🇺🇿 Vatanga sadoqat saboqlari— yoshlar e’tiborida

Kitob tumanida yoshlarni vatanparvarlik, jasorat va insoniylik ruhida tarbiyalashga qaratilgan navbatdagi ma'naviy-ma'rifiy uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda asli kitoblik, Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimi, kichik serjant Muhitdinov Bobur Anvarovich ishtirok etdi. Uchrashuv 4- va 96-umumta’lim maktablari o‘quvchilari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

Muhitdinov Bobur Anvarovich yaqinda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan yoshlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvda “Mard o'g'lon” davlat mukofoti bilan taqdirlandi. Uning matonati, fidoyiligi va insonparvarligi yoshlarimiz uchun chinakam ibrat namunasi bo‘lib xizmat qilmoqda.

Ma’lumot uchun: Turkiyada yuz bergan kuchli zilzila vaqtida kichik serjant Muhitdinov Bobur Anvarovich hamkasblari bilan birgalikda o‘z hayotini xavf ostiga qo‘yib, bir necha oilani vayronalar ostidan qutqarib qolgan. Uning bu qahramonligi nafaqat O‘zbekiston, balki Turkiya ommaviy axborot vositalarida ham keng yoritilib, u “Turkiya qahramoni” sifatida e’tirof etilgan.

Uchrashuv davomida Bobur Muhitdinov o‘quvchilarga o‘z kasbiy faoliyati, xalq xizmatidagi vazifalari, xalqaro safarlari hamda boshidan kechirgan hayotiy voqealari haqida samimiy suhbat olib bordi. Yoshlar qahramonimizning mardligi va fidoiyligini katta qiziqish bilan tinglab, bu kabi uchrashuvlardan ilhom oldilar.

Bu kabi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yoshlarda Vatanga muhabbat, halollik, jasorat va insoniylik fazilatlarini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

👉 Китоб хабарларига аъзо бўлинг👉
https://www.tg-me.com/+5L_qUK2TuQ9hZjMy
Kitob tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Bugun Kitob tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda 2025-yilning dastlabki 6 oyligi davomida tumanda qonuniylikni ta'minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish, jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tahliliy muhokamalar olib borildi.

Tadbirda Qashqadaryo viloyati prokuraturasi bo‘lim boshlig‘i Oqiljon Ochilov, tumandagi huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari hamda mahalla “yettiligi” a’zolari ishtirok etdilar.

Yig‘ilish davomida tuman prokurori Xurshid Bahromov tomonidan 2025-yil 1-yanvarda qabul qilingan — “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–1-sonli Prezident qarori ijrosini ta'minlash yuzasidan amalga oshirilgan ishlar tanqidiy-tahliliy ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, mahallalarda jinoyatchilikning oldini olish, profilaktik choralarni kuchaytirish, xotin-qilzar va yoshlar bilan tizimli ishlash, xavfli jinoyatlarning barvaqt oldini olish bo‘yicha samaradorlikni oshirish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Yig‘ilish yakunida 2025-yil ikkinchi yarmi uchun huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish, jinoyatchilikni jilovlash va fuqarolarning huquqlarini ishonchli himoya qilish borasida tegishli davlat organlariga aniq topshiriq va vazifalar belgilab berildi.

👉 Китоб хабарларига аъзо бўлинг👉
https://www.tg-me.com/+5L_qUK2TuQ9hZjMy
Kitob tumanida mahallalar infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan 11.6 mln.dollarlik loyihalar taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Kitob tumanida mahallalarni rivojlantirishga qaratilgan yirik infratuzilma loyihalarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Mazkur tashabbus O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Islom taraqqiyot banki hamkorligida, BMT Taraqqiyot dasturi (BMTTD) ko‘magida amalga oshirilayotgan “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” loyihasining ikkinchi bosqichi doirasida amalga oshirilmoqda.

Taqdimotda BMTTD vakillari, mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari, tashabbuskor guruh a’zolari va loyiha ishchi guruhi ishtirok etdi. Tadbir davomida mahallalarni rivojlantirish rejalarini ishlab chiqish jarayonlari, mavjud muammolar va ularni hal etish bo‘yicha taklif etilgan yechimlar muhokama qilindi. Xususan, infratuzilmaviy ehtiyojlar yo‘l, ichimlik suvi, elektr energiyasi ta’minoti va ijtimoiy obyektlar bo‘yicha istiqbolli rejalar taqdim etildi.

Ma’lumot uchun, Kitob tumanidagi 8 ta mahalla — “Samarqand”, “Qaynar”, “Sharq yulduzi”, “Istiqbol”, “Yangi zamon”, “Charmgar”, “Bog‘bon” va “Paxtaobod” mahallalarida infratuzilmani yaxshilashga jami 11,6 million AQSh dollari miqdorida mablag‘ yo‘naltirilishi rejalashtirilgan.

Loyihalar aholining yashash sharoitlarini yaxshilash, ijtimoiy-iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytirish hamda infratuzilmaviy tizimlarni zamonaviy talablar asosida takomillashtirishga xizmat qiladi.

👉 Китоб хабарларига аъзо бўлинг👉
https://www.tg-me.com/+5L_qUK2TuQ9hZjMy
🏆 “ENG YAXSHI YOSHLAR YETAKCHISI” TANLOVI tuman bosqichi yakunlanmoqda!

📅 Ertaga, 12-iyul soat 23:59 da tuman bosqichi yakunlanadi. TOP reytingdagi ishtirokchilar viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.

🎯 Bu esa tanlovning eng mas’uliyatli bosqichi — viloyat finaliga yo‘l!

💰 Viloyat bosqichi mukofotlari:
🥇 1-o‘rin — 5 000 000 so‘m
🥈 2-o‘rin — 3 000 000 so‘m
🥉 3-o‘rin — 2 000 000 so‘m

JAMI: 10 million so‘mlik pul mukofoti!

📌 Ovoz berish 👉 OVOZ BERISH *
Kitob tumanida “Quyoshli xonadon”lar soni ortmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi PQ–57-sonli qaroriga muvofiq, aholining qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishini rag‘batlantirish maqsadida “Quyoshli xonadon” dasturi joriy etilgan bo‘lib, ushbu yo‘nalishda Kitob tumanida ham amaliy ishlar olib borilmoqda.

Xususan, “Alaqo‘yliq” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari tomonidan quyosh panellari keng joriy etilmoqda. Ayni paytda mahallada o‘rnatilgan panellarning umumiy quvvati 300 kilovattdan oshgan.

E’tiborlisi, ushbu imkoniyatdan foydalangan fuqarolar orasida Olim Uzoqov ham bor. U o‘z yashash xonadonida 50 kilovatt/soat quvvatga ega quyosh panellarini o‘rnatib, nafaqat xonadonini elektr energiyasi bilan ta’minlamoqda, balki ortiqcha energiyani umumiy tarmoqqa uzatib, qo‘shimcha daromad topmoqda.

Mazkur dastur aholining energiyaga tejamkor texnologiyalarga bo‘lgan e’tiborini oshirib, yashil energiyadan foydalanish madaniyatini shakllantirishga xizmat qilmoqda. Shuningdek, subsidiya olish jarayoni ham soddalashtirilgan bo‘lib, fuqarolar “Soliq” mobil ilovasining maxsus bo‘limi orqali subsidiya mablag‘larini bevosita bank kartalariga o‘tkazib olishlari mumkin.

Kitobliklarning bunday zamonaviy tashabbuslarga qiziqishi ortib borayotgani quvonarlidir. Bu esa hududda ekologik toza energiyadan foydalanish bo‘yicha yangi bosqich boshlanganidan dalolat beradi.

👉 Китоб хабарларига аъзо бўлинг👉
https://www.tg-me.com/+5L_qUK2TuQ9hZjMy
🏆 “ENG YAXSHI YOSHLAR YETAKCHISI” TANLOVI tuman bosqichi yakunlanmoqda!

📅 Bugun, 12-iyul soat 23:59 da tuman bosqichi yakunlanadi. TOP reytingdagi ishtirokchilar viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.

🎯 Bu esa tanlovning eng mas’uliyatli bosqichi — viloyat finaliga yo‘l!

💰 Viloyat bosqichi mukofotlari:
🥇 1-o‘rin — 5 000 000 so‘m
🥈 2-o‘rin — 3 000 000 so‘m
🥉 3-o‘rin — 2 000 000 so‘m

JAMI: 10 million so‘mlik pul mukofoti!

📌 Ovoz berish 👉 OVOZ BERISH *
#Bir_hudud_bir_mahsulot
🧅Kitob dehqonlari mehnati — xalq dasturxoniga baraka!

Bugungi kunda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash har bir hududda dolzarb masalaga aylangan. Shu bois, mamlakatimizda “Bir hudud — bir mahsulot” tamoyili asosida har bir tuman va qishloqning tabiiy imkoniyatlaridan kelib chiqib, muayyan mahsulot turiga ixtisoslashuvga katta e’tibor qaratilmoqda.

Kitob tumanida esa bu borada aniq natijalar ko‘zga tashlanmoqda. Xususan, tumandagi dehqonlarimiz tomonidan piyoz yetishtirish yo‘nalishida katta tajriba va barakali mehnat namoyon etilmoqda. Joriy yilda tumanda 200 gektardan ortiq yer maydonida piyoz ekilib, hozirga qadar har bir gektardan o‘rtacha 55-60 tonnaga yaqin hosil olinmoqda.

Bugungi kunda hududda yig‘im-terim ishlari qizg‘in davom etmoqda. Yetishtirilgan piyozlar esa eng avvalo, mahalliy bozorlarimiz va aholi ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilmoqda. Shu yo‘sinda har bir xonadon dasturxoniga sifatli, yangi va arzon mahsulot yetib borishi ta’minlanmoqda.

Kitoblik dehqonlarning fidokorona mehnati nafaqat o‘z oilalari balki butun jamiyat farovonligiga xizmat qilayotganini ta’kidlab o‘tish joiz. Aynan ana shunday tashabbuslar orqali oziq-ovqat xavfsizligi, mahalliy mahsulotlar bilan ta’minlash masalasi bosqichma-bosqich hal etilmoqda.

👉 Китоб хабарларига аъзо бўлинг👉
https://www.tg-me.com/+5L_qUK2TuQ9hZjMy
2025/07/13 05:33:15

❌Photos not found?❌Click here to update cache.


Back to Top
HTML Embed Code: