Telegram Web Link
Anorbank: 7000 nafar bolaga toza havo hadya etdi

Anorbank rahbariyati va jamoasi Toshkentdagi uchta maktabda 100 ga yaqin daraxt ekdi va 18 ta havo tozalagich o‘rnatdi.

Natijada, 7000 dan ortiq o‘quvchi endi toza havoda nafas oladi.

Bu nafaqat bankning ekologik tashabbusi, balki kelajak avlod salomatligiga qo‘shgan hissasidir.

Anorbank — raqamli bank bo‘lishi bilan birga, ijtimoiy mas’uliyatli tashkilot sifatida ham namuna ko‘rsatmoqda.

Sayt | Instagram | Telegram

Reklama
Parij shahri 17 yil ichida havoni sezilarli darajada tozalabdi. Bu davr mobaynida Parijda zararli zarrachalar 55%, azot dioksidi 50% ga kamaygan bo'lsa havoning ifloslanishi bilan bog‘liq o‘limlar 30% ga qisqargan.

Bu natijaga erishish uchun shahar ma’muriyati 500 ta ko‘chada avtomobillar harakatini taqiqladi, yirik mashinalar uchun parkovka narxini oshirdi, Sena daryosi bo‘yidagi yo‘llarni piyodalar hududiga aylantirdi. Shuningdek, veloyo‘laklar va yashil zonalar ko‘paytirildi, 50 mingta parkovka joyi olib tashlandi.

Natijada, 2007-yillarda butun shahar bo‘ylab havodagi azot dioksidi me’yordan yuqori bo‘lgan bo‘lsa, 2024-yilga kelib bu ifloslanish faqat ayrim joylarda qolgan.

Parij misolida ko‘rish mumkinki, toza havo — bu aniq siyosiy qarorlar va jamiyatning qo‘llab-quvvatlashi evaziga erishiladigan natijadir.

@lazizhamidov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kecha instagram uchun sun'iy intellekt bo'yicha hozirda eng ilg'or va keng qo'llanilayotgan platformalar haqida qisqacha tanishuv video tayyorlagan edim zo’r qabul qilinibdi obunachilar tomonidan, bir ko'ring, kerak bo'lib qolishi mumkin.

@lazizhamidov
Oltin narxi deyarli 3500 dollarga chiqibdi. Bu biz uchun juda ham yaxshi. Chunki O‘zbekiston dunyodagi eng yirik oltin ishlab chiqaruvchilardan va sotuvchilardan biri ekanligini bilamiz.

O'zbekiston 2024-yilda 120 tonna oltin ishlab chiqargan. 2025-yil 1-yanvardan 22-aprelgacha dunyoda oltin narxi $858.35 ga oshdi. Agar oltin narxi har 100 AQSh dollariga oshsa, bu mamlakatga taxminan $386 million qo'shimcha daromad keltiradi degani.​

Shunday qilib, 2025-yil boshidan beri oltin narxining $858.35 ga oshishi O'zbekiston iqtisodiyotiga taxminan $3.3 milliard qo'shimcha daromad olib kelgan bo'lishi mumkin.

@lazizhamidov
O‘zbekistondagi mahalliy va xorijiy avtomobillar, shuningdek, elektromobillarning ikkilamchi bozordagi narxi tushishda davom etmoqda ekan. Yuqoridagi infografikada batafsil ko‘rib olishingiz mumkin.

Masalan:

Nexia o‘rtacha 600 dollarga, BYD E2 800 dollarga, Kia Sorento 3000 dollarga, Onix narxi o‘rtacha 1000 dollar, Cobalt — 339 dollar, Tracker — 723 dollar, Kia K5 esa 1200 dollarga arzonlashgan.

@lazizhamidov
Forwarded from Xushnudbek.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Lolazor” podkastining navbatdagi sonini bugun soat 15:00 da YouTube orqali tomosha qilishingiz mumkin.


👉 @xushnudbek 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Istanbul shahrida 6,2 magnitudali qattiq yer qimirlabdi. Zilzila epimarkazi Marmar dengizi bo‘lgani uchun jiddiy talafot kuzatilmagan. Yuqoridagi video Marmar dengizida zilzila vaqtida olingan.

O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi barcha vatandoshlarimizni osoyishta bo‘lishga, rasmiy manbalar orqali tarqatilayotgan ma’lumotlarni kuzatib borishga hamda xavfsizlik choralariga rioya qilishga chaqiribdi.

@lazizhamidov
Navoiy viloyati, Konimex tumanidagi qarovsiz cho‘l hududi 3 yilda yashillantirilibdi.

@lazizhamidov
Gulnora Karimova o‘g‘irlagan pullar O‘zbekistonga qaytarilib, jamg‘ariladigan va taqsimlanadigan fond nomi ISHONCH ekan. Ushbu infografikada pullar nimalarga ishlatilayotganligi e’lon qilinibdi.

@lazizhamidov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Instagramda jamoamiz bilan kundalik faoliyatda foydalanuvchi sun’iy intellekt platformalari va ularning narxlari haqida qisqacha  video tayyorladim.

Sizga ham foydali bo’lishi mumkin deb o‘ylayman – vaqt topib bir ko‘rib chiqing. Ehtimol, kelajakda kerak bo‘lib qolishi yoki ish jarayoningizda yordam berishi mumkin.

@lazizhamidov
BAA O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz rejimni bekor qilishi mumkin ekan. O‘zbekiston fuqarolari tomonidan sodir etilayotgan qonunbuzarlik holatlari ko‘payayotgani sabab qilib ko'rsatilgan.

Yaqinda Dubayda o‘zbek jinoiy to‘dalari o‘rtasida pichoqbozlik yuz bergan. BAA politsiyasi usha pichoqvozlikda ishtirok etgan 15 nafar O‘zbekiston fuqarosini qo‘lga olingan. Undan avval esa 3 nafar O'zbekiston fuqarosi qotillik sodir etgan edi.

O‘zi, o‘zbekistonliklar BAAda 30 kun vizasiz bo‘lish huquqiga ega bo‘lganiga endi bir yildan o'tdi.

@lazizhamidov
“Chorsu mehmonxonasining qulashi”

@lazizhamidov
Bugun 1-may, ushbu yangi oyidan boshlab O‘zbekistonda turli xil huquqiy hujjatlar kuchga kirdi. Natijada qanday o‘zgarishlar yuz berganiga qiziqib ko‘rdim:

Elektr energiyasi va gaz narxlari oshdi: 1-maydan elektr energiyasi va gaz tariflari ko‘tariladi. 201–500 kVt/soat oralig‘ida elektr narxi – 800 so‘m/kVt.

Elektromobillar uchun utilizatsiya yig‘imi oshadi:
1-maydan faqat elektrodvigatelli mashinalar uchun yig‘im ko‘tariladi. Gibridlar bundan mustasno.

Ayrim tadbirkorlarga garovsiz kreditlar beriladi: Yakka tartibdagi va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslardan boj olinmaydi. 50 mln va 150 mln so‘mgacha kreditlar ajratiladi.

Xotin-qizlarga 100 mln so‘mgacha garovsiz kredit beriladi: “Hamroh” dasturi doirasida 1 ming tadbirkorga grant, 100 mln so‘mgacha garovsiz kredit ajratiladi.

Qamoqdan ozod etilganlarga 2,25 mln so‘mgacha pul beriladi:
1-maydan ozod qilingan shaxslarga 6 BHM (2,25 mln so‘m) nafaqa to‘lanadi.

@lazizhamidov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ucell kompaniyasi Toshkent–Buxoro xalqaro yo‘nalishida sifatli va barqaror aloqani ta’minladi.

Buning uchun, yo‘l bo‘ylab 72 ta yangi baza stansiyasi qurilgan, mavjud 29 tasi modernizatsiya qilinib, internet va ovozli aloqa sifati sezilarli darajada yaxshilangan. Kompaniya shuningdek, yo‘nalishdagi yirik savdo markazlarida yuqori tezlikdagi 5G tarmog‘ini ishga tushiribdi.

Reklama
@lazizhamidov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Instagram sahifam uchun sun’iy intellekt haqida foydali bir kontent tayyorladik, bir ko’ring, kerak bo’lib qolishi mumkin.

@lazizhamidov
Meni mulohazaga tortadigan parchalardan siz bilan ham o’rtoqlashay:

Pivovarov hindistonlik milliarderdan so’rayapti, Hindistonda boylar va qashshoqlar o’rtasidagi tafovutga qanday qaraysiz, deb, milliarder aytyaptiki, barcha qashshoq insonlarda ijtimoiy qatlamlardan ko’tarilishga bo’lgan ishtiyoq baland bo’ladi, bu tabiiy holat, barcha joyda shunday.

Lekin bizda revolyutsiya hecham sodir bo’lmaydi, nega, chunki birinchi navbatda hindistonliklarni falsafasida “taqdir”, “peshona” degan tushunchalar bor, insonlar bu hayot bir necha(keyingi) hayotlaridan biri ekanligi, albatta qayta tug’ilishlari va hayot charxpalagi qayta boshlanishiga ishonadi, shuning uchun insonlarda hamma narsaga tez va hozir ega bo’lishga intilish yo’q, odamlar ishonadi, keyingi hayotida hammasi yaxshiroq bo’lishiga. Shuning uchun mamlakatda juda ko’p qashshoqlar bo’lishiga qaramay bizda hech qachon revolyutsiya bo’lmaydi. Qashshoq hududlarda jinoyat darajasi ham juda past darajada, boshqa mamlakatlarga solishtirganda.

Pivovarov yana so’rayapti, bularni barchasi din, e’tiqod sababmi, ha, urf-odat, madaniyat, din sabab.

Pivovarov: Omadingiz bor ekan (Вам повезло)

O’zimdan: menga bu milliarderni mamlakatda qashshoq va boylarni o’rtasidagi tafovut haqidagi savolga javobidan so’ng yuz ifodasi yoqdi, o’ziyam o’ziga qoyil qolib ketti, bergan javobiga.

@lazizhamidov
ChatGPT aytyapti, rostmi-yolg’onmi, o’zingiz factchecking qilib olasiz. Haligi, aniq javobni ham bilarsiz balki…

@lazizhamidov
2025/07/07 23:07:40
Back to Top
HTML Embed Code: