Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oq uydagi ekskavatorlar, Yaponiyada ilk ayol bosh vazir va Xitoy o‘rniga Avstraliyaga ishongan Tramp – kun dayjesti

O‘tgan kun davomida jahonda ro‘y bergan eng asosiy voqea va yangiliklar sharhi bilan kundalik xabarnomada tanishtiramiz.

👉 https://kun.uz/36513744

Kun.uz rasmiy kanali
8😁1
21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni

O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 36 yil to‘ldi. Bugundan e’tiboran O‘zbekiston prezidentining matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida yurita boshladi.

Kun.uz rasmiy kanali
👏50👍1312😐4
Prezident Toshkentda IT-park loyihasining 2-bosqichiga tamal toshi qo‘ydi

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi IT-park hududi 1,5 barobar kengaytiriladi. Bu yerda Saudiyaning “Data Volt” kompaniyasi bilan hamkorlikda 12 MW quvvatli, 150 mln dollarlik data-markaz barpo etiladi. Keyingi bosqichlarda yana 3 mlrd dollar investitsiya kiritilib, quvvat 500 MWga yetkaziladi. IT-park hududida Sun’iy intellekt markazi, Kosmos va kelajak texnologiyalari markazlari ham quriladi.

👉 https://kun.uz/76763266

Kun.uz rasmiy kanali
👍13810🔥2👏2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Parlamentlararo ittifoq assambleyasida O‘zbekistonning insonparvarlik sohasidagi tashabbuslari ilgari surildi

Parlamentlararo ittifoq 151-assambleyasining “Inqiroz sharoitida insonparvarlik me’yorlariga rioya qilish va insonparvarlik harakatlarini qo‘llab-quvvatlash” mavzusidagi yalpi majlisida Senat raisi Tanzila Norboyeva boshchiligidagi O‘zbekiston parlament delegatsiyasi ishtirok etdi.

👉 https://kun.uz/51748505

Kun.uz rasmiy kanali
12🤯3😐3😁1
O‘zbekistonda 2026 yildan yo‘ldoshli internet operatorlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

SI infratuzilmasiga 100 mln dollardan ortiq sarmoya kiritgan kompaniyalar uchun Qoraqalpog‘istonda elektr energiyasi narxi 5 sent etib belgilanadi (hozirda yuridik shaxslar uchun - 8,3 sent). 2026 yildan boshlab O‘zbekistonda olis hududlar uchun sun’iy yo‘ldosh internet operatorlari ishga tushadi, dedi prezident.

👉 https://kun.uz/99920439

Kun.uz rasmiy kanali
👍185🔥45👏75😁2
AQShda yiliga 500 ming dollar pul topadiganlar ham «oylikdan oylikkacha» yashay boshlagan. Nega?

Goldman Sachs kompaniyasi hisobotiga ko‘ra, yiliga 300 mingdan 500 ming dollargacha pul topadigan amerikalik ishchilarning 41 foizi, 500 ming dollardan ortiq topadiganlarning 40 foizi o‘zlarini «oylikdan oylikkacha yashayapmiz» deb hisoblaydi. O‘z navbatida, xarajatlarini qoplashda qiynalayotganlar orasida yillik daromadi pastroq bo‘lgan ishchilarning ulushi sezilarli darajada kam.

Tadqiqotchilar bu paradoksni «hayot tarzi inflatsiyasi» bilan bog‘lagan. Ya’ni ilgari hashamat hisoblangan narsalar ayrim daromad guruhlarida asta-sekin zaruratga aylana boshlagan.

👉 https://kun.uz/39260901

Kun.uz rasmiy kanali
👍5210😁8🤯6😐2🔥1
Dollar kursi 12 ming so‘mgacha quladi

Valyuta birjasidagi bugungi savdolardan keyin, O‘zbekiston Markaziy banki AQSh dollarining 22-oktabr uchun so‘mga nisbatan rasmiy qiymatini 12 011 so‘m deb belgiladi. Bu – “bir martalik to‘g‘rilanish” ro‘y bergan 2023-yil 11-avgustidan keyingi davr uchun minimum ko‘rsatkich.

👉 https://kun.uz/96118946

Kun.uz rasmiy kanali
👍40😁159😭8
Nikolya Sarkozi qamoqxonaga keldi

Fransiyaning sobiq prezidenti u yerda besh yillik qamoq jazosini o‘taydi.

👉 https://kun.uz/70788708

Kun.uz rasmiy kanali
10😁6🔥4🤯1😭1
O‘quvchilarning tashabbusli budjeti – “Mening maktabim” loyihasi boshlanmoqda

Yuqori sinf o‘quvchilari o‘zi o‘qiydigan maktabga kerakli shart-sharoitlarni o‘z tashabbuslari bilan qo‘lga kiritish imkoniyatiga ega. 22-oktabrdan boshlab, ular “Mening maktabim” loyihasiga o‘z takliflarini kiritishi mumkin.

Eng ko‘p ovoz olgan takliflar ro‘yobi uchun har bir maktabga 62 mln so‘mdan pul ajratiladi.

👉 https://kun.uz/49132455

Kun.uz rasmiy kanali
😁15👍10😭65🤯2😐1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Voobshe, dacha, ogorod” – tilimizga o‘rnashib qolgan ajnabiy so‘zlarning o‘zbekchasini bilamizmi?

O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 36 yil to‘ldi. Kun.uz muxbiri shu munosabat bilan kichik so‘rovnoma o‘tkazib, odamlardan ayrim chet tilidagi so‘zlarning o‘zbekchasini bilish-bilmasliklarini, shuningdek, o‘zbek tili nufuzini oshirish bo‘yicha nimalar qilish kerakligi haqida so‘radi.

👉 https://kun.uz/70897503

Kun.uz rasmiy kanali
18😁8😭5👍3😐3
BMT Qirg‘izistonga o‘lim jazosini qaytarishning qonuniy jihatdan imkonsiz ekanini tushuntirdi

Mamlakat o‘lim jazosini taqiqlashni nazarda tutuvchi xalqaro pakt va protokolni imzolagan. Undan bir tomonlama chiqishning imkoni yo‘q. Shu sababli Qirg‘iziston o‘lim jazosini yuridik jihatdan qaytara olmasligi ta’kidlanmoqda.

👉 https://kun.uz/13851527

Kun.uz rasmiy kanali
👍23🤯156😁4👏2😭1
Rossiyalik tennischi Mariya Timofeyeva O‘zbekiston sharafini himoya qiladi

21 yoshli sportchi fuqaroligini o‘zgartirdi va O‘zbekistonning birinchi raqamli raketkasiga aylandi.

👉 https://kun.uz/22469925

Kun.uz rasmiy kanali
👍108😁2416😐7👏6🤯2😭2
Tramp va Putinning Budapeshtdagi uchrashuviga tayyorgarlik to‘xtatildi

Manbaga ko‘ra, AQSh prezidenti tomonlar muzokaraga tayyor emas deb hisoblamoqda.

👉 https://kun.uz/65633246

Kun.uz rasmiy kanali
😁383🤯3😭3
Oshkora “reyderlik”: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi departament tadbirkorlarning milliardlab pullarini g‘ayriqonuniy tarzda ushlab turibdi

Bo‘rttirilgan ayblov ortidan juda ko‘p miqdordagi mablag‘lari tergov davrida tortib olingan tadbirkorlar sudda qisman adolatga erishgan. Ammo Bosh prokuratura xuzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining markaziy mahkamasi olib qo‘yilgan pullarini qaytarish bo‘yicha sud hujjatlarini bajarmayapti. Uni undirishi kerak bo‘lgan MIB esa departamentning “tug‘ishgan ukasi”.

👉 https://kun.uz/03172895

Kun.uz rasmiy kanali
🔥18😁149🤯5👏2
Kun.uz | Rasmiy kanal
Manzil koloniyadan qochgan pedofil 3-sinf qizni zo‘rlagani aytilmoqda Ta’kidlanishicha, shaxs shu kunning o‘zida huquqni muhofazasi qiluvchi organlar tomonidan protsessual tartibda ushlangan va unga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. 👉 https:/…
Manzil koloniyadan qochgan pedofil ishi bo‘yicha Markaziy tergov hibsxonasi xodimlariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

IIV Jazoni ijro etish departamenti Markaziy tergov hibsxonasi tartibot bo‘limi safdor xodimi va boshqalar qonunga xilof ravishda moddiy qimmatliklar olishi yoki mulkiy manfaatdor bo‘lish jinoyatini sodir qilishda ayblanmoqda. Bu 31 yoshli pedofilning manzil koloniyadan qochishiga qanday aloqadorligi ochiqlanmagan.

👉 https://kun.uz/24520261

Kun.uz rasmiy kanali
👏2512👍7
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tramp va Putin yana uchrashmoqchi. Nega?

Tramp bu gal uchrashuvga tayyorlanish uchun quruvchi Uitkoffni emas, diplomat Rubioni tayinladi. AQSH prezidenti Putin bilan uchrashuvda jiddiy kelishuvga erishmoqchi. Lekin OAVda Tramp uchrashuvni bekor qilgani haqida gaplar chiqa boshladi.

📹 YOUTUBE'DA TOMOSHA QILING
16👍6😁1😐1
O‘zbekistonliklarda dunyoda noma’lum bo‘lgan gen o‘zgarishlari aniqlandi

Olimlar bu holatni ayrim hududlarda qarindoshlar o‘rtasidagi nikohlar ulushining yuqoriligi bilan izohlamoqda. Ba’zi viloyatlarda bunday nikohlar umumiy nikohlarning choragiga yaqinini tashkil etadi.

👉 https://kun.uz/05532618

Kun.uz rasmiy kanali
🤯49😭179😁4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Huquqiy baho: “jigar” so‘zini ham, tabriklash xizmatini ham patentlab bo‘lmaydi

Ijtimoiy tarmoqlarda tabriklash xizmati uchun “mualliflik huquqi” olingani, “jigar” so‘zi esa “patentlangani” haqida videolar tarqaldi. “Kim ruxsatimizsiz bizning g‘oyamizni ishlatib tabrikchilik sohasini davom ettirsa, javobgarlikka tortiladi”, deydi bir video muallifi. Kun.uz muhokamalarga sabab bo‘lgan holat yuzasidan savollar bilan Adliya vazirligiga murojaat qildi.

👉 https://kun.uz/97031620

Kun.uz rasmiy kanali
👍1810👏4
2025/10/22 21:59:37
Back to Top
HTML Embed Code: