Telegram Web Link
Qamchiq dovonining eng yuqori nuqtasida joylashgan o‘sha afsonaviy burgut haykali oldiga zipline va piyodalar uchun ko‘prik qurib qo‘yishibdi. Qachon ishga tushganidan xabarim yo‘q, bugun birinchi bor ko‘rdim. Qiziqib ko‘prikka chiqdim — qattiqroq silkinayotgani sezildi, ozroq qo‘rquv bo‘ldi. Faqat ko‘prikka o‘rnatilgan yog‘och taxtalar ko‘ngilda bir oz shubha uyg‘otadi: bir-ikki mavsumiy yomg‘irdan keyin mo‘rtlashib qolmasmikan, degan xavotir bor.

Odam ko‘p, haykal atrofi ancha jonlangan. Bu zo'r. Biroq, afsuski, tozalik jiddiy darajada buzilgan. Aksar joylarda chiqindilar to‘planib qolgan, ayrim fuqarolar esa plastik idishlarni jarlikka uloqtirmoqda. Hojatxonaning holati esa mutlaqo talabga javob bermaydi — judayam iflos, navbat haddan tashqari uzun. Odam ko‘paygani sayin tozalikka oid butun tizim ishlamay qolgan. Shu sababli, mazkur hudud uchun mas’ul bo‘lgan mutasaddilar tozalik va tartib masalalariga jiddiy e’tibor qaratishlari kerakdek tuyildi. Umuman olganda yaxshi)

@lazizhamidov
O‘zbekiston Markaziy banki tomonidan e’lon qilingan dollar kursi:

10.06.2025 — 12712,50 so‘m;
13.10.2024 — 12768,30 so‘m.

Milliy valyutamiz ancha barqaror bo'lib qadrlanib qolibdi)

@lazizhamidov
Forwarded from Market Yandex Go Uz
Market Yandex Go’da — eng kerakli texnika!

Uy, o’qish va dam olish uchun kerakli elektronika. Yoqimli narxlarda mahsulotlarni o‘zingizga saqlab qo‘ying:

🟡 Simsiz P9 Bluetooth quloqchinlari — katta hajmli va mikrofon bilan
🟡 Xiaomi 22.5W Power Bank 10000 tashqi quvvat akkumulyatori
🟡COMMO Jelly USB Type-A – Lightning MFI, 1,2m kabeli
🟡COMMO One — ixcham va qulay simsiz quloqchinlari
🟡O’yin sichqonchasi 2E MG355 — simsiz, 10000 DPI xususiy dasturiy ta'minot bilan
🟡Yopishg’ich telefon ushlagichi — so'rg'ichlar bilan, telefoningizni qulay tarzda ushlaydi

⚡️ Va yana: ilk buyurtma uchun MARKET50 promokodi orqali 50 foiz chegirmaga ega bo‘lish mumkin, faqat chegirma hajmi 50 000 so’mgacha.

Market Yandex Go Uz telegram kanalida yanada ko’p tanlovlar taqdim etilgan.

〰️〰️〰️〰️〰️〰️
Самая нужная техника — на Market Yandex Go!

Электроника для дома, учёбы и отдыха. Сохраняйте себе товары по приятным ценам:

🟡Беспроводные Bluetooth-наушники P9 — полноразмерные, с микрофоном
Внешний аккумулятор Xiaomi 22.5 W Power Bank 10000
🟡Кабель COMMO Jelly USB Type-ALightning MFI, 1,2 м
🟡Беспроводные наушники COMMO One — компактные и удобные
🟡Игровая мышь 2E MG355 — беспроводная, 10000 DPI, с фирменным софтом
🟡Липучка-держатель для телефона — с присосками, удобно фиксирует девайс

⚡️А ещё на первый заказ — действует промокод MARKET50 на скидку 50%, но не более 50 000 сумов.

Больше подборок — в Telegram-канале Market Yandex Go Uz!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Jahon chempionatiga chiqishimizga katta hissa qo‘shgan O‘zbekiston terma jamoasining sobiq bosh murabbiy Srečko Katanec Toshkentga kelibdi.

@lazizhamidov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Taxminan bir yarim yil avval Italiyada (Rimda) avtomobil ijarasi bo‘yicha alamli holatga duch kelgan edim. Garchi onlayn tarzda bron qilib, to‘lovni oldindan amalga oshirgan bo‘lsam-da, o‘zbekistonlik ekanligimni bilib, menga avtomobil ijaraga berilmagan edi. Juda alam qilgan edi.

Yaqinda Yevropada yashayotgan bir do‘stimiz Italiyada O‘zbekiston fuqarolariga nisbatan xuddi shunday munosabat hanuz davom etayotgani haqida yozgan edi. Bugun esa mana bu yuqoridagi video internetda tarqalmoqda.

Men o‘ylayman, Tashqi ishlar vazirligi, hamda shu sohaga mas’ul tashkilotlar o‘z targ‘ibot ishlarini qayta ko‘rib chiqishlari yoki kuchaytirishlari lozim. Balki hammaga aytarmiz, bunday qilish mumkin emas, buni salbiy ta’siri nafaqat ularni balki boshqa o‘zbekistonliklarni ham gardaniga tushmoqda, deb. Uyat.

@lazizhamidov
3
Tashqi ishlar vaziri matbuot kotibi.

@lazizhamidov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Shengen vizasini olishda muhim rol o‘ynaydigan omillar haqida Instagram sahifamda video tayyorlagan edim. Foydali ma’lumot bo‘lgani uchun bu yerga ham joylamoqdaman.

@lazizhamidov
“Yuksalish” harakati tomonidan respublikadagi 101ta mahallada o‘tkazilgan monitoring natijalari:

- qator loyihalarda ishlar sifatsiz olib borilgan;
- ayrim mahallalarga suv yetib bormagan;
- ba’zi joylarda qurilish ishlari yakuniga yetkazilmagan.

Bu holatlar loyihalar bajarildi, degan hisobot yetarli emasligini, ular amalda qanday ishlayotganini ham doimiy nazorat qilish zarurligini ko‘rsatadi.

@lazizhamidov
Laziz Hamidov
Taxminan bir yarim yil avval Italiyada (Rimda) avtomobil ijarasi bo‘yicha alamli holatga duch kelgan edim. Garchi onlayn tarzda bron qilib, to‘lovni oldindan amalga oshirgan bo‘lsam-da, o‘zbekistonlik ekanligimni bilib, menga avtomobil ijaraga berilmagan edi.…
Aytgancha, shu yil Milanga borgan edim. Italiyada pullik yo‘lda meni chiptamni qabul qilmay, jarima yozishgan. Aytganki (avtomat), sen shu yo‘lga kirishda avtomatdan chipta olmagansan. Men esa chipta olganman, qo‘limda turibdi, deb operatorga qo‘ng‘iroq qilganman — lekin ingliz tilini tushunmagan.

So'ng mehmonxonaga kelib, "Autostrade per l’Italia"ga xat yozganman. Javob kelmagach yana o'sha pulli yo'l xodimlariga borib, vaziyatni tushuntirganman. "Ba’zan shunaqa bo‘lib turadi, e’tibor berma", deyishgan.))

Xatimni quyida keltiryapman, balki sizga ham qiziq bo‘lar 😅

Mavzu:

To‘lov noto‘g‘ri hisoblangan — 5063447386 raqamli to‘lanmagan yo‘l haqi uchun murojaat

Xat matni:

Hurmatli “Autostrade per l’Italia” xodimlari,

Men sizlarga 2025-yil 13-aprelda Milano Est to‘lov punktida berilgan 5063447386 raqamli to‘lanmagan yo‘l haqi chiptasi bo‘yicha murojaat qilmoqdaman. Mazkur chipta uchun €81,30 miqdorida to‘lov belgilangan.

Men Soave (A4 yo‘li) punktidan avtomagistralga kirganimda, chipta olganman va u hali ham qo‘limda mavjud. Afsuski, chiqishdagi avtomat tizim bu chiptani o‘qiy olmadi va “kirish aniqlanmagan” deb ko‘rsatdi, shuning uchun tizim maksimal narxni avtomatik hisoblab chiqardi.

Shuni ta’kidlamoqchimanki, bu holat mening xatoyim emas, balki tizimdagi texnik nosozlik tufayli yuzaga kelgan.

Ilova qilaman:
Soave punktida olingan kirish chiptasining fotosurati
Milano Estda berilgan to‘lanmagan yo‘l haqi chiptasi (mancato pagamento)

Hurmat bilan so‘rayman — haqiqiy bosib o‘tilgan yo‘l (Soave – Milano Est) asosida to‘lov miqdorini qayta hisoblab, to‘g‘ri narx bilan qanday to‘lashim mumkinligini bildirishingizni so‘rayman.

Javobingizni kutaman.


Albatta xatni italyan tilida yuborganman 😅

@lazizhamidov
Abdurahmon Fazilovning aytishicha, bugungi O‘zbekiston-Qatar uchrashuvi uchun “qo‘lda” soxta biletlar sotilmoqda ekan. Ehtiyot bo‘linglar!

@lazizhamidov
Kecha O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi tomonidan muhim diplomatik qadam tashlandi. O‘zbekiston hukumati Rossiyada ayrim hollarda fuqarolarimizga nisbatan ruxsatsiz tekshiruvlar, hurmatsizlik va qo‘pol muomala holatlari yuz berayotgani haqida xabarlar kelib tushayotganidan tashvish bildirgan holda, Rossiya tomoniga rasmiy nota yo‘llabdi.

Notada bu kabi holatlar O‘zbekistonni jiddiy xavotirga solayotgani qayd etilgan va fuqarolarimizga nisbatan qonuniy, hurmat asosida munosabatda bo‘lish zarurligi ogohlantirilgan.

Men o'ylaymanki, bu O‘zbekistonning o‘z fuqarolari huquq va sha’nini himoya qilish yo‘lida tashlagan muhim va o‘z vaqtida qo‘yilgan qadami bo‘ldi. Bunday pozitsiya olqishga loyiq. Xususan, vatandoshlarimizning xorijda, ayniqsa Rossiyada, huquqlari poymol etilishiga mutlaqo yo‘l qo‘yilmasligi zarur.

@lazizhamidov
2025/07/08 19:24:22
Back to Top
HTML Embed Code: