Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yarmi kukun, limit kam, ombor uzoq - popliklar ko‘mir ta’minotidan norozi

Kunlar sovib, uy isitish yana dolzarb masalaga aylandi. Tabiiy gaz yetib bormagan hududlarda ko‘mir va o‘tinga talab kundan kun ortib bormoqda. Kun.uz muxbiri Namangan viloyati Pop tumanidagi Guliston qishlog‘ida bo‘lib, odamlardan uylarini isitish uchun bahorgacha qancha mablag‘ sarflashlari, tarqatilayotgan ko‘mir sifati haqida so‘radi.

📹 TO'LIQ VIDЕONI TOMOSHA QILING
16🤯8😭4👍2
O‘zbekistonda beshta davlat ishtirokida yirik harbiy o‘quv mashg‘uloti boshlandi

Markaziy harbiy okrug «Kattaqo‘rg‘on» poligonida O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston va Ozarboyjon mudofaa vazirliklarining bo‘linmalari ishtirokida yirik harbiy o‘quv mashg‘ulotiga start berildi.

👉 https://kun.uz/55454235

Kun.uz rasmiy kanali
👏4414👍12
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Yangi O‘zbekiston nimalarga qodir ekanini jahon albatta ko‘radi” — Muhammad Abunayyan

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatida yangi xalqaro aeroport qurilishiga tamal toshi qo‘yishga bag‘ishlangan tantanali marosimda ishtirok etdi. Unda O‘zbekiston-Saudiya Ishbilarmonlar kengashi hamraisi, “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan ham nutq so‘zladi.

👉 https://kun.uz/55454235

Kun.uz rasmiy kanali
👍167🔥209😭3😁1
Buxoroda sud xodimi tezkor tadbirda qo‘lga olindi

Jinoyat ishlari bo‘yicha G‘ijduvon tuman sudi arxiv mudiri ko‘rib tamomlangan jinoyat ishi bo‘yicha sudlanuvchiga tanishlari orqali yengillik yaratib berish evaziga 700 dollar so‘ragan. Shundan 100 dollarini oldindan olgan, qolganini olayotgan vaqtida tezkor tadbirda ushlangan.

👉 https://kun.uz/74973054

Kun.uz rasmiy kanali
😁1510😭5👍2😐2
Hamasga bosim ortmoqda: Isroil va AQSh urushni qayta boshlash bilan tahdid qildi

Agar sulh shartlari buzilsa, urush qayta boshlanadi. «Isroil men aytgan zahoti ko‘chalarga qaytadi”, dedi Donald Tramp. Buning ortidan Hamas o‘z qo‘lidagi barcha halok bo‘lgan isroilliklarning jasadi topshirilganini aytdi. Qolgan jasadlarni G‘azo vayronalari ostidan chiqarish uchun maxsus texnikalar zarur.

👉 https://kun.uz/85052322

Kun.uz rasmiy kanali
😭3710🤯10😁8😐3
Yil boshidan beri 155 nafar qiz voyaga yetmasdan turmushga berilgan

2025 yilning oktyabr oyigacha 155 nafar 15-17 yoshdagi qiz erta turmushga berilgan. Sog‘liqni saqlash vaziri Asilbek Xudayarov erta turmush qurish va qarindosh-urug‘lar o‘rtasidagi nikohlar nogiron farzandlarning tug‘ilish ehtimolini oshirishini ta’kidlagan.

👉 https://kun.uz/95735495

Kun.uz rasmiy kanali
🤯3812👍10🔥4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ishga olish uchun ayolga jinsiy aloqa taklif qilgan maktab direktori ishdan olindi

Qashqadaryoning Ko‘kdala tumanidagi 17-umumta’lim maktabi direktori ishga kirish bo‘yicha murojaat qilgan ayolga “u bilan birga bo‘lishni xohlayotgani”ni bildirgan. Maktab direktori mahalliy kengash deputati ham hisoblanadi.

👉 https://kun.uz/95353149

Kun.uz rasmiy kanali
😁55🤯4712😐5👏3
Maktablarda kuzgi ta’til 4-noyabrdan boshlanadi

Kuzgi ta’til joriy yilning 4-noyabr kunidan boshlanib, 10-noyabrgacha davom etadi.

👉 https://kun.uz/54734888

Kun.uz rasmiy kanali
👍155🔥3
NATO bosh kotibi Rossiyaning «uyiga oqsoqlanib qaytayotgan» suvosti kemasi ustidan kuldi

Mark Ryutte O‘rta Yer dengizida Rossiya harbiy-dengiz kuchlari deyarli yo‘qligini ta’kidladi.

👉 https://kun.uz/10550715

Kun.uz rasmiy kanali
👍2119😁11😐8
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Isroilning Hamasga tahdidi, sulhga kelishgan Pokiston–Afg‘oniston va MRBning Venesueladagi operatsiyalari – kun dayjesti

O‘tgan kun davomida jahonda ro‘y bergan eng asosiy voqea va yangiliklar sharhi bilan kundalik xabarnomada tanishtiramiz.

👉 https://kun.uz/23932001

Kun.uz rasmiy kanali
7👍7🤯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Hech kim tezak qilmay qo‘ydi” – Qumqo‘rg‘on tumani hokimi

Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumani hokimi Anvar Normamatov mahalliy kengash sessiyasida odamlar tezak qilmay qo‘yganini aytib, buni xalqqa tushuntirish kerakligini bildirgan. “Nimaga endi biz gaz-gaz deb qoldik? Gazning tagi bo‘lsa qani, yo‘q-da shu”, degan hokim.

👉 https://kun.uz/49597285

Kun.uz rasmiy kanali
😁212🤯30😭19😐1712👏7🔥5
Aholisi soni eng tez o‘sayotgan mamlakatlar ma’lum qilindi

Afrika va Yaqin Sharqdagi ba’zi mamlakatlarda aholi soni atigi 25 yil ichida ikki baravar ko‘payishi mumkin. Misol uchun, Kongo Demokratik Respublikasining poytaxti Kinshasa, agar hozirgi o‘sish sur’atlari davom etsa, 2080 yilga borib sayyoradagi eng yirik megapolislar qatoriga kiradi.

👉 https://kun.uz/98328525

Kun.uz rasmiy kanali
😐1611👍5😁3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oksford o‘quv dasturiga o‘zbek va qadimgi o‘zbek (chig‘atoy) tillarini kiritgan birinchi va yagona universitet bo‘ldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Oksford universitetida o‘zbek tadqiqotlari dasturining rasmiy ochilish marosimida ishtirok etdi. Oksford Buyuk Britaniyada o‘zining “Osiyo va Yaqin Sharq tadqiqotlari” fakulteti o‘quv dasturiga o‘zbek va qadimgi o‘zbek (chig‘atoy) tillarini kiritgan birinchi va yagona universitet bo‘ldi.

👉 https://kun.uz/50559568

Kun.uz rasmiy kanali
👍15945👏32🔥17😁5
Sadriddin Hasanov dunyoning eng yaxshi yosh futbolchilari qatoriga kirdi

Hasanov chap qanotdan yorib kirishni yoqtiradi, tezkor, kuchli, intiluvchan va g‘oliblik ruhiyatiga ega, deya “Bunyodkor” klubi hujumchisiga ta’rif berdi The Guardian. U-17 Osiyo chempionatining eng yaxshi futbolchisi kelasi oy jahon chempionatida ham o‘zini ko‘rsatib, Osiyoda yilning eng yaxshi yosh o‘yinchisi deb topilsa, top klublardan jiddiy takliflar olishi mumkin.

👉 https://kun.uz/67549385

Kun.uz rasmiy kanali
👍3215🔥6👏5
Tramp Kiyevga Tomahawk berish bilan «qo‘rqitmoqda». Bu raketa nimani o‘zgartirishi mumkin?

New York Times gazetasi bir yil muqaddam Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy AQShdan BGM-109 Tomahawk qanotli raketalarini so‘ragani va rad javobini olganini yozgandi: ma’muriyat uning so‘rovini ham siyosiy, ham obyektiv sabablarga ko‘ra mutlaqo noreal deb topgandi.

👉 https://kun.uz/72701337

Kun.uz rasmiy kanali
20🔥4👍2
Bakteriyalarning antibiotikka chidamliligi keskin ortmoqda – JSST

2018-yildan 2023-yilgacha bakteriyalarning antibiotiklarga chidamliligi 40 foizdan ko‘proqqa oshgan, ya’ni har yili 5–15 foizgacha o‘sish kuzatilgan. 2019-yilda rezistent bakteriyalar 1,27 million kishining bevosita o‘limiga sabab bo‘lgan.

Bakteriyalarning antibiotiklarga chidamli bo‘lib borishiga asosiy sabablardan biri – antibiotiklardan ortiqcha va noto‘g‘ri foydalanish. Davolash kursini chala tashlab ketish, retseptsiz dori olish, virusga qarshi antibiotik ishlatish shular jumlasidan.

👉 https://kun.uz/51114725

Kun.uz rasmiy kanali
15🤯14👍1🔥1
Rossiya Odessani olish maqsadida sobitmi?

Ukrainani Qora dengizga chiqish imkoniyatidan mahrum qilish Rossiyaning maqsadlaridan biri sifatida ko‘riladi. Urushning ayni shu pallasiga kelib rus armiyasining Odessani egallash va Ukrainani dengizdan uzib qo‘yish rejasi hali ham aktualmi? Kun.uz studiyasida tahlilchilar Abduvali Soyibnazarov va Shuhrat Rasul bu borada turlicha fikrda ekanini bildirdi.

📹 VIDЕONI TOMOSHA QILING
15😁5🤯2🔥1
AQSh Maduroni ag‘darmoqchi: MRBga Venesuelada maxfiy operatsiyalar o‘tkazish vakolati berildi

New York Times'ning manbalariga ko‘ra, yangi vakolat – Markaziy razvedka boshqarmasiga Venesuelada o‘limga olib keluvchi yashirin operatsiyalarni o‘tkazish imkonini beradi. Bundan tashqari, AQSh harbiylari Venesuela hududidagi ehtimoliy zarbalar berish variantini ham ko‘rib chiqmoqda.

👉 https://kun.uz/49517602

Kun.uz rasmiy kanali
🤯169👍5
2025/10/23 06:59:22
Back to Top
HTML Embed Code: