Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ash-Shar’a Rossiyada: Putin bilan muloqotda asosiy mavzular qaysi?

Suriya muvaqqat prezidenti Ahmad ash-Shar’a kecha, 15 oktyabr kuni rasmiy safar bilan Moskvaga bordi. Suriyada rejim almashgandan beri Shar’a birinchi marta Rossiyaga kelmoqda va Kremlda prezident Vladimir Putin bilan muloqot qildi.

👉 https://kun.uz/21570740

Kun.uz rasmiy kanali
10😐3🤯2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Faqat ovqat emas, nohaqliklarni ham ko‘tarishga majburmiz”: ofitsiantlar hayotida bir kun

Girgittonlik – ko‘plab yoshlar uchun vaqtinchalik daromad manbai. Bu ish tashqi tomondan oson ko‘rinadi, biroq ofitsiantlar hayotining parda ortidagi og‘riqli jihatlari ko‘pchilikka noma’lum.

📹 TO‘LIQ VIDEONI TOMOSHA QILING
33👍16👏6🔥2🤯2😐1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar jamoasining aprel oyidagi qahramonligi esingizdami? Ha, o‘sha turnir mezboni Saudiya Arabistoniga qarshi Osiyo chempionatidagi final o‘yini. Ikki kishi kam bo‘lib ham mezbonlarni tor-mor qilgan jamoa a’zolaridan biri Sadriddin Hasanov dunyoning eng iqtidorli o‘yinchilari qatoridan o‘rin oldi.

Kun.uz rasmiy kanali
👍5219🔥9👏2🤯1
Kosmik ma’lumotlar tahlili orqali daraxtlar kesilishini aniqlash joriy etiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 16 oktyabr kuni aerokosmik monitoring orqali yangi iqtisodiy imkoniyatlarni aniqlash yuzasidan takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

👉 https://kun.uz/62255985

Kun.uz rasmiy kanali
👍169😁18🔥119👏2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bozorda pichoqlab o‘ldirilgan qizaloq: bu qotillik yuz bermasdi, agar...

Denov tumanida 3 yoshli qizaloq bozorda notanish ayol tomonidan pichoqlab o‘ldirildi. Qotil ruhiy xasta bo‘lib chiqdi: taassufki, ayol avval ham bozorda o‘g‘irlik qilgan, ruhiy xasta bo‘lgani uchun sud unga tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasi qo‘llagan, ijrosini esa Denov tuman IIBga yuklagandi. Ayolni ruhiy xastaxonaga joylashtirishi kerak bo‘lgan profilaktika inspektori sud ajrimini “ish stoli ustida unutib qoldiradi”. Afsuski, bu “unutish”ning oqibati uzoq kuttirmadi.

📹 TO‘LIQ VIDEONI TOMOSHA QILING
😭3619👏1
O‘zbekiston hukumatining «maxfiy qarori» Qozog‘iston sementiga keskin zarba bo‘ldi – QazCem rahbari

Qozog‘istondan O‘zbekistonga sement yetkazib berish hajmi keskin qisqarib ketgan.

👉 https://kun.uz/02162391

Kun.uz rasmiy kanali
🤯19😐127👍4😭2
Tramp Vengriyada Putin bilan uchrashishini e’lon qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp 16 oktyabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali suhbatlashdi. «Bugungi telefon orqali muloqotda katta siljish bo‘ldi, deb o‘ylayman», deb yozdi Tramp.

👉 https://kun.uz/25527756

Kun.uz rasmiy kanali
😁23😐159👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yangi Toshkent aeroporti qurilishi va qishga tezak tayyorlashga chaqirgan hokim – mahalliy dayjest

Kun davomida Kun.uz yoritgan muhim mahalliy yangiliklar bilan tanishtiramiz.

👉 https://kun.uz/01328398

Kun.uz rasmiy kanali
😁164🔥2😐2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Misrda tarixiy kelishuv: mintaqada uzoq muddatli tinchlikka umid paydo bo‘ldi

Misrning Sharm ash-Shayx kurort shahrida G‘azodagi urushni tugatish bo‘yicha sulh imzolandi. O‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha yakuniy kelishuvni AQSH, Qatar, Turkiya va Misr imzoladi. Uchrashuvga 30 ga yaqin davlat rahbari bordi, lekin Netanyahu ishtirok etmadi. Quyida bu kelishuv nimani anglatishi haqida.

📹 YOUTUBE'DA TOMOSHA QILING
17
Saudiya Arabistoni Haj vizasini berish shartlarini kuchaytirdi

Endi «Nusuk» platformasidan olingan sog‘lomlik to‘g‘risida tibbiy guvohnoma bo‘lgan taqdirda ziyoratchiga Haj vizasi beriladi.

👉 https://kun.uz/49242221

Kun.uz rasmiy kanali
14👏8😭5
Toshkentning yana 10 ta ko‘chasida metrobus harakati yo‘lga qo‘yiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyevga poytaxtni kompleks rivojlantirish, sanoat va transport infratuzilmasini yaxshilash masalalari yuzasidan axborot berildi.

👉 https://kun.uz/80315423

Kun.uz rasmiy kanali
👍2397😭4
Putin O‘zbekiston bosh prokurorini «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirladi

Nig‘matilla Yo‘ldoshevning «MDH makonida qonuniylik, huquq-tartibotni mustahkamlash, fuqarolar huquqlarini himoya qilish, prokuraturalararo hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissasi» e’tirof etildi.

👉 https://kun.uz/84750732

Kun.uz rasmiy kanali
😐69👍18😁18🤯1211👏4
Non eng qimmat va eng arzon bo‘lgan mamlakatlar aniqlandi

Dunyodagi eng qimmat oq non batoni 134 ming so‘mdan, eng arzoni 2100 so‘mdan sotilmoqda.

👉 https://kun.uz/89999276

Kun.uz rasmiy kanali
13👍7🤯7🔥2👏2
«Gazprom» O‘zbekistonga tabiiy gaz va suyultirilgan gaz yetkazib berishni ko‘paytirmoqchi

Mamlakatlarning neft-gaz kompaniyalari O‘zbekistonda qazib olinishi qiyin bo‘lgan konlarni o‘zlashtirish bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda.

👉 https://kun.uz/20742019

Kun.uz rasmiy kanali
😁3312🤯10😭4👍1
Ronaldu 2025 yilning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisi bo‘ldi

Portugaliyalik hujumchi «An-Nasr» klubida umumiy hisobda $280 mln dollar ishlab topdi.

👉 https://kun.uz/72459480

Kun.uz rasmiy kanali
👏248🔥8👍7
Toshkentda avtobus uchun alohida yo‘laklar bo‘ladigan 10 ta ko‘cha nomi ma’lum qilindi

Toshkent shahar hokimligi poytaxtda avtobuslar uchun alohida ajratilgan yo‘laklar infratuzilmasini barpo etish bo‘yicha yangilangan rejalarini taqdim etdi.

👉 https://kun.uz/78347875

Kun.uz rasmiy kanali
👏2111👍8😭7🔥2🤯1
Rossiyada o‘zbekistonlik migrantlar bo‘lgan avtobus YTHga uchrab, ag‘darilib ketdi

Rossiyaning Amur viloyatida ishchilarni olib ketayotgan avtobus yengil avtomobil bilan to‘qnashib, ag‘darilib ketdi. Yo‘lovchilar orasida O‘zbekiston, Tojikiston va Turkiya fuqarolari ham bor.

👉 https://kun.uz/57619278

Kun.uz rasmiy kanali
😭4212😐1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qozog‘istonda 19 yoshli futbolchi o‘yin vaqtida o‘zini yomon his qilib, shifoxonada vafot etdi

O‘yinning ikkinchi bo‘limida futbolchi gazonga yotib olgan va uni zambilda olib chiqib ketishgan.

👉 https://kun.uz/73467975

Kun.uz rasmiy kanali
😭85😐11🤯94🔥3👍2
Namanganda 38 yoshli pedofil 7 yoshli qizchani zo‘rladi

Qochib yashiringan pedofil 2 kunlik qidiruvdan so‘ng qo‘lga olingan va unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan. Ushbu shaxs 2014 yilda jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish, 2020 yilda nomusga tegish jinoyatlarini sodir qilib, sudlangani ma’lum bo‘ldi.

👉 https://kun.uz/30428107

Kun.uz rasmiy kanali
🤯163😭5919😐11😁4👍1
Hafta oxirida harorat pasaya boshlaydi

Shanba kunidan O‘zbekistonga salqin havo massalari kirib kelishi boshlanadi. Harorat kunduzi +15…+28, kechasi +3…+11 daraja atrofida bo‘ladi. Tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

👉 https://kun.uz/59946678

Kun.uz rasmiy kanali
👍2211🤯1
2025/10/23 17:17:48
Back to Top
HTML Embed Code: