Telegram Web Link
1893-yilda Amerika gazetasi tomonidan e’lon qilingan Toshkent shahri manzarasi.

@lazizhamidov
"Inomarka"larni Piskent poligonida majburiy sertifikatlashtirish bekor qilinishi mumkin ekan. Majburiy sertifikatlashtirishni bekor qilish va standartlarning ixtiyoriyligini ta’minlash bo‘yicha dastlabki qadamlar tashlanibdi.

Aytishlaricha, Texnik jihatdan tartibga solish agentligining faoliyatini tanqidiy ko‘rib chiqish bo‘yicha topshiriq ketgan va 2 oy muddat berilgan.

Avval yozganimdek, O‘zbekistondagi import avtomobillar savdosi fevral oyida ikki barobardan ko‘proqqa kamayib ketgan edi.

@lazizhamidov
Dunyodagi eng katta uran zaxiralariga ega davlatlar ro‘yxati. O‘zbekiston 11-o‘rinda.

O‘zbekiston 2016-yildan beri uran qazib olish bo‘yicha jahondagi beshinchi mamlakat maqomini saqlab kelmoqda. O‘tgan yili sal kam 900 million dollarlik uran sotganmiz.

@lazizhamidov
Mercedes-Benz xodimlarning ko'ngilli ravishda ishdan ketishi uchun 540 ming dollargacha kompensatsiya taklif qilmoqda ekan.

Kompaniya ishlab chiqarish hajmini qisqartirib, odamlar o‘rniga robotlarni jalb qilmoqda. Shu sababli xodimlarga ko‘ngilli ravishda ishdan bo‘shashlari uchun shunday katta to‘lovlar taklif etilmoqda

@lazizhamidov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Esingizda bo'lsa, Sirdaryoda bir shaxs Captiva avtomobilini stadiondagi odamlar ustiga haydagani katta shov-shuvga sabab bo‘lgandi.

O‘sha Captiva jinoyat quroli sifatida davlat foydasiga musodara qilinib auksionda 100 mln so‘mga sotilibdi. Uning egasi esa bu harakati uchun 4,5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan.

@lazizhamidov
O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimi sifati bo‘yicha dunyoda 64-o‘rinni egallabdi.

Markaziy Osiyo davlatlari orasida O‘zbekiston birinchi o‘rinda

- Qozog‘iston (78-o‘rin);
- Turkmaniston (95-o‘rin).

Tojikiston va Qirg‘iziston ro‘yxatga kiritilmagan.

@lazizhamidov
O'zbekistondagi banklarning sof foydasi yana o‘sishni boshlabdi.

2025-yilning dastlabki ikki oyida O‘zbekistondagi banklar birgalikda 173,3 million dollar (2,24 trln so‘m) sof foyda olgan.

Bu 2024-yilning mos davriga nisbatan ikki barobar ko‘proq. O‘tgan yili banklar foydasi 95,9 million dollar (1,24 trln so‘m) edi.

2024-yilda banklar 2023-yilga nisbatan sezilarli kamroq foyda olgan edi.

@lazizhamidov
O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun ruxsat etilgan faoliyat turlari qisqardi. To‘liq ro‘yxatni yuqoridagi rasmda ko‘rishingiz mumkin.

@lazizhamidov
O‘zbekistonda iste’molchilar gaz va elektr uchun oldindan to‘lov qilgan bo‘lsa, ikki oy davomida eski tariflar amal qiladi ekan.

Maishiy iste’molchilar uchun bu muddat 2 oy (1-iyungacha), tadbirkorlar uchun 1 oy etib belgilangan. Ammo bu faqat ijtimoiy me’yor doirasida — 100 kub metr gaz va 200 kVt/soat elektr energiyasiga taalluqli. Ushbu hajmdan oshganda, ikki baravar tarif qo‘llaniladi.

Masalan, agar oila oldindan to‘lov qilib, 300 kVt/soat elektr ishlatsa, 200 kVt/soat uchun eski tarifda, qolgan 100 kVt/soat uchun esa ikki baravar narxda to‘lov qiladi. Oldindan to‘lov bo‘lmasa, yangi tarif bo‘yicha to‘lov oshadi.

@lazizhamidov
Gaz va elektr narxlarining oshirilishi bir oyga kechiktirilibdi.

Prezident hukumatga gaz va elektr energiyasi tariflarini oshirishni bir oyga kechiktirishni topshirgan. Shunday qilib, tariflar 1-apreldan emas, balki 1-maydan boshlab oshiriladi.

1-maydan boshlab elektr energiyasining 200 kVt·soatgacha bo‘lgan iste’mol uchun bazaviy narxi 450 so‘mdan 600 so‘mga (+33,3%) ko‘tariladi. Gaz narxi esa 650 so‘mdan 1000 so‘mga (+53,8%) oshadi.

@lazizhamidov
Endi, O‘zbekistonda noqonuniy qurollarini topshirganlar mukofotlanadi ekan.

R
o‘yxatdan o‘tmagan o‘qotar qurol va o‘q-dorilarni ixtiyoriy topshirgan fuqarolarga qurolning turiga qarab 5 foizdan 500 foizgacha BHM asosida mukofot to‘lanadi.

Agar qurol shikastlangan bo‘lsa, beriladigan mukofot ikki baravar kamaytiriladi.

@lazizhamidov
Avstraliyaning chekka bir qishlog‘i uchun shifokor qidirilmoqda ekan. U yerda ishlashni xohlagan shifokorga yillik 680 ming Avstraliya dollarigacha (taxminan 428 ming AQSh dollari) miqdorida maosh, bepul uy-joy va avtomobil taklif qilinmoqda.

500 nafar aholi yashaydigan bu manzildagi yagona shifokor yaqinda o‘z lavozimini tark etgan. Ushbu qishloqqa eng yaqin yirik shaharga yetib olish uchun yetti soat vaqt ketadi. Potensial nomzod jazirama issiq va tropik hasharotlarga ham chiday olishi kerak.

@lazizhamidov
Bugun 1-aprel, ushbu yangi oyidan boshlab O‘zbekistonda turli xil huquqiy hujjatlar kuchga kirdi. Natijada qanday o‘zgarishlar yuz berganiga qiziqib ko‘rdim:

— 1-apreldan mamlakatda isitish mavsumida tabiiy gaz uchun joriy qilingan 500 kub metrlik bazaviy me’yor 100 kub metrga tushiriladi.

— Kambag‘al oilalarga ayrim xarajatlari uchun 11,25 mln so‘mgacha subsidiya beriladi.

— Soliq organlari xodimlari tomonidan ularga biriktirilgan korxonalar yoki mahallalardagi tadbirkorlar faoliyatidagi tekshiruvlar yangi tartibda amalga oshiriladi.

— Retseptsiz beriladigan dorilarga nisbatan cheklangan ustama narxi bekor qilinadi.

— Chorvachilik va parrandachilik xo‘jaliklariga QQSning 50%i qaytarish tartibi joriy etiladi.

— Farmatsevtika mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanuvchi yoki tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar daromadlaridan qat’i nazar qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashadi.

— Oliy ta’lim muassasalarning IT-sohasidagi fan nomzodi, falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga ega bo‘lgan xorijlik professor-o‘qituvchilariga “IT-visa” beriladi.

@lazizhamidov
2025/07/08 11:47:08
Back to Top
HTML Embed Code: