Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“6 Daqiqa”🥳

Bu kundalik endi o’zbek tilda😍
Bir necha kun oldin o’zbek tilida bir qizning qo’lida ko’rib xursand bo’lgandim. Va sotib olish uchun dam olish kunlarini kutyotgandim. Ammo meni qidirib o’zi keldi😅 @qamarbooks tashakkurlar.

Bu kundalik bilan ko’pchilik rus tilida tanish. Juda mashhur va ko’pchilikning hayotida burilish yasay olgan kundalik. To’g’risini aytaman mana bu haqiqiy surprise*

Sizchi bu kundalik haqida eshitganmisiz?👇🏻

P.s: Mantaj o’rganyapman😌 Bu birinchi video 😍 Bemalol uyalmasdan maqtayveringlar😂

@m1racle_books📚
​​Alhamdulillah

Qiyin bo’lsa ham, charchasam ham, yig’lasam, qayg’uga botsam ham to’xtamayotganimdan xursandman. Har kuni yangi nimadir o’rganayotganimdan. O’zimni cheksiz baxtlar ichida his qilayotganim uchun shukur.

Hammaning ham siz kabi bir yomon kuni bo’ladi. Hozir baxtlilar ham kun kelganda juda qattiq qiynalgan qaysidir onni yashashgan. Shunday ekan aslo to’xtamang. Bu safar o’xshamadi degani keyingi safar ham shunday bo’ladi degani emas. Bir kuni albatta amalga oshadi.

O’sha kungacha o’zingizni asrang Baxtlarim🥰

@m1racle_books📚
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xayrli tong🤩

Instagramda ko’proq aktivman😅 Bugun yangi review chiqadi Xudo xohlasa) Ungacha esa mening tongimni tomosha qilishingiz mumkin😍

Video va ko’proq foydali “kontent planlar” tuzdim. Foydali narsalarni o’rganyapman) Bemalol maqtab qo’ysangiz bo’ladi🙈

@m1racle_books📚
#savol

Siz bilgan qaysi asarlar o’zbek tiliga tarjima qilinishini xohlagan bo’lardingiz?

@m1racle_books
Xatoyimiz…

“Hamma narsani bilaman” deb o’ylashimiz va hech narsa qila olmasligimizga ishonishimiz…

@m1racle_books
ANDIJONLIKLAR bormi🤩
Anonymous Poll
17%
Ha men👋🏻
62%
Yo’q 🤔
21%
Nima gap o’zi?
​​Allaqachon avgust…

Ajoyib birnimalar yozishga tirishayotgan men… Vaqt o’tyapti va bizga juda ko’p narsalarni o’rgatyapti. Menimcha vaqt bizdan “kattalar”ni yaratyapti. Orzularimiz va maqsadlarimini bizga taqdim etgan va kerak bo’lganda yutqazganimiz bir yoz bu)

Bilasizmi Iyulda nimani tushundim? “Orzular albatta biz o’ylaganimizday bo’lmaydi”. Ba’zan biz juda xohlagan narsalar aslida xohlamagan narsa, xohlamaganlarimiz esa ayni xohlaganlarimiz bo’lib chiqyapti. Bir paytlar ishlashni orzu qilgan yeridan turib, bu u uchun emasligini, qalbi sayohat va katta maqsadlar bilan yonayotganini sezgan insonlar yashaydi biz bilan. Ichimizda o’zligimizda. Shu payt hayolimning bir chekkasidan “Yer chekkasidagi qahvaxona” asari o’tadi. “Men kimman?”, “Qayoqqa ketyapman”, “Baxtlimanmi?”…

Qayoqqa ketyapman va baxtlimanmi savollari menga tegishlidek. Bilmadim… Mening jasoratim shunchaki tark etishga yetarmikin. Ammo his qilganim men ko’nikib, chidab yashamayman. Unda yechim qayerda? Mana shu savollar bilan yashalayotgan bir yoz bu. Demakki tushundim, demakki to’xtamaganman..)

Nimanidir tushungan oningiz bilingki, o’sha joydan eng yaxshi foyda - tajribani oldingiz! Bu yozdan tajribalar uchun ham minnatdorman❤️

@m1racle_books📚
M1racle books📚
ANDIJONLIKLAR bormi🤩
Andijonliklarni so’raganimning asosiy sababi: Men sayohat uchun Andijonni tanlaganim.

Bu shuni anglatadiki, agar nasib qilsa sizlar bilan tez orada ko’rishamiz❤️
Forwarded from M1racle live 🧠
https://www.linkedin.com/in/asalkhon-otakhonova-37248a1a3

Smth about LinkedIn..)
I created an account..)
Ayta olamanki, ko’rgan kutubxonalarim orasida eng qulayi)

Video qilishimni xohlarmidingiz?
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Barchasi uchun Tashakkur senga Andijon❤️

Sen menga cheksiz muhabbat, aziz do’stlar va ajoyib hissiyotlar berding. Ko’rsatganing, loyiq ko’rganing uchun shukur)

@m1racle_books📚
​​#tavsiya

KITOB: “Marketing 4.0: An’anaviylikdan raqamli olam sari yo’l” Filip Kotler, Hermavan Kartajaya, Ivan Setivan

Juda ko’pchilik uchun Marketing qiziqarli va oson sohadek ko’rinadi. Menda ham Marketing’ga alohida muhabbat bor. Bu kitobni ko’rganimdayoq sotib oldim. Chunki endi Marketing umuman o’zgargan va biz xohlaymizmi yo’qmi, bizda internet mijozlari tushunchasi paydo bo’ldi. Kitob “4.0” deb nomlanishining asosiy sababi ham aynan shu “internet mijozlari” boshqichidir. An’anaviy marketingdan kelajak marketingiga o’tish bosqichi. Yangi imkoniyatlar, yangi mijozlar, yangi liserlar va yangi kompaniyalar. Raqobatning mutlaqo yangi bo’lgan bosqichi.

Dunyoning yetakchi marketing ustoz’lari tomonidan yozilgan ushbu kitob sizga tobora ko'proq bog'langan dunyo va o'zgaruvchan iste'mol landshaftida ko'proq mijozlarga samaraliroq erishish uchun harakat qilishingizga yordam beradi. Bugungi kun mijozlar brendingizga kamroq vaqt va e'tibor berishadi. Chunki ular har qadamda muqobil sizdan ko’ra yaxshiroq bo’lgan variantlar bilan o’rab olingan. Nima qilish kerak? Bu sharoitda o’rningizdan turishingiz, ularning e'tiborini jalb qilishingiz va ular eshitishni xohlagan yangilik, innavatsiyalarni yetkazish vazifasi zimmangizga tushadi. Ushbu kitob bozorning o'zgaruvchan quvvat dinamikasini, aynan bog’liqlik tufayli yuzaga kelgan turli porodokslarni va ertangi kun iste'molchisini shakllantirgan omillar, madaniyat haqida sizga kerakli ma’lumotlarni beradi. Bugun brendini rivojlantirishni xohlagan har bir kompaniya aynan shular bilan hisoblashishga majbur bo’ladi.

Kitob o’zbek tilida unchalik tushunarli tuyilmadi menga. Xatolar ham bor. Ingliz tilida boshqa o’qish niyatim bor. Va kitobni marketingdan umuman xabari bo’lmaganlarga tavsiya qilmagan bo’lardim. O’qing! Zero eng yaxshi xulosa bu - o’zingiz chiqargan xulosadir!

Kitobning elektron varianti menda mavjud emas!

@m1racle_books📚
#muzokara

“Anna Frankni kundaligi”ni o’qiganlar bormi? Siz qanday fikrdasiz? Bugun Annaga review yozishim va Andijondagi birinchi kutubxona videosizni mantaj qilishim kerak. Ungacha sizning fikringiz qiziq)

@m1racle_books📚
https://www.tg-me.com/muvakhida_me

Muvahhida endi shu yerda🥲
Eski kanal o’chib ketdi💔
#yangikitob

Siz bilan anchadan beri yangi kitoblarni bo’lishmadim🥲 Bu rubrika sizga qiziqmi? Bugungi va ba’zi kerakli kitoblarni ko’rsataymi?

@m1racle_books📚
​​#tavsiya

“Boylik, obro’ - hammasi yo’qotilishi mumkin. Ammo o'z qalbingdagi quvonch doimo miltillab turadi; toki tirik ekansan, u seni xursand qilish uchun o’sha yerdan abadiy ketmaydi”.

©️Asardan

KITOB: “Anna Frank kundaligi”

Dunyoning 70 dan ortiq tillarida 30 million nuxsada chop etilgan kundalik-asar. Umuman juda mashhur kundalik desam ham bo’ladi. Qiziq Annaning o’zi kundaligini shunchalik ko’p odam o’qishini his qilganmikin..) Ammo u bir narsada haq edi: shunchaki o’lib ketmadi va uni bugun millionlab insonlar taniydi. Bu kundalik menga qadrdonga aylandi. Anna bilan o’sha yashirin boshponada yashadim. Garchi his qilganlarim unikidek qo’rqinchli bo’lmasa ham, ancha narsalarni his qildira oldi menga. 14 yoshli yahudiy qiz - Anna. Dunyodagi millionlab insonlarning yahudiylar haqidagi tasavvurlarini o’zgartirib yuborgan tarix. Kitob maktub holida Anna o’zi o’ylab topgan hayoliy do’sti Kittiga yozilgan bo’lib, unda o’smir qiz Annaning ichki kechinmalari, dunyoga qanday nazar bilan boqishi aks etadi. O’zini sho’xliklardan tiyolmaydigan qizaloqning 2 yil tashqariga chiqmasdan, dunyodan yiroqda yashagani haqida hikoya bu. “Anna Frank kundaligi” ma’lum bir ma’noda sizga Ikkinchi jahon urushi davrida qirgʻinga uchragan yahudiylar hayotini, ularga qanchalik ogʻir boʻlgan davrni ko’rsatib beradigan kundalik-asar hisoblanadi. O’zi buyuk yozuvchi bo’lishni orzu qilgan qiz nigohlari bilan o’sha davrni his qilasiz. O’sha davrda yashaysiz.

Umuman urush hech qaysi davlat fuqarolariga yaxshilik olib kelmaydi. Urushda g’oliblar bo’lmaydi. Ammo tarix xulosalar chiqarishimiz uchun ham mavjud. Mening e’tiborimni tortgan jihat boshqa. Garchi mamlakatlar bombalar ortida qolayotgan bo’lsa ham, dunyodan uzilib qolgan bo’lishiga qaramay Anna o’qishdan to’xtamadi. Butun oila tinmay mutolaa qilishdi. Anna orqali Balki kitoblarni qadrlash va yana ko’proq o’qish uchun motivatsiya ham olgandurman)

Og’riqli nuqta esa bu yashirin boshponadan Anna, uning oilasizni tutib olishlari va konslagerlarga jo’natishlari🥲Ularni olib ketishganidan keyin ushbu vayronkor davrlarni hikoya qiluvchi kundalik maxfiy boshpanada qoladi. Kundalikni oilaning eng yaqin do’sti Mip Giz asrab qoʻyadi va keyinchalik tirik qolgan yagona oila a’zosi, Annaning otasi Otto Frankka topshiradi. Otto uni tahrir qiladi. Kundalik 1947-yilda ilk bor golland tilida kitobxonlar qoʻliga yetib boradi va keyinchalik eng ko’p tarjima qilingan bestseller asarga aylanadi. Va Annaning buyuk yozuvchi bo’lish orzusi amalga oshadi. 14-15 yoshlardagi qiz uchun bu qadar teran fikrlash ajoyib aslida.

Ikkinchi jahon urushi voqealari qiziq bo’lganlar, tarix va kundalik-asar janrida yozilgan kitoblarga qiziqadiganlar, hozir o’smirlik yoshida bo’lganlar va umuman keng kitobxon ommasi uchun mo’ljallangan kitob) O’qing! Zero eng yaxshi xulosa bu - o’zingiz chiqargan xulosadir.

Kitobning elektron varianti mavjud emas!

@m1racle_books📚
2025/07/06 02:22:04
Back to Top
HTML Embed Code: