordamchisi

Telegram |   Website | Facebook | Youtube |Instagram| TV
Probatsiya nazoratida bo‘lgan shaxslar bilan uchrashuv va sayyor sud majlisi o‘tkazildi

Qamashi tumanida jinoiy jazo muddatini probatsiya nazorati ostida o‘tayotgan shaxslarning huquqiy xabardorligini oshirish maqsadida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.
Tuman ichki ishlar bo‘limi binosida bo‘lib o‘tgan mazkur yig‘ilishda Jinoyat ishlari bo‘yicha Qamashi tuman sudi raisi A. O‘ralov, tuman IIB boshlig‘i N. Rahimov, tuman prokuraturasi mas’ul xodimlari hamda Qamashi tuman probatsiya guruhi hisobida turuvchi fuqarolar ishtirok etdi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga amaldagi qonunchilik, jazoni ijro etish shartlari va probatsiya nazorati ostidagi shaxslar uchun belgilangan majburiyatlar haqida huquqiy tushuntirishlar berildi. Shuningdek, fuqarolarning turmush sharoitini yaxshilash, ish bilan ta’minlash, ijtimoiy himoya masalalari yuzasidan savol-javoblar ham bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish yakunida sayyor sud majlisi tashkil etildi. Unda jazo muddatini o‘tash jarayonida o‘zini ijobiy tomondan namoyon etgan, belgilangan tartib-qoidalarga rioya qilgan 10 nafar shaxs jazoning qolgan qismidan shartli ravishda ozod qilindi.
Shuningdek, axloq tuzatish ishlari jazosini o‘tashdan bo‘yin tovlagan bir nafar mahkumning jazosi belgilangan tartibga muvofiq ozodlikdan mahrum qilish jazosiga almashtirildi.

— — —
 Пробация назоратида бўлган шахслар билан учрашув ва сайёр суд мажлиси ўтказилди

Қамаши туманида жиноий жазо муддатини пробация назорати остида ўтаётган шахсларнинг ҳуқуқий хабардорлигини ошириш мақсадида навбатдаги учрашув ташкил этилди.
Туман ички ишлар бўлими биносида бўлиб ўтган мазкур йиғилишда Жиноят ишлари бўйича Қамаши туман суди раиси А. Ўралов, туман ИИБ бошлиғи Н. Раҳимов, туман прокуратураси масъул ходимлари ҳамда Қамаши туман пробация гуруҳи ҳисобида турувчи фуқаролар иштирок этди.
Тадбир давомида иштирокчиларга амалдаги қонунчилик, жазони ижро этиш шартлари ва пробация назорати остидаги шахслар учун белгиланган мажбуриятлар ҳақида ҳуқуқий тушунтиришлар берилди. Шунингдек, фуқароларнинг турмуш шароитини яхшилаш, иш билан таъминлаш, ижтимоий ҳимоя масалалари юзасидан савол-жавоблар ҳам бўлиб ўтди.
Йиғилиш якунида сайёр суд мажлиси ташкил этилди. Унда жазо муддатини ўташ жараёнида ўзини ижобий томондан намоён этган, белгиланган тартиб-қоидаларга риоя қилган 10 нафар шахс жазонинг қолган қисмидан шартли равишда озод қилинди.
Шунингдек, ахлоқ тузатиш ишлари жазосини ўташдан бўйин товлаган бир нафар маҳкумнинг жазоси белгиланган тартибга мувофиқ озодликдан маҳрум қилиш жазосига алмаштирилди.

— — —
⚠️ Xavfsiz internet yordamchisi

Telegram |   Website | Facebook | Youtube |Instagram| TV
Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Abduvoxid Ismoilov boshqarma jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish xonasida fuqarolarni murojaatlari bo‘yicha qabul o‘tkazdi.
Jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari bilan muloqot qilish, fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, murojaatchilarning ichki ishlar organlari bilan bog‘liq shikoyatlariga yechim topish maqsadida tashkil etilgan
qabulda tizimning tergov, profilaktika xizmati tomonidan olib borilayotgan surishtiruv harakatlari hamda ichki ishlar organlariga ishga kirish masalalari yuzasidan murojaatlar eshitilib, hal etish choralari ko‘rildi.
Kelib tushgan murojaatlarning ayrimlariga huquqiy tushuntirishlar berildi. O‘rganish uchun vaqt talab etiladigan murojaatlar alohida nazoratga olinib, mas’ullarga hal etish topshirig‘i berildi.
Muloqot davomida ko‘tarilgan muammolarni ayrimlari hal etilgan bo‘lsa, o‘rganish uchun vaqt talab etadiganlarini bartaraf etish nuqtayi nazaridan soha mas’ullariga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.
Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.

— — —
Қашқадарё вилояти ИИБ бошлиғи полковник Абдувохид Исмоилов бошқарма жисмоний ва юридик шахсларни қабул қилиш хонасида фуқароларни мурожаатлари бўйича қабул ўтказди.
Жисмоний ва юридик шахсларнинг вакиллари билан мулоқот қилиш, фуқароларнинг қонуний ҳуқуқ ва манфаатларини ҳимоя қилиш, мурожаатчиларнинг ички ишлар органлари билан боғлиқ шикоятларига ечим топиш мақсадида ташкил этилган
қабулда тизимнинг тергов, профилактика хизмати томонидан олиб борилаётган суриштирув ҳаракатлари ҳамда ички ишлар органларига ишга кириш масалалари юзасидан мурожаатлар эшитилиб, ҳал этиш чоралари кўрилди.
Келиб тушган мурожаатларнинг айримларига ҳуқуқий тушунтиришлар берилди. Ўрганиш учун вақт талаб этиладиган мурожаатлар алоҳида назоратга олиниб, масъулларга ҳал этиш топшириғи берилди.
Мулоқот давомида кўтарилган муаммоларни айримлари ҳал этилган бўлса, ўрганиш учун вақт талаб этадиганларини бартараф этиш нуқтаи назаридан соҳа масъулларига топшириқлар берилиб, ижроси назоратга олинди.
Бу борадаги ишлар давом эттирилмоқда.

———
⚠️ Xavfsiz internet yordamchisi

Telegram |   Website | Facebook | Youtube |Instagram| TV
2025/10/19 11:10:43
Back to Top
HTML Embed Code: