Kitob tumanida kartoshkachilik va limonchilikni rivojlantirishga bag‘ishlangan Respublika dala-o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi
Bugun Kitob tumani qishloq xo‘jaligi sohasida yirik Respublika miqyosidagi tadbirlardan biriga mezbonlik qildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov, Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov, respublikamizning kartoshkachilikka ixtisoslashgan tuman hokimlari, ilmiy-tadqiqot institutlari olimlari, agrar soha mutasaddilari, fermer va dehqon xo‘jaliklari vakillari hamda ommaviy axborot vositalari ishtirok etdi.
Seminar ishtirokchilari dastlab tumanning “Zarafshon” hududida bo‘lishdi. Bu yerda “Misr tajribasi” asosida 5 gektar maydonda “Kara” navi G1 avlod kartoshka urug‘lari ekilgan bo‘lib, “Respublikada yuqori avlodli urug‘lik kartoshka yetishtirish bo‘yicha dala-o‘quv seminari” o‘tkazildi. Tadbir davomida soha mutaxassislari va ilmiy xodimlar zamonaviy agrotexnik yondashuvlar, hosildorlikni oshirish, urug‘lik materiallar sifatini yaxshilash va ularni mahalliylashtirish borasidagi tajriba va ilmiy yutuqlar bilan o‘rtoqlashishdi.
Seminar ishtirokchilari keyingi manzil sifatida “Yakkatut” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida faoliyat yuritayotgan “Bahrombek Ixtiyor o‘g‘li” fermer xo‘jaligiga tashrif buyurishdi. Mazkur xo‘jalik tomonidan 10 gektar maydonda barpo etilgan issiqxonalarda limon, mandarin, apelsin va hatto banan kabi sitrus mevalari yetishtirilmoqda. Shuningdek, qator oralari samarali foydalanilib, poliz ekinlaridan ham yuqori hosil olinmoqda.
Issiqxonada zamonaviy purkovchi va tomchilatib sug‘orish tizimlari joriy etilgan bo‘lib, bu yondashuvlar suv va o‘g‘it kabi resurslardan tejamkorlik bilan foydalanish, hosildorlikni oshirish hamda ekologik barqarorlikni ta’minlashga xizmat qilmoqda.
Seminar davomida mehmonlar Kitob tumanida qishloq xo‘jaligi, xususan, kartoshkachilik va limonchilik yo‘nalishlarini yanada rivojlantirish, ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish va ularni mahalliy sharoitga moslashtirish bo‘yicha fikr almashishdi.
Mazkur Respublika dala-o‘quv seminari Kitob tumanida qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish, innovatsion yondashuvlarni amaliyotga tatbiq etish va eksportbop mahsulotlar yetishtirish hajmini oshirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘lib xizmat qildi.
🔍 Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
❤ https://www.tg-me.com/joinchat-WIzE6dryhMqccL7h
💬 Facebook | 📸 Instagram | 🌍 Web sayt| ✅ Telegram | ✅ Twitter | 📹 YouTube

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM