Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yo‘ldoshli internet va o‘quvchilarning tashabbusli budjeti – mahalliy dayjest

Kun davomida Kun.uz yoritgan muhim mahalliy yangiliklar bilan tanishtiramiz.

👉 https://kun.uz/40662570

Kun.uz rasmiy kanali
👍17123🔥4😁4
Yevroittifoq mamlakatlari Rossiya aktivlarini Ukrainaga berish bo‘yicha kelishib oldi

Ammo bu reja qachon amalga oshirilishi – noma’lum.

👉 https://kun.uz/53000126

Kun.uz rasmiy kanali
👍20😁76
Botulizm xavfidan ogohlik: uyda tayyorlangan konservalarni ochishdan avval e’tibor qaratishingiz zarur bo‘lgan 5 jihat

Salqin kunlar keldi. Uy bekalarining mehnati bilan yozda yopilgan bankalar endi dasturxonga tortilyapti. Ushbu maqolada konservalarning iste’molga yaroqliligini aniqlash usullari haqida so‘z yuritiladi.

👉 https://kun.uz/69432735

Kun.uz rasmiy kanali
7👍7👏2
Tramp Avstraliya yordami bilan Xitoyning «nodir minerallar hukmronligini» sindirmoqchi. Nima uchun bu oson emas?

AQSh va Avstraliya yetakchilari 8,5 milliard dollarlik muhim minerallarga doir bitim imzoladi. «Bir yil ichida shunchalik ko‘p minerallar bo‘ladiki, nima qilishni bilmay qolasiz», dedi Tramp. AQSh, bu kelishuvlar - nodir minerallarning eng arzon yetkazib beruvchisi hisoblangan Xitoyning global bozordagi ustunligini kamaytirishiga ishonmoqda. Mutaxassislar esa «bu narsa tez sodir bo‘lmasligini» bildirdi.

👉 https://kun.uz/33710094

Kun.uz rasmiy kanali
12😁8
Vazirlar va hudud rahbarlari sun’iy intellekt uchun ham mas’ul bo‘ladi

Endilikda vazirlar va tarmoq rahbarlarining raqamlashtirishga mas’ul o‘rinbosarlari bir vaqtning o‘zida sohada sun’iy intellektni rivojlantirish uchun ham mas’ul etib belgilandi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev o‘tkazgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.

👉 https://kun.uz/18649816

Kun.uz rasmiy kanali
14👍8🤯4
Aloqa operatorlari soxta raqamlardan qo‘ng‘iroqlarni bloklay boshladi

O‘zbekistonda soxta raqamlardan telefon qo‘ng‘iroqlarini bloklash orqali firibgarlik holatlarining oldini oluvchi “anti-spoofing” tizimi joriy etildi.

👉 https://kun.uz/53471203

Kun.uz rasmiy kanali
👏80👍24🔥1311🤯1
ChatGPT asoschisi sun’iy intellektga ega brauzerni taqdim etdi

Brauzer ChatGPT yordamida turli masalalarni hal qilish imkonini beradi.

👉 https://kun.uz/96602014

Kun.uz rasmiy kanali
👍246😐3🔥2
Teleskop orqali: Lemmon kometasi O‘zbekistondan ham ko‘rinishi mumkin

2025 yil 21 oktyabrdan Shimoliy yarim shar aholisi noyob osmon hodisasini kuzatishi mumkin – C/2025 A6 (Lemmon) kometasi Quyosh tizimining chetki hududlaridan yaqinlashmoqda.

👉 https://kun.uz/32056810

Kun.uz rasmiy kanali
20😁4🤯1
Yil yakunigacha barcha shahar va tumanlarda «Aqlli shahar» tizimi joriy qilinadi

Urganchda «Aqlli shahar» tizimi ishga tushirildi, boshqa hududlarga ham tatbiq qilinadi. Bu haqda prezident raisligida sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishida aytib o‘tildi.

👉 https://kun.uz/95119117

Kun.uz rasmiy kanali
👍105😁107
«Arsenal» «Atletiko»ga imkon qoldirmadi, «Barsa» 6 ta, «PSJ» 7 ta gol urdi

«Napoli» kutilmaganda safarda yirik hisobda yutqazdi, «Qayrat» deyarli 90 daqiqa bir kishi ko‘p o‘ynab gol urolmadi. Seshanba oqshomida YChLning 3-turi doirasidagi asosiy voqealar, o‘yinlardagi gollar va turnir jadvalidagi vaziyat.

👉 https://kun.uz/14086409

Kun.uz rasmiy kanali
6👍1
O‘zbek yoshlari uchun katta sovg‘a: “Ming kitob” loyihasi dastlabki 27 ta kitobni taqdim etdi

Jahondagi eng mashhur ilmiy-ommabop kitoblardan 27 tasi “Yoshlar uchun ming kitob” (1000KITOB) loyihasi doirasida o‘zbek tiliga o‘girilib, kutubxonalarga tarqatildi. O‘zbek tili bayrami arafasida taqdim etilgan bu kitoblar to‘plami – prezident qarori bilan amalga oshirilayotgan ma’rifiy loyihaning dastlabki samarasi bo‘ldi.

To‘plamdagi kitoblarning aksariyati Oksford universitetining “O‘ta qisqa tanishtiruv” turkumiga kiradi.

Tanlab olingan jami 50 ta kitobning qolgan 23 tasi yaqin oylarda bosmadan chiqadi. Yana 60 dan ortiq kitoblar uchun huquqlarni olish va tarjima ishlari boshlab yuborilgan.

👉 https://kun.uz/24402831

Kun.uz rasmiy kanali
👍3115🔥4👏4
Rossiya Ukraina bo‘ylab zarbalar berdi

10 oblast hududlari o‘qqa tutilishi oqibatida kamida olti kishi, jumladan, ikki bola halok bo‘lgan. Regionlarning aksarida elektr ta’minoti uzilgan.

👉 https://kun.uz/65151805

Kun.uz rasmiy kanali
😭157🤯4👍3😐1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yana ballistik raketalar uchirgan Kim, G‘azodagi vaziyat hamda qoldirilgan Tramp–Putin uchrashuvi – kun dayjesti

O‘tgan kun davomida jahonda ro‘y bergan eng asosiy voqea va yangiliklar sharhi bilan kundalik xabarnomada tanishtiramiz.

👉 https://kun.uz/54022733

Kun.uz rasmiy kanali
11😁3
Toshkentdagi uy-joy bozori: yangi uylar qimmatlashdi, ikkilamchi uylar arzonlashdi

Toshkentda birlamchi uy-joy bozorida narxlar 3 foizga oshdi, eng yuqori o‘sish Mirobod, Bektemir va Yakkasaroyda (o‘rtacha 5,8 foiz) qayd etildi. Shu bilan birga, ikkilamchi uy-joy bozorida yillik hisobda narxlar 1,7 foizga pasaydi, xususan Yashnobod, Mirzo Ulug‘bek va Chilonzorda o‘rtacha 4,3 foizga tushdi.

👉 https://kun.uz/97638165

Kun.uz rasmiy kanali
😐86
Luvrdan o‘g‘irlangan buyumlarning qiymati ma’lum qilindi

Luvr muzeyi o‘g‘irlangan zargarlik buyumlarining qiymatini 88 million yevroga baholadi. Parij prokurori olmos bilan bezatilgan asarlar maydalab yoki eritib yuborilsa, bozordagi narxi tushishini aytdi. «Ehtimol, o‘g‘rilar buni o‘ylab ko‘rishar va zargarlik asarlarini vayron qilishmas», - dedi prokuror Lor Bekko.

👉 https://kun.uz/82938383

Kun.uz rasmiy kanali
👍198😁8🤯3
«Mubashshir Ahmad sud hukmi ustidan shikoyat bermaslikka qaror qildi» – advokat

«Menimcha, Mubashshir domla «taqdir»ga taslim bo‘ldi va yana ovoragarchiliklarda yurishni xohlamadi», deydi Alisher Tursunovning advokati Kun.uzʼga bergan izohida. 8 oktyabr kuni sudya Bobur Rahimov ulamoni tergov organi qo‘ygan uchala modda bo‘yicha ham aybdor deb topgan va 2,5 yilga ozodlikdan mahrum etish jazosini tayinlagan edi.

👉 https://kun.uz/64506025

Kun.uz rasmiy kanali
😭659😐8🤯6🔥5😁4👏2
Putindan Trampgacha. Davlat rahbari bo‘lish qanchalik daromadli ish?

AQSh prezidenti Donald Tramp yiliga 400 ming dollar maosh oladi. Bu Apple kompaniyasi bosh direktori Tim Kukning maoshidan 186 barobarga kam. Turkiya yetakchisi Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning oyligi va pensiyasini qo‘shgandagi daromadi 411 ming 800 lira. Eng ko‘p maosh oladigan davlat rahbarlari reytingida birinchi o‘rinni Singapur bosh vaziri Lourens Vong egallaydi. Uning yillik daromadi 1,69 mln dollar.

📹 VIDEONI TOMOSHA QILING
24👍6😁3🤯3
Kongressmenlar Trampni Markaziy Osiyo davlatlari ishtirokida sammit o‘tkazishga chaqirdi

AQSh Kongressi a’zolari prezidentga «Markaziy Osiyo - AQSh» (C5+1) formatidagi sammitni o‘tkazish bo‘yicha tavsiya maktubi yo‘ladi. Unda forum Markaziy Osiyo bilan hamkorlikni mustahkamlash va mintaqadagi AQSh strategik manfaatlarini ilgari surish uchun noyob imkoniyat ekani ta’kidlangan.

👉 https://kun.uz/83551497

Kun.uz rasmiy kanali
👍51😐74🤯4
Rossiya–Ukraina urushini nega to‘xtatib bo‘lmayapti?

Urushlar – butun insoniyat tarixida eng katta ziddiyatlarni hal qiluvchi eng asosiy omil bo‘lgan. Aynan urushlardan keyin yangi konsensuslar, kelishuvlarga erishilgan: g‘olibning xohishi ustuvor bo‘lib, yengilgan taqdirga tan bergan.

Siyosatshunos Kamoliddin Rabbimovning Kun.uz'dagi kolonkasi

📹 VIDEONI TOMOSHA QILING
9😁8
2025/10/23 09:04:10
Back to Top
HTML Embed Code: