Telegram Web Link
«Vaqtni behuda sarflashni istamayman» – Tramp Putin bilan uchrashuvi qoldirilgani haqida

U yaqin ikki kun ichida ehtimoliy muzokaralar bo‘yicha keyingi rejalari haqida ma’lum qilishga va’da bergan.

👉 https://kun.uz/85674383

Kun.uz rasmiy kanali
11🤯3👍2
Tramp Oq uyni rekonstruksiya qilishni boshladi

Oq uyda qiymati 250 mln dollarlik bal zali qurilmoqda, Tramp uning katta ziyofatlar, davlat tashriflari va boshqalar uchun «juda kerakli» ekanini ta’kidlamoqda.

👉 https://kun.uz/69702357

Kun.uz rasmiy kanali
😁2515🤯6👍3👏3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Rossiyadan AES “sotib olmoqchi”. Bu o‘zini oqlaydimi?

O‘zbekistonda AES qurish iqtisodiy jihatdan qanchalik samarali ekaniga aniq baho berish qiyin. Masalaning moliyaviy tomonlari e’lon qilinmagan: stansiyalarning umumiy qiymati qancha bo‘ladi, ishlab chiqarilgan elektr energiya qanday narxda sotib olinadi, noma’lum. Kun.uz Jizzaxdagi AES loyihasining 2017-2025 yillardagi evrilishlari va bu loyiha ortidagi ehtimoliy xatarlarga e’tibor qaratadi.

📹 TO'LIQ VIDЕONI TOMOSHA QILING
🤯188👏3👍2😭2
Sardorbek Ulug‘bekovich Umurzoqov Prezident Administratsiyasi Tashqi aloqalar departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi

Alisherbek Paygamov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Prezident Administratsiyasi Tashqi aloqalar departamentining rahbari lavozimidan ozod etildi.

👉 https://kun.uz/42621405

Kun.uz rasmiy kanali
😁2815🔥7👍6😐1
O‘zbekiston – Yevropa Ittifoqi: iqtisodiy sheriklikning yangi bosqichi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 23-24 oktabr kunlari rasmiy tashrif bilan Bryussel shahrida bo‘ladi. Tashrif doirasida O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi tarixiy bitim imzolanishi ko‘zda tutilgan.

👉 https://kun.uz/39747682

Kun.uz rasmiy kanali
👍1287👏4😭2🔥1😐1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
«Aqlli shahar» tizimi va soxta raqamlardan qo‘ng‘iroqlarning bloklanishi – mahalliy dayjest

Kun davomida Kun.uz yoritgan muhim mahalliy yangiliklar bilan tanishtiramiz.

👉 https://kun.uz/95686461

Kun.uz rasmiy kanali
9🤯1
Xiva National Geographic tomonidan sayohat uchun eng yaxshi yo‘nalishlar ro‘yxatiga kiritildi

Samarqand va Buxoro mashhurlik cho‘qqisida bo‘lsa, Xiva o‘tmishga yanada haqiqiy va xotirjam sayohatni taklif etadi, deyiladi jurnal tavsiyasida.

👉 https://kun.uz/27757362

Kun.uz rasmiy kanali
32👍12🔥3😐2
Tramp siyosatida keskin burilish: AQSh Rossiya neft kompaniyalariga qarshi eng jiddiy sanksiyalarni joriy qildi

«Har safar Vladimir bilan yaxshi suhbatlar bo‘ladi, lekin natija bo‘lmaydi. Menimcha vaqt keldi», deya sanksiyalarga izoh berdi Tramp. AQSh Moliya vazirligiga ko‘ra, sanksiyalar Rossiyaning eng yirik ikki kompaniyasi - «Rosneft» va «Lukoyl»ni nishonga olgan. Maqsad - Moskvaning urush mashinasini moliyalashtirish imkoniyatini zaiflashtirish.

👉 https://kun.uz/14984880

Kun.uz rasmiy kanali
👍3711😁7🔥5🤯1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Qashqadaryoda ish beruvchilar va ishchilarning qo‘nimsizligi eng katta muammo” – Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobov

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tadbirkorlarga ko‘maklashuvchi “Business port” loyihasini yo‘lga qo‘ydi.

👉 https://kun.uz/16916833

Kun.uz rasmiy kanali
9
“Wizness Class’da uchmang” - kanadalik musiqachi Wizz Air haqida qo‘shiq kuyladi

Deyv Kerollning bu qo‘shig‘i 2023 yilda Wizz Air tomonidan reysga qo‘yilmagan o‘zbekistonlik talaba Suhrob Ubaydullayev haqida. U qo‘shiqqa atab klip ham suratga olgan. Kerollning avvalgi qo‘shig‘i aviakompaniyalarning mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha yondashuvini o‘zgartirishga sabab bo‘lgandi. Avvalroq Suhrob Kun.uz’ga bergan intervyusida qanday qilib noqulay holatga tushib qolgani haqida aytib bergandi.

👉 https://kun.uz/09448164

Kun.uz rasmiy kanali
👍7118🔥11👏6😐1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Quyoshli bolalar uchun yangi imkoniyat: Toshkentda “Tabassum” ustaxonasi ochildi

Mazkur ustaxona aqliy rivojlanishda tengdoshlaridan ortda qolayotgan o‘smirlarning hunar o‘rganishi, ijod qilishi va jamiyat hayotida faol ishtirok etishiga yordam beradi. Bu yerda bolalar o‘z qo‘llari bilan mahsulotlar yaratadi, jamoat tadbirlarida qatnashadi hamda kelajakda mehnat bozoriga kirib borish uchun zarur amaliy ko‘nikmalarni egallaydi.

👉 https://kun.uz/29580830

Kun.uz rasmiy kanali
16👍4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qarz munosabatni buzadi: Quvada IIB xodimlari va choyxonachi “kelisholmay” qoldi

Farg‘ona viloyati Quva tumanida ichki ishlar xodimlari uch aka-uka yuritadigan oshxonada kabob yeb, pulini to‘lamay kelgan. Qarzdorlik ko‘payib ketgach, o‘z haqini talab qilgan tadbirkorga xodimlar tomonidan bosim boshlangan. Hatto to‘ng‘ich aka Abror Sodiqov “ichki ishlar xodimlarining qonuniy talabiga bo‘ysunmagani” aybi bilan ma’muriy qamoqqa tiqilgan. “Xodimlar formada kelib, aroq ichib, oyoqda tura olmasdan yiqilgudek bo‘lib chiqib ketishadi”, deydi tadbirkor.

📹 TO'LIQ VIDЕONI TOMOSHA QILING
🤯41😁1312👍5
Gaz tarmoqlariga «gaz nasosi» o‘rnatish taqiqlanadi: xatarlar haqida ogohlantirish berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda tabiiy gaz bosimini sun’iy oshirish maqsadida «gaz nasosi» qurilmalarini o‘rnatish targ‘ib etilmoqda. Hukumat qarori bilan, bunday qurilmalarni gaz tarmoqlariga ulash qat’iyan taqiqlangan. Buning uchun javobgarlik bor.

Bunday qurilmalardan foydalanish baxtsiz hodisalarga olib kelishi mumkin. Zarar kattaroq bo‘lsa, ish jinoiy javobgarlikkacha yetib boradi.

👉 https://kun.uz/20838908

Kun.uz rasmiy kanali
10👍7🔥2😭2
«Real» yo‘qotishsiz ketmoqda, «Liverpul» noxush seriyasini to‘xtatdi

«Marsel» futbolchisi penalti ishlashga urinib, qizil kartochka oldi, «Chelsi» va «Bavariya»da yirik g‘alaba. Chorshanba oqshomida YChLning 3-turi doirasidagi asosiy voqealar, o‘yinlardagi gollar va turnir jadvalidagi vaziyat.

👉 https://kun.uz/51297163

Kun.uz rasmiy kanali
7🔥5👍2
O‘zbekistonda “yashil” energiya ulushi 23 foizga yetdi

2025 yil boshidan buyon O‘zbekistondagi quyosh va shamol stansiyalari 9 mlrd kWh elektr energiyasini ishlab chiqardi. GESlarni ham qo‘shganda, ishlab chiqarilgan jami “yashil” energiya hajmi 14,5 mlrd kWh'ni tashkil etmoqda. Bu – mamlakatdagi umumiy generatsiyaning 23 foizini “yashil energiya” tashkil etayotganini anglatadi.

👉 https://kun.uz/88583479

Kun.uz rasmiy kanali
👍37👏1310😭1
Hukumat qarori: Chakana savdodagi aksiya va chegirmalar haqqoniy bo‘lishi kerak

Narxni sun’iy ko‘tarib, keyin “chegirma” sifatida tushirish orqali mijozlarni aldash qat’iyan taqiqlandi.

Сhegirma e’lon qilinganda ko‘rsatiladigan “avvalgi narx” so‘nggi 30 kun ichidagi eng past narx bo‘lishi shart (qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bundan mustasno).

👉 https://kun.uz/63572957

Kun.uz rasmiy kanali
🔥37👍3210👏3😁3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Favqulodda vaziyatlar vazirligi “maxsus kiyimdagi” firibgarlardan ogoh bo‘lishga chaqirmoqda.

So‘nggi yillarda O‘zbekiston bo‘ylab maxsus kiyim kiygan shaxslar o‘zlarini davlat yong‘in nazorati organi, FVV xodimi sifatida tanishtirib, odamlardan noqonuniy tarzda pul yig‘ayotgani kuzatilmoqda.

👉 https://kun.uz/61756410

Kun.uz rasmiy kanali
12🤯12😐2😁1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Grin-karta mavsumi boshlanishi kechikmoqda

AQSh Davlat departamenti grin-kartaning yangi mavsumini “tez orada” boshlashga va’da bermoqda, lekin kechikish sabablariga izoh bermayapti. Avvalgi yillari bu jarayon oktabr oyining ilk kunlarida boshlanar edi.

Taxminlarga ko‘ra, bu kechikish 1 dollarlik to‘lov joriy qilish rejasi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Lotereyani pulli qilgandan keyin, millionlab odamdan bu pulni muammosiz yig‘ib olish uchun puxta texnik tayyorgargarlik ham talab etiladi.

👉 https://kun.uz/62042026

Kun.uz rasmiy kanali
😁2916😭1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
AQShning Rossiyaga qarshi jiddiy sanksiyasi, strategik yadro kuchlarini sinagan Putin va turk harbiylarining G‘azodagi roliga qarshi Netanyahu – kun dayjesti

O‘tgan kun davomida jahonda ro‘y bergan eng asosiy voqea va yangiliklar sharhi bilan kundalik xabarnomada tanishtiramiz.

👉 https://kun.uz/94175098

Kun.uz rasmiy kanali
11😐1
Dublinda migrantlarga qarshi tartibsizliklar davom etmoqda

Chorshanba kuni kechqurun Irlandiya poytaxti Dublin shahrida boshpana so‘rab murojaat qilgan xorijliklar yashovchi mehmonxona oldida davom etayotgan tartibsizliklar doirasida ikki politsiyachi jarohat olib, 20 dan ortiq kishi hibsga olindi. Namoyishlarga bir erkak shu mehmonxona yaqinida 10 yoshli qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik qilishda ayblangani sabab bo‘lgan.

👉 https://kun.uz/21843815

Kun.uz rasmiy kanali
5👍3
2025/10/24 15:55:24
Back to Top
HTML Embed Code: