Telegram Web Link
Laziz Hamidov
Facebookda Klik nomi bilan Paynet ilovasi reklamasi chiqdi. E’tibor bermay o‘rnatvorsa kartadan pullarni uxlatib ketishadi. Havolaga qarang "http:// Paynet click" ekan. Bu firibgarlar tomonidan ishlab chiqarilgan sahifa. Xullas, iloji boricha Google Playdan…
Avval ham aytganimdek, bunday reklama havolalari orqali o‘rnatilgan dasturlar natijasida foydalanuvchilarning bank kartalaridagi pullar osonlik bilan o‘zlashtirib olinishi mumkin.

Yaqinlaringizni ogohlantiring! Rasmiy sahifalardan tashqari hech qanday noma’lum manbadan mobil ilovalarni yuklab olmasliklarini uqtiring. Xavfsizligingizni ta’minlash uchun faqat ishonchli manbalarga tayaning.

@lazizhamidov
O‘zbekistonda dron ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi ekan.

Malayziyaning Meraque kompaniyasi bilan aqlli qishloq xo‘jaligi texnikalari va dronlarni mahalliylashtirgan holda ishlab chiqarish bo‘yicha kelishuv imzolandi. Dronlar Yangiyo‘l tumanidagi Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish ilmiy-tadqiqot instituti hududida ishlab chiqariladi.

Ma’lumot uchun, 2015-yildan O‘zbekistonda uchuvchisiz uchish apparatlarini ruxsatsiz olib kirish, sotish va ishlatish taqiqlangan. 2017-yilda qabul qilingan qonunga ko‘ra, ulardan noqonuniy foydalanish jinoiy va ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘ladi. 2014-yilgi hukumat qaroriga binoan, dronlardan faqat Vazirlar Mahkamasining alohida ruxsati bilan foydalanish mumkin.

@lazizhamidov
Xalq ijodkor.

@lazizhamidov
Shikoyat va murojaatlar uchun qisqa raqamlar va Telegram-botlarning manzillari ekan:

- 1255 — ichimlik suvi bekorga oqib yotganini ko‘rsangiz, murojaat qilish uchun qisqa raqam;

- 1354 — sanitariya, ekologiya qoidabuzarligi haqida xabar berish uchun qisqa raqam;

- @ecogovuz_bot — tabiatga zarar yetkazish holatlari haqida xabar berish uchun telegram bot;

- @stop_kriminal_bot — Axborot makonida qonunga zid kontentlar haqida shikoyat qilish uchun (pornografiya, feyk va boshqalar);

- ejarima.uz yoki Road24 dasturi – yo‘l qoidabuzarliklari haqida xabar berish uchun;

- @EnergonazoratBot — “svet” yoki gaz o‘g‘irlash holatlari haqida murojaat qilish uchun.

@lazizhamidov
Qirg‘iziston familiyalarga qo‘shiladigan ruscha ov, -yev, -vich, -vna qo‘shimchalaridan voz kechmoqda ekan.

@lazizhamidov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bu mening har kunlik hayotim, jamoa bilan ishlash, nimadir yaratish. Bir ko’ring, manimcha juda zo’r ish qilganmiz, garchi bu nokamtarlikdek ko’rinsa-da 😅

@lazizhamidov
2025-yil yakuniga qadar AI–80 rusumli benzindan foydalanish va sotish cheklab qo‘yilar ekan.

@lazizhamidov
O‘zbekistonda 2025/2026 o‘quv yilidan boshlab “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida 3,5 ming kambag‘al oilalarning farzandlari oliy ta’lim tashkilotlariga grant asosida qabul qilinar ekan.

@lazizhamidov
Bu ham muhim xabar ekan:

Prezident farmonida yozilishicha, 2025-yil yakuniga qadar respublikaning barcha hududlarida joylashgan issiqlik va elektr energiyasi ishlab chiqarish korxonalariga yoqilg‘i sifatida mazutdan foydalanishni to‘liq taqiqlab qo‘yilar ekan.

Mazut yoqish yakun topadimi?

@lazizhamidov
O‘zbekistonning supermarket bozori 2024-yil yakunlariga ko‘ra Soliq qo‘mitasining tizimidagi cheklar soni bo‘yicha quyidagicha ko‘rinishga ega.

🔹 Eng ko‘p chek – Korzinka (45,4 mln)
🔹 Ikkinchi – Havas (21,3 mln)
🔹 Olma Makro’ni ortda qoldirib, uchinchi o‘ringa chiqdi

Albatta, bu raqamlar mutlaq ko‘rsatkich emas, chunki barcha xaridorlar ham cheklarini ro‘yxatdan o‘tkazmaydi. Biroq, Soliq ilovasidan oyiga qariyb 6 million kishi foydalanadi (jami 9 mln dan ortiq foydalanuvchi ro‘yxatga olingan), ularning 99,6% esa aynan keshbek olish uchun kiradi.

Shunday ekan, bu ma’lumotlar supermarket bozorining real holatini aks ettiradi.

@lazizhamidov
Tovba, bular shaxsiy ma’lumot xavfsizligi, degan narsani tushunisharmikan. Toshkentdagi mahallalardan birida fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlari bemalol, ochiqchasiga osib qo‘yilibdi. “Mana, kimga kerak bo‘lsa!” degandek…

@lazizhamidov
Financial Times qiziq hisobot e’lon qilibdi.

Hisobotda yozilishicha, Rossiya o‘zining Markaziy Osiyodagi ta’sirini yo‘qotishdan xavotirda ekan.

Hisobotda qayd etilishicha, Rossiya Markaziy Osiyo davlatlarini o‘z yonida ushlab turish uchun "siyosiy o‘yin o‘ynashi” kerak bo‘ladi. Ular esa Rossiyaning “zaifligi”dan foydalanib, Rossiyasiz Turkiy davlatlar tashkiloti kabi guruhlarga birlashishga intilmoqda.

Shu bilan birga maqolada Markaziy Osiyo davlatlari “o‘z dunyoqarashini o‘zgartirib, umumiy tarixini qayta ko‘rib chiqdi”, rus tili o‘rniga ingliz tilini targ‘ib qilib, G‘arb ta’lim standartlariga o‘tdi va o‘z elitasini G‘arbga o‘qishga yubormoqda deb yozilgan.

@lazizhamidov
Qiziq-a, qarang, ikkalasi ham rasmiy sahifa, biri dunyoning eng boy odami Ilon Musk, ikkinchisi OpenAI (ChatGPT) asoschisi Sam Altman.

Gap shundaki, Ilon Musk OpenAIni 97.4 milliard dollarga sotib olish taklifini bergan ekan, Sam Altman “rahmat, agar xohlasang biz sendan Twitterni 9,74 milliard dollarga sotib olishimiz mumkin” debdi. Bunga javoban Mask Altmanni Swindler - tovlamachi, moshennik, deb atayapti.

Ajoyib davrda yashayapmiz-e, hamma siyosatchi, boylar Trump boshchiligida o‘ziga xon ko‘lankasi maydon, bo‘pketti)

@lazizhamidov
Esingizda bo‘lsa, TRUMP mem-tokeni chiqib shov-shuvga sabab bo‘lganida bu asr qallobligi deb ogohlantirgan edim.

Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, TRUMP mem-tokeniga sarmoya kiritgan 800 mingdan ortiq investor bir necha hafta ichida 2 milliard dollar yo‘qotibdi. Shu bilan birga, Donald Tramp oilasi va uning hamkorlari komissiyalar orqali 100 million dollar daromad ko‘rgan.

17-yanvar kuni ishga tushirilganidan beri TRUMP tokenining qiymati to‘rt barobardan ko‘proq tushib ketdi – hozirda u 16 dollar atrofida savdo qilmoqda, holbuki avvalgi eng yuqori narxi 75 dollar bo‘lgan.

@lazizhamidov
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi O'zbekistonning diniy siyosat bo‘yicha konsepsiyani tasdiqlab, Senatga yuboribdi.

Agar Senat ham ushbu konsepsiyani tasdiqlasa, hujjat rasmiy davlat siyosati sifatida kuchga kiradi. Bu diniy sohada qonunlar va qarorlarni shakllantirishda asosiy yo‘nalish bo‘lib xizmat qiladi. Boshqacha aytganda, davlatning diniy tashkilotlar, e’tiqod erkinligi va diniy ta’limga doir siyosati shu konsepsiyaga asoslanadi. Keyinchalik, shu asosda yangi qonunlar qabul qilinishi yoki mavjudlari takomillashtirilishi mumkin.

@lazizhamidov
2025/07/10 23:32:03
Back to Top
HTML Embed Code: