Telegram Web Link
Mart oyidan boshlab O’zbekistonda turli xil huquqiy hujjatlar kuchga kirdi. Natijada qanday o’zgarishlar yuz berganiga qiziqib ko'rdim:

— “Uzcard” milliy to‘lov tizimidan (5800) kiruvchi SMS-xabarnoma xizmati narxi 2 baravarga oshiriladi.

— Ipoteka subsidiyalari uchun arizalar qabuli boshlanadi. Arizalarni 3-mart kuni soat 09:00 dan boshlab Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona portal orqali jo‘natish mumkin.

60 yoshga yetgan erkaklarga va 55 yoshga yetgan ayollarga yoshga doir pensiyani ularning murojaatisiz bir kunda hech qanday hujjatlarsiz avtomatik tayinlanadi.

— Nogironligi bo‘lgan bolalar uchun kunduzgi parvarish xizmati yo‘lga qo‘yiladi.

— Ayrim fuqarolarga farzandlarining bog‘cha xarajatlari uchun moddiy yordam beriladi. Yolg‘iz ona yoki otaga bir nafar farzandi uchun bolalari 3 yoshga to‘lguniga qadar maktabgacha ta’lim xizmatidan foydalanishga BHMning 1,5 baravari ya’ni 562 ming so‘mgacha miqdorda moddiy yordam ajratiladi.

@lazizhamidov
Bahorning ilk kunlarida dunyoning katta qismi qor bilan qoplanibdi.

“O‘zgidromet"ning qisqa va o‘rta muddatli ob-havo prognoziga ko‘ra, O‘zbekistonda joriy hafta davomida havo harorati shu davrga xos iqlimiy me’yordan ancha past, ya’ni “sovuq” bo‘ladi ekan. Hafta boshidan yana gaz quvurlarida bosimning keskin pasayishi, tabiiy gaz taqchilligi kuzatilishi ehtimoli katta. Shanba kunlari ham mamlakat bo'ylab qor yog‘adi, bu esa ayrim viloyatlarda qor hodisalaridan so‘ng qor uyumlari va yaxmalak hodisalari yuz berib, transport tarmog‘ida yuklama ortishiga olib kelishi mumkin. Ehtiyot bo‘ling.

@lazizhamidov
Besh kunlik ish haftasida ishlovchi o‘zbekistonliklar mart oyida jami 13 kun dam oladi ekan.

Shunday qilib, 2025-yil mart oyidagi dam olish kunlari:

- 1, 2-mart — shanba-yakshanba;
- 8, 9-mart — shanba-yakshanba;
- 10-mart — ko‘chirilgan dam olish kuni;
- 15, 16-mart — shanba-yakshanba;
- 21-mart — Navro‘z bayrami;
- 22, 23-mart — shanba-yakshanba;
- 29, 30-mart — shanba-yakshanba;
- 31-mart — Ramazon hayitining birinchi kuni.

@lazizhamidov
Italiyadagi Bolonya, Tushia, Ferrarа va Piza universitetlariga bu yil 200 nafar o‘zbekistonlik talabalar o‘qishga yuboriladi ekan.

@lazizhamidov
AQShni Rossiya bosib olgandek. Bu borada Uzbekonomics yaxshi post yozibdi.

AQSH administratsiyadan chiqayotgan kundalik yangiliklarni ko'rib AQShni tashqi dushman bosib olib ichkaridan hamma narsani buzishni boshlagandek. Boshqachasiga talqin qilib bo'lmaydi. Aytaylik, misol uchun Rossiya AQShni bosib olganda u nima qilgan bo'lar edi?

- AQSh iqtisodiyotini cho'ktiradigan barcha harakatlar, shu jumladan tariflarni oshirardi (Meksika va Kanadaga ahmoqona tariflar), arzon ishchi kuchlarini mamlakat ish bozoridan quvib chiqarardi (immigrantlar), davlat xizmatlarini va ijtimoiy nafaqani qisqartirgan bo'lar edi (DOGE qilayotgan ishlar)

- Do'stona mamlakatlar bilan orani uzar edi, Yevropadan uzoqlashar edi

- Rossiaga AQSh qo'ygan iqtisodiy sanksiyalarni bekor qilar edi (bugungi yangiliklarga ko'ra AQSh shu sanksiyalarni bekor qilish harakatida - mutlaqo absurd yangilik)

- AQShni BMT, NATO va boshqa xalqaro tashkilotlardan chiqarib tashlar edi (jarayonda)

- Ukraina o'zi urushni boshladi deb yolg'on tarqatar, uning prezidentini kamsitish uchun urinar va Ukrainaga AQSh yuboradigan (Kongress tasdiqlagan) harbiy yordamni tugatar edi (bugun Tramp shunday qaror chiqaribdi)

- Kabinetga pro-Rossiya bo'lgan amaldorlarni tayinlar edi (masalan, Tulsi Gabbardni razvedka boshlg'i qilib tayinlagani Putinning ham tushiga kirmagan menimcha)

- Dollarga qarshi qandaydir alternativa chiqarishga urinar edi (Oq Uy hozir kriptoning eng katta promouteri)

- ...

- va hokazo. Bu ro'yxatni har kuni to'ldirib borsa bo'ladi


Keyingisi nima, Alyaskani Rossiyaga berib yuboraylik deydimi? Yolg'on tarqatishga usta maslahatchisi Mask orqali Alyaskada saylov o'tqazaylik, bir paytlar Alyaska bizga adashib o'tib qolgan deydimi?

@lazizhamidov
Fevral oyida O‘zbekistonda eng ko‘p yuklab olingan ilovalar to‘yxati ekan. Bu ro‘yxatga qarab O‘zbekistonda eng ko‘p nimalarga ehtiyoj oshib borayotganligini tahlil qilish, yangi startup ishlab chiqaruvchilari yoki mablag‘ini qayerga investitsiya qilishni o‘ylab yurganlar uchun qimmatli ma’lumotlar olish mumkin.

Masalan, ChatGPT ikkala do‘konda ham yuqori o‘rinlarni egallab turibdi. Bu esa O‘zbekistonda sun’iy intellekt vositalaridan foydalanish va ularga bo‘lgan talab oshayotganini ko‘rsatadi. Shu bilan birga milliy fintech xizmatlariga ehtiyoj katta.

CapCut kabi ko‘ngilochar va kontent yaratish ilovalari ham ommalashmoqda. Buning sababi o'zbekistonliklarning kontent yaratish, videomontaj va ko‘ngilochar materiallar ishlab chiqarishda bo‘lgan qiziqishi ortib borayotganini aytish mumkin.

@lazizhamidov
Kecha rasman bloklanishi e’lon qilingan Temu platformasining yana O‘zbekistonda ishlash uchun ikki yo‘li bor: yoki sho‘ba korxona ochadi, yoki QQS to‘lovchisi bo‘ladi. Hukumat qarori qat’iy va bekor qilinmaydi.

Hozirgi taxminiy hisob-kitoblarga ko‘ra Temu O‘zbekistonda oyiga 2-3 million dollarlik savdo qilmoqda. Agar bozor istiqbolli deb hisoblansa, u talablarni bajarib, qaytadi. Aks holda, bloklangancha qoladi.

Agar qaytsa, biznes modeli o‘zgarishi va xarajatlar ortishi sababli narxlar oshishi mumkin.

Temu qisqa vaqt ichida bozorga katta ta’sir o‘tkazdi:

- Importchilarga past ustama bilan katta hajmda savdo qilish foydaliroq ekanini ko‘rsatdi.

- O‘zbekistonliklarga hozirgi assortiment yetarli emasligini isbotladi.

Va endi, Temu yo‘q bo‘lgach, bu odamlarning ehtiyojlarini qondirish boshqa kompaniyalar uchun yaxshi imkoniyatga aylanishi mumkin.

@lazizhamidov
So‘nggi yog‘gan qordan keyingi O‘zbekistonning koinotdan ko‘rinishi ekan.

@lazizhamidov
Ertaga soat 09:00 dan boshlab metan zapravkalar faoliyatiga qo‘yilgan cheklovlar bosqichma-bosqich olib tashlanadi ekan.

@lazizhamidov
So‘nggi yillarda iqtisodiy inqiroz bilan kurashayotgan Turkiyada narx-navo jiddiy shaklda oshib ketgan. Masalan, Antaliya aeroportida uch stakan choy 21 dollarga (taxminan 766 lira yoki 270 ming so‘m) sotilmoqda ekan.

@lazizhamidov
Qirg‘iziston bilan tashqi savdomizda farqlar yuzaga kelayotgani haqida yozishmoqda.

Xususan, 2023-yilda O‘zbekistondan Qirg‘izistonga tovarlar eksporti 764 million dollarni tashkil etganligi ko‘rsatilgan bo‘lsa, qirg‘iz statistikasida O‘zbekistondan import 403 million dollarni tashkil etganligi keltirilgan (oradagi farq 361 million dollar).

Ikki mamlakatning o‘zaro eksport-import statistikalaridagi bunday yirik farq shunchaki “texnik xatolik” bo‘lmasligi kerak.

@lazizhamidov
Yaxshi xabar. O‘zbekiston va Germaniya migratsiya sohasida keng qamrovli hamkorlik bitimi tasdiqlandi. Bu kelishuv O‘zbekiston fuqarolarining Germaniyada ishga joylashish imkoniyatlarini yanada yaxshilaydi.

Bundan avval yozganimdek, Germaniya hukumati afg‘on qochqinlarini qabul qilish masalasida O‘zbekiston bilan kelishuvga erishgan edi. Ushbu kelishuvga ko‘ra, O‘zbekiston afg‘on qochqinlarini Yevropa mamlakatlaridan o'z mamlakatiga yetkazish uchun tranzit davlat vazifasini bajarishi evaziga, o‘zbekistonlik mehnat migrantlariga Yevropada ishlash va yashash bo‘yicha muayyan imtiyozlar taqdim etilishi nazarda tutilgan. Shunga o‘xshash shartnomani Gollandiya bilan ham imzolashimiz kutilmoqda.

O‘zim ham o‘tgan hafta Germaniyadan 1 yilga multiviza olgan edim)

@lazizhamidov
Qo‘shnilar bilan yana ham yaqinlashmoqdamiz. Bu borada oxirgi kunlarda ko‘zim tushgan eng e’tiborli xabarlar:

  31-mart kuni Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston davlat rahbarlarining sammiti bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv uch mamlakat chegaralarini bog‘lovchi ramziy nuqta – Xo‘jand shahrida o‘tkaziladi. Ushbu sammitda O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi chegaraviy masalalarga rasman nuqta qo‘yilishi kutilmoqda.

Uzoq muzokaralardan keyin O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasida 2025-yil 25-fevraldan boshlab erkin savdo rejimi joriy etilibdi. 2024-yilda ikki davlat o‘rtasidagi savdo aylanmasi 1,15 milliard dollarni tashkil etgan edi. Shundan eksportimiz 128 million dollar, import esa 1 milliard dollar bo‘lgan. Endi Turkmanistonliklarga ko‘proq narsa sotib, bu savdo tafovutini kamaytira olamiz.

Qirg‘iziston 2030-yilgacha rivojlanish milliy konsepsiyasi doirasida Botken va Qo‘qon o‘rtasida temir yo‘l qurishni rejalashtirmoqda ekan. Ushbu temir yo‘l qurilsa bordi-keldimiz va savdo-sotig‘imiz yana ham yaxshilanar edi.

@lazizhamidov
Oliy sud bergan ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi yillarda o‘ta og‘ir va og‘ir turdagi jinoyatlar soni oshib ketibdi.

Masalan, odam o‘ldirish bilan bog‘liq jinoyatlar soni 2023-yilda 358 tadan 2024-yilda 402 taga oshgan. Nomusga tegish jinoyati 2023-yilda 234 tadan 2024-yilda 272 taga oshgan.

Bu degani - O‘zbekiston bo‘ylab har kuni kamida bitta qotillik, har 2 kunda bir marta nomusga tegish jinoyatiga doir ish ko‘rilayotganini/sodir qilinayotganini anglatadi.

@lazizhamidov
Laziz Hamidov
Bitcoin narxi 1 411 406 473 (Bir milliard to‘rt yuz o‘n bir million) so‘mga yoki 109 000 dollarga chiqib, o‘zining yangi rekordini o‘rnatdi. @lazizhamidov
Bitcoin narxi ancha tushib qolibdi. Hozir bir dona Bitcoin - 1 032 068 000 (Bir milliard o‘ttiz ikki million oltmish sakkiz ming) so‘mdan yoki 79,5 ming dollardan sotilmoqda ekan :)

@lazizhamidov
Donald Tramp AQSh prezidentligiga qaytganidan keyin Rossiyadagi milliarderlarning boyliklari 16,5 milliard dollarga ko'payibdi.

Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, esa Amerika kompaniyalari Tramp prezident bo‘lganidan keyin 3,4 trillion dollar yo‘qotgan.

The Economist jurnalining yangi muqovasida ham, Trampning tushunarsiz harakatlari Amerikaga ko'proq zarar yetkazayotganligi ko‘rsatilgan.

@lazizhamidov
2024-yilda Turkiyada 29 115 nafar chet ellik ayol turmushga chiqqan bo‘lib, ularning 3 500 nafari o‘zbekistonlik ayollar ekan. Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha O‘zbekiston Turkiyaga kelin bo‘layotgan chet ellik ayollar orasida ikkinchi o‘rinda turibdi.

@lazizhamidov
2025/07/09 19:02:03
Back to Top
HTML Embed Code: