Xitoy O‘zbekiston iqtisodiyotida tobora katta ulush egasiga aylanib bormoqda ekan.
Statistika ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yil yakunlari bo‘yicha Xitoy O‘zbekistonda:
- Eng yirik investor — o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmida uning ulushi 27,9 foizni tashkil etdi. Ikkinchi o‘rinda Rossiya — 13,2 foiz. (Birinchi va ikkinchi o‘rin o‘rtasidagi farq juda katta va u har yili ortib bormoqda)
- Eng yirik savdo hamkori — $12,5 milliard. Ikkinchi o‘rinda Rossiya — $11,6 milliard.
- Kompaniyalar soni bo‘yicha yetakchi — 3 357 ta. Ikkinchi o‘rinda Rossiya — 2 937 ta. (Oxirgi yillarda Rossiya kapitali ishtirokidagi kompaniyalar soni 3,5 foizga kamaydi, Xitoy kapitali ishtirokidagi kompaniyalar soni esa 44 foizga oshdi)
O‘zbekiston iqtisodiyotida hech bir mamlakat Xitoy kabi bunchalik tez o‘smagan.
@lazizhamidov

“Anhor-Lokomotiv” bog‘ining buzilib, o‘rnida ko‘p qavatli turar joylar qurilishi mumkinligi haqida xavotirli xabarlar Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalmoqda. Biroq bu borada park ma’muriyati ham, tuman yoki shahar hokimligi ham rasmiy bayonot bermagan. Faollar bog‘ni saqlab qolishni talab qilmoqda, mahalliy aholi esa loyihaga qarshi imzo to‘plashni boshlab yuborgan.
Aytishlaricha, rejalashtirilayotgan qurilish loyihasi doirasida 15 dan ortiq inshoot, jumladan, turar joy majmualari, biznes markazi va apart-mehmonxona barpo etilishi ko‘zda tutilgan.
Ma'lumot uchu, 8,35 gektar maydonni egallagan bog‘ 2022-yil fevral oyida 376,5 milliard so‘mga savdoga qo‘yilgan. Hozirda obyekt Davlat aktivlarini boshqarish agentligi balansida ekani ko‘rsatilgan.

AQSH o‘z hududida noqonuniy yashab yurgan o‘zbekistonlik migrantlarni Kosta-Rikaga deportatsiya qilar ekan.
@lazizhamidov
@lazizhamidov
Apple bugun yangi telefon modelini taqdim etishi kutilmoqda. Internetga tarqalgan suratlarga ko‘ra, kompaniyaning eng yupqa smartfoni bo‘lishi mumkin bo‘lgan yangi mahsuloti – iPhone 17 Air quyidagidek ekan.
@lazizhamidov
@lazizhamidov
Endi, tomorqasini qarovsiz qoldirgan xonadon egalari uch karra yuqori soliq to‘laydi ekan.
Shu bilan birga, xonadondagi tomorqa va ijara yerlarida ekin ekilmagan va qarovsiz qoldirilgan bo‘lsa quyidagi choralar qo‘llaniladi:
- Imtiyozli kreditlar ajratilmaydi.
- Ijtimoiy himoya yagona reestriga kiritilgan fuqarolar uchun yordamlar (moddiy yordam yoki bola puli kabi) to‘xtatiladi.

Forwarded from A’zamxo‘jayev / Аъзамхўжаев
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Abu-Dabi aeroportidan yozishibdi (murojaat matni tahrirsiz e’lon qilinyapti):
assalomu alaykum abu dabi aeroportidan yoziyapman. pasport kontrolda pasportlarni olib qoyib nimadirlarni 3-4 soatdan beri tekshirishyapti. nega shu narsalarga bizning tiv baho bermaydi, so'ramaydi, ogohlantirmaydi. Agar bunaqa muammoli holat bolsa balki biz fuqarolar bormas edigmi? yoki yo'nalishni boshqacha tuzar edikmi?. bizdan tiv ishlayaptimi bizga oxshaganlarmi huquqi chet davlatda mavjudmikin. shu haqida kanalizda malumot bersangiz
Zelimxon Haydarov O‘zbekiston tennis federatsiyasi raisi o‘rinbosari etib tayinlanibdi. Avvalroq O‘zbekiston tennis federatsiyasiga rais etib Kapitalbank” asoschisi, “Paxtakor” futbol klubining sobiq prezidenti Botir Rahimov saylangan edi.
@lazizhamidov
@lazizhamidov
payme’da shaxsingizni tasdiqlang va 7 kunlik payme plus obunasiga ega bo‘ling 🔥
Endi yangi akkaunt ochishda, parolni tiklashda yoki bank va to‘lov ilovalarida smartfonni almashtirganingizda shaxsingizni tasdiqlashingiz kerak. Buning uchun pasport ma’lumotlarini kiritib, yuzingizni skanerlashingiz lozim. Agar pasportingiz yoningizda bo‘lmasa, ma’lumotlarni MySoliq, MyID yoki MyGov xizmatlaridan topishingiz mumkin.
✅ Buni amalga oshirganlar uchun esa bonus: 7 kunlik payme plus obunasi bilan 5 million so‘mgacha komissiyasiz pul o‘tkazmalar, Setanta’ga kirish imkoniyati, to‘lovni kechiktirish va monitoring xizmati taqdim etiladi.
Sinov muddati tugaganidan so‘ng obuna pullik bo‘ladi, ammo uni istalgan paytingizda bekor qila olasiz.
Ilovani yuklab olish
Reklama

Toshkentda ko‘chmas mulkning daromadliligi tushib bormoqda. 2024-yil fevralda 32,4% bo‘lgan ko‘rsatkich, 2025-yilda 7,6% ga tushdi – bir yilda 24,8% pasayish degani bu. Ayrim tumanlarda uy narxi o‘sishi o‘rniga tushgan: Shayxontohur – -0,8% Yunusobod – -3,4%
Ijara bozori ham o‘ziga xos pasayishni boshdan kechirmoqda. Bir va ikki xonali uylar ijarasidan tushadigan daromad kamaygan. Nega bunday bo‘lmoqda o‘zi? Sababi oddiy 2022–2023-yillarda uy narxlari sun’iy o‘sgan edi. Endi esa bozor o‘z o‘rniga qaytmoqda.
2024-yildan beri ko‘chmas mulk daromadliligi omonatdan ortda qolmoqda. Hozir so‘mdagi omonatlarning o‘rtacha foizi 21–22%.
Shu sababli ayni kunlarda ko‘pchilik 500 mln so‘mlik bir xonali uy sotib olish o‘rniga, 23% foizli omonatga qo‘yishni afzal ko‘rmoqda. Sababi bu yo‘l orqali har oy 8,8 mln so‘m daromad olsa bo‘ladi. Pul to‘g‘ridan-to‘g‘ri kartaga o‘tadi. Har qanday ijara daromadidan yuqori. Eng asosiysi bu mablag‘ni istalgan vaqtda yechib olish mumkin.
Hozircha Toshkentda uy sotib olishdan ko‘ra, bankka pul qo‘yish ancha daromadli bo‘lib turibdi.

Shifokorlar tibbiyot tarixida ilk bor tug‘ma ko‘rlik bilan tug‘ilgan bolalarni davolashibdi.
@lazizhamidov
@lazizhamidov
O‘zbekistonga avtomobil importi keskin kamayib ketibdi.
Yanvar oyida O‘zbekistonga jami 1 796 ta yengil avtomobil (elektromobil va gibridlar ham shu jumlada) olib kirildi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 5,6 baravar kam degani.
Import summasi esa yanada keskinroq – 7,1 baravarga qisqarib, 221 million dollardan 31 million dollarga tushib ketgan.
Barcha turdagi avtomobillarda pasayish kuzatilmoqda:
- Benzinli avtomobillar importi 6,7 baravar kamaydi,
- Elektromobillar – 2,5 baravar,
- Gibridlar esa butunlay qulab, 31 baravar qisqardi.
Odatda, tez o‘sishdan keyin keskin pasayish kuzatilishi tabiiy holat. Bozor vaqtincha to‘yinish bosqichiga yetganda shunday bo‘ladi.
Biroq O‘zbekistonda bunday ehtimol kam, chunki talab hanuz juda yuqori.
Asosiy sabab, ehtimol, Pskentdagi poligon bo‘lib, import avtomobillarning sinovdan o‘tishi majburiy qilingan. Poligon quvvati esa oldingidek katta hajmdagi avtomobillarni qabul qilishga yetmayotgandek. Bu esa import avtomobillarni O‘zbekistonda yanada qimmatlashtirishi mumkin.

Latviya o‘zbekistonlik yuk avtomobili haydovchilarini oylik maoshi 1600−2000 yevro bo‘lgan ishga taklif qilmoqda ekan. Nomzodlar 55 yoshgacha, “E” toifadagi haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lgan erkaklar deb aytilgan.
Viza, aviachipta, agentlik to‘lovi (3 million 750 ming so‘m), ovqatlanish kabi xarajatlarni fuqarolar o‘z hisobidan to‘laydi deyilgan e'londa.
Quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin: HAVOLA

O‘zbekistonda 2024-yilda gaz qazib olish 2,1 mlrd kub metrga kamaygan. Dizel ishlab chiqarish 6,3 foizga, benzin 3,8 foizga, neft 7,4 foizga pasaydi. Elektr energiyasi ishlab chiqarish qayta tiklanadigan energiya hisobiga oshdi, ammo yirik stansiyalarda kamayibdi.
@lazizhamidov
@lazizhamidov
O‘zbekiston davlat qarzi 40 mlrd dollardan oshibdi. Bunda tashqi qarz 33,7 mlrd, ichki qarz 6,5 mlrd dollarni tashkil qilmoqda.
Ma'lumot uchun, har bir o‘zbekistonlikka davlat qarzi 1 070 dollardan to‘g‘ri kelmoqda.