#21_ishtirokchi
Oʻtkir Hoshimovning Tushda kechgan umrlar romaniga taqriz.
Mazkur romanda ikki yosh Rustam va Shahnozaning sevgisi fonida shoʻro hukumatining qabih ishlari milliyligimizni diniy eʼtiqodimizni poymol qilish haqiqatni aytganlarni oʻta oʻgʻir jazolash va eng alamlisi bunday razilliklarni "vatandoshlarimiz " agar ularni shunday atay osak qoʻli bilan qilganligi, mehnatkash xalqimizning mehnatidan foydalanib yana oʻgʻriga chiqarib bor budi ham tortib olingan ayanchli bir davr gavdalantiriladi.Afgʻon urushining bu juftlikning sevgisiga nuqta qoʻyganligi, bizni tinchlikni qadriga yetishga undaydi.
Asarning yutugʻi kitobxonda vatanga va sevgisiga nisbatan sadoqat hislarini uygʻotadi.Rustamning oʻlimi koʻpchilik kitobxonlarni xafa qilgan deb oʻylayman.
Taqrizchi: Hotamov Javohir
@m1racle_books

❤24👍9🔥3
#22_ishtirokchi
Apelsin qiz
Bu asar nomini eshitgan odam avvalambor uning nomiga qiziqib qolishi tabiiy. Chunki boshqa asarlardan farqli o'laroq nomi o'zgacha😁. Ushbu asarda qanday o'zgacha narsalar haqida esa kitobning nomi so'zlab beradi.
Masalan:nimaga kitobning nomi "apelsin qiz"? Bu hikoya kimga atalgan va h.k kabi savollarga ushbu kitobda javob topasiz.
... Kitobning bosh qahramoni Georg . U 15 yoshda.
Otasi 11 yil oldin vafot etgan
Eng qizig'i shundaki - apelsin qiz hikoyasining muallifi ham aynan Georgning otasi...
Qanday qilib deysizmi? Unda romanni o'qib tugatishingizga to'g'ri keladi.

❤41👍8😁3🔥2
#23_ishtirokchi
Mening yoqtirgan asarim Mahmud Olaqoshning "Peshonamdagi nur" asaridir.
Tasavvur qilaylik...Agar biz yaqin oy ichida vafot etishimizni bilsak,qay ahvolga tushamiz?Shu holimizda yaratganning huzuriga borishga tayyormizmi..?Kitobni o'qir ekanmiz shunday savollarga duch kelamiz.Asar qahramoni ham kasallik sabab, ótgan umrini sarhisob qiladi,Allohga yaqinlashadi, asl yashash mohiyatini tushunib yetadi.Asar bizga Allohning har bir Ishida hikmat borligini va bu dunyoning o'tkinchi ekanligini yana bir bor eslatadi.
"Negadir bu o'simtani yaxshi ko'rib qolganday edim.Uni o'simta emas , peshonamdagi nur deya qabul qilgandim"......

❤215👍61🔥18😁2🎉2
#24_ishtirokchi
#taqriz #tanlovga
Kitob nomini oʻqiganimda, bir inson umr yoʻlini tasvirlab berilsa kerak deb oʻylagandim. Kitob 1-2 boblarini oʻqiganimdan keyin fikrim oʻzgarib ketdi. Yozuvchi asarda boʻlib oʻtadigan voqealarga har bir qahramonning subyektiv fikrini keltirib oʻtadi. Ya'ni qahramonlar oʻz qarashlari bilan voqealarni qanday baholaydi, qanday tahlil qiladi, hammasini oʻz tilidan yozilgan. Bitta umrning emas umrlarning "Ikki eshik orasi" da kechmishi yoritilgan. Badiiy adabiyotdan uzoqlashgan insonni yana qaytishga "majbur" qildi. Voqealar urush davri haqida yozilgan kitoblardek qiyinchilik, or-nomus, onalar nolasi, "qora xat" boʻlishi tabiiy, lekin qahramonlarning ularga berayotgan "bahosi" alohida e'tiborga loyiq.

👍25❤10🔥2
#25_ishtirokchi
O'lmas Umarbekov "Odam bo'lish qiyin"
Nomi kitobxonni o'ziga tortadigan asar: "Odam bo'lish qiyin" ekan-a??? Axir inson bu dunyoga keladiyuuu, odam bo'lmaydimi?
Bosh personajlar olim bo'lishni istagan Abdullayu, me'mor Gulchehra gavdalanadi.
Abdulla o'zi istaganidek mashhur olim bo'lib yetishdi, shon-shuhratga ega bo'ladi AMMO inson bo'ldimikin???
Mashhurlik natijasida fikr-o'ylari, maqsadlari o'zgardi va bir qizni o'limiga sababchi bo'lgan, insoniy fazilatlaridan yiroqlashgan, butun umr vijdon azobida yashashga mahkum qilingan olimni odam deb atash noto'g'rimikin?
Asar yakunlangach, bizdagi bir gapning to'g'ri ekanligiga shubha qilmaysiz- "Olim bo'lish oson- odam bo'lish qiyin".

❤28👍7🔥1
#26_ishtirokchi
©Ahmad Lutfiy Qozonchi
"Ögay ona" 🧕
Asarda İsmoilning onasidan erta ajralib ögay ona zulmi ostida qolgan bolaning chekayotgan zahmatlariga guvoh bölgan Fotimaning insoniyligi, samimiy va vijdonli qiyofasi namoyon etilgan. Aynan İsmoil tufayli Fotima 2 bolali xotini ölgan insonga turmushga chiqishga rozilik beradi. Bu gödaklarni Alloh roziligi yölida, İsmoilning ögay onasi kabi zolim ayol qöliga tushmasliklari maqsadida onalik qilishga qaror qiladi. Va buni ortiği bilan bajargan. Fotimaning ögay bolalariga bergan mehrini va tarbiyasini hatto ba'zi onalar öz bolalariga berolmaydi. Asarda nafaqat ona va farzand munosabati balki vijdon, halollik, adolat, diniy tarbiya haqida ham sözlangan.

❤28👍6🔥3
#27_ishtirokchi
#Bismillah
📚Iymon va Huzun
🖋Said Chamlija
#iqtibos
"Kitob insonni, inson dunyoni oʼzgartiradi..."
🫀Bu kitob qalbimdan o'zgacha joy oldi, hozirgi kundagi jiddiy muammolardan asabiylik,tushkunlik,umidsizlik haqida mulohazalar yoritib berilgan.Ushbu kitob og'ir vaziyatlaringizda,biror bir qiyinchilikka duch kelganingizda, tushkunlikka tushganingizda sizga eng yaxshi do'st bo'la oladi deb o'ylayman
💞Kitobda ibratli hikoyalar koʼp keltirilgan. Muallif hikoyalar orqali inson oʼz his tuygʼularini jilovlay olishi, har vaziyatda ham asabiylashmasdan yoki tushkunlikka tushmasdan bu vaziyatga musulmonligini unutmagan holda oqilona yechim qidirishi lozimligi goʼzal shaklda tasvirlangan

❤32👍9🔥1
#28_ishtirokchi
#taqriz
Harbiy Kasatksiyning rohib Sergeyga aylanish jarayoni va undan keyingi hayoti ifoda etilgan bu asarda biz maqsad qanchalik muhimligini emas , uni ròyobi qanchalik zarur ekanligini bilishimiz muhimligi haqida gap boradi.
Monastirda 7 yil , iyugemanlikda 6 yil , uzlatda , tilanchilikda hayot kechirgan Sergey oxirida boy hovlisida poliz ekib , bolalarni òqitib , odamlarni davolab halovat topadi.
U umr bòyi Xudoni izlaydi , tarkidunyo qiladi , qalbini jilovlaydi , nafsini tiyadi , ibodatga qoyim bo'ladi .
Asarga kòra Kasatskiy intillegent shaxs edi. Dunyo ilmi kabi dinda ham shunday bòldi.
Din kabi dunyo ham muhim ekanligi ravshanlashadi.
Avliyo Sergey ni kòproq "eski kitobxon "lar o‘qishini tavsiya qilar edim.
📖"Avliyo Sergey"
✍️Lev Tolstoy

❤24👍3🔥2😁1🎉1🤩1
#29_ishtirokchi
#bismillah
ʼʼInstagram asirasiga aylangan Ummu Gulsumʼʼ
Qizning ismi eʼtiborimni tortdi: ʼʼUmmu Gulsumʼʼ, u taqvodor oila farzandi. Hikoyaning boshida undan ozgina nafratlandim. Menincha, qizlarimiz oʻzlarini begona erkak nazari tushishidan oʻzlarini asrashi kerak. Hikoyada oʻzligini, musulmonligini unutayozgan qizlarni koʻrdim desam adashmayman. Hamma xato qiladi lekin tavbani musulmon qiladi. Qahramonimiz gunohlariga vaqtida tavba qildi, Robbisiga qaytdi. Unga taqvoda tengi yoʻq Yusufdek inson jufti halol boʻldi. Lekin ular qisqa vaqt birga boʻlishdi. Hikoya soʻngida Yusuf ʼʼseni jannat ostonasida kutamanʼʼ deya vidolashadi va halolisiz jannatga kirmasligini taʼkidlagan. Tavba qilganlarni In shaa Alloh Robbimiz kechiradi.

❤50👍11😢4🔥3
#30_ishtirokchi
Oskar Uayld "Dorian Greyning portreti"
Yillar insonga ikki taraflama: ijobiy va salbiy taʼsir koʻrsatadi: insondagi yoshlikning baquvvatligini, husnini
zakovatga, dunyoni chuqurroq anglashga almashtiradi.
Lekin biz husnimizni saqlab qolish uchun har narsaga, hatto qotilikka ham rozi boʻlsak-chi?
Insonni insonga boʻlgan muhabbatini, sevilganni sevgan tomondan ilohlashtirish qanchalik toʻgʻri?
Dunyodan lazzat izlab yashashimizga atrofdagilarning taʼsiri qancha?
Savollarga esa Dorian qismatida javob topishimiz mumkin.
Mutolaa davomida Dorian bilan "birga" boʻldim: vijdonini shaytoniy hirslarga alishganini koʻrdim. Ammo yakungacha Doriandan yaxshilik uchqunini kutdim. Afsuski, har doim ham yakun biz oʻylagandek boʻlavermaydi.

❤56👍10🔥3
#31_ishtirokchi
#taqriz
Mehmet Yildizning "Izlash" asari
Bu asar yoshlik ayyomining gullagan bahorida yomon insonlarga qoʻshilib, yomon yoʻllarga kirib qolgan, oʻsha yoʻllarda barcha razil ishlarni qoʻldan kelgancha qoyillatib bajargan, baxtsiz hodisa tufayli kasalxonaga, u yerdan esa bolalar uyiga borib, Fotima ustozi yordamida hidoyat yoʻliga kirgan Mehmet ismli bola haqida. Yana, bu asar insonga Allohni yanada yaxshiroq tanishni, yoʻqotganlari uchun kuyinmaslikni, har ishdan ming xayr izlashni va hatto eng ogʻir dardini ham sevishni oʻrgatadi.
Oʻquvchi bu asarni oʻqish davomida turli xil bir-biridan yomon qahramonlarga ham duch keladi. Ularning ishlaridan toʻgʻri xulosa chiqara olgan inson, hayotda hech bir yomonlik jazosiz qolmasligini, barcha xayr Allohdan ekanini tushunib yetadi.
--- Gʻofurjonova Zilola

❤80👍8🔥3
#32_ishtirokchi
KITOB: Shuhrat "Oltin zanglamas"
Asar voqealari sevgi- muhabbat bilan boshlansa-da, lekin uning asosiy g'oyasi insonning vatan oldidagi muqaddas burchlari va odamiylik haqidadir. Romanda inson haq-huquqlari toptalishining ayanchli voqealari umumlashtirilgan holda tasvirlangan.
Asar bosh qahramoni Sodiq hayotning g'oyat sermashaqqat va murakkab yóllarini bosib ótadi. Eng mushkul vaziyatlarda ham taqdirga tan bermaydi, aksincha, vijdoniga gard yuqtirmaydi. Vatani boshiga tushgan eng og'ir kunlarda bel bog'lab ona yurti uchun xizmat qiladi.
Uning ona Vataniga bólgan e'tiqodi oltin kabidir. Oltin esa hech qachon zanglamaydi.

❤35👍9🔥3
#33_ishtirokchi
Murat Tosun
"Olim yetishtirgan onalar"
Asarda ona farzandining ilk madrasasi ekanligi, farzand ta'limi va tarbiyasidagi mashaqattlari, buyuk olim yetishtirgan onalarning Allohga yuksak taslimiyati, o'zlari olima bo'lmasalarda olamda iz qoldirgan buyuk olimlar yetishtirganliklari , olim farzand yetishtirish uchun har qanday mashaqqatlarni, moddiy qiyinchiliklarni yengib o'tishlari, har bir onaning o'ziga hos farzand ta'limi va tarbiyasidagi e'tiborli hususiyatlari bayon e'tilgan. Har bir olimning onasi haqida qiziqarli va ta'sirli hikoyatlar bayon etilganki undan har birimiz o'rnak olsak arziydi.

❤25👍5🔥2
#34_ishtirokchi
#taqriz
" Baxt ulashing "
Doktor Hasson Shamsiy
Agar inson hayotining mohiyatini anglaganida unda baxtni röyobga chiqaradigan köplab sabablarni topgan , dunyo hayotini Jannatga aylantirgan , oxirat dunyosiga bormay turib , Jannatni körgan bölar edi . Aslida " baxt qayerda ?" , " baxt özi nima ? " degan savollarga esa javob topa olishmaydi . Bu kitob haqiqiy baxtning manbai bölgan imon haqida , inson özi va atrofidagi insonlarni qanday baxtli qilish mumkinligi töğrisidadir . Kitobning sönggida esa baxtning sofligini bulğaydigan badbinlik va umidsizlik holatidan chiqib ketish yöllari haqida ma'lumotlar berilgan. Bu kitobni öqiganingizdan keyin atrofingizdagi oddiy narsalarda ham baxtni köra olasiz.

❤42👍9🔥2
#35_ishtirokchi
#Taqriz
#Imomning_maneken_qizi
#Amina_Shenliko'g'li
Asar Fotimaning hayotidan ko'ngli to'lmasligi bilan boshlanadi. Otasi Yoqub imom juda nochor hayot kechirardi. Lekin juda iymonli, xudojo'y inson edi. Fotima bunday hayotda yashashni istamaganligidan, otasining kasbidan uyalganligidan Betushdek din dushmanining changaliga tushdi va maneken bo'lishga qaror qildi. Avvaliga ro'molini yechib, miniyubka kiydi, ammo otasining bundan xabar topishini istamasdi. Uyidan ketgach ko'p joylarda maneken bo'lib ishladi-yu istaganidek "erkinlik"ka erisholmadi. Modellik hayotida shahvatli rahbarlar, dinini sotadigan hayosiz, nomussiz hamkasblar, ma'nosiz hayot uni pushaymon bo'lishiga sabab bo'ldi. Fotima haqiqiy ERKINLIK Islomdaligini , Islomimiz hech qachon foydasiz bo'lmasligini fahmlab Ota-onasi yoniga qaytadi.
Zilola Ulug’bekovna

❤48👍11🔥2
#36_ishtirokchi
📚Onur Qoplon "ALFIDO"
Bu kitobni o'qir ekanman shu satrlarga ko‘zim tushdi " ...faqatgina bu dunyo uchun yaralganmisan, bor vaqtingni u uchun sarflayapsan?" . Qulog‘imning tagida momaqaldiroq gumburlagandek bo‘ldi . Zaynab ham shunday ahvolga tushgan edi. Hikoya u shuni to'liq anglab yetishi uchun qancha mashaqqatlar chekkani, tubanlik botqog'iga botib botganida undan qanday chiqib ketgani haqida. Umuman "Alfido" Zaynab haqida emas, biz haqimizdagi. Bu kitob bizni hushyorlikka chorlaydi, eng og‘ir va chorasiz damda "Allohim" deya olishingizni o‘rgatadi . Kitobni o'zingiz o‘qib ko'ring. Mutoalaga kirishishga avval "bitta piyola keltiring, chunki misralar sizga choy quyib beradi".

❤43👍6🔥4
#37_ishtirokchi
"MORRINING SESHANBA DARSLARI"
Asarni boshlashdan oldin uning nomidan ilhomlanib kundalik rejalar, o'qish, qahramonning o'ziga xos sarguzashtlarga boy hayoti haqida hikoya qiladi deb o'ylagandim. Yo'q, bu asar katta-yu kichikka birday atalgan, hayotning haqiqiy mazmunini tushunish uchun, uning o'tayotgan har bir lahzasidan unumli foydalanib, umrimizni baxtga to'ldirib yashash uchun bir inson tomonidan o'rgatilgan hayot darslaridan iborat. Bu asar insonni ruh tarbiyasiga, har qanday holatta ham hayotga ijobiy tomondan yondashishga, hayotingizda nimaiki sodir bo'lmasin, shukur qilib, bor ne'matingizdan rohatlanib yashashga o'rgatadi.

❤28👍7🔥2
#38_ishtirokchi
"Men tavsiya qiladigan kitob"!
Men tavsiya qiladigan kitob bu Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf "Mo'minning qalqoni" kitobidir!
Bu kitobda biz bilgan va bilmagan ro'za haqida ma'lumotlar keltirilgan!
Ro'zaning shartlari,ro'zaning turlari,ro'zaning darajalari,ro'zaning shartlari,ro'zaning turlari,ro'zaning niyati,saharlik va iftorlik haqida,taroveh namozi,ro'za hadisi shariflarda,fitr sadaqasi haqida,nafl ro'za haqida hadislar,savol javoblardan iborat!
Bu kitobni har bir kishi o'qishi kerak!Bu kitobni o'qib men ro'za haqida ancha ma'lumotga ega bo'ldim!
Bu kitobni barcha kitobxonlarga o'qishni tavsiya qilaman!
Ma'mura

❤52👍9🔥3
#39_ishtirokchi
#tanlovga Mariya asari asosida
Bismillah
Avvalo bu kitob boshida meni o'ziga uncha shaydo qila olmadi nomi oddiy Mariya . Lekn bu kitobda nimadir meni oziga shunday chorlardi . Yaqinlarimning tavsiyasi ila bu asarni boshladim. Asarni o‘qiganimdan sòng juda afsuslandim qanday qilib shunday kitobni òqishga ikkilandim deya.
Bu kitobni o'qib Mariya bilan birga his-tuyg'ularni kechirgandek bo'ldim qizuquvchanligi, o'zini va o'ziga tegishli har narsani qadlashi, hech qachon ortga chekinmas kerakligi asarda yaqqol ko‘rsatib berilgan edi.(Aslida Mariya bilan kòp fe'l atvorlarimiz uyiqash ekan.)
Ochiģi judayam qo‘rqdim. Sababi oxiratda sòraladigan yaxshi amallarim kamlik qilishidan iymonim sust ekanligidan yillar davomida bilib bilmay kop gunoh ishlarni qilganimdan vijdonim qiynaldi.
Asarning eng ta'sirli nuqtasi shundaki: O'sha paytda men o'zimni Ollohning yonida gunohkorga o'xshab qolganday his qilib, titrab ketdim shu paytda men O'RANISHIM KERAKLIGINI TUSHUNGANDIM.

❤15👍7🔥1
#40_ishtirokchi
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf qalamiga mansub " Mukammal saodat yoʻli " kitobi boshqa kitoblari kabi ibratli va hikmatlidir . Unda odamlarning hayoti saodatli boʻlishi uchun dinimizda qanday taʼlimotlar kerakligi va qanday choralar koʻrish mumkinligi haqida qisqacha maʼlumotlar va xulosalar keltirilgan. Va albatta , sabr , shukur , taqvo , ilm , iffat , poklik , rizoning foydalari , Allohga tavakkul qilishning foydalari , zuhd , ixlos , havoyi nafs haqida , baxllik va bir qancha mavzular yoritilgan.

❤13👍4🔥1