Telegram Web Link
Forwarded from Otabek Hasanov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli Prezidentimiz!

Tavallud ayyomingiz bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz.


Millat ma’rifati, xalq ma’naviyatini yuksaltirish mas’uliyatini o‘ziga olish - saodatli ish, jasoratli qadam.

Davlatimiz rahbari bu yo‘lda tom ma’noda millat yetakchisi. Mamlakatda ilk bor Prezidentimiz Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi raisi bo‘ldi. Bu milliylik, qadriyatlarni qadrlashni yangi bosqichga ko‘tarish, asrash, kelgusi avlodga yetkazishda muhim qaror bo‘ldi.

Samimiy, ochiq ko‘ngil xalqimiz bilan suhbatda ular o‘zgarishlarning o‘zagi aynan Prezidentimizning xalqchil siyosati ekanini tez-tez takrorlaydi, hayotlari misolida aytib beradi.

Qaysidir manzillarda yillar davomida o‘z vatanida begonadek yashab, yangi davr tufayli uning bir bo‘lagiga, fuqarosiga aylangan insonlarning quvonch ko‘z yoshini ko‘ramiz. Qay bir hududda yaxshi qo‘shnichilik siyosati sabab yon qo‘shni mamlakatda yashaydigan jigarlari bilan diydor ko‘rishayotganlarning xursandchiligi bor.

Eng ko‘p eshitganimiz, ota-onalarning so‘zlari. Hammasi farzandlari bilan bog‘liq. Kimdir bog‘cha qamrovi oshganini aytsa, kimdir farzandining talaba bo‘lish imkoniyati kengayganidan xursand.
2017-yilda maktabgacha ta’limda qamrov darajasi 30 foizdan kamroq bo‘lgan bo‘lsa, bu yilga kelib bu ko‘rsatkich 75 foizdan oshdi.

O‘zbek desa – paxta, paxta desa – o‘zbek tushuniladigan qora kunlarni ko‘rdik. Afsuski, bundan tezda xalos ham bo‘lmadik. Eng yomoni ta’lim paxta dalasida qurbon qilindi.
Shu sabab paxta mahsulotimizni 300 dan ortiq xalqaro brend va riteylerlar boykot qilgan edi. Kuchli siyosiy iroda sabab xalqaro boykot bekor qilindi. Bu xalqimiz uchun tarixiy voqea bo‘ldi.

Ziyolilarning esa o‘tmish xatosini to‘g‘irlashdek dilida armon, tilida afsus ko‘p edi. Janob Prezident jasorati bilan tarixiy adolat tiklandi.
2021–2024-yillar davomida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan 1 ming 200 dan ziyod siyosiy qatag‘on qyrbonlarining nomlari oqlandi.


Xalq manfaati oddiygina plastik kartadagi o‘z pulini yana pul berib, naqd qilib olishi, valyuta konvertatsiyasidayoq paymol bo‘lar edi. Bu nohaqlikka chek qo‘yildi, xalqning peshona teri bilan topganiga baraka kirdi. Tadbirkorning faoliyati rivojlandi, erkin biznes muhiti paydo bo‘ldi.

Qayta tiklanadigan energiya sohasidagi transformatsion o‘zgarishlar mamlakatni Markaziy Osiyoda ushbu sohadagi yetakchi davlatga aylantirdi.

Bu kabi erta emas, bugun xalq farovon yashashiga zamin bo‘layotgan o‘zgarishlar ko‘p. Eng muhimi, bu o‘zgarishlar to‘xtamasligi, ortga qaytmasligiga esa mamlakat yetakchisining siyosiy irodasi tufayli ishonch baland, ko‘ngil to‘q.

Hurmatli Prezidentimizga bu yo‘lda mustahkam sog‘lik, baxt-saodat, kuch-g‘ayrat tilab qolamiz.


Biz esa ular bilan birga, yelkama yelka shu Vatan taraqqiyoti, xalq baxti, farzandlar kamoli yo‘lida xizmat qilishdan doim shodmiz.

Zero, Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun barchamiz birlashsak, yuksak marralarga yetamiz!

@otabek_khasanov
👍5110👏4👎3🔥3🤔2
Навбат

Шифокор кириб келаркан навбатдагиларга бир қараб қўйди.
Кўзи энг чеккадаги столда қимтинибгина ўтирган кекса аёлга тушди.
Индамай хонага кириб кетди. Орқасидан чиққан ҳамшира
—Ҳеч ким кирмай турар экан! —деди кейин тўғри кекса аёлнинг олдига  бориб,  эгилиб қулоғига нимадир деди.
Аёлнинг юзи ёришиб кетди. Ҳамшира уни қўлтиқлаганча врач қабулига олиб кира бошлади. Оломон шовқин кўтарди.
—Нега навбатсиз олиб кириб кетяпсиз?! —деди семизлигидан ҳарсиллаб нафас олаётган аёл
— Ҳозир менинг навбатим!—дея чийиллади озғини.
—Нима бу аёлнинг шохи борми? Мен ҳам кексаман,-деди бир эркак.
Охири эшик очилиб, шифокорнинг ўзи кўринди. У ҳамшира етаклаб келаётган аёлнинг қўлидан тутиб, салом берди.
—Ассалому алайкум! Кейин беморларга қараб
— Мактабда ўқитган устозимни навбатсиз кўриб
қўйишимга рухсат беринглар!-дея илтимос қилди.
Одамлар жим бўлиб қолган, икки томонга ўтиб жонли йўлак ҳосил қилганча УСТОЗга йўл бўшатиб бера бошлаганди.


Феруза Салходжаева
👍8132🔥9👎1🥰1
Forwarded from Chinovnik
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugun, 24-iyul kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 68 yoshga to‘ldi.

#xalqchildavlat

@chinovnik_official
🔥236👍4👏2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍77🔥125👏4👎2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍5416🔥12👎2👏2
Forwarded from Otabek Hasanov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Siyosiy_ma’rifat_soati_26_son

Hurmatli davlat xizmatchilari, navbatdagi o'quv dasturini e'tiboringizga xavola qilamiz!

Haftaning har juma kuni taqdim etilayotgan siyosiy ma'rifat soati davlat xizmatchisining siyosiy bilimlarini oshirish, daxldorlik hissini kuchaytirish, ma'naviyatini yuksaltirishga xizmat qiladi!

O‘quv soatini youtubedagi https://youtu.be/yjeLc0UnPcs sahifamizda tomosha qiling.


@otabek_khasanov
9👍6
#Kunlik_1_foiz_bilim

Qobiliyat doirasi

🔍 Qanday ishlaydi?
Har kimda tabiiy ravishda yetarli bilim va tajribaga ega bo‘lgan sohalar mavjud. Bu - sizning aqliy maydoningiz. Agar siz o‘z doirangizda qaror qabul qilsangiz, xato qilish ehtimoli kamayadi.

🎯 Mohiyati:
“Muammolarga faqat tushunadigan sohalaringizda yechim izlang. Tushunmagan joyda esa "bilmayman" deyish - kuchli strategiya.”

💥 Nega bu muhim?
▫️Tushunmagan sohada qaror qabul qilish – lotereya.
▫️Ilmsiz va tajribasiz xatolar - qimmatga tushadi.
▫️Bu model sizga “yo‘q” deyishni o‘rgatadi - fokus va samaradorlikni saqlaydi.

📌 Xulosa:
"Dunyodagi eng ziyrak odam ham, o‘z qobiliyat doirasidan tashqarida ahmoq bo‘lishi mumkin." – Charlie Munger

@Liderlar1
👍21112🔥1
#XXI_asr_masali

🐞 “Qo‘ng‘iz va Chigirtka”

Internet tez, Wi-Fi muammosiz bir shaharda qo‘ng‘iz va chigirtka yashar ekan.

🐞 Qo‘ng‘iz har kuni ertalab 6:00 da turar, kitob o‘qir, reja tuzar, onlayn kursda o‘qir, moliya ilmini o‘rganib o‘ziga “investitsiya” kiritib yashar ekan.

🦗Chigirtka esa kunni tiktok va instagram bilan boshlab, Netflix, kofe va “self-care” bilan tugatar, “hayot bir marta beriladi” shiori bilan yashar ekan.
7🔥7🤔6👏1
❄️Qish keldi. Internet uzildi. Qurquv, yetishmovchilik boshlandi, AI ko‘p ishlarni egallay boshladi.

🐞Qo‘ng‘izda – remote (masofaviy) ish, sertifikatlar, passiv daromad va stabil hayot tarzi.
🦗Chigirtkada esa – layk yo‘q, trenddan qolgan, ko‘nikmalar yo‘q, profilda “shaxsiy brend” boru, lekin ish yo‘q, cho‘ntak bo‘sh, qorin och.

🦗Chigirtka Qo‘ng‘izdan so‘radi:
- Sening hayoting nega yaxshi, bir maromda, daromadli ishing bor?
🐞Qo‘ng‘iz javob berdi:
- Menda har kuni ikkita tanlov bor edi, o‘z ustimda ishlab, kuchayish yoki o‘zimni qiynamay yashash. Men birinchisini tanladim.

💥 Saboq:
Hozirgi kuningni yengil-yelpi ko‘ngilxushlikka sovurib, kelajakni o‘ylamasang, ertaga kech bo‘lishi mumkin.

@Liderlar1
👍498🔥65🥰1
‼️ Intizom va odat o‘xshash ko‘rinishi mumkin, lekin ular mohiyatan farq qiladi. Quyida ularning 5️⃣ ta asosiy farqi keltirilgan:

1️⃣ Boshlanish sababi:
Intizom – ongli ravishda qaror qabul qilish orqali boshlanadi. Odam o‘zini majburlaydi.
Odat – takror-takror bajarilgan harakatdan so‘ng avtomatik holga keladi.

2️⃣ Sa’y-harakat darajasi:
Intizom – doimiy nazorat va iroda talab qiladi.
Odat – iroda talab qilmaydi, avtomatik bajariladi.

3️⃣ Vaqt bilan bog‘liqlik:
Intizom – vaqt o‘tishi bilan kuchayishi yoki zaiflashishi mumkin.
Odat – vaqt o‘tishi bilan mustahkamlanadi, buzuqlik qiyin bo‘ladi.

4️⃣ Ma’naviy yuk:
Intizom – maqsad sari yo‘naltirilgan ichki kuchdir, ongli yondashuv bilan bog‘liq.
Odat – yaxshi yoki yomon bo‘lishi mumkin, ko‘pincha tanqidiy o‘ylamasdan bajariladi.

5️⃣ O‘zgaruvchanlik darajasi:
Intizom – yangi intizomiy qaror bilan darhol o‘zgartiriladi.
Odat – o‘zgartirish uchun vaqt, qat’iyat va ko‘p kuch talab etiladi.

#yangiruhiyat #intizom
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1815🔥4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Maxsus video Liderlar kanali uchun Islom Sivilizatsiya markzazidan
👍2218🔥3👏1🥱1
Forwarded from VAQT QADRI
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Ақлсиз бошнинг азобини вужуд тортади"

Тил вужуддан сўрар экан, "аҳволинг қалай?" дер экан. "Сан ноўрин гапириб қўймасанг, биз тинчмиз..." дер экан.

👉 @VAQTQADRI
👍4224🔥6👏2🤔2
#кун_ҳикмати

Киши учун энг катта фахр, бу — илм ва одобдир. Бу иккисидан-да юксак фазилат бўлиши мумкин эмас.

✍️ Алишер Навоий
👍68🔥156👏3
#Liderlik_Sari
🎯 Tug‘ilish - bu mukofot degani emas. Bu - imkoniyat.
Hech kim qayerda, qaysi oilada yoki qaysi jinsda tug‘ilishini tanlamaydi.
Bu sening aybing ham emas. Ammo har kuni - odam o‘zini "qayta qurishi", o‘z tanlovini qayta belgilashi mumkin.


🧠“Har kim bir xil startga ega emas”.
Lekin hayotdagi tanlov esa seniki:

— Boy oilada tug‘ildingmi? 🎁 Bu imkoniyat, lekin baxt kafolatlanmagan.
— Qiyin ahvoldamisan? 🔥 Qarab turma u yerda ham kichik lekin aniq qadamlar muhim.
— Sog‘lommisan? 💪 Bu katta resurs. Foydalanmasang, asramasang - tezda yo‘qotishing mumkin.
— Kasalmisan? 🩺 Bu to‘siq degani emas. Ko‘p narsa hali ham sening qo‘lingda.


⚡️ “Sen tanlov qilmasang - hayot sen uchun tanlov qiladi.

👊 Ertalab uyg‘ondingmi?
Buning o‘zi yetarli emas. Harakating kerak.
Odamni ajratib turadigan narsa - tashqi sharoit emas, ichki qarorlaridir.


🚀 Hayot seni qaysi muxitda tug‘ilganing bilan emas, kimga aylanishing bilan baholaydi.

Liderlar safida bo’l.

@Liderlar1
45👍26🔥63🤝1
Forwarded from "LIDERLAR KITOBI” fan
Qadrli kuzatuvchilar, mamlakatimizda volontyorlik faoliyatini yanada rivojlantirish maqsadida ilmiy tadqiqotlar o‘tkazilmoqda.

📝 Bu masalada keng jamoatchilikning fikr va munosabatlarini o‘rganish maqsadida ijtimoiy so‘rovnoma tayyorlandi.

🔊 Siz ham tadqiqotda faol ishtirok eting!

⚡️Zero, har bir fikr biz uchun MUHIM


So‘rovnoma anketasi bu yerda👇

https://forms.gle/Xx6iS9yzLVPYgM2W7
10👍5
#Kunlik_1_foiz_bilim

📚 Cognitive Load (Axborot yuki) - bu sizning miyangiz bir paytda qayta ishlay oladigan axborot miqdori.

🎯 Sodda qilib:
Miyangiz kompyuter kabi. Unga juda ko‘p fayl ochib yuborsangiz, “qotib” qoladi. Shu kabi, agar bir vaqtda juda ko‘p ma’lumotni qabul qilishga harakat qilsangiz, konsentratsiya yo‘qoladi, eslab qolish qiyinlashadi.

🔍 Misol:
Agar siz ingliz tilidan yangi mavzu o‘rganayotgan paytda:
• Kulguli YouTube shortslari,
• badiy kitob,
• Va ustozning 100 ta maslahatini
bir vaqtda qabul qilsangiz – miyangiz “axborot yuki”ni boshdan kechiradi va samara pasayadi.

🧠 Hayot uchun saboq:
1. Bir paytda bitta narsaga e’tibor bering.
2. Kichik qismlarga bo'lib o‘rganing (10-15 daqiqa).
3. Miyani ortiqcha ma’lumotdan tozalang.

“Ortiqcha axborot - bilim emas, xalaqitdir.”

@Liderlar1
👍276👏3😱1👌1
УСМОН АЗИМ ижодидан: ✅️

ОДАМЛАРГА УМРИНИ БОШЛАШДАН
ОЛДИН ТОПШИРИЛАДИГАН
ЭСЛАТМА
Нима қилишингни ўзингдан сўра.

Дунёга бекорга келмагансан.

Аммо ўзинг қайда?

Бу чексиз дунёга
сочилиб кетгансан.

Ўзингни йиғиштир заррама-зарра.
Заррама-зарра ўзингни қур.

Унутма, сендан бошқа ҳам одамлар бор.
Ўзингни аяма бошқалардан.

Ўзингдан оламга қара.
Тангри изн берса,
уни сен ҳам
озгина яратасан.

Иложи бўлса,
ўлганингдан сўнг,
дунёга
ўзингни қолдир.

Иложи бўлмаса,
ачинма -
худонинг бир корига ярагансан барибир.

Масалан,
бу одамдай яшаш ҳаммага насиб этсин
дегандир Тангри;
ёки бу одамдай яшаманг дегандир...
👍2615🔥3
Forwarded from Otabek Hasanov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Siyosiy_ma’rifat_soati_27_son

Hurmatli davlat xizmatchilari, navbatdagi o'quv dasturini e'tiboringizga xavola qilamiz!

Haftaning har juma kuni taqdim etilayotgan siyosiy ma'rifat soati davlat xizmatchisining siyosiy bilimlarini oshirish, daxldorlik hissini kuchaytirish, ma'naviyatini yuksaltirishga xizmat qiladi!

O‘quv soatini youtubedagi https://youtu.be/IDH3dRDX5co sahifamizda tomosha qiling.

@otabek_khasanov
6👍4🥰2
Forwarded from OYINA.UZ
ChatGPT bepul repetitorlik rejimini joriy qildi

Bu rejimda chat-bot xuddi raqamli repetitor kabi ishlaydi.

Batafsil: https://oyina.uz/uz/posts/29093

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Instagram | X | YouTube
👍17🔥1
👍34🔥62
2025/10/25 10:19:30
Back to Top
HTML Embed Code: