Telegram Web Link
Instagramda jonli efir qilaman.

Instagram.com/m1racle_books
Live stream started
Live stream finished (18 minutes)
Forwarded from Panda Books
@m1racle_books ikkinchi spiker.
Asalxon o'z stilida yorqin va chiroyli prezentatsiya qildi. Sohadagi muammolar quvnoq va yumor bilan chiroyli aytib o'tildi. #best

@panda_books
Forwarded from Asalxon Otaxonovaッ
book talks.pptx
8.1 MB
Mana o’sha Book talks’da qilgan prezintatsiya (ppt) .

@m1racle_books
Forwarded from Mahin's World
#xullas

Booktalks - mehr, bizning hislar, kitoblarni o’zida jam etgan maydon. Shu loyihamizni qanchalar yaxshi ko’raman. Maniki saniki yo’q. Hammamiz o’rtada, hammamiz andarmon. Hammamiz samimiy.

Bugungi sondan boshlab mehmon notiqlarni sahnaga chiqara boshladik. O’zi niyatimiz ham shu. Sizni - kitoblarni gapirtirish. Gapirtiramiz ham. O’tgan safar 150-200 ga yaqin yaqinlar kelishgandi. Bu safar esa 300 dan ortiq kelishdi.

Bu deganiki - siz bilan bir oqimdasiz. Siz kitob bilansiz. Siz kitob to’lqinida gapiryapsiz.

Bizni qabul qilgan, maydonimizdan nafas olgani kelgan nashriyot rahbarlari: Erkin Abdurahmonov (YAA rahbari), Sanjar Nazar (Akademnashr rahbari), Abror Akbarov (Zukko kitobxon rahbari), bundan tashqari Kitobdordan vakil Iroda va Book.uzdan Madinaga rahmat aytamiz.

Yuqoridagi nashriyotlarning bizning yonimizda yelkadosh bo’layotgani biz oddiy kitobsevarlarga o’zgacha nafas beradi.

Xullas, juda xursandman. Mehmon notiqlarning chiqishlari, Tillanisoning she’rlaridan shunchalar xursandmanki tasvirlab bera olmayman.

Kelgan va kela olmaganlarga rahmat. Niyatim - kitobga mehringiz bundan-da ortiq bo’lsin.
With love, Mahin

@mahinsworld
​​^Book talks katta maydon

Umuman bugungi emotsiyalarim bir olam. O’zingga o’xshagan va qiziqishlari seniki bilan bir xil bo’lgan insonlarni ko’rish, ular davrasida bo’lish, o’sha muhitni his qilishning o’zi boshqacha. Sizni kimdir majburlagani uchun emas o’z xohishingiz bilan kelishingiz va xattoki o’tirishga joy bo’lmasa ham tadbir oxirigacha qolishingiz… Bizga ko’rsatgan mehr va muhabbatingiz uchun tashakkur.

Bizni o’quvchi kimdir bor ekan, biz rivojlanaveraman. Biz sizlar bilan kuchlimiz Azizlar! Sahnada turib @m1racle_books ‘dan kimlar bor deganga ko’tarilgan qo’llar orqali menga bergan quvonchingiz, ishonchingiz, mehringiz va motivatsiyangiz uchun tashakkur!

Bugun juda ko’p hayajonni his qildim. Chunki 650 ga yaqin inson Miracle’ni kuzatishini aytib ro’yxatdan o’tgan. Bu men uchun juda katta ma’suliyat va juda katta quvonch, ko’pchilikning ishonchi va samimiyati.

Yangi kuch va shijoat bilan yana davom etamiz. O’zingizni asrang Baxtlarim🥰 Sizga cheksiz muhabbat bilan sizning Miracle)

@m1racle_books📚
Bugun Turkiyadan oldirolmayotgan kitoblarim keldi😍:

1) “İyi hisset iyi yaşa” - kitobning ingliz tilidagisini oldirolmaganim uchun turk tilida o’qishga qaror qildim. Umuman bu kitob haqida taassurotlarim bor dunyo)

2) “Ben dünyanın en akıllı insanıyım “ - kitobni boshqa tanishim olganida juda qiziqib qolgandim. Nomi va ichidagi ba’zi narsalar yoqqandi)

3) “Allah’ım ben geldim”- bu kitob faqat Turkiya fuqaroligi bor odamlarga sotilayotgandi🥲 Shuning uchun qancha vaqtdan beri ololmagandim. Vaqti hozir ekan)

Sizga va o’zimga yoqimli mutolaa tilayman🌚 Bugun yangi review ham joylanadi)

@m1racle_books📚
​​#tavsiya

“Biz shunchaki o‘zimiz hech narsani anglatmaymiz. Muhimi biz emas, biz miyamizda saqlayotgan narsalardir”

©️Asardan

KITOB: “Farengeyt bo‘yicha 451 daraja” Rey Bredberi

Rey Bredberi ijodiga o’zgacha hurmatim bor. Bu kitob qo’limga tushganiga ancha bo’lgan va o’qib bo’lganimgayam ancha vaqt bo’ldi. Ba’zi narsalarning ta’siri ozroq cho’zilib ketadi. Ular xuddi sizni boshingizga nimadir bilan urgandek va siz o’zingizga kelgandek bo’lasiz. Bu kitobni o’qib, o’qilmayotgan qancha kitoblarga zulm qilayotganimni his qilyapman…

Yozuvchi fantastika va kelajak haqidagi asarlari bilan mashhur. Ammo ularning ko’pchiligi ayni zamon bilan ham sodir bo’layotgan voqealarni o’z ichiga oladi. Insonlar ongini bo’lar bo’lmas ma’lumotlar bilan to’ldirishimiz kerak. Ularga kerakmas raqamlar va “qarindoshlar” orqali ta’sir o’tkazamiz. Yana hissiyotlar yo’q va insonlar yig’lamaydigan, xursand bo’ladigan bir muhit tuzamiz. Bular sizga tanish emasmi? Qancha vaqtingizni televizor oldida o’tkazyapsiz? Qancha vaqtingizni keraksiz yangiliklar, millionlab raqamlardan tashkil topkan nohush vaziyatlarga sarflayapsiz? Kitob mana shu narsalarni mahorat bilan tushuntiradi…

Asar qahramoni – oddiy o‘t o‘chiruvchi Gay Monteg. U o‘t o‘chiruvchi bo‘lib ishlaydi… Ammo vazifasi - kitoblarni yoqish. Qahramonimiz Klarissani uchratishi bilan esa hamma narsa o’zgarishni boshlaydi. Kitob yoqish uchun borgan uylaridan kitoblar to’plagan Manteg endi ularda nima kuch borligini qidirishga tushadi. U baxtsiz edi… Lekin buning sababini o’zi anglolmagan… Keyinchalik ayolining o’t-o’chiruvchilarga chaqirig’idan keyin, Monteg qochadi. O’zi kabi fikrlaydigan insonlarni topib ular bilan kurashga otlanadi.

Asar fantastikani yoqtiradiganlar, o’z hayotidan mazmun qidirayotganlar va shunchaki barcha o’qib ko’rishini xohlaganlarim asarlar qatoridan joy oldi. O’qing! Zero eng yaxshi xulosa bu - o’zingiz chiqargan xulosadir!

Kitobning elektron varianti mavjud emas!

@m1racle_books 📚
​​#qiziqarli

“Farengeyt bo’yicha 451” kitobi bo’yicha qiziqarli faktlar:

💎 Rey Bredberi kitobini “Farengeyt bo‘yicha 451 daraja” deb nomlashiga sabab, go‘yoki shu haroratda qog‘oz yona boshlaydi. Aslida qog‘oz Selsiy shkalasi bo‘yicha 450 dan yuqori temperaturada yona boshlaydi. Muallifning tan olishicha, bu xatolik yuz berishiga sabab, u kitobga nom tanlayotganda o‘t o‘chirish boshqarmasi mutaxassisi bilan maslahatlashgan va u harorat shkalalarini adashtirib yuborgan;

💎 Asar bosmadan chiqqanidan ko‘p o‘tmay Ballantine Books nashriyoti tomonidan maxsus 200 nusxadan iborat qismi chop etilgan. Qiziq tomoni shundaki, kitoblar asbest moddasi ishlatilgan maxsus muqovada chiqarilgan bo‘lib, yong‘inga chidamli bo‘lgan.

@m1racle_books📚
Forwarded from M1racle books📚 (M1racle_books_info)
​​25-may

Bugun haqida ozgina yozgim keldi. Boya bir odam "Bayramimgiz bilan" deb qoldilar. "Bugun qanaqa bayram" deb hayron bo'ldim. 25-may ekan.

25-may men ko'z yosh to'kmagan kun. 5-yil oldin maktabni tugatganim uchun juda xursand bo'lganman. Ko'zimni bir ochib yumguncha 5 yil o'tibdi. "Nihoyat shu maktabni tugatdim Xudoga shukur" deganman o'shanda.

Maktab...
Qancha ko'z yoshlar...
Qancha zahmatlar...
4 olganim uchun qancha yig'laganlarim(5ga o'zgartirgandim o'shandayam)
Ustozlardan eshitgan qancha ig'volar...
Seni o'rningni egallash uchun, qabul qilingan minglab zarbalar...
Shaxsiyatga tegishlar...
Birinchi marta qo'rqqanimdan nafas ololmay qolgan joyim...

Negadir men maktabni unchalik yaxshi xotiralar bilan eslamayman. Umuman eslashni xohlamayman. Lekin maktabimga kirib borsam o'sha damlarimni esimga soladigan suratlarim, oliy darajali diplomlarim, erishgan yutuqlarimni ko'raman.

Menga maktab o'rgatgan yagona narsa:

Men har doim o'zim uchun o'zim kurashardim. Viloyat, Respublika tadbirlariga yolg'iz borganman. Oilam qattiq ishonardi. Shu sababdan xohlagan tadbirimga, xohlagan joyimga borardim. Men eng chekka qishloqlardagi maktab o'quvchilari oldida so'zga chiqqanman. Ularga aslida nima uchun kurashish kerakligi haqida qog'oz-qog'oz gapirganman. Markaz bo'lsin, eng chekka joy bo'lsin intizorlik bilan kutishardi bizni. Maktabimdan bellashuvga borsam, "Yana shu qiz keldi" deb yonimda xafa bo'lganlarni ko'rganman. Kurashdan to'ymasdim.

Hozir esa... Hozir hayot bilan maktab orasida yer bilan osmoncha farq borligini tushundim. Qadrli bitiruvchi, nima bo'lgan taqdirda ham kurash! Sen o'zing bo'l. Bugun senga katta hayot eshik ochdi. Eshikdan kirish chog'ida unutma! Bu yerda seni sindirishlari, iloji boricha to'xtatishga harakat qilishlari mumkin. Sen yengilma! Hayot orzularni amalga oshiradigan fabrika emas. Unutma, har qanday muammoning yechimi bor! Sen yiqilgan har to'siq, kelajaging uchun bir pog'ona. Nima bo'lgan taqdirda ham to'xtama!!!

Ishon sen hamma narsaga qodirsan!!!

With love your
Miracle
​​#kitob

“Muhammad sollallohu alayhi vasallam ochiq chehra, xushf’el va xushmuomala edilar. U zot hech qachon haqoratli yoki behayo so’zlarni so’zlamas edilar. U zot birovning aybini qidirmas va haddidan oshirib maqtamas edilar”.

“Allohning elchisi Muhammad sollallohu alayhi vasallam” sur’atli taqdimot kitobidan.

@m1racle_books📚
Forwarded from M1racle live 🧠
Na gul o’z vaqtidan oldin ochiladi…
Har narsaning o’z vaqti bor. Hamma orzu qilgan narsalaringga erisharsan… Turmush qurarsan… Bolalaring bo’lar…

Ammo hozirni topa olmaysan. Ertani o’ylab hozirdan vos kechma. Hozir yasha🙃

@m1racle_F3
​​#shunchaki

Hozir o’qiyotgan”7+ Har kim har kim bo’lishi mumkin” kitobida “Maqsadingiz o’zingizniki bo’lishi kerak. Tashqi muhit, boshqa birovlar tomonidan singidirilmagan bo’lishi lozim” deyiladi. Biz juda ko’p o’rinlarda boshqalarning xohish-istaklari qurboniga aylanamiz.

Qiz bolasan o’qituvchi bo’lishing shart…
Bu kasbda katta pul topolmaysan, boshqasini tanlashing shart…
Bu bilan umr kechirolmaysan, biz senga yaxshilikni ravo ko’ramiz…
Sen bunday bo’lishing kerak…
Sen unday bo’lishing kerak…

Xullas chegarasi yo’q “kerak”lar. Ammo siz nimani xohlaysiz? Maqsadingiz nima o’zi?

Yoshligimdan bir narsani juda yaxshi bilganman. Kim bo’lsam ham o’qituvchi bo’lmayman! Bu qat’iy ishonch bilan berilgan qaror edi. Ammo qiz bola o’qituvchi “bo’lishi kerak”. Chunki o’ylashlaricha juda ko’p ma’noda bu kasbda “comfort” bor. Hech bo’lmasa tezroq erga tegasan. Ammo o’zim nimani xohlardim? Men nimani istardim?

Ana shu savolni vaqtida o’zingizga bera oling. Eng muhimi qayerda zo’r bo’lishingiz emas… Eng muhimi siz nimani xohlashingiz!)

@m1racle_books📚
#kulgu

Qachonki men yaxshi ko’rgan kitobdagi sevimli qahramonim o’lib qolsa tahminan shunday axvolga tushaman🥲😅

@m1racle_books📚
#day_1
#Alhamdulillah

☀️ ​​Har tong Yolqovlik va Dangasalik ustidan kunni G'olib bo'lishdan boshlang.

☀️ Sizni O'tmishingiz bilan sizni kelajagingiz hech qachon, hech qachon bir hil bo'lmasligi kerak

☀️ Hayotni o'zgartirish uchun, hamma kerakli bo'lgan extiyot qisimlar sizni o'zingizda mujassam etgan...
...hoziroq olib ishlatishingiz mumkin.

☀️ Kichik muofaqiyatlaringizdan Zavqlanishni o'rganing, yoqsa butun umr Omadsizman deb o'tib ketasiz.

Xayrli tong 🌞
@m1racle_books 📚
#day_2
#Alhamdulillah

🌱 Boshqalar nima o’ylashadi, deb tashvishlanmang!

Biz Yigirma va o’ttiz yosh orasida boshqalarni hayratda qoldirish uchun ko’p vaqt sarflaymiz va ular biz haqimizda nima o’ylayotganidan tashvishlanamiz. Ammo keyinchalik bularning barchasi muhim emasligini anglab boramiz.

🌱 Yashashni xohlaydigan dunyongizni yarating!

Oqim bilan ketmang. Atrofingizdagi dunyoni siz ko’rishni xohlagan dunyoga o’zgartiring. Siz qanday inson bo’lishingizni va qanday muhitda ishlashni xohlayotganingizni o’ylab ko’ring.

🌱 Hech kim hamma narsani bilmaydi!

Hech kim, na ustozlaringiz, na rahbarlaringiz – barcha savollarning javoblariga ega emaslar. Bu-tabiiy. Rivojlaning va o’zingizni boshqalar bilan kamroq solishtiring.

🌱 Ijod qiling!

Ishlang, harakat qiling, sevgan narsangiz bilan shug’illaning. Va unutmangki, hayotdagi eng muhim narsa ijodiy yondashuv. Ijodkorlik va ilhom hayotni butunlay o’zgartiradi.

@m1racle_books📚
2025/07/08 10:27:21
Back to Top
HTML Embed Code: