#141_ishtirokchi
"Shamol oritdan yugurib"
Holid Husayniyning "Shamol ortidan yugurib" asari ikki: do'st Amir va Hasan haqida.Buni do'stlik deb bo'larmikan yo'qmi bilmadim.Bir tarafda Amirni o'z do'stidan ham ortiqroq ko'radigan Hasan, bir tomonda esa Hasanni faqatgina uy xizmatchisi sifatida ko'radigan Amir.Ularning orasida qanchalik farq bor.Menimcha, bu asarda tasvirlangan hazoriy bola ya'ni Hasan naq farishtaning o'zi.Ha rost Hasan farishtaga o'xshaydi.U Amirdan qancha yomonlik, jabr-u zulm ko'rgan bo'lsada hech qachon unga yomonlik tilamadi, aksincha har doim yaxshilik qildi.Hatto Amir unga to'hmat qilganda ham do'stining sirri ochilib qolishini xohlamay qilmagan bo'lsada aybni o'z bo'yniga oldi.Bu haqiqiy do'stning ishi.Assef va do'stlari Hasanning qo'lidan varrakni tortib olmoqchi bo'lib uni kaltaklashganda ham u varrakni bermadi, chunki Amirga varrakni,albatta, topib kelaman deb va'da bergan edi.Amir-chi?U Hasan uchun nima qildi? Bir bora bo'lsada uni do'stim dedimi?Afsuski yo'q.
Men bu asarni o'qib Hasanday do'stim bo'lishini Allohdan so'radim.16yoshga kirgan bo'lsamda hali Hasanday do'stni uchratmadim.Bu asarni o'qiganimda meni bir savol qiynadi:Amir Hasan ukasi ekanligini oldinroq bilganda ham shunday yomonliklar qilarmidi? Otasining mehrini undan qizg'onarmidi?
Azimqulova Nilufar
@m1racle_books

👍16❤2🔥1
#142_ishtirokchi
Панорама китоби болалар учун !
Бу китобни тайёрлашга 13 ой вақтимиз кетти расмлари устида рассом билан тортишиб ва кесиладиган жойларини бир неча маротаба қайчида кесиб нихоят ўқувчиларга тақдим этдик. Энг кўп мехнат ва эьтиборимизни тортган китоб сифатида Зукко Китобхон тарихида қолди!!! Мен Акбаров Аброр ютишни жудаям хохлиман😊

👍10❤8😁4😱3🔥1
#143_ishtirokchi
#qalb
Said Ahmad "Ufq"
Bugun hayotim ichidagi bir hayot tugadi. Ikromjon Usmonov sizni qanday tariflasa bo'ladi. Yozuvchidan oshib yana qanday ta'riflay olaman. Ha shunday inson bo'lgan ekan, tushunyabsizlarmi bo'lgan ekan. Nahot inson shuncha narsaga dosh bera olsa . Nahot mitti yuragida ko'tara olsa shuncha iztirobni...
Bo'lar ekan, bo'lgan ekan...
Robbim bu dunyoda ko'rgan iztiroblarini Jannating rohatlari bilan to'ldir. Amiyn.
23.12.2021

❤12👍5🔥1
#144_ishtirokchi
Endi seni muammolaring, gʻamlaring koʻp, qiladiganlaring va qilmoqchi boʻlganlaring bir talay.
Sen uchun narsalarning, buyumlarning jozibasi va qadrliligi uning qiymati bilangina oʻlchanadi.
Shodlikni, talab qilmay sevishni, kichik sabab boʻlsa ham sevinishni, kulishni …larni unutding…
Tabriklayman katta boʻlibsan..(
Antuan de Sent Ekzyuperi “kichkina shahzoda” kitobni oʻqib chiq. Bilasanmi nima yozuvchi oʻz asarlarini kattalar uchun yozgan. Uning oʻzi bu haqida aytgan. Ammo jamiyatning aksariyati uning asarlarini bolalar uchun yozilgan deb hisoblaydi. Qisqasi kitob… sen eslolmaydigan bolaliging haqida serqirra hissiyot bilan yozilgan. Hali ham uni oʻqimoqchimasmisan, unda buni bekor oʻqibsan:(

❤14👍5🔥3
#145_ishtirokchi
📚 "TARIXI MUHAMMADIY"
✍ ALIXONTO'RA SOG'UNIY
Bu kitob payg'ambarimiz Muhammad Mustafo S.A.V hayotlari sahobalar va usha davrdagi qiyinchiliklar rasulimizga qilingan turli xil yomonliklar musulmonlarning og'ir hayoti ularning boshidan kechirgan turli xil azob-u uqubatlari haqida.Bu kitobni o'qigan inson undagi voqealar va usha davr hayotiga qiziqib qoladi.Biz bulardan o'zimizga ibrat olishimiz kerak.Barchaga bu kitobni o'qishni tavsiya qilaman.
🌸Malohat

❤7👍7🔥1
#146_ishtirokchi
"Hayot yutqazgan joyingdan boshlanadi"
Biz hayotda ko'p qiyinchiliklarga uchraymiz. Ularning ba'zilari oldida sayyod qarshisida turgan ojiz ohudek qolamiz go'yo. Bu asarni o'qigach: "HAYOT SIZGA QANCHA TOSH OTSA HAM SIZ ULARNI GULDEK QABUL QILIB UNGA MINNADORLIK BILAN KULIB QO'YING VA YIQILGANDA TURA OLISHNI BILING" degan xulosaga keldim.
Endi yurishni o'rganayotgan bolakayni biz kuzatingda!
U yurishni maqsad qiladi va o'z maqsadi yo'lida juda ko'p yiqiladi. Lekin shunday bo'lsada u ko'p o'tmay maqsadiga erishadi.
Buning sababini bilasizmi?
U o'z maqsadiga erishish yo'lida yiqilmaslikka emas, balki yiqilganda tura olishga o'rgangan edi.

👍9❤5🔥2
#147_ishtirokchi
#taqriz_saodat_asri_qissalari.
Bu kitobni o'qib , Payg'ambarimiz (s.a.v) haqida ma'lumotlarga ega bo'ldim , ularga bo'lgan muhabbatim oshdi. Kitobning meni yig'latgan joyi - Payg'ambarimiz (s.a.v)ning tug'ilishlaridir.U nurli kechada Ularning xonadonida chiroq yo'q , Lekin uning keragi ham bo'lmadi ,Omina onamiz atrofida minglab go'zal,nurli mahluqotlar ,xursand o'ynashardi, xona kichik bolsada ularning soni shunchalar ko'p ,ularga devor goyo yo'qdek ,bu bayram , sevinchning sharofati, sababi Nima ? Go'zal mavjudotlar kimlar? Omina onamizni tabriklashga Osiyo , Maryam onalarimiz kelishdi ,atrofda nurdan yaratılgan xilqatlarning shodiyonasi davom etardi !Qanday go'zal holat! Mutolaa jarayonida voqealarni ichiga kırıb ketasiz, Ya RASULULLOH (s.a.v) mening , ota-onamning jonlari sizga fido bo'lsin deya aytishlarining sababini ham bilib olamız .
Tilim seni so'ylasin ,qalbim doim seni eslasin .Sevgingga to'qnashmagan qalb ko'lsimda bo'lmasin.Mushk taratgan tuprog'ingga yuzlarimni surmasam,isyon ila chirigan ko'zlarim yumilmasin.Qalblar Va ko'zlar intizor sizga Yo Habibulloh !😢😔

👍11❤3🔥2
#148_ishtirokchi
Reshat Nuri Guntekinning “Muhabbat Simfoniyasi” asari bir yozni birga o‘tkazib, keyin ajralishga majbur bo‘lgan Kenan va Lamiyaning hikoyasidir. Asarda Kechikkan sevgi haqida hikoya qilinadi. Qahramonlarning birinchi uchrashuvi, yoz oylari va keyingi hayoti haqida yozilgan. Agar siz dastlab erkak qahramonni unchalik yoqtirmasangiz ham, yozuvchi bu odamning his-tuyg'ulari va mulohazalarini tushuntirishga harakat qiladi va uning holatini anglaysiz. Kenan Lamiyani sevishini kech anglab yetadi. Bu hikoya meni hayratda qoldiradi, odamlar nega har doim haqiqiy sevgini juda kech tushunishadi? Nega hech qachon bir-birlarini tushunishga harakat qilishmaydi va nega doimo biror narsaga kechikib, umrining oxirida taqdirdan afsuslanadi?
Mohinur

❤16🔥2
#149_ishtirokchi
"Ota va qiz"
Qiz bolaning hayotida ota nechog'lik katta qiymatga ega ?
Ota mehrini hamma qizlarham his qila oladimi ? To'htang savolni o'zgartiramiz.
Hamma otalarham qiziga mehr bera oladimi ?
Shunday jumlalar bor: Farzand tug'ilishiga sababchi bo'lish bu ota bo'ldim degani emas. Bu ishni havonlarham eplab kelmoqda. Asl otalik farzandiga go'zal mehr va tarbiya bera olishdir.
Ammo ayrim qizlarning taqdiriga shunday hayvoniy insonlar bitilgan.
Asarda turli insonlar va turli hayotlar mavjud. Yuqoridagi jumlalar asarning bir qismiga tegishli fikrlar holos.
Jojo Moyes "Yulduzlar inomi"
#O'qing.

👍11❤5🔥2
#150_ishtirokchi
Avvalambor Assalomu alaykum
Ushbu tanlov haqida o’qidim-u ammo yutishimga garchi ishonchim yo’qroq bo’lsada yozishga ahd qildim.Qaysi kitob haqida yozsam ekan deb o’ylashni boshlasam faqat hayolimga Qur’oni Karim kelaverdi.Ahiri shunda to’xtaldim.Vaholanki badiiy,jahon,diniy kitoblar ham ko’p o’qiyman ammo ularni yozolmadim.Albatta Qur’on barcha kitoblar podishohi.Muallifi Alloh bo’lgan, yetkazuvchisi butun olamlar sarvari Muhammad sollallohu alayhi va sallam bo’lgan kitob-da. Uni ta’riflab bersam:
U barcha dardga shifo
Savoblar manbai
Vaqti kelsa eng yaqin do’st
Qalblar taskini
Bundan ortiq ta’rifga ojiz holda
Omina☺️

❤41🔥3🤩3👍1
#151_ishtirokchi
Mixail Bulgakov
Yosh vrach kundaligi
####
Shifokorda bilim va tajriba yetarli bo'lsagina muvaffaqiyatga erisha oladi.Qissa aynan shunday boshlangan...Ushbu kitob hajmi kichik bo'lishiga qaramasdan juda ajoyib purmano kitob.Voqealar juda jadal va tasirli kechadi.Har qaysi bemor bilan dardlashasiz.Yosh shifokor bilan esa yangiliklar topasiz.Ushbu qissani barcha shifokor bolish orzusidagi yoshlar,oliygoh talabalari, ishchi shifokorlarga tavfsiya qilaman😊O'ylaymanki kitob shaxsiy kutubxonangizning Bulgakov esa qalbingizning toridan joy oladi.

❤43🔥1
#152_ishtirokchi
#Taqrizcha
Noodatiy ifoda yo'sini va siyqasi chiqib ulgurmagan syujet...
O'tkir kinoya va achchiq haqiqatga yo'g'rilganlik...
Ko'z o'qib o'rganmagan badiiy tasvir va quloqqa xush yoquvchi lirizm...
Bularning bariga siz iste'dodli nosir Javlon Jovliyevning "Qo'rqma" romanini o'qib guvoh bo'lasiz. Xalqining turmush tarziga nur olib kirishni, Hamza ta'rifi bilan aytganda, "asli taraqqiy vaqtida uxlab yotgan o'zbek eli"ni uyg'otishni maqsad qilib Germaniyaga o'qishga ketgan 70 ta talaba tarixidan hikoya qiluvchi ushbu asar bizga O'QISH degan ne'matning qadrini bildirib qo'ygandek bo'ladi.
Mutolaa davomida beixtiyor o'zingizga savol berasiz: Xo'sh, Men nima uchun o'qiyapman?

👍8❤5🔥2🎉1🤩1
#153_ishtirokchi
Tohir Malik "Alvido, bolalik..." asariga yozilgan taqriz
Menimcha, asarni ko'pchilik mutolaa qilgan bo'lsa kerak. Bir qarashda nomigina e'tiborni tortuvchi bu kitob jinoyat yo'liga bilmay kirib qolgan Qamariddin, Asror va boshqa o'smirlarning murakkab hayotidan hikoya qiladi. Ehtiyotsizlikdan qilingan jinoyat keyinchalik barchasining hayot bahorini quritgani achinarli holat emasmi? Asar ancha ilgari yozilganiga qaramay, hozirgacha bunday vaziyatlar sodir bo'lmaydi deyolmaymiz. Ehtimol, ba'zilarga oddiy tuyilar, lekin bu nafaqat ota-onalar, qolaversa jamiyat o'ylashi kerak bo'lgan muammo-ku! Bilmadim... Xullas, albatta, o'qing. Zero, Asalxon opa aytganlaridek, "Eng yaxshi xulosa - o'zingiz chiqargan xulosadir" ☺️
(O'qigani sarflagan vaqtingiz uchun tashakkur)

❤18🔥1😢1
#154_ishtirokchi
«Илм олиш сирлари» - Имом Зарнужий
Ушбу китобни аввалроқ ўқимаганлигимдан афсусландим.
Ҳозирги кунда кўплаб ёшларда илм ўрганишга бўлган шижоатлари, яхшигина ҳаракатлари бўлса ҳам илм ҳосил қила олмаётганликларининг кўп гувоҳи бўлябмиз. Мазкур китоб ёшларга, қолаверса, барча илм талабида бўлган инсонларга илм ҳосил қилишларида уларга одоб-ахлоқ кўрсатмалари ва тўғри йўл-йўриқларини ўргатади.
Шунингдек, китобда устоз-шогирд маданияти ва одоби, талаба-ёшларнинг илм ҳосил қилишларида устознинг ва ота-онанинг ўрни ва илмга оид масалалар баён этилган.
Китобни ҳали ўқиб тугатмадим, келган жойимгача тақриз ёздим. Унда илм олишга доир барча зарурий ва ниҳоятда фойдали ҳамда барча билиши керак бўлган масалалар ёритилган. Ушбу китоб илм олиш ниятида бўлган барчага дастуруламал бўлиб хизмат қилади деб ишонч билан айта оламан. Ҳар бир талаба-ёш ўқиши керак бўлган китоб.
Ўқинг, зеро илм олиш ҳар бир мусулмон учун фарздир!

❤29👍8🤩3🔥2
#155_ishtirokchi
#taqriz
#Eljernonga_Atalgan_Gullar
#Deniel_Kiz
Aqli zaif Charli Gordonning ustida o’tkazilgan tajriba, yaqinlarining,odamlarning munosabatlari..
Imloviy xatolar bilan boshlangan va yakunlangan, hayajonlantiruvchi asar!
O’sha sodda va beg’ubor, kimlarningdir nazdidagi «omi», novvoyxonada pol artuvchi bo’lib ishlaydigan, arzimagan maosh oladigan 32 yoshli Charli.. Operatsiya orqali uni aqlini oshirishga harakat qilinganligi ( Eljernon ismli sichqonda o’tkazilgan tajriba uning ustida ham amalga oshiriladi) ko’p bilimlarni o’zlashtirgan,10 dan ortiq til bilgan, professorlarni «mot» qilib qo’ya oladigan IQ darajasi 100 dan baland «aqlli» Charli..
O’tmish, og’riqli xotiralarni eslash. Miyasida va hayotida bo’lgan o’zgarishlar... Insonni juda ham tafakkurga chorlovchi fantastik- psixologik asar.

👍37❤6🔥1
#156_ishtirokchi
#taqriz
"O'gay ona"
Ahmad Lutfiy Qozonchi
Diniy va badiiy uslubda yozilgan kitoblari dunyoda– bestsellers bòlgan Ahmad Lutfiy Qozonchidir.
Asarning bosh qahramoni Fotima iymonli va Allohning rizoligi uchun hamma narsa tayyor,iymonli va sabr toqatli qiz. Odilbekning garchi ikta farzandi bòlsa ham, ularga onalik qilish umidi bilan rozi bo'ladi.
Bunga sabab nimada deb òylayabsz?..
Asosiy turtki bòlgan inson uning qòshnisi va ògay ona qòlida qolgan – Ismoildir balki. Bu bola ona mehriga zor bòlib , otasining mehridan ham mahrum qoladi. Fotima uning kònglini kòtarishga harakat qiladi. Onasidek bòlmasa ham garchi u befarq bòlmaydi.
Fotima Odilbekka turmushga chiqqanidan sòng, uning ikki bolasini òz bolasidek katta qiladi. Odilbek Fotimaga kiyim olib kelganida xafa bóladi. Bollarga ham olmaganligini aytib ,Odilbekni uyaltiradi. Bolalarga otasidandan kop mehr bera olgan desak , menimcha adashmaymiz.

👍20❤9😢3🔥1
#157_ishtirokchi
Assalomu alaykum
Tavsiya kitob Frans Kafka
"Evrilish"
Asardan Nimani tushunish mumkin !Qisqacha
Siz oilangizga biron nafingiz tegmay qolgan holatda.. Oyog‘ingiz yoki qo‘lingiz bo‘lmagan holatda.. O‘zingizni ehtoyojlaringiznida bajarolmaydigon holatda.. Insonlarga jamiyatga oilangizga qancha vaqt kerakli bo‘la olasiz.?
Qiyin savol to‘g‘rimi.. Hech kim nimadur deya olmaydi. Kerakli bo‘lib qolganingizda ham siz uchun kimdur nimadur qilishi joningizga tega boshlaydi. Ho‘sh Hashorotga evrilgan Zamza nimalarni boshdan kechiradi buni asarni o‘qish davomida o‘zingiz bilib olasiz undagi ruhiyatingizga tasir qiluvchi yozuvlar miyangizda jonlanadi Nafaqat Evrilish balki Kafkaning butun ijodi mavhumlikdan va og‘ir tushunish murakkablikdan tuzilgan. Miyangizni kengroq fikrlashga undamoqchi bo‘lsangiz Kafka ijodini tavsiya qilaman)
©️Hilola

👍74❤41🔥8🤩4😱2🎉2😁1😢1
#158_ishtirokchi
"Ijtimoiy odoblar" Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Bilamizki, dunyoda bizning bilishimizcha 18 000 olam bor. Ana shu 18 000 olamda yashovchi har bir insonning oz ichki dunyosi, ozining dunyo qarashi bor. Kitob oqish insonni ichki dunyosini ham uning dunyo qarashini ham yuksaltirishga yordam beradi. Ijtimoiy odoblar, ushbu asarni oqir ekansiz har bir insonning yangi olami kashf etiladi. Ushbu asarda ijtimoiy odoblar haqida soz yuritilgan bolib, insonni komillik sari yetaklaydi. Payğambarimiz sifatlari bilan beznishni hamda eng muhumi dinni toğri tadbiq etishni orgata oladigan asar ham hisoblanadi.
Men ushbu asarni oqib shuni "Islom" dininig har doim insonlarni yaxshilikka, poklikka hamda ezgulikka boshlashini guvohi boldim.
Ushbu asarni barchangizga oqish uchun tavsiya qilmoqchiman.
Marchamizdan Alloh rozi bolsin!🤲

👍18❤11🎉2🔥1🤩1
#159_ishtirokchi
Abdumalik Qosim "Paygʻambar uyida bir kun" Bismillahir rohmanir rohiym.Bugungi kunda odamlarning koʻplari Rasululloh haqlarida gʻuluv ketgan yo esa umuman unutganlar. Bizning yoʻlimiz- Rasulullohni oʻzlari buyurganidek sevamiz u zotga buyurgan narsalariga itoʼat etamiz qaytargan narsalaridan tiyilamiz Biz uchun bu dunyoda Rasulullohni koʻrish nasib etmagan Alloh taolodan bizlarni ham Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning yoʻllariga ergashish siyratlaridan namuna olish va sunnatlarini mahkam tutganlar qatorida qilishni shuningdek bizlarni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga jannatlarda birga boʻlishni nasib etsin.

❤26😢2👍1🔥1
#160_ishtirokchi
Said Ahmad(Qorako'z Majnun) hikoyasi bo'yicha.Olloh hammaga:ongliga ham,ongsizga ham ko'z,quloq,og'iz bergan. O'zini o'zi hayotda eplay oladigan qilib yaratgan.Hayvonlar ham ongli,ya'ni o'z nafsini qondirish maqsadida hiyla qo'llaydi.Insoniyat ham shu kabidir.Faqat ularning o'rtasida farqli nuqta maqsadga yo'naltirilgan.Hayvon har doim:tug'ilgandan to o'lgunga qadar qanday qilib qorin to'ydirish payida yashaydi.
Maqsad - shu.Bashariyat esa yeyish,ichish uchungina emas,balki insoniylikka xos ezguliklar qilish,o'zini kimgadir kerakli shaxs sifatida his etish un intilib keldi.Yillar yoki yoʻllar sababmi, insoniyat katta fojianing guvohi bo'ldi.Guvohi desak,xato bo'lar,majruh qurboniga aylandi.Ajabo,ona un to'rt oyoqli oddiy bir itning bolasi qilgan ishni butun dunyoni larzaga solgan odam bolasi qilolmasa,e'tibor, birozgina shirin so'z,mehr berolmasa.Nahotki,,inson"deb atalmish buyuk mavjudot qilib yaratilganimizning maqsad -mohiyati shu bo'lsa?! Balki bu insoniyatning,bizning so'nggi qadamimiz,intihomizdir...

👍21❤13🔥1😢1🤩1