Telegram Web Link
— Одам учта нарсанинг қадрини доим кечикиб билади. Ёшлик. Соғлиқ. Тинчлик.
— Дўстни хўрлаш – гуноҳ. Умр йўлдошини хўрлаш – юз ҳисса гуноҳ. Ота-онани хўрлаш – минг ҳисса гуноҳ. Гўдакни хўрлаш – чексиз гуноҳ...
— Иш кўплиги-ю, вақт йўқлигидан нолиманг. Вақт кўплиги-ю, иш йўқлигидан қўрқинг. Одамни абгор қиладиган нарса – бекорчилик.
— Ҳатто, булбул ҳам бола очганидан кейин сайрашни бас қилиб, полапонларига емиш ташийди.
— Эрталаб турганингда, кундузи юрганингда, кечаси ухлаганингда ҳеч қаеринг оғримаса шунинг ўзи бахт!
— Ақл билан мансабга эришиш мумкин. Мансаб билан ақлга эришиб бўлмайди.
— Дунёда мукаммал нарса йўқ. Ҳатто Муҳаббат деб аталмиш олий туйғуда ҳам адолатсизлик бор. Ким қаттиқроқ севса, ўша кўпроқ изтироб чекади.
— Инсоннинг баҳоси бу дунёда ўзи олгани билан эмас, ўзидан қолгани билан белгиланади.
©️ Ўткир Ҳошимов
👍7317🔥141👏1
#Yaxshi_bir_kitob_xaqida

🔰Seni kuchaytiradigan bir durdona asar haqida
:

📘 “Don Kixot”
Muallif: Miguel de Servantes
Yil: 1605–1615
Janr: Satirik roman, ritsarlik parodiyasi, realizm

🧩 Asar haqida qisqacha:
📌Alonso Kixano — oddiy zodagon. Lekin u ritsarlar haqidagi kitoblar o‘qib, aqlini yo‘qotadi va o‘zini “Don Kixot de la Mancha” deb atab, adolat tiklash uchun safarga chiqadi.
📌Qo‘lida zaif qalqon, oti — shol Rosinant, yondagi hamrohi — aqlli, amaliy va yumor bilan to‘la Sancho Panza.
📌U shamolparraklarga qarshi jang qiladi, chulg‘in xayollarga beriladi, haqiqatdan uziladi…

🎯 Asarning asosiy g‘oyalari:
▫️Orzu qilish — axmoqlik emas. Orzusiz yashash — bema’no hayot.
▫️Haqiqat har doim ko‘rinavermaydi. Lekin yurakni eshitgan odam yo‘lni ko‘radi.
▫️Insonni yutishi yoki yutqizishi emas, niyat va safari belgilaydi.

💬 “Odam o‘z aqli bilan emas, o‘z qalbi bilan kimligini aniqlaydi.” — Servantes

⚡️O‘zingni o‘zgartirmoqchimisan? Kitob o‘qi.


Liderlar safida bo’l.

@Liderlar1
29👏11🔥6🥰2🤝1
#кун_ҳикмати

Ота ўз фарзандларига мерос қилиб  мол-дунё  эмас, одоб-ахлоқ қолдириши керак. Чунки, мол-дунё мероси кундан кун камайиб боради, одоб-ахлоқ мероси эса ошиб бораверади.

Тоҳир Малик
👍7615🔥12👏2
#yangiruhiyat
#iqtibos

Hamma dunyoni o‘zgartirishga harakat qiladi. Lekin hech kim o‘zini o‘zgartirish haqida o‘ylamaydi.

✍️Lev Tolstoy
47👍22👏4👎2
#Yaxshi_bir_kitob_xaqida

🔰Seni kuchaytiradigan bir durdona asar haqida
:

📘 “Shoh va kambag‘al”
Muallif: Mark Tven
Yil: 1881, Janr: Tarixiy roman, sarguzasht

🧩 Asar haqida qisqacha:
XVI asrda London.
Ikki o‘xshash bola:
👑 Biri — Edvard, Angliya shahzodasi
🥖 Biri — Tom, kambag‘al oila farzandi.

Ular tasodifan uchrashadilar va qizniqib libos almashadilar. Ammo taxmin qilingan "qiziqarli o‘yin" jiddiy oqibatlarga olib keladi:
Shahzoda ko‘chada sardorlar, qashshoqlar bilan yuradi, Tom esa taxtda adolat bilan qaror chiqara boshlaydi.

🎯 Asarning asosiy g‘oyalari:
▫️Inson qadri — uning tug‘ilishidan emas, bajargan ishidan ma’lum bo‘ladi.
▫️Taqdir kimni qaysi joyga qo‘ysa ham, tafakkur, mehr va aql har yerda kerak.
▫️Haqiqiy rahbarlik — oddiy xalq og‘rig‘ini bilishdan boshlanadi.

Tom kambag‘al bo'lsa ham, lekin qalbi ulug‘ edi. Edvard shoh edi, lekin xatolaridan saboq olmasdi. Uchrashuv har ikkisini o‘zgartiradi.

💬 “Kim xalq og‘rig‘ini ko‘rmagan bo‘lsa, uni boshqara olmaydi.” — Mark Tven

Liderlar safida bo’l.

@Liderlar1
31👍15🔥5👏21🥰1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
14👍6
Ҳеч қачон одамларга айтмаслигингиз керак бўлган 6 та нарса:
... Ўз режаларингизни ҳеч қачон одамларга айта кўрманг. Улар сизни безовта қиладилар.

.... Одамларга заиф томонингизни айтманг, Улар сизга қарши фойдаланадилар.
....Муваффақиятсизлигингизни одамларга айтманг. Улар сизни доимо мувафиақтятсиз деб билишади ва сизга ҳеч қачон имконият беришмайди.
.... Одамларга кейинги катта ҳаракатингизни айтманг. Индаманг. Ҳаракат қилинг ва натижаларингиз билан уларни ҳайратда қолдиринг...
... Одамларга сирларингизни айтманг. Фақат аҳмоқларгина сирларини очади.

Одамларга ҳеч қачон қанча пул топишингизни ёки қандай пул топишингизни айтманг. Уларни доимо ҳайратга солинг!

@liderlar1
🔥41👍3013👏5👎1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
✍🏻Otabek Xasanov

Inson o‘zini yengmaguncha, dunyo unga dars beradi — mukofot emas!

#tafakkur_qiling
👍6011🔥3👎1
#Kunlik_1_foiz_bilim

👁 “Illyuziya” nima?
📌 Illyuziya — aqling haqiqat deb qabul qilgan, lekin aslida noto‘g‘ri bo‘lgan tasavvur.

🔍 Misollar:
• Yo‘lda “suv” ko‘rinsa, lekin yaqiniga borganda — yo‘q bo‘lib ketsa
• Ikkita chiziq bir xil bo‘lsa-da, biri uzundek ko‘rinsa
• Musiqa tugasa ham, senga “tovush eshitilgandek” tuyulishi

🧠 Illyuziya — miya va hislar orasidagi “g‘alati o‘yin”. Ko‘z ko‘radi, miya aldaydi.

📌 Xulosa: Har doim ko‘rib turganing haqiqat emas. Ba'zan miya haqiqatni tahmin qiladi, lekin to‘g‘ri chiqmasligi mumkin.

@Liderlar1
👍2362
Forwarded from Otabek Hasanov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Siyosiy_ma’rifat_soati_24_son

📚
“Siyosiy ma’rifat soati”

⏺️
Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, Toshkent shahri, shuningdek, tuman, shahar hokimliklari rahbar va mas’ul xodimlari diqqatiga!

⏺️
Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi “Siyosiy ma’rifat soati” haftaning har juma kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi tomonidan taqdim qilinadi.

▶️
Navbatdagi o‘quvni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining youtubedagi https://youtu.be/GMHLm7H4UPI sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.

@otabek_khasanov
8👍5
Forwarded from Otabek Hasanov
Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!

Mustaqillikning 34 yilligiga bagʼishlangan bayram tadbirlari “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” degan ezgu gʼoyani oʼzida mujassam etgan holda oʼtkaziladi.


“Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz toʻrt yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida”
gi Prezident qarori qabul qilindi.

Батафсил 👉 https://yuz.uz/a/oz/127528

Batafsil 👉 https://yuz.uz/a/uz/127528

@otabek_khasanov
12👍3🥰1😱1
​​«Китоб ақлига ҳақи сўрамайдиган энг яхши хазина» деган эди туркий халқларнинг машҳур мутафаккири, шоир Алишер Навоий. Қайси замонда яшасангиз ҳам китоб ўз аҳамиятини йўқотмайди. Китоб – юксалиш сари йўналтиради. Замон ривожланиб, канчадан-қанча етук техника, технологиялар яратилмоқда. Аммо, улар китобнинг ўрнини боса олмайди. Китоб ўқиган одамнинг йўли ҳамиша ёруғ бўлади.
❗️Китоб ўқиш – атроф муҳитни, дунёни ва ўзингизни англашга ёрдамлашади.

❗️Китоб ўқиш – ёдда сақлаш ва ўйлаш қобилиятини ривожлантиради. Яъни, кўп китоб ўқиган одамнинг ёдда тутиш даражаси яхши, тез ўйлаб, тез хулоса чиқарадиган бўлади.

❗️Китоб ўқиш – талқин қилиш, анализ ясашга ва шахсий фикрнинг шаклланишига йўналтиради.

❗️Китоб ўқиш – кўпгина ютуқ ва муваффақиятларга асос бўлади.

❗️Китоб ўқиш – одамлар билан тўғри муомала қилишга ўргатиб, тўғри гапиришни шакллантиради.

❗️Китоб ўқиш – сўз бойлигини ва саводхонлик даражасини оширади.

❗️Китоб ўқиш – одамдаги яшириниб ётган ижодий қобилиятни юзага чиқаради.
28👍20👏1
📚 ҲИКМАТЛАР ХАЗИНАСИ

📖 Сабр – бўйин эгиш эмас, курашиш демакдир.

© Умар розияллоҳу анҳу.


📖 Ҳаётда ҳар нима бўлишинг мумкин, муҳими «инсон» бўла олишдир.

© Шамс Тебризий.


📖 Ҳаётда бўлишингиз мумкин бўлган энг яхши ер бўлса, у ҳам бир дуонинг ичидир.

© Шамс Тебризий.


📖 Икки тур инсон бор: бири вақт ўтиб хатолари билан юзлашган, бири юзсизлашган.


© Меҳмет Акиф Эрсой.


📖 Одам боласининг одобдан насибаси бўлмаса, инсон ҳисобланмайди. Инсон билан ҳайвон орасини ажратадиган хислат — одобдир.

© Шамс Тебризий
.
👍258👏7🔥4
#Liderlik_Sari
🔥 Senga katta ishlar yarashadi — ishon!

Bir qarashda katta yutuqlarni faqat tanishi borlar yoki geniylar qiladigandek tuyuladi. Lekin...
Sen xayol qilib yurgan narsani, boshqalar oddiy niyat bilan boshlab, dunyo miqyosida o‘zgartirgan.
📌 Duolingo - bitta o‘qituvchi: “Hamma ingliz tilini bepul o‘rganishi kerak!” dedi. Hozir - 500 mln foydalanuvchisi bor.
📌 Khan Academy - bir amaki jiyani ta'limiga yordam berish uchun video yozib, YouTube'ga joyladi. Bugun — butun dunyo yoshlari foydalanishadi.

🌍 Masshtablashish nega muxim?
1. Katta masshtabda fikrlash – mahalliy muammolarni oson yechadi.
2. Dunyo miqyosidagi loyiha – mahalliy iqtisodni ko‘taradi.
3. Global yoshlar – mamlakatning “diplomatiya” quvvatidir.

💭 Sening ham g‘oyang bor. Lekin bir muammo bor:
Sen ko‘p o‘ylaysan, lekin kam harakat qilasan.

Bizga ko'proq:
1️⃣Shu xalqdan chiqqan, lekin dunyo darajasidagi kuchli yoshlar kerak!
2️⃣Odamlarning hayotini yaxshilaydigan startap egalari kerak!


📌 Shu lahzadan boshlab:
Chet tillarni charxla!
Global opportunities izla!
✅️ O'zingning kuchli versiyangni yarat!

Sendagi bor salohiyat, bilim va quvvatni "o'tin yorishga" emas balki dunyoni o'zgartirishga sarfla!

🙌 Eslab qol:

Sening yechiming nafaqat mahallang, balki insoniyat uchun ham muhim.
Sendan faqat boshlash qoldi xolos.


Liderlar safida bo’l!

@Liderlar1
25👍15🔥103👎1👏1
Formula 1
Bugun “Yakshanba Oila kuni”ligidan foydalanib farzandlarim bilan kinoteatrga Bred Pitt ishtirokidagi Formula 1 kinosiga tushdik. Ikkita masalaga to’xtalib o’tmoqchi edim:
1. Farzandlarimiz, ayniqsa o’g’il bollar bilan albatta ota kinoga yoki sayirga chiqib ular bilan gaplashib fikrini eshitib turishi juda muhim. Shuningdek, menga va farzandlarimga kino janri va albatta Bred Pittning mahorati, operatorlik ishi, ekshin alohida yoqdi. Barchaga tavsiya qilaman ushbu kinoni farzandlariz bilan birga ko’rishga. Sababi Formula 1 kinosi insonni hayotda kuchli bo’lishga, o’z sohasini mukammal egasi bo’lishiga eng muhimi jamoaviy ishlash muhimligini o’rgatadi. Va xaqiqiy Lider qiyin vaziyatda qanday qaror qabul qilishi lozimligini o’rganasiz! Xaqiqiy motivatsion film. Ancha bo’lgandi bunday kinolar ko’rmaganimga!

2. Meni e’tiborimni tortgan holat bu kino tugagandan so’ng zaldagi odamlarni o’zini tutishi. Biz 2018 va 2022 yilda futbol bo’yicha Jahon chempionatida Yaponiyalik ishqibozlarning o’yindan so’ng stadionni tozalab chiqib ketgan holatini uzoq gapirganmiz. Bugun men shu holatni BIRINCHI marta O’zbekistonda ko’rdim. Zalda 100 ga yaqin odamlar bor edi farzandlari bilan. Hammasi suv pop corn bilan kirgan. Kino tugashi bilan hamma o’zini o’tirgan joyini tozalab chiqib ketdi. Men ularni kuzatib hayron qoldim va yoshlar tarbiyasi buzilib ketayapti, aynib ketayapti, hozirgi avlodni qadriyati yoq deb internetda bong uradigan o’rta va katta yoshdagilarga juda unchalik emas ekan degim keldi. Keyin o’sha erda bizning chiqishimizni kutib turgan farroshga borib savol berdim bu holat doimiymi yoki men bugun tasodifan bu holatga tog’ri kelib qoldimmi? Yoq har doim shunaqa deb javob berdi.

Demak yoshlar bilan ko’proq ishlasak kelajakdan havotir olmasak bo’ladi.
* Hamma gap o’zimizda. Har birimiz o’z farzandimizga vaqt va e’tibor qaratsak natija zo’r bo’ladi!!!
👍10216🔥5👎3🥰3
#иқтибос

Фақат ўзинг учун меҳнат қилсанг, ўз қорни ғамида ўтлаган ҳайвонлардан бири бўласан.  Инсоният равнақи учун меҳнат қил!

Абай
👏56👍2119🔥9
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kutmang — Orzu hech qachon siz tomon harakatlanmaydi, siz orzu tomon borishingiz kerak.
👍4415🔥82🫡2🤔1
#Yaxshi_bir_kitob_xaqida

🔰Seni kuchaytiradigan bir durdona asar haqida
:

📘 “Jinoyat va jazo”
Muallif: Fyodor Dostoyevskiy
Yil: 1866
Janr: Ekzistensial roman, psixologik drama

🧩 Asar haqida qisqacha:
Rodion Raskolnikov - kambag‘al, aqlli, lekin ruhan parchalangan yigit. Unga "oddiy" bir g‘oyaga keladi:
👉 "Agar bir yomon odamni o‘ldirsam, jamiyat yutadi. Men foyda keltiraman."
U bir kampirni o‘ldiradi. Lekin shunda haqiqiy qiynoq boshlanadi: g‘oliblik emas, vijdon azobi.
Hayot, muhabbat, diniy kechirim, inson qadri va o'zini isloh qilish- uning yo‘lidagi to‘siqlar.


🎯 Asarning asosiy g‘oyalari:
▫️ Aqlida “to‘g‘ri” bo‘lgan ish, qalbi uchun jinoyat bo‘lishi mumkin.
▫️ Inson haqiqiy jazoga sudda emas, o‘zi bilan yolg‘iz qolganida duch keladi.
▫️ Muhabbat va kechirim - insonni qayta tiriltiruvchi kuch.

Bu roman “qotil” haqida emas. O‘zini qahramon deb bilgan insonning parchalanishi haqida.

💬 “Har qanday jinoyatdan og‘irrog‘i — o‘sha jinoyatni oqlashga urinishdir.” – Dostoyevskiy

⚖️ Dostoyevskiy bizga o‘rgatadi:
Aqlli inson ham vijdonsizlik yo‘liga kirishi mumkin.
Farqi shundaki - u tunda uxlay olmaydi.


@Liderlar1
👍244🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Rivojlanishga to‘siqlar!

@Liderlar1
👍40🔥126😢4🤔2
2025/10/26 18:21:22
Back to Top
HTML Embed Code: