Telegram Web Link
Bugun Anqara shahrida, O‘zbekiston, Turkiya va Ozarbayjon o‘z suverenitetlariga uchinchi davlatlar tomonidan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tahdidlarga qarshi birgalikda kurashish borasida kelishuv imzolanibdi. Boshqacha aytganda o'zaro ittifoq tuzilibdi.

Bu haqda ushbu uch davlat tashqi ishlar, iqtisod, savdo va transport vazirlari uchrashuvidan so‘ng qabul qilingan Anqara deklaratsiyasida qayd etilgan. Deklaratsiyaning boshqa shartlari hozircha e'lon qilinmagan.

@lazizhamidov
Oxirgi 1 oy ichida Xitoyning amalga oshirgan ishlari:

- 6-avlod jangovar samolyoti ilk parvozini amalga oshirdi.

- 1 trillion dollarlik tashqi savdo profitsiti qayd etildi.

- Xitoyning "sun'iy quyoshi" termoyadro rekordini yangiladi — uning "sun'iy quyoshi" 100 million daraja haroratga yetdi.

- "Deepseek" sun'iy intellekti e'lon qilindi. AQShning yirik texnologik kompaniyalari 1 trillion dollardan ortiq qiymat yo‘qotdi.

- Shanxayda Xitoyning ilk insonsimon robotlar tayyorlash markazi ochildi.

- Rekord darajada quyosh va shamol energiyasi quvvati ishga tushirildi — umumiy quvvat 3 348 gigavattdan oshdi.

@lazizhamidov
Telegram asoschisi Pavel Durov Xitoy Yangi Yili munosabati bilan tabriknoma yozibdi, umuman olganda qiziq yozgan, mana matni, faqat CHatGPTga tarjima qildirdim, bir-ikki qo’shimchalarda bu sezilib qolyapti 😅:

Xitoy Yangi Yili Muborak!

Xitoyning DeepSeek startapi muvaffaqiyatidan so‘ng, ko‘pchilik Xitoyning sun’iy intellekt sohasida AQSh bilan qanchalik tez tenglashib borayotganidan hayratda. Biroq, Xitoyning algoritmik samaradorlikdagi yutuqlari tasodifiy emas. Chunki Xitoy talabalari xalqaro olimpiadalarda matematik va dasturlash fanlarida doimo yetakchilik qilib kelgan 🏆

Matematika va tabiiy fanlarda yuqori natijalar ko‘rsatadigan shaxslarni tayyorlash borasida Xitoyning o‘rta ta’lim tizimi G‘arbnikidan ustun. Bu tizim talabalarning o‘zaro shiddatli raqobat qilishini rag‘batlantiradi, bu esa o‘z navbatida yuqori samaradorlikka ega sobiq Sovet modelidan olingan tamoyil 🎖

Aksincha, G‘arb davlatlaridagi aksariyat maktablar raqobatni cheklaydi, talabalarning baholari va reytinglarini ommaga e’lon qilishni taqiqlaydi. Buning sababi tushunarli — o‘quvchilarni ortiqcha bosim yoki kamsitishlardan himoya qilish. Biroq, bunday chora-tadbirlar kutilganidek, eng iqtidorli talabalarni ham demotivatsiya qiladi. G‘alaba va mag‘lubiyat — bir tanga ikki tomoni. Agar mag‘lublarni yo‘q qilsangiz, g‘oliblar ham yo‘qoladi ☯️

Ko‘plab talabalar uchun maktabda muvaffaqiyatga erishish motivatsiyasi uni raqobatli o‘yin sifatida qabul qilishdan kelib chiqadi. Ular kuchli raqiblar bilan bellashib, eng yuqori pog‘onaga chiqishga intiladilar. Talabalar natijalarining oshkoraligi yo‘qolsa, bu o‘quvchilarning bilim olishdan maqsadini yo‘qotishiga olib keladi. Ajablanarli emas, endi ko‘plab iqtidorli yoshlar akademik fanlardan ko‘ra raqobatli kompyuter o‘yinlariga ko‘proq qiziqish bildirmoqda — hech bo‘lmaganda video o‘yinlarda o‘z reytinglarini aniq ko‘rishlari mumkin 😵

Barcha o‘quvchilarga ularning natijasidan qat’i nazar, “sen g‘olibsan” deb aytish mehribonlik bo‘lib tuyulishi mumkin. Ammo bu yondashuvning illyuziyasi bitiruvdan so‘ng hayot haqiqatlari bilan tezda yo‘q qilinadi. Chunki hayotda, maktabning yaxshi niyatli siyosatlaridan farqli o‘laroq, haqiqiy baholar va reytinglar mavjud — sportda, biznesda, ilm-fanda yoki texnologiyada bo‘ladimi, barchasi natijalarga bog‘liq. DeepSeek sun’iy intellektining ustunligini ko‘rsatayotgan AI reytinglari shunday ochiq reytinglar qatoriga kiradi. Va bunday reytinglar yana ko‘payishi aniq.

Agar AQShning o‘rta ta’lim tizimi tub islohotlar o‘tkazmasa, Xitoyning texnologiya sohasida tobora kuchayib borayotgan ustunligi muqarrar bo‘lib qoladi 🇨🇳

@lazizhamidov
Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi Paymeni onlayn to‘lov tizimlari bozorida ustun mavqega ega kompaniya deb e’lon qildi. Bu degani, kompaniya quyidagi mezonlardan kamida bittasiga javob beradi:

- Yillik daromadi 37,5 milliard so‘mdan oshgan;
- Oylik foydalanuvchilari soni 50 000 dan ko‘p;
- Bozor ulushi 40 foizdan yuqori.

Payme bu mezonlarga yetganini qo‘mitaga o‘zi ma’lum qilgan, chunki qonunchilik shuni talab qiladi.

Endi, Payme maxsus ro‘yxatga qo‘shiladi. Bu ro‘yxatga avvalroq, Agrobank, Yandex Go, Express 24, Tok Bor, Beeline, Uzbekistan Airways, O‘zbektelekom, UzAuto Motors kabi yirik kompaniyalar qo‘shilgan edi.

Bu kompaniyalar bozoriga ta’sir o‘tkazishi mumkinligi uchun ular ayrim qoidalariga rioya qilishlari shart. Masalan, ular sheriklariga "biz bilan ishlashni istasang, boshqalar bilan ishlama" degan shartlarni qo‘ya olmaydi.

@lazizhamidov
Germaniya o‘zbekistonliklar uchun 20 000 dan ortiq ish o‘rni taklif qilmoqda ekan. Ish sharoitlari va oylik maosh esa quyidagicha: Ausbildung dasturi orqali ish boshlaganlar 1000 yevro, to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzganlar esa 2000 yevro va undan yuqori maosh oladi. Ishtirokchilarga nemis tili kurslari taklif qilinadi. Kurslarni O‘zbekistonda o‘qib, oldindan tayyorgarlik ko‘rish mumkin. Germaniyada ishlash istagidagi nomzodlar O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga murojaat qilishlari mumkin.

Talab eng ko'p bo'lgan kasblar:


- hamshiralar;
- yuk mashinasi haydovchilari;
- qishloq xo‘jaligi va yuk texnikasi ustalari;
- mehmonxona va restoran xodimlari;
- mexatronika mutaxassislari;
- quruvchilar va hunarmandlar.

@lazizhamidov
Qozog‘istonda "Milliy fond — bolalarga" dasturi doirasida 18 yoshga to‘lmagan har bir bolaning bankdagi hisobiga 129,38 dollar o‘tkazib berilibdi. Dastur 2024-yil oxirida mamlakat fuqarosi hisoblangan 6 921 035 nafar bolani qamrab olib, umumiy hisobda 888,8 million dollar ajratilgan ekan.

Ma’lumot uchun, qo‘shni Qozog‘istonda Milliy fondning valyuta aktivlari hajmi va uzoq muddatli investitsiya daromadlaridan kelib chiqib har yili bolalar uchun summa ajratiladi. Bolalarning hisobiga o‘tkazilgan mablag‘lar ular 18 yoshga to‘lgunga qadar fond tomonidan investitsiya qilinib, qo‘shimcha daromad olib turiladi. Dastur amalga oshirilgan ikki yil ichida har bir bola uchun berilgan pul 232,94 dollarni tashkil qilibdi.

@lazizhamidov
O‘tgan yilning sentyabr oyi holatiga ko‘ra, Markaziy Osiyodagi o‘rtacha nominal ish haqi quyidagicha ekan:

- Qozog‘iston – 817,2 dollar;
- O‘zbekiston – 437,8 dollar;
- Qirg‘iziston – 411,2 dollar;
- Tojikiston – 242,8 dollar;

Eng kam ish haqi bo‘yicha ham Qozog‘iston yetakchilik qilmoqda — bu yerda minimal maosh 181,1 dollarga teng. Qolgan davlatlarda esa bu raqam quyidagicha:

- O‘zbekiston – 89,4 dollar;
- Tojikiston – 54,9 dollar;
- Qirg‘iziston – 28,3 dollar.

@lazizhamidov
O‘zbekiston va Ozarbayjon ID-kartalarni o‘zaro tan olishi kutilmoqda ekan.

Bu “zagran” pasportisiz chegarani kesib o‘tish imkonini beradi. Avvalroq Qozog‘iston va Tojikiston bilan ham shu masala muhokama qilinib turilgan edi.

Hozircha faqat Qirg‘izistonga O‘zbekiston fuqarolari “zagran” pasportisiz faqatgina ID-karta bilan sayohat qilishlari mumkin.

@lazizhamidov
Toshkent metrosida oxirgi 5 yil qancha yo‘lovchi tashilganini ushbu infografikada ko‘rishingiz mumkin. Yo‘lovchilar soni 2020-yilga nisbatan 7 barobar ko‘payibdi.

@lazizhamidov
Fevral oyidan boshlab O’zbekistonda turli xil huquqiy hujjatlar kuchga kiradi. Natijada qanday o’zgarishlar yuz berishiga qiziqib ko'rdim:

— Bugundan boshlab tezkor va yotoqli poyezdlarning chiptalari narxi oshadi.

— Avtoturargohlarda elektromobillar uchun quvvatlantirish stansiyalari majburiy bo‘ladi.

— IT Parkdagi xorijiy eksportchi kompaniyalar uchun daromad solig‘i va foyda solig‘i bo‘yicha imtiyozlar taqdim etiladi.

— "Tashabbusli budjet" jarayonining yangi mavsumi boshlanadi.

— Ishsizlarni kasb-hunarga o‘qitish tizimi joriy etiladi.

— Toshkent viloyatida issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari 9−15 foizga oshiriladi.

— Qishloq xo‘jaligi kooperativlari to‘g‘risidagi qonun kuchga kirdi.

— 1070 “Ishonch telefoni” ishga tushiriladi.

@lazizhamidov
Facebookda Klik nomi bilan Paynet ilovasi reklamasi chiqdi. E’tibor bermay o‘rnatvorsa kartadan pullarni uxlatib ketishadi. Havolaga qarang "http:// Paynet click" ekan. Bu firibgarlar tomonidan ishlab chiqarilgan sahifa. Xullas, iloji boricha Google Playdan tashqaridan ilova o‘rnatmagan ma’qul. Ehtiyot bo‘ling.

@lazizhamidov
Yaxshi xabar. O‘zbekiston va Iordaniya o‘rtasida diplomatik pasport egalari uchun vizasiz rejim yo‘lga qo‘yilmoqda ekan. Keyingi qadam vizasiz rejimni barcha fuqarolar uchun amalga oshirish kerak.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston fuqarolari 33 davlatga vizasiz borishi va 46 davlatga esa yetib borgandan keyin viza olishi mumkin.

@lazizhamidov
USAID agentligi tugatiladi va u qayta tiklanmaydi, deb bayonot beribdi Ilon Mask.

Bu qarorni O‘zbekiston uchun ham to‘g‘ridan ta’siri bor. Chunki USAID (AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi) – AQSh hukumatining rivojlanayotgan davlatlarga iqtisodiy va gumanitar yordam ko‘rsatuvchi tashkilotlardan biri hisoblanadi. USAID O‘zbekiston uchun turli ijtimoiy sohalarga o'tgan yili 8 million dollar pul ajratgan. Mustaqillikdan beri esa bu ajratilgan mablag'lar 500 million dollarga yaqinlashgan.

@lazizhamidov
Soliq ilovasidagi keshbeklarni quyidagi holatlarda hisobga o'tkazib bo'lmaydi:

- Chek 10 kundan ko'proq vaqt oldin chiqarilgan;

- Sotib olish uchun qaytarib berilmaydigan toifaga kiradigan keshbeklar (avtomobillar, aviachiptalar, temir yo'l chiptalari, kommunal xizmatlar, aloqa);

- Chek yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan berilgan bo'lsa.

- Yana bir sabab — boshqalarning cheklarini ro'yxatdan o'tkazish uchun shubhali xaridorlarning reestriga kirib qolgan bo'lsangiz.

@lazizhamidov
O‘zbekiston Markaziy banki hisob-kitoblariga ko‘ra, 2024-yil yakunida Toshkentda yer maydonlarining bir sotixi o‘rtacha 352 million so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich bir yil oldingiga nisbatan 2,9% kam.

Grafikdan ko‘rinib turibdiki, 2023-yilning o‘rtalarida poytaxtdagi yer narxi keskin oshgan, ammo keyinchalik o‘z holiga qaytgan.

Shu bilan birga, Toshkentdagi yer maydonlarining narxi hali ham boshqa hududlarnikidan sezilarli darajada qimmat. Masalan, Toshkent viloyatida yer narxi poytaxtdagiga nisbatan 3,5 barobar arzon, u yerda sotixning o‘rtacha bahosi 100 million so‘mni tashkil qiladi.

@lazizhamidov
Zo‘r ko‘rinish olibdi, mana bu holat, Bosh prokuratura bergan ma’lumotga Toshkent shahar hokimiyati raddiya berib, bloger va jurnalistlardan ma’lumot tarqatayotganda ishonchli manbalarga tayanish kerakligini aytibdi. 😅

@lazizhamidov
O'zbekiston chegarasini pul to'lab, navbatsiz o'tish mumkin bo'ladi ekan.

Fast-track pullik xizmati rasmiy ravishda joriy etilmoqda, bu navbat kutmasdan bojxona nazoratidan tezda o'tish imkonini beradi. Xizmat narxi bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 15 foizini tashkil qiladi. Bugungi kunda bu 56 ming so'mdan sal ko'proq.

@lazizhamidov
Hamma shu haqida yozyapti. Bunga ko'ra:

- ishlab chiqarilganiga 3 yildan kam bo‘lgan elektromobillar uchun utilizatsiya yig‘imi 4 baravar oshadi – 30 bazaviy hisoblash miqdoridan 120 bazaviy hisoblash miqdorigacha (45 mln so‘m / 3 462 dollar).

- ishlab chiqarilganiga 3 yildan ko'p bo‘lgan elektromobillar uchun esa yig‘im 2,3 baravar oshadi – 90 bazaviy hisoblash miqdoridandan 210 bazaviy hisoblash miqdoridangacha (78,75 mln so‘m / 6 058 dollar).

@lazizhamidov
Xalqaro jo‘natmalar uchun bojxona to‘lovlarini buyurtmachilar emas, kuryerlik kompaniyalari to‘laydi ekan.

Bu haqda bojxona qo‘mitasi matbuot kotibi Husan Tangriyev xabar beribdi.

@lazizhamidov
Вазирлар_Маҳкамасининг_қарори,_27_12_2024_йилдаги_897_сон.pdf
3.4 MB
1-iyuldan boshlab shaxsni tasdiqlovchi va boshqa hujjatlarning elektron shakli rasman tan olinishi boshlanadi ekan.

Demak endi, raqamli servislardan Bank xizmatlarida, Notarial idoralarga murojaat qilganda, Aeroportlarda ichki reyslarni ro‘yxatdan o‘tkazishda, O‘zbekiston hududidan o‘tuvchi poyezdlarga chiqishda, Davlat, korporativ va boshqa xizmatlarda foydalanishda eng muhim hujjatlarning qog‘oz nusxasini olib yurish shart bo‘lmaydi.

@lazizhamidov
2025/07/10 19:49:44
Back to Top
HTML Embed Code: