Telegram Web Link
#61_ishtirokchi

Robina Sharmaning "O'lsang kim yig'laydi" asarining nomida o'zgacha ma'no bor.Ha bu asar insonlarga hayotning har qanday zarbasiga qarshi qalqon vazifasini o'taydi.Ayniqsa, hozirgi insonlar pala-partish hayotini tartibga solib olishi uchun yordam beradi.Bu kitobni bir marta o'qilib javondan joy oladigan kitob emas.Uni xohlagancha, xohlagan vaqtda o'qib undan saboq olish mumkin.
Hayot haqiqatlarini ajoyib tarzda yozgan yozuvchiga qoyil qolmaslikni iloji yo'q.Bu asarni o'qigach hayotga bo'lgan ishonchim yanada ortdi, asarni endi men doim o'qiyman chunki unda oltindan ham qimmatli ajoyib maslahatlar berilgan.

Ishonmasangiz o'qib ko'ring!!!

@m1racle_books
26👍1🔥1
#62_ishtirokchi

#taqriz
"Shubhasiz, halol va toʻgʻri yashashga intilish inson fitratidagi eng oliy tuygʻu"

"Halol luqma" Rauf Jalasun

#kitobdan_anglaganlarim

Kitoblar koʻp, ammo insonni yashab turgan fursatidan olib chiqib uni umr yoʻliga nazar tashlashga undaydigan kitoblar hayotdagi asl ma'noni anglab yetishga yordam beradi. Ayniqsa u badiiy toʻqima emas bir inson taqdirini yoritgan boʻlsa. Shunisi qiziqki, hayotimizdagi bizniki bilan narsalar rostdan ham bizga tegishlimikan. Hayotimizdagi eng asosiy me'zon bu Halol va Toʻgʻri yashash. Qolganlari shuning atrofida aylanishi lozim.

@m1racle_books
12👍1🔥1
#63_ishtirokchi

📚 "Peshonamdagi nur"
Mahmud Olaqosh


Asar hajmi oz bo‘lsada mazmuni, undan olinadigan ibrat,nasihat 2,3 tomlik asardanda ko‘p. "Dard ham ne‘mat - darmon ham". Bu hayotda hech kimda har taraflama zo‘r, idealniy hayot yo‘q. Tashqaridan anavi zo‘r yashidi hamma narsasi o'rnida, joyida deganimizda bilan o'sha inson uchun hayotida bir kamchilik bir dardi bo‘ladi. Barchasi sinov, vaqtinchalik . Aslida dunyoda yashashimizni o‘zi sinalish uchun uchun - ku. Sinov uchun kelganmiz. Boriga shukur qilib dardni ham, darmonni ham Yaratguvchi Allohdan deb bilib boricha qabul qilib yashashimiz kerak. O‘zimizda bor eng kichik narsadan ham baxtni yaratib, Shukurda yashashimiz lozim :)

@m1racle_books
15👍7🔥1
#64_ishtirokchi

Bu xayot ikki ewik yani tugilmoq va ólmoqning orasidir. Biridan kiriwimiz tugilmoqlik. Shu ikki ewik orasida qanday amal bajariwimiz ozimizga bogliq. Ikkinci ewikdan ciqquncha xayot devoriga bir giwt qoyib kongillarni olsak ham yoki aksinca kongillardan qolsak ham bir kun ikkinci ewikdan ciqib qaytamiz. Bu xayotda shunday yawaylikki qalblarda qoldirgan nurli izimizdan mangu gullar ocilsin."Ikki ewik orasi" asari shu ewiklar orasidagi yolimiz xaqidagi kitob. Men kecqurun shu kitobni óqiwga tuwgandim tong otganini ham sezmabman xatto. Kitobga shonĝib ketibman.

@m1racle_books
10🔥3👍1
#65_ishtirokchi

"Òlimga kulib boqqan Abu Hanifa " asari òz ilmini pul va hokimiyatga sotmaydigan olimning shonli kurashi haqida hikoya qiladi.
Romanni shunchaki òqiy olmaysiz, yiģlaysiz, yuragingiz oģriydi, achinasiz...
Abu Hanifaning fojiaviy hayot yòli qalbni junbushga keltiradi...
Asarni òqir ekansiz, buyuk allomaning jasorati va din yòlidagi xizmatlarini, haqiqat yòli qanchalar oģir va iztirobli bòlsa-da ,undan qaytish kechirilmas gunoh ekanini anglab yetasiz. Asar sòngida halollik va odillik hamisha ģolib bòlishining, vijdoni pok kimsa Allohning huzurida yoruģ yuz bilan ketishining guvohi bòlasiz.

Qóshshayeva Sevara.

@m1racle_books
47👍9🔥3
#66_ishtirokchi

📚 Asarda Zaynabning talabalikning ilk kunlarida, duch kelgan qiyinchliklari va qilgan gunohlari qalamga olinadi.
"Alfido" asarida Zaynab o'ziga-o'zi bergan savollari anchagina...
Uni òzining dòstlari, òzining sevgan insoni bodqoqlik sari chòktirishar edi...
Birgina mitti Oycha ismli qizchaning Payğambarimiz (s.a.v.)ga yozgan hati sababli òzgarib ketgan Zaynabning hayoti...
Do'stlar atmosferasi yaxshi bo'lmasa, har qancha yaxshi inson bo'lmang ular sizni o'z botqoqliklariga tortib ketishi, dòstlarni tòğri tanlay bilish haqida sòz boradi. Zero sening atrofingdagilarni odatlari, tarbiyalari senga ta'sir kòrsatmay qòymaydi...

Onur Qoplon "Alfido"

Fariza

@m1racle_books
12👍6🔥1
#67_ishtirokchi

Alvido, Vatan

Bu kitob insonning nafaqat tushunchasiga ,balki uning ruxiy dunyosiga ham ta'sir qilishi ayni muddao! Kitobni o'qir ekanman Islom dini eng toza, pok dinligi, shu kungacha qancha to'siqlar bo'lishiga qaramay insonga o'zini sevdira olishi, eng buyuk mo'jizalar Islomda yuz berishi kitobda faqat menga so'zlayotgandek hali-hamon hayolimdan ketmaydi.

"Bas, Robbing hukmiga sabr qil va ulardan gunohkor yoki kofirlariga itoat qilma". (Inson, 24-oyat). Shu jumlalarni o'qib, hozirgi kunimizga yana bir bor Alhamdulillah deyishimizga arziydi. Sababi, hozir yashayotgan davrimiz oldingi ajdodlarimizning go'zal aqidasi va sabri ila!

#Usmanova_Aysulu

@m1racle_books
8🔥4👍2
#68_ishtirokchi

Hozirda farzandimga o'qib berayotgan "Oilam bilan har kun bir hayot darsi o'rganamiz" tarbiya kitobi haqida yozmoqchi edim.
Bu asar farzandlarimizga hayoti davomida kerakli nasihatlarni jamlagani, avvalo Allohni tanitishda beradigan ko'magi bilan e'tiborimni tortgan. 365 hikoyani jamlagan bu kitobni Farzandim vujudimdaligidayoq o'qib bera boshlagandim, hozir ikki oylik bo'ldi Alhamdulillah. Endi birgalikda davom ettiryapmiz☺️

@m1racle_books
26👍8🔥1
#69_ishtirokchi

Choliqushi...

Bu asarni menga yaqin dugonam tavsiya qilgan edi. O'qishni boshlaganimda, birinchi sahifadanoq bu asarni sevib qoldim! Feridening xayollariga kirib ketdim. Bu nozik begunoh qiz boshidan kechirgan hamma narsani his qildim.. U butun umri davomida kurashdi, yolg'on, xiyonat, yaqinlarini yo'qotdi.. lekin o'zini yo'qotmadi, uning g'azablanishiga, qalbini qotib qolishiga yo'l qo'ymadi. Bu qiz hayotiga, oilasiga, butun dunyoga muhabbati xavf-xatarlarni yengib, yanada kuchaydi, kuch va umid baxsh etdi. Bu asarni o'qir ekansiz, siz Feridega beixtiyor hamdard bo'lasiz, u bilan birga qayg'urasiz, va quvonasiz, uning dardiga sherik bo'lishni xohlaysiz. Bu kitobni takror-takror o'qigingiz keladi..

@m1racle_books
26👍4🔥1
#70_ishtirokchi

#Taqriz
"Saodat asri qissalari" kitobiga

Kitob payģambarimiz Muhammad (s.a.v) ning butun hayotlarini hikoya qilib, 4 qismdan iborat. Unda Islom yòlida kechgan umr tòlaligicha qalamga olingan.Shaxsan òzim bu asarni òqir ekanman, Alloh taoloning "Ibratni payğambaringdan ol", - sòzlari ma'nosini tòla anglamoqdaman. Faxri koinot hisoblanmish nabiyimga nisbatan muhabbatim oshib bormoqda. Bu asarni bemalol barcha yoshdagi kitobxonlarga tavsiya eta olaman. Shuningdek, mutolaam meni behad shukronaga undamoqda. Chunki dunyodagi azob va sinovlar nafaqat biz oddiy bandalar, balki Alloh suygan payğambarlarga ham berilgan va ularni yenggan inson ikki dunyo saodatiga erishgusidir.

@m1racle_books
39👍10🔥3
#71_ishtirokchi

“Asrga tatigulik kun” asariga taqriz

Bor yo’g’i 6 xonadondan iborat Sario’zak ovulida yashab, mehnat qilishga har kimning ham bardoshi yetmasligi aniq, biroq o’z mehnati bilan obro’ qozongan Kazangapning o’limi bilan boshlanuvchi bu asar insonning qadr-qimmati har narsadan ustun ekanligini ta’kidlaydi. Manqurtga aylangan Sobitjon va jungjanglar tomonidan manqurtga aylantirilgan Nayman onaning farzandi Jo’lomon obrazlari asarning yuqori cho’qqisidir. Edigey va Edilboy obrazlari orqali yozuvchi inson har qanday holda o’zligini bilib, ajdodlar xotirasiga ehtirom ko’rsatib yashash kerakligini uqtiradi. Asarda odamiylik hissini avvalo qalbga singdirish g’oyalari ilgari suriladi.

@m1racle_books
👍2211🔥1😁1
#72_ishtirokchi

Peshonamdagi nur

Qachon õlishingizni bilasizmi?

Bu asarni òqish davomida kòp tanishlarimga agarda sizni ham "6 oylik umringiz qolganida nima ishlar qilgan bòlar edingiz?"- deb savol.
Kòpchilikning javoblari deyarli bir xil: hijobga kirardim, besh mahal namoz õqirdim ... ota-onamni rozi qilardim, ularni quchoqlab yaxshi kòrishimni aytardim, lekin shu javoblarni berayotganimizda o'ylab kòrmaymizki:

-Bizning umrimiz qancha qolgan o'zi?

"Evaziga yo Jannat, yo Jahannam beriladigan imtihon dunyosidir bu!"

Har bir ish Allohdan va har bir ishda hikmat bor, hatto boshingizga tushgan eng qayg'uli ishlarda ham bir hikmat bo'lishi mumkin.

Yuqoridagi savolni òzingizga berib ko'ring!

@m1racle_books
👍13😢3🔥2
#73_ishtirokchi

''Ikki eshik orasi''. Bu jumlani eshitganda kimning ko'z o'ngiga nima keladi bilmadim-u, men foniy dunyodan boqiy dunyogacha bo'lgan umr masofamizni tushunaman.

Ushbu kitobning muallifi mening sevimli yozuvchilarimdan biri bo'lmish O'tkir Hoshimovdir. Bu asar yozuvchining eng ko'p o'qilgan romanlaridan biri bo'lib, bir insonning emas, balki, butun boshli insoniyatning taqdirini namoyon qiladi. Kitobning yana shunday ustun jihati borki, undagi hikoyalar har bir qahramonning o'z tilidan yozilgan. Asar aynan urush yillarini hikoya qiladi. O'sha davrdagi ayollarning qanday mehnat qilganliklari, bolalarning yosh umri qanday o'tganligini va urush paytidagi shundayin mashaqqatlarni bilishimiz mumkin.

@m1racle_books
4👍3🔥1
#74_ishtirokchi

Favqulodda insonni o'ziga jalb etib qo'yuvchi asar. Bu kitob menga juda ham , haddan ziyoq yoqdi! Qanday qilib shunchalar zo'r asar yozish mumkim ekana? Kitobni o'qir ekanman , voqealar huddi ko'z o'ngimda sodir bo'layotganday edi...achinarli hayot qissasi...bu asar meni juda o'yga toldirdi , hatto yig'latdi. Ko'p so'zlamayman , barchangiz bu kitobni o'qib ko'rishingiz zarur.Kitobni o'qir ekanman his tuyg'ular o'g'ushida qolaverar edim, kun-u tunim faqat shu asar bilan o'tardi.Men bu asarni bemalol hayotimni o'zgartirgan asar deyishim ham mumkin.Ha, hatto shunday bo'ldi ham....

📝Omina Shenliko'g'li

"Dor ostidagi odam"

@m1racle_books
👍6🔥21
#75_ishtirokchi

Mahkamova Muslimaxon
Bu asar Fotima hayoti haqida bayon qiladi. Uning anchagina dindan xabari bor . Otasi ham yoshligida unga juda koʻp kitoblarni oʻqitgan. Lekin qizning ruhiyatini oʻzgarishiga ogʻir hayot sababchi boʻladi. Imom qizini toʻgʻri yoʻlga qaytarish uchun qoʻlidan kelgan barcha ishlarni qiladi ,hatto turmush tarzini oʻzgartirish anchagina qiziga yaxshi sharoitlarni yaratib berish uchun imomlikdan tashqari sabzavotlar sotadi , lekin qizi bundan or qilishini aytadi . . Bor vujudi bilan Fotimani toʻgʻri yoʻlga qaytarishga harakat qilayotgan imom bilan birga hissiyotlarimni boshdan kechirganman . Ota onaning yoshligida farzandiga bergan sabogʻi , ilmi bu jaholat botqogʻidan chiqishiga yordam berdi. Ayniqsa , asarda Fotima tomonidan aytilgan "Inson oʻziga qilgan yomonlikni butun armiya ham qila olmaydi " degan gaplari menga qattiq ta'sir qilgan.📕📚


Imomning maniken qizi

@m1racle_books
👍9🔥1
#76_ishtirokchi

"Yulduzli tunlar" asari uchun

Ushbu asar shoh Bobur hayoti tasvirlangan eng qimmatli kitoblardan biri sanaladi. Mahoratli qalam sohibi bòlgan adib Boburni madh etar ekan, uning hayotidagi xatolarini, kamchiliklarini ham yashirmaydi. Shu bois ham kitobni òqib uluğ ajdodimizning mardonavorligi, rostgòyligi, tòģrife'lligiga tahsin òqish bilan birga uning notòģri ishlaridan ibrat olamiz. Chin farzandning Vatan soğinchidan xasta qalbiga razm solamiz, nuridiydasi uchun fido bòlgan umr hikoyasini òqiymiz. Shaxsan men "Yulduzli tunlar"ni òqigach, Boburga chin ma'noda yuksak ixlos va muhabbat qòyganman. Uni òqishni har bir kitobxonga tavsiya qilaman.

@m1racle_books
7👍6🔥1🎉1
#77_ishtirokchi

Ahmad Lunch Qozonchi "O'gay ona" asari haqida

Bu asarni o'qiyotganda tasirlanmaslikni umuman iloji yo'q.Bu asar o'z onasidan judo bo'lib, o'gay ona qo'lida qolgan qora ko'zlar haqida.Ushbu asarning asosiy maqsadi dunyodagi hamma o'gay onalar yomon emasligi,ularning orasida Fotimadek yaxshi onalar borligini isbotlash.

Bu asarda onalik tuyg'usidan tashqari insoniylik,mehr-shafqat kabi hislatlarga katta urg'u berilgan.Asar Bosh qahramoni Fotima bizga hayotda ALLOHDAN VA UNING OMONATIDAN qorqish VA eng asosiysi esa ALLOH ROZILIGI ekanligini eslatadi bu jihatda bizga o'rnak bo'ladi.

Lekin Nima bo'lganda ham Olloh ota- onalarimizni o'z panohida asrasin🤲🤲🤲🤲

@m1racle_books
👍22🔥2🤩2
#78_ishtirokchi

Anni Smidt "Mushuklar malikasi Minush"


Asar haqida: Kattalar uchun yozilgan ajoyib ertak. Kim ham mushuklarni yoqtirmaydi deysiz: momiqqina,yumshoqqina,erkatoy mushuklarni. Lekin ularning biz bilmagan qancha qirralarini bu asar kashf etadi. Eng ta'sirli jumla :"Mushuklar aslo yolg'on so'zlamaydilar" Ha ,biz odamlar mushuklardan nimalarnidir o'rganishimiz kerakka o'xshaydi. Faqat kuchuklargagina sadoqat tushunchasi xos deb o'ylaydiganlar, bu asarni albatta o'qib ko'ring. Inson va mushuk orasidagi samimiy do'stlik tarannumini, mushuklarning ham sadoqatli jonzot ekanliklarini his qilasiz. O'qing, zero yaxshi xulosa bu o'zingiz chiqargan xulosa😉

@m1racle_books
👍11🔥1
#79_ishtirokchi

#taqriz
"Saodat asri qissalari"-- bu kitob saodat asri haqida maʼlumot beradi. Islom dini va ummat uchun paygʻambarimiz Muhammad Mustafo s.a.v va sahobalar qanchalik jon kuydirgani, azoblarga chidagani haqida maʼlumot beradi. Oʻsha davrga tushib qolgandek his qiladi odam. Islom dini, paygʻambarimiz Muhammad s.a.v va sahobalar haqida juda ham kerakli maʼlumotlarni olish mumkin.

@m1racle_books
👍14🔥2
#80_ishtirokchi

"Olim yetishtirgan onalar"
Murat Tosun.
Asar orqali, islom tarixida o'chmas iz qoldirgan buyuk olim-u, muhaddislarning bu darajaga yetishlarida ortlarida turgan buyuk olima onalar bor ekanligini guvohi bo'lasiz. Bilamizki bolaning onasi bilan barpo qilgan bog'i, umrining ohirigacha o'z mevasini beradi. Asarda aytilganidek, Islom da'vosida ulkan badallar to'lagan har yigitning ortida soliha ayol bor. Ushbu asarni har bo'lajak ona, hattoki bo'lajak otalar ham o'qishini istardim. Agar har bir ona, o'zining jamiyatdagi kelajakga, olim va olima yetishtirmoqchi ekan, albatta avvalo diniy bilimlarni o'rganishi zarur. Zero onani yo'qotgan jamiyat, kelajagini yo'qotadi.

@m1racle_book
63🔥4👍2🤩1
2025/07/13 01:18:40
Back to Top
HTML Embed Code: