Telegram Web Link
(post yuqoridagi qo'shiqni tinglab o'qilsin)

Hasta qalblingga orom bo'lsin deb...

"Grace and Frankie" degan serial bor. Uch yil oldin kuz payti topib olgandim. Hamma sezonlarini qish ichi ko'rib chiqqanman. Oshanda og'ir depressiyani boshimdan o'tkazayotgan edim. Shu serial qandaydir havfsiz va yoqimli muhit yaratgandek bo'lardi. Balki miyyamdagi ovozlarni bostirish uchun ham kun bo'yi ko'rib o'tirarmidim. Xullas, shu-shu har kuz manashu serialni to'liq qayta ko'rib chiqish odat bo'lib qolgan. Har safar boshlaganimda oxiriga yetmasimdan yangi sezoni qo'shilar edi yil so'ngida. Bu yil eng oxirgi sezon qo'shildi va shu bilan tasvirga olish yakunlandi. Mana, yana qayta ko'rishni boshladim. Eh, qanchalar sog'ingan ekanman bu cozy feelingsni.

Ba'zan, o'zimizdan, aniqrog'i qalbimizdagi og'riqlardanlardan qochib nimalardandir najot qidiramiz. Kimdir o'zini dinga bag'ishlaydi va shundan taskin topadi. Kimlardir ishga ko'milib chalg'iydi. Ba'zilar esa, kitoblar, musiqa va kinolardan o'ziga malham qidiradi. Qalbingga nima orom bag'ishlashi muhim ham emas bu nuqtada. Eng asosiysi shu oromni, malhamni topa olganingdir.

hugs!🤗

@kitobqurti
Otang to'ng'iz bo'lsa, bog'lab boqishga majbur emassan!

Jamiyatimizdagi eng noto'g'ri illatlardan yana biri aynan ota-onalarni ortiqcha romantiklashtirishdir (ularga obyetktiv emas, hissiyotlarga berilib munosabatda bo'lish, ularni ulug'lash, ideallashtirish). Ota-onasini romantiklashtiruvchi farzandlar, garchi ota-onasidan ko'p jabr ko'rgan, ularning mehriga zor bo'lgan bo'lsada, ulardan hafa bo'lishga, ularni ayblashga haqqim yo'q deb biladi. Chunki, "ular seni dunyoga keltirgan". Yashang, masalaning ayni nozik joyi ham shu asli - ular seni dunyoga keltirgan. Ammo, unutma, sening roziligingsiz(!). Ayni shu sababdan, bu ularga sening ustingdan egalik, sening hayotingda mutlaq shaxs bo'lishlik, doimo haq bo'lishlik huquqini bermaydi. Aksincha, seni dunyoga keltirganliklari ota-onaning aynan o'zlariga katta mas'uliyat yuklaydi. Chunki, ular seni dunyoga keltirishgan. SENING ROZILIGINGSIZ. Sen uladan iltimos qilmagansan buni. Shu sababdan, sen ularning mas'uliyatisan. Seni balog'atga yetguningcha boqish, tarbiyalash, o'qitish, qisqasi, o'zingni-o'zing bemalol eplay oladigan yetuk inson qilib o'stirish ularning vazifasidir. Agar bularni uddalay olishmagan bo'lsa, va buning kasriga sen hozir qiynalayotgan bo'lsang, bu aynan ularning aybi va sen ular oldida qarzdor emassan. Chunki, ular o'z yelkalariga o'zlari ortgan vazifalarini uddalay olishmadi. Zero, ularda seni dunyoga keltirmaslik tanlovi ham bor edi. Lekin, ular o'zlarining narsissistik extiyojlarini seni dunyoga keltirish va shu bilan el-yurt oldida yuzini yorug' qilib, hech kimdan kam emasliklarini ibotlash orqali qondirish uchungina seni dunyoga keltirishdi.

Ha, ota-onaga ehtirom ko'rsatish, ularga qariganlarida g'amxo'rlik qilish ezgu insoniy fazilatlardan. Ammo, bu kabi qadriyatlar ota-onalarga o'z vazifalarini suiste'mol qilish huquqini berib qo'ymaydi. Aynan, jamiyat tomonidan ota-onalar mavqei noreal darajada ulug'lanishi, ularni o'z xatolari uchun hech qachon javobgar qilmaslik, agarki, farzand ota-onasidan vazifalariga sovuqqon bo'lmaslikni talab qilsa, bolaning o'zin aybdor va gunohkor qilish, buning uchun undan atrofdagilar yuz o'girishi kabi an'analar sababli bugun millionlarcha qorako'zlar mehrga zor. Qanchadan-qancha norasidalar tirik yetim. Nega endi ota-onalarni javobgar qilmaymiz, axir?! Nega endi o'zlari pishirgan oshni shundoq tashlab ketishlariga yo'l qo'yib beramiz?! Qachongacha ota-onalar loqaydligi, farzandiga yetarlicha g'amxo'rlik qilolmasligi jinoyat deb ko'riilmaydi?! Farzandni mas'uliyat sifatida qachon tan olamiz?! It boqib olish bilan farzand dunyoga keltirish o'rtasidagi farqni qachon anglaymiz?! Qachon?..

@kitobqurti
"Haram Police"

Birovlarning hayotiga o'zicha aralashib, nima halol, nima harom ekanini so'ralmasa ham eslatib, o'zidan Jabroil yasab olgan, lekin, eng mudhish gunohlarni eti jimir etmay qilib yurgan, g'iybat desa o'zini teleminoradan shart tashlaydiganlarni "Haram police" deydi. Xo'p, ulardan nima ziyon, dersiz. Bir qaraganda din posbonlari, ezgulik elchilari bo'lib ko'ringan bu haram policelar odamlarni dindan bezdirayotgan eng katta omillardan biridir. DIndan qaytgan deyarli barcha odamlar aynan shu kabi jamiyatning mutaassib qatlamidan jabr ko'rib, dindan ko'ngli qolganlardir. Uni qilma, buni kiyma, unday dema, bu bilan gaplashma, buni yema, va hokazo hukmlar chiqaruvchi bu kabi jamiyat chirkindilari o'zining atrofidagi hammani nohaq, faqat o'zigina haq deb biladi. O'zlarini huddiki hayotlarini to'la-to'kis qilib, diniy majburiyatlarini ham do'ndirib qo'ygan pokdomon avliyolardek tutishadi.

Bundaylar ayniqsa dindorlashgan jamiyatlarda juda ko'p bo'ladi. Bizning jamiyatda ham kalamushdek bolalab ketishganini hammamiz ko'rib, bilib, va allaqachon bezib ham bo'lganmiz. Bundaylarni shunchaki ignor qilishni ham, yoki mazza qilib olishishni ham bilmaysan. Chunki ignor qilsang, har tarafdan baribir bostirib kelishaveradi. Gaplashsang, seni umuman tan olishmaydi ham, tinglashmaydi ham. Bir pasta notolerantga chiqaradi. Lekin o'zida bir gram tolerantlik mavjud emas.

Qisqasi, hurmatsiz haram policelar, sizlarning fikrlaringiz o'zingiz kabi ahamiyatsizdir! Vaqtingizning qiymati bo'lmasa, hech yo'q boshlarning qimmatli vaqtini hurmat qiling. So'ralmagan joylarda pashsha kabi burningizni suqib odamlarga hukm chiqarishni bas qiling. Sizlarni hech kim yaxshi ko'rmaydi. Hatto, xudoyingiz ham!

Tinchlik, xotirjamlik.🕊

@kitobqurti
​​Depressiyadan chiqish uchun maslaxatlar

"Emotional Intelligence" kitobini qayta o'qiyapman. Anxiety va melanxoliyani boshqarish haqida ancha foydali maslaxatlar berib o'tilgan. Jumladan, depressiya boshlangan payti uni payqashingiz bilanoq (payqashning o'zi katta gap. Bu haqda ham keyinroq) eng yaxshi foyda beradigan usul chalg'ituvchi nimadir qilishdir. Aytib o'tish kerakki, bunday usullar faqatgina yengil va o'rta depressiyalarda ish berishi mumkin. Klinik depressiya holatlarida esa, faqatgina dorilar va psixoterapiya bilan davolaniladi.

Aytaylik, biror mudhish voqea yuz berdi va buning ta'sirida melanxolik kayfiayt boshlandi. Aslida, har qanday nohush voqeadan keyin kayfiyat tushishi va bu holat ma'lum vaqt davom etishi insonning bo'lgan voqeani boshqa narsalarga chalg'imay prosses qilib olishi uchun juda muhim va bu tabiiy jarayondir. Ammo, ba'zan bunday melanxolik vaziyat keragidan uzoqroq davom etishi, yoki bundan ham yomoni - jiddiylashib ketishi mumkin. Bunday holatlarda depressiv epizodning chuqurlashib ketishini olidini olish uchun neg yaxshi usul, bu hayollarni nima bilandir boshqa narsalarga chalg'itishdir. Ammo, chalg'ituvchi mashg'ulotlar o'z holida sog'lom va nosog'lom bo'lishi mumkin. Malasan, impulsiv sotib olish (shopping), ichkilik yoki giyohvand moddalar qabul qilish (aslida, erkaklar depressiyadan chalg'ish uchun asosan shulardan ko'proq foydalanishadi), palapatish jinsiy aloqalar, me'yordan ortiq yeyish kabilar depressiv xayollarni chalg'itishi mumkin, lekin o'zidan keyin og'ir oqibatlar qoldiradi. Psixologlar tavsiya qiladigan sog'lom mashg'ulotlar esa, ham xayollarni tinchlantiradi va yomon asoratlar qoldirmaydi. Masalan, boror joyga sayr yoki sayohat qilish, qarshisida o'zingizni qulay his qiladigan odamlar bilan ko'rishish, tanani harakatga keltiruvchi mashqlar qilish (bu qon aylanishi va shu orqali miyyadagi moddalar almashinuvini yaxshilagani sabab katta yordam beradi), yordamga muhtoj kishilarga yordam berish (o'zidan qoniqish hissini berishi sababli depressiyadan chiqishda foydali), va albatta, kichkina yumushlarni bajarish (muvafaqqiyat va g'alaba hislarini berishi tufayli yanada dadil bo'lishga motivatsiya beradi).

Undan tashqari, dindor kishilar uchun ibodat qilish eng katta ta'sirga ekani ham alohida ta'kidlangan. Ibodat qilish barcha kayfiyatlar uchun, ayniqsa depressiyada katta yordam beradi, deya xulosa qilgan muallif.

Happy reading!

@kitobqurti
Yana "biznis" adabiyotlar haqida

Judgemental @ss b*tch bo'lish niyyatim yo'q-kuya (though i am, sometimes. well maybe often. well, thats not the point here! okay?), lekin bugun bir manzaraga ko'zim tushib qoldi; o'zim istamagan holda. Qisqasi, O'zbekistonga borib qaytgan o'rtog'im o'zi bilan bir qancha anavi hozir juda hype bo'lgan "biznis guru"larning tarjima kitoblarini ko'tarib kepti. Shularni o'rniga qurut opkelsang bo'lmasmidiya, deb qo'ydim, ichimda. Estkinaya...

Nega men, biznes-moliya va iqtisodiyot bitiruvchisi, bu turdagi kitoblarni shu qadar yomon ko'raman? (Aytgancha, o'rtog'im ham shu sohada o'qigan-e) Chunki, bu kabi kitoblar real hayotda biznes qilish uchun birorta ham amaliy bilim-ko'nikma o'rgatmaydi. O'zi umuman olganda, bular shunchaki saralangan amerikalik boylar haqidagi hikoyalar to'plami, desa ham bo'laveradi. Jef Bezos bundoq qilgan, Elon undoq qilgan, Gates manabunaqa degan, Buffett anonaqa degan, kabi oldi qochdi gaplarga to'la bu kitoblardan, ishoning, hech narsa o'rganmaysiz. Yaxshisi, chindan o'z bisnesingizni boshlamoqchi bo'lsangiz, avvvalo "buxgalteriya hisoblarini yuritish", "moliyaviy boshqaruv asoslari", "boshlang'ich iqtisodiyot asoslari", "biznes huquqi" (business law) kabi ish faoliyatingzida haqiqatda ahamiyatga ega bo'lgan sohalarni o'rganing. Bularning har birini bittadan darsliklarini topib o'zingiz yoki online darslar orqali ham tez muddatda o'rganib olishingiz mumkin. Ya'ni, anavi yuqorida aytilgan bemani kitoblarga ketgan vaqt va harkatingizni haqiqatda kerakli va ahamiyatli bo'lgan bilimlarni o'rganishga sarf eting.

Tinchlik, xotirjamlik.🕊

@kitobqurti
Tegishlilik hissi va Vatan

"I found my home", he said, "You are my home..."

Vatan, bizga maktabda uqtirilganidek, sim chegara bilan o'rab ajratilgan mamlakat emas. U sen bilan bir xil tilda gaplashuvchi odamlar yashaydigan yurt ham emas. Tug'ilgan joying ham vataning emas. Hatto ba'zan o'z oilang ham sen uchun vatanlik qilolmasligi mumkin. Chunki, vatan - seni o'zgartirishga harakat qilmaydigan, boringcha qabul qilishadigan va sen ich-ichingdan tegishlilik his etadigan inson(lar)dir. Ha, vatan hatto bir inson bo'lishi ham mumkin. Yoki, ba'zan, sen kim uchundir vatan bo'larsan.

Vataningda sen o'zingni havfsiz, uydagidek his qilasan. Seni barcha kamchiliklaring bilan qabul qillishlarini, harakatlaringni tanqid qilmasliklarini bilasan. Vataningdagilardan o'zingni boshqachadek his qilmaysan. Boringcha ko'rinasan; ko'ringaningdek bo'lasan. Ular bilan bir butun - tegishlilik his etasan. Huddiki, onasining qaynoq bag'rida orom olayotgan go'dakdek his etasan o'zingni. Manashu - haqiqiy Vatan. Manashu - tegishlilik hissi. Manashu - baxt.

Endi o'ylab ko'r, sening ham Vataning bormi?

@kitobqurti
​​(Disclaimer: offtop, 18+, fanatiklar+)

Faqatgina jinsiy extiyojlarni qondirish uchun oila quriladimi?

O'zimni ko'p o'qiganman deyolmayman. Ammo, shu paytgacha o'qib o'rganganlarim, undan tashqari, hayotda ko'rganlarim menga bir narsa o'rgatgan bo'lsa, bu ham oila va farzandlarning qandayin ulkan mas'uliyat ekanidir. Har kim, hoh u yigit, hoh qiz bo'lsin, oilaning qanchalar jiddiy masala ekanligini, bir farzand tarbiyasi bu bir inson taqdiri ekanligini anglab yetmagunlaricha turmush qurishlari ularning hayotda qilishi mumkin bo'lgan eng katta xatolaridir. Turmush qurish bu har kuni 10 mahal free sex degani emas. Bu katta mas'uliyat. Bunda butun boshli insonlar taqdiri yotadi.

Hali o'zingni yaxshi tanimay turib, hayot nima ekanini, inson taqdiri qanchalik ahamiyatli ekanligini anglamay turib, sevdim-kuydim bilan, yoki ota-onang bosimi bilan, yoki to'shakka yotib qolgan buvingning oxirgi umidini ro'yobga chiqarish uchun turmush qurasan. Yaxshi harakat qilsang, 10 oydan keyin yana 1taga ko'payishasan. 2 yildan keyin ro'zg'or tashvishi, oilaviy muammolardan bezib ketasan. Xotirjmalikni ko'chadan qidira boshlaysan. Ammo, ko'chadagi iflos xotirjamlikning nomi ''hiyonat'' deyiladi. Shu bilan bir oila parokanda bo'ladi. Bolalar tirik yetim. Hali hech nimani tushunmaydigan bu begunoh go'daklarga konfet o'rniga bir umrga tatigulik emotsional travmalar sovg'a qilinadi. Bu travmalarning og'rig'i o'lgunicha ketmaydi.

Undan tashqari, diniy ta'limotlar ta'sirida notog'ri shakillanib qolgan qarash - jinsiy extiyojini qondirish uchun oila qurish ham katta xatodir. Ha, har kim bilan yotib ketaverish ham noto'g'ri; lekin, shunchaki sexsirab qolganliging oila qurish uchun yetarli sabab bo'lolmaydi. Undan tashqari, shunchaki jinsiy yetilding degani, turmush uchun emotsional, moliyaviy va jismonan ham yetilding degani emas. Go get a brain, you big stoobid!

Oila qurishdan oldin o'zingdan so'ra: men bunga tayyormanmi? Men o'zimning orzu-havaslarimni, hirsimni oilam uchun, farzandlarim uchun qurbon qilishga qodirmanmi? Ko'p hollarda, juda ko'p hollarda, bunga qodir bo'lmaymiz. Natijada, ma'nan majruh, tirik yetim bo'lgan qorako'zlar ko'payaveradi.

''Uylanish yagona yo'l emas'', deganimda ko'pchilik g'alati qaraydi. Ammo, ularga tushuntirish uchun doim ham na toqatim, na kuchim yetavermaydi. ''Mustaxkam va baxtiyor oila'' qurish hammaning ham qo'lidan kelmaydi. Oxirgi yillarda O'zbekistonda yiliga 30mingtadan arjim qayd etilgan. Undan tashqari, chirib ketgan oilalardagi zo'ravonlik (abusive family)lar qancha? Qancha parokanda oilalarda tirik yetimlar o'syapti? Ularni kim o'ylaydi? Bundan ko'ra, bu oilalar qurilmaganida jamiyatga, butun insoniyatga, va ayniqsa o'sha jabirdiyda farzandlarga yaxshiroq bo'lgan bo'lar edi. ''Mehr berolmas ekansiz, nega dunyoga keltirdingiz?'', degan og'ir savollar bu murg'ak qalblarni o'rtamagan bo'lar edi.

Bu gapni qayta-qayta aytaman - turmush qurish all day free sex degani emas! Oila hirs qondirish manbasi emas!

@kitobqurti
​​Empatiya

"They're hearing without listening..."

-from The Sound of Silence

Ba'zan, bu dunyo bir jonimizga og'irlik qilishni boshlaganida, shunchaki, hech bir so'z aytmay, oldimizda o'tirgancha bizni unsiz tinglashlarini istab qolamiz. Hech bir maslaxatlarsiz, ovutish-u tasallilarsiz, hech qanday gaplarsiz, shunchaki tinglashlarini xohlaymiz.

Lekin, buni hamma ham eplolmaydi. Bir qarashda eng oson ishdek tuyilgan bu "jim o'tirib tinglash"ga hammaning ham uquvi yetavermaydi. Aslida, bu yillar davomida shakillanuvchi fazilatdir. Empathetic - dardkash insonlar hammani o'ziga tortadi. Hamma unga kelib dardini aytib yengillab olishni istaydi. Ammo, dardkashlik fazilatining ham, qanchalik insoniy, qanchalik ezgu bo'lmasin, o'ziga yarasha badali bor. Dardkashlik insondan avvalo katta energiya talab qiladi. Vaholanki, oddiy odamning bunga jismonan va ruxan qurbi yetmaydi. Hammaning dardini tinglab uni yetarlicha protses qilmaslik vaqti kelib burnout - charchoq, yoki ruxiy krizisga sabab bo'ladi.

Undan tashqari, o'ta ta'sirchan insonlarda, atrofdagilarning holatini tez ilg'ab olishlari sababli, odatda empathy - hamdardlik hissi kuchli bo'ladi. Aynan shu sababdan ham ular odamlar bilan muloqotda nisbatan tez toliqib qolishadi, va ma'lum vaqt yolg'iz qolishga extiyoj sezishadi.

Shunday bo'lsada, o'zida hamdardlik hislatini shakillantirish ijtimoiy hayotda va odamlar bilan munosabat o'rnatishda katta ahamiyatga egadir. Bolalarga kichlikligidanoq hislar, emotsiyalar va ular bilan ishlash haqida tushuncha berib borish ulaga kelajakda o'zgalar va o'zi bilan sog'lom munosabatlar o'rnatishda katta yordam beradi.

@kitobqurti
White Rabbit
Jefferson Airplane
for the sleepless souls🌻

@kitobqurti
is this cute or what??😍

and yes i petted that little sunshine🤗 and the sunset was beautiful too

the day was good. i got to pet a puppy and see the sunset. if this isn't happiness then i dont know what is.

@kitobqurti
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
bucketlistimdagi rejalardan yana biri - g'arbiy sohildan quyosh botishini tomosha qilish - tick!

@kitobqurti
​​Oramizda psixologik muammolardan aziyat chekayotganlar juda ko'p va har kim ham terapevtik muolaja olishga imkoni bo'lavermaydi. Shunday paytlarda eng yaxshi usul o'zi va o'z hislarini anglashdir.

Sarvinoz o'z ishining ustasi, yaxshi psixolog. Shaxsan o'zimga ham katta yordami tekkan. Mana endi ko'plagan insonlarga nafi tegadigan yangi ish boshlapti - Sara bilan terapiya. Psixologik va ruxiy muammolarga shunchaki tupirib qo'yilgan jamiyatimizdagi qayerga bosh urishni bilmay yurganlar uchun juda foydali bo'lishiga ishonaman.

Xullas, Sara iz ze best of ze best in ze east and ze west, north, south. all sides!
👉 @sara_bilan_terapiya
Bir paytda bir qadamdan...

"And we're taking it one day at a time..."

Ha, bu dunyo bir jonimizga o'gir. Shunday bo'lsada, oldinga qadam tashlashda davom etaveramiz. Bir paytda bir qadam; shoshmasdan, katta manzaraga emas, oyoq ostimizga boqib, bittadan qadam tashlab ketaveramiz. Zero, "yo'limiz o'zimiz kabi og'ir"...

Ba'zan, oldimizdagi bizni kutib turgan katta manzaraga qarab yuragimiz orqaga tortib ketadi. "Uddalay olarmikinman?!", "Kuchim yetarmikin?!", kabi shubha-gumon, xavotirlar miyyamizni egallab oladi. Atrofdagilar shunchalik katta marralarni zabt etayotgan bir paytda kunni tunga arang ulab olayotganingdan o'ksib ham ketasan. Eng yomoni, o'zingga achinasan. Ichingdagi olov so'nganidan o'rtanasan. Ammo, oldinga qadam tashlashda davom etaverasan. Chunki, "yo'limiz o'zimiz kabi og'ir"...

Aslida, yashashdan ma'no ham shu - yashashda davom etish. Oldinda nimalar kutayotganligiga qaramay, yo'ling qanchalik og'ir va qanchalik uzun ekanidan cho'chimay, bir paytda bittadan qadam tashlab oldinga yuraverasan. Qo'limizdan kelgani ham, ayni damda qo'limizdagisi ham shu - bir paytda bittadan qadam tashlash. Chunki, yuragingning tubida bir umid hali so'nmagan - qadamlaring seni albatta manzilingga eltadi. Zero, "yo'limiz o'zimiz kabi og'ir"...

@kitobqurti
Forwarded from Sarvinozdan chizgilar
Hozirgi yosh avlodda munosabatlarni qurish borasida diniy axloqqa tayanish holatini koʻp uchratyapman. Ota-onasi bilan, yaqinlari bilan, sevgan insoni bilan va hk. munosabatlarda nima qilish, oʻzini qanday tutish borasida dindan tayanch qidirish bor.

Nega bunday boʻlayotganiga oid tahminlarimdan biri, yaqinlar bilan munosabatlarning ogʻirligi, travma va xavotirlarga toʻlaligi, haqiqiy yaqinlikning yoʻqligidir. Xavotirlardan xalos boʻlish uchun psixika aniq va tushunarli yoʻl-yoʻriqlarni qidiradi. Aniq tartib, sxema ichida harakatlanish —ikkilanish, xavotirlardan asrashi, shuningdek toʻgʻri yashayotganiga oid ruhiy yengillik berishi mumkin.

Masalan, ota-onaga munosabatni olaylik. Ularga qanday munosabatda boʻlish borasida diniy axloqqa suyanuvchi farzandlar koʻp. Ota-onasiga xizmatda boʻlish, ular uchun jonidan voz kechishga tayyorlikni umrining mazmuniga aylantirganlar bor.

Lekin hamma ota-onalar bilan munosabatlarda ham diniy axloq funksional boʻlolmaydi. Chunki emotsional yetuk boʻlmagan, infantil (bola psixikasidagi) ota-onalar bor — ular farzandining jismoniy hamda psixologik quvvatini simirishdan, yemirishdan boshqa narsani bilmaydi.
Infantil ota-onalar qanday boʻladi:
▪️Oʻzining baxti uchun boshqalarni, ayniqsa farzandini javobgar deb biladi, aslo oʻzini emas
▪️Farzandining ehtiyojlari, istaklari, qiziqishlari ortiqchalik qiladi, bola tugʻishdan oldin buni hisobga olmaydi
▪️Farzandining baxtidan koʻra, tashqaridan oilaning qanchalik “baxtli, tinch va risoladagiday” koʻrinishi muhimroq
▪️Bolasi uni yapatishi, koʻnglini koʻtarishi, muammolarini tinglashi va yechishda yordam berishi kerak, ota-ona esa bolaga bu narsalarni bermaydi. Ya’ni farzand ota-onasiga ota-onalik qiladi
▪️Bola uni tugʻishgani uchun ota-onasi oldida “qarz soʻramagan qarzdor”. “Meni tugʻing” deb iltimos qilganday
▪️Ota-ona oʻz vaqtida bolaning jismoniy, moliyaviy ehtiyojlarini ta’minlaganida xuddi qariganida shunday javob olish umidida boʻladi, qarilik davri yaxshi kechishi uchun oʻzi tayyorgarlik koʻrmaydi (masalan, sport bilan shugʻullanmaydi, moliyaviy savodxon boʻlishga intilmaydi)

va shu kabilar.

Infantil ota-onalarning ichida nartsisslari juda koʻp. Ular diniy axloqdan nartssistik ehtiyojlarini qondirishda foydalanadi va bolalarini aybdorlik, qoʻrquv, qargʻish singari manipulyatsiyalar bilan boshqaradi.

Turmush oʻrtoq bilan munosabatlarni olaylik. Masalan, erkak kishiga boʻysunish kerakligi gʻoyasi bor. Oʻzini oʻzi boshqarolmaydigan, psixologik holati uchun boshqalarni javobgar deb hisoblaydigan infantil erga boʻysunish — oilani psixik muammolar botqogʻiga aylantiradi.

Diniy axloqni yoki umuminsoniy axloqni oʻz foydasi uchun ishlatadigan infantil, nartsiss odamlarni qanday farqlash mumkin? Ular oʻzining “ota-ona”, “erkak”, “yoshi katta”, “qarindosh”, “doʻst” boʻlgani uchungina oʻzini deyarli hamma narsaga haqli deb bisoblaydi: shaxsiy chegaralarni buzishga, sherigining hayotini boshqarishga, ehtiyojlarini boshqalar qondirishiga va hk. Bunda manipulyatsiya va majburlovlardan aktiv foydalanishadi. Sherigining hislari, psixologik farovonligi, ehtiyojlari, istaklari, orzu-umidlari esa ahamiyatsiz.
Keling, sizlarga nima sababdan "biznes boshqaruvi" majorimdan ko'nglim to'lmasligi va uning ko'pchilikka noma'lum qorong'u tomonlari haqida so'zlab beraman.

Disclaimer: Biznes sohasini yoqtirmayman emas. Shunchaki, biznes sohasi, undagi talablar, kodekslar, umuman bu sohaning katta qismi ideallarim, qadriyatlarim va kutuvlarimga yetarlicha javob berolmaydi.

Avvalo, bu sohada eng katta qadirlanadigan hislat - sohtalik. Sohta tabassum, sohta suhbatlar, o'zini ektravert, lider, chiqishimli, gapdon qilib ko'rsatishga bo'lgan talablar. Misol uchun, agar introvertroq, odamovi bo'lsangiz, fanlardan yaxshi baho ololmasligingiz mumkin. Chunki, teamwork va muhokamalarga darslarda katta ahamiyat beriladi. Undan tashqari, bu sohani bitirib, biror korporatsiyada ish boshlaganingizda ham huddi shu hol bo'ladi. Bu sohada bilim emas, gapdonlik, "shustriy"lik, chiqishimlilik kabi hislatlar qadirlanadi. Ayni shu kabi sabablarga ko'ra, avval moliya sohasiga o'zgartirmoqchi bo'ldim. Lekin, bunday submajor yo'qligi tufayli iqtisodiyotni tanladim.

Shunday bo'lsada, sohtalik qilish, stage persona yaratish qo'limdan kelaydi deyolmayman. Rosti, buni juda yaxshi eplayman. I'm too good at pretending to be someone im not that sometimes i almost forget who i truly am. Lekin, bundan rohatlanmayman. Undan tashqari, ko'p energiya ham talab qiladi. Umuman, sohtalik baribir yoqimsiz.

O'zi umuman olganda, biznes juda keng soha. Bu oz ichiga marketing, buxgalteriya, kadrlar bilan ishlash, savdo-sotiq, moliya kabi o'nlab sub-sohalarni qamrab oladi. Bularning barchasi ham yuqorida aytganimdek sohtalik talab qilavermaydi. Masalan, moliya va buxgalteriya aniq va praktik sohalar. O'zimga ham shu ikkisi yoqadi.

Biznes yo'nalishiga topshirmoqchi bo'lib yurgan abituriyentlarga ham maslaxatim shu: o'z shaxsiy qadriyatlaringiz va xarakteringizdan kelib chiqib tanlov qiling. Shunchaki, prestij yoki kimdir maqtagani uchungina emas, avvalo o'zingizni shu sohada ko'ra olishingizga ishon hosil qilgach qaror qabul qiling.

Ashnaqa.

@kitobqurti
ba'zan, shunchaki kimdir kelib "aynane, jonim bolama", deb boshingdan silab qo'yishini xohlaysan...

@kitobqurti
​​Sen choy ichsang, men tomosha qilsam.

choyxorlarga sabahlar olmasin!

@kitobqurti
and this October we're healing from the things we don't talk about 🍂

@kitobqurti
Yemak - bu tashvishli dunyoga sal bo'lsada maza bera oladigan oz sonli ne'matlardan biri. Ayniqsa, yoqtirgan narsangni olib yeganingdagi baxtni boshqa hech narsa bilan o'lchab bo'lmaydi. Ba'zan, qalbingdagi bo'shliqni ham nimadir yeb, yoki ichib to'ldirishga urinasan. Garchi, qorningni to'ydirsada, qablingni hech nima to'ldirolmaydi. Shunday bo'lsada, qisqa muddatli lazzatning kuchi bilan tongni tunga ulab olasan. Ba'zan esa, sevganingning choyxo'rligidan ilhomlanib ming turli choylar sotib olasan. Qaysi kuni jasminli choyni berilib maqtaganini tinglab ortgan zavqingni hali hamon tuyib yuribsan. Ayniqsa, "Voy men ham pishloqni sevaman", degan gapidan keyin o'zingcha xayollaringda butun boshli kelajagingni u bilan birga tasavvur qilishni boshlaysan.

Miyyangni yemirayotgan o'ylaringdan chalg'ish uchun ham turfa xilli nimarsalarni tatib ko'rasan. Atayin, noyob shirinliklarni sotib olasan. Lekin, bir tishlab qo'yganingcha qolib ketadi. Chunki, sotib olishdan maqsad qorin g'ami emas, borgan sari chuqurlashayotgan bo'shliqni to'ldirish. Anyway deb internetdan cho'ylarni ko'rishni boshlaysan. Jasmin, zafaron, yalpiz, xitoycha, yaponcha, tukcha... Ehe, bularni hammasini tatib ko'rishga bir inson umri yetarmikin, deya o'ylab qolasan va Qora dengiz bo'yida u bilan birga choyxo'rlik qilish orzusi bilan uyqiga ketasan. Kunlar o'taveradi...

Choyxo'rlarga sabahlar olmasin! Pishloqxo'rlarga ham :)

@kitobqurti
2025/07/13 14:16:52
Back to Top
HTML Embed Code: