#yakshanba
Yakshanbani qanday o’tkazish, haftani qanday yaxshi boshlashingiz kabi juda muhim jarayon. Shuning uchun ham bizda bir an’ana bor. Shokhida bilan Toshkentning eng chiroyli joylarda nonushta va tushlik qilib, keyingi hafta reja va maqsadlarimiz bilan bo’lishamiz. Umuman barcha bizni rivojlantiradigan va o’sishimiz uchun yordam beradigan narsalar haqida gaplashib, o’zaro energiya almashamiz.
Siz qanday darajaga yetishingiz atrofingizdagilar bilan bevosita bog’liq. Agar Asal aridan seni uning eng sevimli yeriga olib borishini so’rasang u seni gulzorga, pashshadan shu narsani so’rasang axlatga olib boradi, degan gap eshitgandim. Demak atrofingizdagi do’stlaringiz va muhitga ehtiyot bo’ling. Sizni rivojlanishingizga yordam beradigan insonlar bilan birga bo’ling)
@m1racle_books📚

Tabiat yashayotganini sezayotganim har bir joy qadrli men uchun. Bugungi go’zalliklarga ham odamlar qo’li tegib ulgurmaganidan xursandman.
Bu orada comment’ni o’chirdim😅
Dam olish deb tushunishingiz mumkin. Sizda nima gaplar va qaysi kitoblar bilan bandsiz?
@m1racle_books📚
Bu orada comment’ni o’chirdim😅
Dam olish deb tushunishingiz mumkin. Sizda nima gaplar va qaysi kitoblar bilan bandsiz?
@m1racle_books📚
Nega har kuni o'qish kerak?
• miya qarishini sekinlashtiradi
• o‘qish/ishdan keyin dam olish
• so‘z boyligini kengaytirish
• tezroq o'ylashni boshlash
• tahlil qilishni va diqqatni jamlashni o'rganish
• uyquni yaxshilash
• ilhomlanish
• chet tilini o’rganish
Va albatta rivojlanish uchun..)

Forwarded from SOQQACHI BOLLA
“Shine” - Qizlar Akademiyasi asoschisi, 30 ga yaqin Xalqaro tashkilotlar yosh elchisi, Global Yoshlar Parlamenti O’zbekiston nomidan kordinatori, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori Shohida Yusupovaning kanalida Xalqaro maydonga chiqish, xorijiy tillarni o’rganish va shaxsiy rivojlanish sirlari🥰Shuningdek,dunyoning turli mamlakatlarda shaxsiy kitoblarni chop ettirish va sayohatlar haqida foydali postlar😍
P/S:
- Shohida dunyoning 50 dan ziyod mamlakatlarida e’tirof etilgan (Misr, Turkiya, Hindiston, San Salvador, Germaniya, Dubay, Xitoy, Bangladesh, Marokash, Birlandiya, Indonesiya, Singapur ,Argentina, Kolumbiya, Nepal, Ispaniya, Italiya, Tunisiya, Serbiya, Braziliya, Pokiston, Gretsiya, Nigeriya, Peru, Vetnam va boshqalar) Shuningdek, dunyoning yetakchi universitetlari - Germaniyaning Berlin Xalqaro Biznes Institutida va dunyoga mashxur Garvard universitetining kurslarida biznes, marketing va liderlik yo’nalishlarida ta’lim olgan
@Shokhida_Yusupovaa

Forwarded from M1racle live 🧠
Forwarded from M1racle live 🧠
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM

Hayotning qisqa ekanligini unutmang!
Hozir ayni vaqtda har doimgidan ham ko’proq rivojlaning. Hozirni o’zingizga sarflang. Siz g’amxo’rlik qilishingiz kerak bo’lgan eng birinchi odam o’zingizsiz. O’zingizga g’amxo’rlik qilganingizdan boshqa, atrofingizdagilarga g’amxo’rlik qilayotgan bo’lasiz. Ularga yomon kayfiyat, keraksiz tuyg’ular, agressiya emas, bera oladiganingiz eng sof. Eng ajoyib tuyg’ularni bering.
O’qing! Rivojlaning! G’amxo’r bo’ling!
Nasibingiz go’zal bo’lishini duo qiling!
Har qanday vaziyatda ham siz yolg’iz emassiz! Sizni yaratgan Zot bor. Shuni unutmang va oldinga qadam tashlang! Hayotingizni go’zal qilish, unga mo’jizalar kiritishga qodir bo’lgan yagona inson bu -Sizsiz)
https://www.tg-me.com/Shokhida_Yusupovaa bilan an’anaga sodiq qolib bugun yana uchrashdik. Kelajak va media uchun rejalar tuzdik. Anchagina energiya almashdik. Umuman biz rivojlanishni tanladik. Bu esa eng asosiysi)
O’zingizni asrang va ko’proq o’qing baxtlarim✨

#kitob
Luiza Xey haqida esa fikrim o’zgardi) Kitob menga ayni vaqtida keldi. Va hozir yoqtapti…
U haqida albatta yozaman. Siz Luiza Xey kitoblarini o’qiganmisiz?

#tavsiya
« Har bir kun yangi imkoniyat. Kecha o'zini tugatdi va o'tmishda qoldi. Bugun mening kelajagim uchun yangi kun».
©️ Asardan
KITOB: «Я могу сделать это!» (Мен буни кила оламан) Луиза Хей
Luiza Xey bilan shu paytgacha tarmoqdagi ba’zi kitoblar orqali tanishman. Uning kitoblari bir necha marotaba sovg’a qilingan menga. Har safar o’qish kechikdi. Vaqti keldi va o’qidim.
Kitob ko’proq to’g’ri affirmatsiyalar bilan ishlash va shaxsiy rivojlanish uchun yozilgandek tuyilda menga. Affirmatsiyalarni hayotimizga to’g’ri kirita olish orqali baxtli bo’lish. Xo’sh Affirmatsiyaning o’zi nima?
Affirmasiyalar hayot tarzimizda ko‘p afzalliklarga ega. Masalan, ular fikrlash tarzimizga ko‘proq e'tibor qaratishimizga yordam beradi. Bu esa, o‘z o‘rnida fikrlash tarzimizdagi salbiy yoki buzg‘unchi odatlarni aniqlab, ulardan xalos bo‘lishga ko‘maklashadi. Xulq-atvorimizga ta'sir qiladigan fikrlash jarayonimizni qayta tuzib chiqish va o‘zimizga bo‘lgan ishonchni oshishida yordamlashadi. Shuningdek, salbiy o‘ylarimizni ijobiylariga o‘zgartirishda ham affirmasiyalarning o’rni katta. Luiza Xey kitobida ana shu affirmatsiyalarni to’g’ri tanlay olishga yordam beradi va buni bir nechta insonlarning unga jo’natgan maktublari orqali tushuntiradi.
Oxirgi kunlardagi vaziyatlar orqali ayni shu affirmatsiyalardan foydalanish ehtiyoji tug’ildi menda. Va buni yaxshi uddalayapman nazarimda. Umuman kitob o’z-o’ziga hurmat, o’zini kechirish, o’zaro munosabatlar, muvaffaqiyatli ish va hayot uchun kerakli maslahatlarni o’z ichiga oladi.
O’z ustida ishlashni xohlaganlar, hayotini ma’lum bir ma’noda o’zgartirishga harakat qilayotganlar va faqat salbiy fikrlar bilan band bo’ladiganlar uchun ayni kitob. O’qing! Zero, eng yaxshi xulosa bu - o’zingiz chiqargan xulosadir!
Kitobning o’zbek tilidagi varianti borligini bilmadim. Elektron variant menda mavjud emas! Hello Good )

Hozirgi mutolaa shu)
Filip Kotler bilan tanish va umuman marketingga qiziqadiganlar bormi🙃?
@m1racle_books📚
Filip Kotler bilan tanish va umuman marketingga qiziqadiganlar bormi🙃?
@m1racle_books📚
#U🥲
U har doim kuchli bo’lishga intiladi. Ammo kuchli emas. Eng og’ir paytlarida, kimdir yonida turishini “Yaxshimisan?” deyishini kutadi… “Yaxshimasman” javobini berish uchun atrofga qaraydi. Lekin hech kim yo’q…
U charchagan insonlardan, faqat gaplarda qolib ketgan insonlardan. Hozir kimdir u bilan tanishishni xohlasa, qo’rquvdan qaltiraydi. Yo’q u qo’rqoq emas. Aslo… U shunchaki har safar bir xil og’riqni his qilishdan charchagan. Kelaverishadi… Va shunchaki ketaverishadi… U yashagan og’riqlar esa u bilan…
U shu darajaga kelganki, endi baribir… Kim nima deyapti… Kim ketyapti… U shunchaki juda charchagan. Yiqilishiga bir bahya qolganida orqasiga qaraydi. O’sha joyda uni ushlab qoladigan kimdir bo’lishiga umid qiladi. Atrofda esa hech kim yo’q. Ammo u juda charchagan… Endi farqi yo’q yerga tushgandagi og’riqlar. Yiqiladi…
Chunki atrofidagilar berayotgan og’riqlardan juda charchagan. Yiqilaverib… O’rnidan qayta turaverib… Qayerdadir qancha yomon gapirsa ham ketmasdan “Yaxshimisan?” degan kimnidir qidiradi…
“Yaxshi emasman” javobini berish uchun… “Yaxshi emasman…”

M1racle books📚
Hozirgi mutolaa shu) Filip Kotler bilan tanish va umuman marketingga qiziqadiganlar bormi🙃? @m1racle_books📚
#Xato
Kitobdagi imlo xatolarga gap bo’lishi mumkinmas🥴 Rus va ingliz tilidagi kitoblarni o’qiyotganimning sababi ham shu, asab tinch bo’ladi. Bizda nega bunaqa?
Yoki biz haddan tashqari “e’tibor”limizmi?)

Forwarded from Mahin's World
#darvesh
Erkinlik nima? Erkin inson aslida kim? Inson erkin bo’la oladimi? Odamzotning o’z dengizi boshqaruvchisi bo’lishi haqida hech o’y surganmisiz?
Inson dengizi nimalardan iborat? O’z xayolingiz olamiga g’arq bo’lish gashtini barchaga tilashni istardim. Menimcha bu ne’mat.
Erkinlik... erkinlikdan bong uramizu ammo, o’zimizni o’zimiz bo’g’ishga intilamiz. O’z hobbilarimiz, aslida choyni qanday ichish yoqishidan xabarimiz yo’q. Agar kimdir shu mavzuda gap boshlasa ensa ham qotiramiz.
Erkinlik... bugun ertalab kemada Istanbulning Yevropa tomonidan Osiyoga qarab ketarkanman o’ylarim ummoni o’ziga chorladi. Dengizda suzayotgan qushlarni tomosha qildim. Ongli mavjudotmiz, biroq bir qushchalik bo’la olmaymiz.
Sevamiz tinglay olmaymiz, istaklari va olamini itaramiz. Ta’qiqlar qo’yamiz (o’y xayol va yozishida ham). Bir-birimizga bag’shida etishimiz mumkin bo’lgan soniyalarimizni ham tushunmovchilikda o’tkazamiz.
Erkin insonga havas qilamiz, uchratamiz ham. Ammo, vaqt o’tganda erkinligini senzuralar bilan tarashlaymiz.
Erkinlik - dengizmikan yo. Qiziq, erkinlikni sevaman. Erkinlikni yonimdagi insonga ham bergim keladi. Keng dunyoning ato etilgan yerida o’z dengizim boshqaruvchisi bo’lgim keladi.
Turli maishiy mavzularda bo’g’ilishni istamayman. Erkin yozgim keladi, fikrimni bayon etishni istayman.
Hozirgidek chalkash, xayol surib yozgim keladi. Ong ostuga kelayotganlarni bayon etay deyman... ayni hozir kemada dengizni tomosha qilgancha yozyapman.
Darvesh bo’lgim keladi. Kezgim, izg’igim, o’zim va o’zligimni, borlig’imni oralagim keladi. Dunyo ko’rgim, olamlarda bo’lgim keladi.
Xullas...
@mahinsworld

Bizni borimizcha qabul qilishmaydi…
Oldimda ikkita qiz gaplashishyapti. Beixtiyor eshitib o’tiribman:
Bizni borimizcha qabul qilishmaydi. Ota-onalarimiz o’zi qiynalib katta bo’lgan, ko’p ish qilishgan. Har doim chala ish qilasan deb, urishishadi. O’zlari bolaligi shunday bo’lgan va bizniyam qiynalishimizni xohlashadi. Meni tushunishmaydi. Meni eshitishmaydi…
Xullas shunga o’xshash nolinishdek “maslahat oshi”ni yarim soatcha eshitdim. Aslidachi?
Siz ota-onangizni tushunishga va ularni eshitishga harakat qilganmisiz? Nega ularni o’z “Yaxshi” qolipingizga solishga harakat qilasiz? Ularning hayotini muhokama qilishga va to’g’ri-noto’g’riga ajratagan darajada qancha yashadingiz o’zi? Tasavvur qiling, sizni tushunmaydigan shu ota-onangiz yo’q. Ulardan yaxshiroq kimnidir topa olgan bo’larmidingiz? Balki ular emas siz aslida nima xohlashingizni tushuntirolmayotgandirsiz.
Men ota-onalar 100% haq demoqchi emasman. Bu imkonsiz. Ammo siz o’ylagan “haqiqatlar” aslida haqiqat ekaniga qanchalik ishonchingiz komil o’zi? Ular yashagan o’tmishni muhokama qilishga va uni yomon deyishga qanday asosingiz bor? Balki ular sizdan yaxshiroq yashashgan va munosabatlar siznikidan mustahkamroq bo’lgan bo’lsachi?
Ko’rgan bir-ikkita chiroyli restaranni va yashagan 20-30 yilgina umringizni yaxshi hayot deysizmi? Tuyg’ularchi? Aslida ular o’sha “yomon” hayotida his qilgan baxtni siz “yaxshi” hayotingizda his qilyapsizmi?
Umuman balki mening haqiqatim ham aslida “haqiqat” emasdir. Lekin biror narsadan norozilik va kamchilik qidirganda, ko’zingizga nomukammal ko’ringan vaziyatlar aslida o’z aksingiz emasmikin… Ana shu narsalarni yaxshilab o’ylab ko’ring. Siz qanday bo’lsang, olam ham siz uchun xuddi o’zingizdek javob qaytaradi. Shukur qiling! Hech bo’lmasa sizning kelajagingizga qayg’urayotgan “sizni tushunmaydigan”lar borligiga. Hech kim qolmasa nima bo’lardi…

Just disappear then go to war against the girl in the mirror and don’t come back until you win…🦩
@m1racle_books
@m1racle_books