#Kunlik_1_foiz_bilim
🧠 Kognitiv dissonans nima?
📌 Kognitiv dissonans — bu inson ishonchi, xulqi va faktlar o‘zaro to‘qnashganda paydo bo‘ladigan ichki zo‘riqish.
🔍 Sodda misollar:
🚬 Sigaret chekasiz, lekin “bu sog‘liqqa zarar” deb bilasiz.
➡️ “Nervni tinchlantiradi” deb o‘zingizni tasalli qilasiz.
📚 “Men bilimliman” deb o‘ylaysiz, lekin testdan 2 oldingiz.
➡️ “Bu test adolatsiz bo‘lgan” deb o‘zingizni oqlaysiz.
💸 “Men tejamkorman” deysiz, lekin har oy brendan kiyim olasiz.
➡️ “Bu sarf emas, investitsiya!” deysiz.
🧩 Nima bo‘layapti?
Aqlda — bir xil fikr. Amalda — boshqacha.
Ular to‘qnashganda — miya ishonchni saqlash uchun “asossiz bahona” yaratadi.
📌 Xulosa:
Inson o‘zini aldashga juda mahoratli.
Lekin haqiqiy o‘sish - nomuvofiqlikni tan olishdan boshlanadi.
@Liderlar1

👍32❤10🔥6😢3⚡2
Forwarded from Otabek Hasanov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ilmdan boshqa najot yo‘q! Bu oddiy gaplar emas, bu kelajak uchun qilgan eng yaxshi sarmoyamiz. Bugun yig‘gan boyligimiz, buyumlarimiz eskirishi mumkin, lekin farzandga berilgan ilm faqat va faqat ertamizni yanada yaxshilashga xizmat qiladi.
Bu galgi ijtimoiy rolik orqali ozroq hazil ostida bu hayot haqiqat haqida eslatmoqchi bo‘ldik. Bolalarimizni o‘qitaylik, ularga imkon, sharoit yaratib, ishonch bildiraylik!
#yangiruhiyat #maromiylik
@otabek_khasanov

👍40❤4🔥3⚡1
Forwarded from Kun.uz | Расмий канал
Нонушта қилмаслик танани қандай зарарлайди?
Эрталаб бир финжон қаҳва ёки чой ичиб, кўп одамлар нонуштани ўтказиб юборади. Кимдир вақтни тежаш, бошқа биров эса вазн йўқотиш мақсадида тонгдан тушликка қадар ҳеч нарса истеъмол қилмайди.
👉 https://kun.uz/kr/35132491
Kun.uz расмий канали

❤9👍5
#тавсия
📚Мунтазам китоб ўқиб бориши учун 10 та сабаб:
🔹 Мия фаол тарзда ишлашни бошлайди.
🔹 Дунёқараш кенгаяди.
🔹 Тасаввур ривожланиб, мийяда янги ғоялар ривожланади.
🔹 Луғат бойлиги ва саводхонлик даражаси ошади.
🔹 Ишдаги стресслардан халос этади.
🔹 Интеллектни ривожлантиради.
🔹 Хотирани мустаҳкамлайди.
🔹 Альцгеймер касаллигининг олдини олади.
🔹 Ижодий фикрлаш қобилиятини оширади.
🔹 Уйқу сифатини яхшилайди.

👍42❤11⚡3
Дипломы больше не нужны: преимущество высшего образования рухнуло до исторического минимума. По данным Goldman Sachs, в США шансы выпускников вузов получить высокооплачиваемую работу всего на 0,9% выше, несмотря на наличие одних из лучших университетов в мире. В других странах это преимущество и вовсе почти отсутствует. Сегодня работодатели больше ценят навыки, гибкость мышления и способность адаптироваться, а не наличие диплома.
👍18🥰3❤2
#Yaxshi_bir_kitob_xaqida
🔰Seni kuchaytiradigan bir durdona asar haqida:
📘 “Tiriklar va o‘liklar”
✍️ Muallif: Konstantin Simonov
📅 Yil: 1959–1971, Janr: Epik roman, tarixiy realizm
🧩 Asar haqida qisqacha:
Bu roman - Ikkinchi jahon urushi fonida insoniyat fojiasini, Vatan, vijdon va tiriklik uchun kurashni aks ettiradi. Asarning bosh qahramoni - harbiy muxbir Sergey Sintsov front ortida emas, to‘g‘ridan-to‘g‘ri jang maydonida hayot va o‘lim orasidagi chegarani kechadi. U g‘alaba va mag‘lubiyat orasida har bir inson qanday tanlov qilishi kerakligini his etadi.
🎯 Asar nimani o‘rgatadi?
Bu roman shunchaki urush haqida emas. Bu - odamlar o‘rtasidagi sadoqat, mardlik, umid va halollik haqida. U o‘quvchini "tirik qolish" va "odam bo‘lib qolish" o‘rtasidagi nozik chegara haqida o‘ylashga majbur qiladi.
📖 Hayotiy dars:
Ba'zida eng katta jang — tashqi dushman bilan emas, o‘z ichingdagi qo‘rquv, gumon va vijdon bilan kechadi. “Tiriklar va o‘liklar” - bu ichki janglar haqida epik asar.
📚Kitob seni o‘zgartiradi. Har bir sahifada – bir dars, bir uyg‘onish. O‘qishdan to‘xtama.
Bugun bir bet och. Balki u seni butkul o‘zgartirib yuborar.

❤19👍14🔥4👏2
Forwarded from Otabek Hasanov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Siyosiy_ma’rifat_soati_25_son
📚“Siyosiy ma’rifat soati”
⏺️Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, Toshkent shahri, shuningdek, tuman, shahar hokimliklari rahbar va mas’ul xodimlari diqqatiga!
⏺️Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi “Siyosiy ma’rifat soati” haftaning har juma kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Prezident huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi hamda O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi tomonidan taqdim qilinadi.
▶️ Navbatdagi o‘quvni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining youtubedagi https://youtu.be/PkQvb2mz7JI sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.

❤8👍5
Forwarded from Otabek Hasanov
“Ixtiro qilishga intilayotgan, qilgan ixtirosiga patent olish uchun kurashayotgan, ixtirosini chiqarishga intilayotgan va ularni eksport qilib, “o‘zbek brendi”ni dunyoga olib chiqishni niyat qilayotgan — jadidlardir. Millatga o‘zligini anglatishni, yurt yoshlarini ilm-hunar egallashga da’vat qilishni, Vatanga yaxshilik sog‘inishni kasb qilganlar — jadidlardir. Men boshqacha bo‘lishini tasavvur etolmayman”.
Abdulla A’zamov, akademik.
“Jadid” gazetasining 29-sonidan
👍16❤5🔥2
#Kunlik_1_foiz_bilim
“Suqrot paradoksi” — “Men hech narsa bilmasligimni bilaman”
🎯 Sodda qilib:
Suqrot paradoksi shundaki, haqiqiy bilim o‘zini bilmasligini tushunishdan boshlanadi. Bu nafaqat kamtarlik, balki doimiy ravishda bilim izlashga undaydigan falsafiy yondashuvdir.
🎬 Misol:
🔹 “Men barchasini bilaman” degan kishi — ko‘pincha chala bilimli.
🔸 “Men ko‘p narsani bilmayman” degan kishi — bilim olishga tayyor.
🧩 Haqiqiy ma’no:
🎓 Bilimga to‘la qo‘l yangi bilim uchun joy qoldirmaydi.
🚪 Jaholatni tan olish — bilim eshigini ochadi.
📌 Xulosa:
Suqrotning buyukligi – o‘z “bilmasligini” bilishida bo’lgan.
Shuning uchun ham u butun falsafaning otasi sanaladi.

🔥16👍10👏7❤4
Ота-онага қилинган яхшиликларнинг энг аълоси ~ ғам, муаммо ва оғриғингни уларга айтмаслигингдир. Чунки, улар сендан кўра кўпроқ ғам-алам чекадилар...
Қара, улар қандай бахтиёр...
Абдурашид Хасанов
Қара, улар қандай бахтиёр...
Абдурашид Хасанов
😢43👍40❤20
Bugun shu ma’ruzani eshitib o’zimga bir savol berdim, nimaga bizning oliy ta’lim muassasalarimizda bu gaplar xaqida gapirilmaydi? Agar men shunday ma’ruzalarni 3-4 kursda oqiyotgan davrimda eshitganimda bormi?! Albatta vaqt topib videoni ko’ring. Bu gruppaga biron narsani qo’yishdan oldin avval o’zim ko’raman agar biror yangilik olsam so’ng sizlarga ilinaman!
👍30❤11
LIDERLAR
www.tg-me.com/lidelar1
Bu chat Liderlar uchun muhokamaga. Savol yoki fikrlaringiz bo’lsa yozishingiz mumkin birga muhokama qilamiz!!!
👍21❤3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
✍️Otabek Xasanov
Yaxshi olingan hordiq samarali haftaning ilk qadami!

👍35❤8🔥5👏5⚡3
"Дунёда ҳеч нарса қатъиятнинг ўрнини боса олмайди. Истеъдод ҳам боса олмайди - дунёда истеъдодли омадсизлардан кўпи йўқ. Даҳолик ҳам боса олмайди - тан олинмаган даҳолик кўплар учун баҳонага айланиб бўлган. Таълим ҳам боса олмайди - дунё ўқимишли бекорчиларга тўла. Фақат қатъият ва яна қатъият ҳамма нарсага қодир. Ўз фикрида қатъий тура олиш ҳамиша инсоният муаммоларини ҳал қилиб келган ва ҳал қилади".
Джон Калвин Кулидж
Джон Калвин Кулидж
👍88❤23👏6🔥5
#Kunlik_1_foiz_bilim
(Danning-Kryuger effekti Suqrotning “bilmasligimni bilaman” g‘oyasi bilan uzviy bog‘liq.)
Danning–Kryuger effekti — Bilmagan odam o‘zini bilimdon deb o‘ylaydi
🎯 Sodda qilib:
🧠 Kam bilimga ega odamlar — o‘z bilimini ortiqcha baholaydi.
Ko‘p bilimga ega odamlar esa — o‘zini hali yetarli emas deb o‘ylaydi.
🎭 Hayotdagi misollar:
1. 💼 Ishdagi xodim:
Ishni endi boshlagan, kam tajribaga ega yangi xodim – "ishonchli" gapiradi. Lekin u ishning chuqurligini hali bilmasligi mumkin.
2. 🌐 Internetdagi chala "ekspertlar":
Facebook, TikTok va Telegramda “ekspert”lar ko'p. Lekin haqiqiy mutaxassislar ko‘pincha jim.
📉 Ilmiy qisqa tushuncha:
• Bunda inson bilimsizligini anglay olmasligi hissi bor.
• Ular o‘z nuqsonlarini baholay olmaydi, chunki buning uchun ham bilim kerak.
🤯 Bilimsizlik miyaga "men hammasini bilaman" degan illyuziya beradi.
📈 Qizig‘i: bilim oshgan sari ishonch pasayadi
🧠 Xulosa:
❗️Odam qanchalik ko‘p bilsa — shunchalik o‘z bilimini shubha ostiga qo‘ya boshlaydi.

👍38❤8🔥5⚡1
ФИКРЛАШ ва уни баён қилиш учун зарур билимлар
Одам фикрлаш ва ўз фикрини ифода этиш учун қуйидаги билимларга эга бўлиши зарур:
1. Мантиқ – фикрлар тузилишини ва хулоса чиқариш усулларини тушуниш.
2. Фалсафа – фикрлаш чуқурлигини ошириш ва турли нуқтаи назарлар билан танишиш.
3. Психология – инсон онги ва ҳис-туйғуларини англаш, бу орқали фикрларингизни равшанроқ тушунтириш.
4. Адабиёт – нутқ бойлигини ошириш, тафаккурни шакллантириш.
5. Тарих ва маданият – инсоният тажрибасини билиш, фикрларга далил ва контекст қўшиш.
Камида қанча китоб ўқиш керак?
Сонидан кўра, сифати муҳим. 1000 китоб ўқиб, таҳлил қилмасликдан, 50 та асосий китобни ўқиб, фикрлаш усулини ўрганиш яхши. Мантиқ, фалсафа, адабиёт ва тарих бўйича камида 30-50 та чуқур таҳлилий китоб ўқиш керак.
Нега кўпчилик фикрлай олмайди ёки фикрини ифода қила олмайди?
1. Тажриба етишмаслиги – фикрлаш ҳам машқ талаб қилади.
2. Мантиқсизлик – фикрлар аниқ шаклланмаган, тизимсиз.
3. Сўз бойлигининг камлиги – тўғри сўз топа олмаслик.
4. Оммабоп фикрларга эргашиш – мустақил фикрлаш ўрнига, оммавий қарашларни такрорлаш.
5. Ёзув ва нутқ машқлари камлиги – фикрлар аниқликка эришмаган.
Мантиқли фикрлашни ривожлантириш ва ўз фикрини баён қилиш учун нима қилиш керак?
1. Ёзиш одатини шакллантириш – ҳар куни камида 1 саҳифа фикр ёзиш.
2. Муҳокама қилиш – интеллектуал баҳсларда иштирок этиш.
3. Китобларни таҳлил қилиш – ўқилганни хулоса қилиб ёзиш.
4. Сўз бойлигини ошириш – луғат ўрганиш, чуқур адабиёт ўқиш.
5. Машҳур фикрлаш усталари билан танишиш – Платон, Аристотель, Ал-Ғаззолий, Ибн Сино, Ницше, Толстой, Достоевский каби мутафаккирларни ўрганиш.
Шу йўл билан фикрлашингиз чуқурлашади, баён қилиш услубингиз шаклланади.

👍34❤14🔥1👏1
#Yaxshi_bir_kitob_xaqida
🔰Seni kuchaytiradigan bir durdona asar haqida:
📘"Man's Search for Meaning" (o‘zbekcha: “Ma’noli hayot sari izlanish”)
✍️ Muallif: Viktor E. Frankl
📅 Yil: 1946, Janri: Avtobiografiya, psixologiya, falsafa
🧩 Kitob haqida qisqacha:
Bu kitob — Franklning natsistlar konsentratsiya lagerlarida boshidan kechirgan daxshatli voqealari va u yerda odam ma’nosiz azobga qanday ma’no topishga uringani haqida hikoya. U inson ruhiyatini, umidni yo‘qotmaslik va hayotning eng og‘ir sharoitida ham ma’no topish muhimligini yoritadi.
✅ 5 ta amaliy cheklist:
▫️Har kuni o‘zingdan so‘ra:
«Men bugun qanday ma’no yarata oldim?»
▫️Qiyin vaziyatlarda o‘yla:
«Men bu azobdan nimadir o‘rgana olamanmi?»
▫️Tanlash imkoniyatini unutma:
Sen har doim o‘z munosabatingni tanlash huquqiga egasan.
▫️Kichkina ishlarda ham ma’no top:
Har qanday mehnatda, hatto oddiy ishlaringda ham bir ezgulik bor.
▫️Muhabbatni qadrla:
Franklga ko‘ra, sevgi inson ruhini saqlab qoluvchi eng kuchli vositadir.
⚡️O‘zingni o‘zgartirmoqchimisan? Kitob o‘qi.
Liderlar safida bo’l.

❤21🔥10👍7