Telegram Web Link
#41_ishtirokchi

Atom odatlar
Jeyms Klir

Kichik o‘zgarishlar katta natijalar.

Ushbu kitob o‘quvchiga kichik kichik odatlarni oson hosil qilib, yomonlaridan osongina qutulish yo‘llarini o‘rgatadi.
Muallif kichik odatlarni shakllantirish orqali yaxshi najijalarga erishish mumkinligini o‘z soxasining optimistlari hayotidan misol tariqasida koprsatib beradi.

Asarni asosini "Xar kuni 1 foiz yaxshilanish" qoidasi tashkil qiladi.

Bu qoidaga ko‘ra 1 yil davomida xar kuni 1 foizdan yaxshilanib borilsa, 1 yilda 37.78 foizga yaxshilanadi. Albatta bu juda katta natija.

1.01 ning 365-darajasi 37.78 ga teng.

Muallif bu asarda shaxsiyatni rivojlantirishda juda qo‘l keladigan usullarni ko‘rsatib bergan. Eng asosiysi shundaki u oilali odamga ham kollej yoki maktab o‘quvchisiga ham tadbirkor yoki davlat xodimiga ham bir xilda qo‘l keladi.

@m1racle_books
26👍7🔥1
#42_ishtirokchi

Ali Jobir Fiyfiy
📖"Chunki sen Allohsan"

"Diqqat ila qalbingiz to'riga osib qo'ying: Alloh nimadan rozi bo'ladi?!"

Qafasdagi qush misol qochishga yo'l topa olmayotgan qalblar uchun "davo" sifatida yozilgan kitob) Kitobda Allohning go'zal ism-sifatlarini hayotiy misollar bilan dalillash orqali yozuvchi bandaning qalbida hayotga nisbatan shavq uyg'otadigan, dunyo va oxirat saodatiga yetaklaydigan, yuraklarning tub-tubidan joy oladigan fikr va mulohazalarni bayon etgan. Asarni o'qir ekan kitobxon beixtiyor ko'zlariga yosh oladi. Ammo bu quvonch ko'z yoshlaridir. Allohning cheksiz karamini va bandalari uchun hadsiz bo'lgan mehrini endigina bilgan bandaning ko'z yoshlaridir🥲

@m1racle_book
38👍6🔥2
#43_ishtirokchi

Hozir siz bilan birga Mark Mensonning "Hammasi rasvo" degan sendvichini tayyorlaymiz. Buning uchun bizga kitobdagi "His qiluvchi miyya", "Umid yoq", "Hissiyotlar iqtisodiyoti" kabi boblari va oyim kerak bo'ladi. O'sha boblarini miyyaga yaxshilab surtamiz. Qarabsizki siz uchun kerakli bo'lgan bu dunyo haqidagi siz bilgan, balkim endi bilishingiz kerak bo'lgan haqiqatlar namoyon bo'ladi. Oyim nima deydilar ?
-Mmm ajoyib !
👉Eng yaxshi kayfiyat "Hammasi rasvo" bilan boshlanar ! "Hammasi rasvo" kitobi okaymi ?
-Juda okay !

@m1racle_books
47😁20👍9🔥4
#44_ishtirokchi

Ishqqa yengilmayman
Omina Shenliko'g'lu

Ushbu asar ba'zibir insonlarning insonsizligi haqida so'zlaydi. Ular o'zi Allohga iymon keltirmagan holda boshqa dindorlarni ham dindan chiqarish, ularni Vatanga xoyin qilib tanitish payida.
Dunyoga kelishining o'zi kurashdan iborat bo'lgan odam bolasi to umri oxirlagunga qadar mudom ikki qutb o'rtasida muallaq yashaydi. Qaysi tomonni tanlashiga qarab u yaxshi, yomon sifatlari bilan taniladi. Ushbu asar Bir muslima qizga oshiq bo'lgan dahriy yigit haqida so'zlaydi. Har nafasini yigitning ismini aytib olayotgan qiz esa e'tiqodi tufayli ishqqa yengilmaydi, sevsa-da dahriy yigitga turmushga chiqmaydi.

@m1racle_books
302👍98🔥13😢4🎉4
#45_ishtirokchi

𝗞𝗶𝘁𝗼𝗯 𝗻𝗼𝗺𝗶: 𝘖'𝘭𝘴𝘢𝘯𝘨 𝘬𝘪𝘮 𝘺𝘪𝘨'𝘭𝘢𝘺𝘥𝘪.
𝗠𝘂𝗮𝗹𝗹𝗶𝗳: 𝘙𝘰𝘣𝘪𝘯 𝘚𝘩𝘢𝘳𝘮𝘢.

𝘒𝘪𝘵𝘰𝘣 𝘴𝘩𝘶𝘯𝘤𝘩𝘢𝘬𝘪 𝘴𝘶𝘱𝘦𝘳.𝘈𝘴𝘭𝘪𝘥𝘢,𝘣𝘶 𝘬𝘪𝘵𝘰𝘣𝘨𝘢 𝘵𝘢𝘲𝘳𝘪𝘻𝘯𝘪 𝘬𝘦𝘳𝘢𝘨𝘪 𝘩𝘢𝘮 𝘺𝘰'𝘲.𝘒𝘪𝘵𝘰𝘣𝘥𝘢, 𝘺𝘢𝘹𝘴𝘩𝘪 𝘩𝘢𝘺𝘰𝘵𝘥𝘢 𝘺𝘢𝘴𝘩𝘢𝘴𝘩𝘯𝘪 𝘪𝘴𝘵𝘰𝘷𝘤𝘩𝘪𝘭𝘢𝘳𝘯𝘪,𝘱𝘶𝘭 𝘵𝘰'𝘭𝘢𝘣 𝘰'𝘲𝘪𝘺𝘥𝘪𝘨𝘢𝘯 𝘬𝘶𝘳𝘴𝘭𝘢𝘳𝘪𝘥𝘢 𝘰'𝘳𝘨𝘢𝘵𝘪𝘭𝘢𝘥𝘪𝘨𝘢𝘯𝘥𝘢𝘯𝘥𝘢 𝘬𝘰'𝘱 𝘯𝘢𝘳𝘴𝘢𝘭𝘢𝘳 𝘴𝘩𝘶𝘯𝘤𝘩𝘢𝘬𝘪 𝘰𝘴𝘰𝘯𝘨𝘪𝘯𝘢 𝘵𝘶𝘴𝘩𝘶𝘯𝘵𝘪𝘳𝘪𝘭𝘨𝘢𝘯.𝘔𝘰𝘥𝘢𝘨𝘢 𝘢𝘺𝘭𝘢𝘯𝘨𝘢𝘯 𝘣𝘪𝘳 𝘴𝘰'𝘻 𝘣𝘰𝘳: 𝘔𝘰𝘵𝘪𝘷𝘢𝘵𝘴𝘪𝘺𝘢 𝘥𝘦𝘨𝘢𝘯.𝘏𝘰𝘻𝘪𝘳 𝘴𝘪𝘻 𝘪𝘻𝘭𝘢𝘣 𝘺𝘶𝘳𝘨𝘢𝘯 𝘩𝘢𝘮𝘮𝘢 𝘮𝘰𝘵𝘪𝘷𝘢𝘵𝘴𝘪𝘺𝘢 𝘴𝘩𝘶 𝘬𝘪𝘵𝘰𝘣𝘥𝘢.155 𝘷𝘢𝘳𝘰𝘲,101 𝘵𝘢 𝘮𝘢𝘷𝘻𝘶.𝘔𝘢𝘷𝘻𝘶 𝘯𝘰𝘮𝘭𝘢𝘳𝘪𝘯𝘪 𝘰'𝘻𝘪 𝘩𝘢𝘮 𝘴𝘪𝘻𝘯𝘪 𝘰𝘻𝘨𝘪𝘯𝘢 𝘵𝘢𝘧𝘢𝘬𝘬𝘶𝘳 𝘲𝘪𝘭𝘪𝘴𝘩𝘨𝘢 𝘶𝘯𝘥𝘢𝘺𝘥𝘪.𝘔𝘢𝘴𝘢𝘭𝘢𝘯: 𝘒𝘰'𝘯𝘨𝘪𝘭𝘴𝘪𝘻𝘭𝘪𝘬𝘯𝘪 𝘦𝘻𝘨𝘶𝘭𝘪𝘬 𝘥𝘦𝘣 𝘲𝘢𝘣𝘶𝘭 𝘲𝘪𝘭. 𝘋𝘪𝘲𝘲𝘢𝘵𝘪𝘯𝘨𝘯𝘪 𝘮𝘶𝘯𝘰𝘴𝘪𝘣 𝘯𝘢𝘳𝘴𝘢𝘭𝘢𝘳𝘷𝘢 𝘲𝘢𝘳𝘢𝘵. 𝘚𝘶𝘬𝘶𝘵 𝘴𝘢𝘲𝘭𝘢𝘴𝘩𝘯𝘪 𝘰'𝘳𝘨𝘢𝘯...
𝘖'𝘻𝘪 𝘬𝘪𝘤𝘩𝘪𝘬 𝘣𝘰'𝘭𝘴𝘢𝘥𝘢 𝘰𝘭𝘢𝘮–𝘰𝘭𝘢𝘮 𝘮𝘢'𝘯𝘰𝘭𝘢𝘳𝘯𝘪 𝘰'𝘻𝘪𝘨𝘢 𝘴𝘪𝘨'𝘥𝘪𝘳𝘨𝘢𝘯 𝘣𝘶 𝘬𝘪𝘵𝘰𝘣𝘯𝘪 𝘮𝘦𝘯 𝘩𝘢𝘲𝘪𝘲𝘪𝘺 𝘔𝘰'𝘫𝘪𝘻𝘢(𝘮𝘪𝘳𝘢𝘤𝘭𝘦) 𝘥𝘦𝘣 𝘢𝘵𝘢𝘺𝘮𝘢𝘯.❤️‍🔥🥲( 𝘖'𝘲𝘪𝘯𝘨!)

@m1racle_books
26👍12🔥3
#46_ishtirokchi

JoJo Moyes
"To seni topgunimcha"



Bu kitob enaga qiz ( Luiza) va majruh yigit ( Uill) oʻrtasida paydo boʻlgan muhabbat haqida soʻzlaydi.

Uill avtohalokat tufayli nogironlar aravachasiga mixlanib qolgan va Moʻjiza sodir boʻlsagina U qayta oyoqqa turishi mumkin edi.
Uill bu azoblardan qutulish uchun oʻz joniga qasd qilishni rejalashtirgan bu esa 6 oydan soʻng sodir boʻlishi kerak edi.
Luiza esa mana shu 6 oy vaqt mobaynida Uillga enagalikka yollanadi.
Va Uillning oʻz joniga qasd qilishini onasi va singlisining ( Uillning) suhbatidan eshitib qoladi.

Luiza Uillni hayotga qaytarish uchun juda koʻp harakat qiladi, hattoki muhabbat ham Uillni bu hayotda ushlab qololmaydi.

@m1racle_books
20👍9🔥1
#47_ishtirokchi

Men sizlarga o'zim sevib mutaola qiladigan Jeyn Ostnning "Andisha va g'urur" asarini hozirgi barcha yoshlar o'qishini tavsiya qilaman. Bu asarda o'sha davrdagi muhit va undagi tarbiya chuqurroq yoritib berilgan. Asar kitobxonlarga havola qilinar ekan asar juda mashxurlikka erishdi va ancha shov-shuvlarga sabab bo'ldi. Bundan tashqari asarda ikkita g'ururli insonlar muhabbati tasvirlangan. Ular sevgisini ochiq ko'rsata olmaydi bunga ulardagi g'urur hamda andisha to'sqinlik qiladi. Asarda bu jarayon ajoyib tasvirlangan. Jeyn Osten asarlarining ko'pchiligi shu yo'sinda yozikgan. Bu asar juda ajoyib. Vaqtingizga achinmaysiz.

@m1racle_books
50👍14🔥6
#48_ishtirokchi

Agar Tanlovda Xoxlagan kitob boʻyicha taqriz yozish mumkin boʻlsa, Man buyuk kitobimiz Qurʼoni Karim manosini tushunib har kim oʻz tilidagi tarjimasini yaʼni tafsirini oʻqishini tavsiya qilaman:

Qurʼon...
"Oʻtmish, Hozir va Kelajak uygʻunlashgan tarix, odob, ibodat va insonni yashashga oʻrgatadigan eng mukammal kitob. Chunki bu kitobning yozuvchisi eng mukammallarning eng mukammali boʻlgan zot Allohdir".

@m1racle_books
45👍11🔥6
#49_ishtirokchi

Buyuk alloma Imom Abu Homid G‘azzoliy rohimahullohning “Qiyomat va oxirat” asarida qabr hayoti, qiyomat va undan oldinroq voqe bo‘ladigan holatlar Qur’on hamda hadisi shariflarga asoslangan holda bayon qilinadi.
Kitobda Dajjolning chiqishi, uning sifatlari haqida ham Islom dinining hujjatlari asosida so‘z yuritiladi. Umuman, kitob har bir mo‘min-musulmon uchun zarur va kerakli manba vazifasini o‘taydi.
Zero, Allohning roziligi yo‘lida qiyomat va oxirat tadorigini ko‘rish bandaga bu dunyoda solih amallar qilmog‘i uchun berilgan bir imkoniyatdir. Bu dunyo foniy, oxirat diyori esa abadiy va boqiydir.

@m1racle_books
20👍9🔥1
#50_ishtirokchi

Kitobni sevuvchi qalb hech qachon toʻsiqlarga duch kelmaydi.
Kitoblardagi mazmun mohiyat odamlarni yaxshilik tomon yetaklaydi. Hammaning oʻziga yoqqan, koʻnglidan joy olgan bir kitobi boʻlganidek meni ham qalbimga yaqin bir kitobim bor.
U kitobning nomi "Alining joynamozi" yoxud " Oilasiga nur kiritgan farzand" dir. Bu kitobning muallifi Junayd Suavi. Oʻzbek tiliga esa Umida Adizova oʻgirgan.
Ushbu asarda inson doimo ezgulikka intilib yashashi kerakligi va bu yoʻlda uchragan barcha sinovlarni sabr bilan yengib oʻtishligi tasvirlab berilgan.
Endigina 10 yoshga toʻlgan Alining boshidan kechirganlari hikoya qilinadi.

@m1racle_books
20👍5🔥1
#51_ishtirokchi

#taqriz

"Ishqqa yengilmayman" (Omina Shenliko'g'lu)

Kitob nima haqida.?
Bir-biriga oshiq bo'lgan ikki xil dunyo: ya'ni biri qanchalik iymonli bo'lsa, ikkinchisi shu qadar Xudosiz bo'lgan - "Oshiqlar"
Istagan paytda istagan qizni o'ziniki qila oluvchi, ateist oilada ulg'aygan bir yigit...dastlab iymonli bir qizni o'ziga og'dirib, so'ng uni iymonidan voz kechtirish maqsadida unga "oshiq" bo'ladi.
Voqealar davomida kutilgan va hech kutilmagan vaziyat: Yigitning qizga chindan ham oshiq bo'lib qolishi va qizning ham bir ateistni sevib qolishi.

Xo'sh.?! Asar so'ngida oshiqlardan biri ishqqa yengilib ular birga bo'lishadimi?
Yo'q! Ular "Ishqqa Yengilmaydi"... na biri IYMONIDAN kechib, na biri NAFSIDAN...
Xulosa qilib aytish mumkin: yigitning yengilgani Alloh ishqi bo'lar EDI...

@m1racle_books
52👍12🔥6🤩3
#52_ishtorokchi

Kitob: Halol luqma
Muallif: Rauf Jilasun.
 Ushbu kitob bir musulmon insonning to'g'ri yashash, halol luqma topish uchun boshidan o'tqazgan qiyinchiliklari bilan boshlanadi. Asarni o'qish davomida halolikka qanchalik e'tibor berish kerakligini buni farzand tarbiyasidagi ahamiyatini tushunasiz. Oiladagi odob, ota-onaga bo'lgan hurmat juda go'zal tasvirlangan.

Asar qahramonlari turli xarakterli ba'zilari xushfe'lligi bilan ko'nglingizdan joy olsa, ba'zilari g'azabingizni uyg'otadi.
 
Ikki aka-uka taqdir ularni hayotning turli tomoniga ajratdi. Turli sharoitda, turlicha tarbiya topdilar. Tabiiyki hayotdagi maqsadlari va erishgan martabalari ham o'zgacha bo'ldi. "Inson fitratta tug'iladi uni atrofidagilar o'zgartiradi" - bu gap isbotini ushbu asarda ko'rishingiz mumkin.

@m1racle_books
24👍12🔥7
#53_ishtirokchi

#Taqriz

Jannatga taklifnoma
Adam Uzkusa

Nomi har qanday odamni o‘ziga jalb qila oladi, kitob ichidagi hayot ham shunday qiziqarli! Kitob boshqa din vakili bo‘la turib islom dinini qabul qilgan insonlar hayotidan hikoya qiladi.
Bilasizmi u insonlar siz va bizdan ko‘ra baxtliroq chunki ular o‘zini o‘zligini yengib musulmon bo‘lganlar, azon ovoziga oshiq bo‘lganlar, Qur'on eshitib hushini yo‘qotganlar, musulmon bo‘lmasa ham ro‘za tutganlar. Oramizda musulmon bo‘laturib ro‘za tutmaydiganlar, nomozini vaqtida o‘qimaydiganlar va hech nimani his qilmaydigonlar bor.
Bu kitob badiiy to‘qima emas, bu kitob jurnalistning juda ko‘p mehnati.
Men kitobdan shuni o‘rgandim, izlanish, qat'iyat, qo‘rqmaslik va tavakkalni.

@m1racle_books
32👍9🔥3🤩3
#54_ishtirokchi

Ishq. Bizning hayotimiz ishqning qaynoq tami birla go'zal. Ayniqsa bu ishq Allohga boʻlsa. Allohga boʻlgan ishq boʻlmasa bandasiga beradigan ishqimiz bizga nimaga ham kerak. Ishq Alloh birla boʻlsa bu qanday ham goʻzal. Allohni eslatuvchi ishq boʻlsa qandoq ham qadrli. Ishqsizlikda kuygan insonning ishq birla yashnashi ushbu kitobda mujassamlashgan. Bu ishqni Allohning ishqi ekanligini kitobni muhabbat bilan oʻqigan kitobxonga ayon.Bu kitob majoziy maʼnoda Allohga boʻlgan ishqning koʻrinishidir balki.

"Ishqqa oid 40 qoida" asari
Abdurahmonova Rohila

@m1racle_books
12👍6🔥1🤩1
#55_ishtirokchi

Xurshid Do'stmuhammadning "Qichqiriq " hikoyasini hozirgina o‘qib tugadim. Menda ajoyib taassurot qoldirdi. O‘zini izlab yo'lga chiqqan odamning umri o‘zini topgan vaqtda tugaydi Sizlarga ham maroqli bo‘lsa ajab emas, o‘qishlaringni tavsiya qilaman 🤗

@m1racle_books
25👍4🔥2
#56_ishtirokchi

SEMA MARASHLI.
"TURMUSH ÒRTOĞIMNING TENGGI YÒQ"

Ota-momolarimiz, "Erni nonini yemoq uchun temirdan tish kerak", deyishgan.Oilani muqaddas Qòrģon,ròzģorni- kami bitmas ģor,turmushni- musht deb bekorga aytishmagan.Bu hali oila qurmaganlarni qòrqitish uchun emas mas'uliyat bilan qarasin uchun aytilgan nasihatlar.
Bu kitobni òqigandan keyin esaa: Erni noni yemoq uchun emas,òz tilini tiymoģi uchun temir tish kerak.Ròzģor ģor bòlmasligi uchun ham ikki oģiz shirin sòz.Zero, ayollarni 70%i quloģi bilan sevadi.Ayol sevdimi yòqchilikka ham,"shòxchilik"ka ham chidaydi.
Muhimi,bolalar yetim qolmasin,qalblar sinmasin.

@m1racle_books
21🔥3👍2
#57_ishtirokchi

Germaniyalik yozuvchi Erix Mariya Remark’ning "G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q" asari urush haqidagi o‘qilishi kerak bo‘lgan asarlardan hisoblanadi. Asar birinchi jahon urushi domiga tortgan, o‘zlari bilmagan holda "ulg‘aygan" o‘smirlarning frontdagi mashaqqatlari, kechinmalari haqida hikoya qiladi. Bosh qahramon Paul frontdan ta’tilga chiqib uyiga qaytgan paytda ham urush daxshati ruhiyatini sindirgani sababli, qisqa muddatni oddiy kunlaridek oilasi bilan yashay olmaydi.
Romanni o‘qigan inson beixtiyor o‘yga toladi, g‘azablanadi. Voqealar hech qanday "bo‘yoqlarsiz", ochiq-oydin ko‘rsatib berilgan va aynan shu sababli roman doim sevib o‘qiladi.

@m1racle_books
24🔥3👍2🤩1
#58_ishtirokchi

"Morrining seshanba darslari"
Kitobning muqovasiga shunday soʻzlar yozilgan "Mich Elbomning insoniyatga sovgʻasi". Ushbu kitob umrning har lahzasidan unumli foydalanishga, oʻzgalarga mehr ulashishga, har bir oʻzgarish va hatti-harakatdan hikmat qidirishga, bir soʻz bilan aytganda shunchaki yashamaslikka oʻrgatadi. Morri ismli oʻqituvchi 70 yoshida asab tizimining bedavo kasalligiga chalinadi asta sekin harakatdan toʻxtashiga qaramay oʻzi tushunib yetgan hayot saboqlaridan boshqalarga ulashishga harakat qiladi.U butunlay falaj boʻlib borardi lekin barchasini tabassum bilan qarshi oldi, kim taqdiridan muammolardan norozi boʻlsa ushbu kitobni oʻiqisin.

@m1racle_books
14👍2🔥1
#59_ishtirokchi

Mohina
Badiiy asar har bir insonning onggiga har xil tasir etadi. Yaqinda Onur Koplonning "Alfido" nomli asarni tugatdim va shuni aytolamanki bu asar hozircha òqiganlarimdan eng ajoyibi chunki unda asardagi qiz haqida emas butun muslima ahli haqida gap ketadi. Hayot sòqmoqlarida yurayotib qoqilib tushgan va òzini islom dinida taniganlar haqida sòz boradi. Yozuvchi kitobni shunday mahorat bilan yozganki, uni òqiyotib òzingizni ruhan òsha olamga tushib qolgandek his etasiz.
"Inson jarohatidan kechishi mumkinmi? Har bir yara ozroq òtmish, pichagina kelajak degani emasmi?"

@m1racle_books
22👍2🔥2🤩1
#60_ishtirokchi

Asar qahramonlari Robert, Kester, Gotfridlar bilan tanishdim. Ular 1 jahon urushida qatnashishgan, urushdan so'ng kichik ustaxonada avtomobillarni tuzatishadi. Do'stlik, mashina,poyga o'ynash , ichkilik bilan o'zlarini ovutishadi. Shu bilan iqtisodiy , ijtimoiy muammolarni unutishadi.Shunday kunlarda qahvaxonalarning birida bu og'aynilar Patritsa Xolman bilan uchrashib qolishadi. Robert unga ko'ngil qo'yadi.To'satdan Patning sog'ligi yomonlashadi. Robert, Kester Pat sog'ayib ketishi uchun barcha choralarni ko'rishadi. Kester do'stining sevgilisi uchun mashinasini sotadi. Bu orada Gotfridni otib o'ldirib ketishadi. Kester,Robert qotilni topishga harakat qilishadi ,topa olishadimi? Patning axvolichi?

@m1racle_books
80👍12🔥8
2025/07/13 12:01:12
Back to Top
HTML Embed Code: