Telegram Web Link
Kitobdan ba’zi highlight’lar)

@m1racle_books📚
Михаил Жванецкий: "Аёллар биздан кучлироқ".

“Йигитлар, хафа бўлманглар, хўпми? Кимдир айтиши керак эди!" - Михаил Михайлович Жванецкий ҳикоясини бошлади.

“Аёллар биздан яхшироқ. Улар ақллироқ, чиройлироқ, чаққонроқ ва ҳаётга яхшироқ мослашадилар. Бундан ташқари, улар узоқроқ яшашга муваффақ бўлишади. Ҳар қандай эркак аёлдан ҳаёт энергиясини олувчи ҳисобланади.

Аёллардан жуда кўп фойда бор ва биз бу ҳақда ўйламаймиз ҳам! Биз, масалан, болаларни эрталаб турғизиб, уларни эпақага келтириб, боғча ва мактабларга кузата олмаймиз, сабримиз етмайди.

Аёллар қаерга борса хам ўзига қараши учун вақт ажратади, ўзини “тўғирлаб” олади. Бизга эса автобусда терлаш, қасам ичиш, ухлаш рухсат этилади. Аёллар тартиб билан яшашга махкум.

Концерт залларида, театрларда, маьрузаларда кўпчилик аёллардир. Кўпчилик эркаклар қаерда? Футболда, қамоқхонада, психиатрия шифохонасида, детоксификация марказида... Аёлларнинг бу бемаънилик билан шуғулланишга вақти йўқ.

Эркаклар заиф жинс вакилларидир. Улар кўпроқ ичишади, кўпроқ чекадилар, эрта ўлишади, юрак касалликларига, депрессияга кўпроқ мойил бўладилар.

Биз йигитлар учун календарь ичиш учун сабабдир, лекин улар учунчи? Улар учун эса ҳар ойда аёлга тушунтиришсиз қўшимча уч кун дам олади.

Уларда икки иш куни бор: уйда ва ишда. Аёллар дунёдаги барча ишларнинг 70 фоизини бажаради ва барча иш ҳақининг 30 фоизини олади. Лекин ростини айтсам, улар икки баробар кўп меҳнат қилишади ...
Йигитлар, сиз тор юбкада баланд пошнали туфлида троллейбус ортидан югуришга ҳаракат қилганмисиз?

Йигитлар, мени эркак ишига хоин деб ҳисобламанглар, лекин халқ донолигидан ташқари, халқ аҳмоқлиги ҳам бор. Ва буни эркаклар ихтиро қилишади. Ҳинд халқининг бева аёлларни ёқиш одати бўлсин, Хитойда қизларнинг оёқларини кесиш, Африкада аёлларни суннат қилиш, парда ва чачвонлар - буларнинг барчасини аёлларни масхара қилиш эркаклар томонидан ўйлаб топилган.

"60 ёшли эркак - йигит, 60 ёшли аёл - кампир" деган ҳақоратли гапни ким айтди? Эркаклар бир шими билан ишгаям, ресторангаям, уйгаям кийиши мумкун, лекин аёллар поябзалини алмаштириши, кийимини алмаштириши ва биз билмаган бошқа нарсаларни ўзгартириши керак. Агар биз эркаклар шу ишларни қилганда нимани қаерга кийишда адашиб хам кетардик.

Ақл-чи? Аёл эркак билан биринчи учрашувда унинг мошинасига эътибор беради ва у унинг “бошида” нима борлигига эътибор беради. Хўш, ким ақлли? Ҳеч бир аёл эркакнинг оёқлари чиройли бўлгани учун унинг орқасидан югурмайди. Улар биздан кўпроқ нарсани хоҳлашади. Пул, жамиятдаги мавқе, ақл.

Ҳар бир муваффақиятли эркакнинг орқасида бу муваффақиятни яратган аёл туради. Хўш, ким ақлли? Аёлларнинг аҳмоқлиги ҳақидаги афсонани улар етарлига меҳр, эьтибор, маблағ бермаган эркаклар ўйлаб топишган аслида.

Ҳеч бўлмаганда бошқа давлатга эрга теккан аёлни олинг. Яҳудий эри нега рус хотини уни бу эрга олиб келгани ҳақида ўйлаётганда, у аллақачон тил ўрганган, ишга жойлашади, ўзи ва ота-онаси учун квартира сотиб олади, болаларини мактабга қўяди ва нола ҳам қилмайдиган.

Аёлларсиз дунё мавжуд эмас. Йигитлар, эртами-кечми аёллар бизсиз қандай яшашни хам тушунишади.
Шунинг учун уларни жуда кеч бўлмасдан қадрланг, уларни севинг, бағрингизга олинг!

@m1racle_books📚
M1racle books📚
Михаил Жванецкий: "Аёллар биздан кучлироқ". “Йигитлар, хафа бўлманглар, хўпми? Кимдир айтиши керак эди!" - Михаил Михайлович Жванецкий ҳикоясини бошлади. “Аёллар биздан яхшироқ. Улар ақллироқ, чиройлироқ, чаққонроқ ва ҳаётга яхшироқ мослашадилар.…
Post har kim tomonidan har xil qabul qilindi😅 Kimdir ko’rdi va o’ziga kerakli narsani oldi… Kerakmasini qoldirib yana yo’lida davom etti(Mana shu odamlar g’oliblar)… Yana kimdir esa fikrini bildirib qolishga va nohaq ekanimizni isbotlashga harakat qildi…

Bir narsani unutmang! Hech nimani isbotlash kerak emas) Comment ochilmaydi😅 Endi ko’proq post yozaman)
Mana shu kundalik hammaga qiziq)
Menga boshqa rangi tushgandi. Borib almashtirib keldim(Endi bunaqa ko’rinishda chiqdi🥲). Xullas kundalik ichidayam imlo xatolar bor..(

Kundalik ichidagi g’oyalar menga yoqdi. Xatto buni sinab ko’rib ayta olamanki, katta ehtimol bilan ta’siri juda yaxshi bo’ladi.

Bu kundalik sizga qiziqmi? Reaksiyalardan tushunib olaman😇

@m1racle_books💓
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🧑‍🎓
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Mana o’sha kundalikdan bir qism. Aslida oddiy va ko’pchiligimiz tushunishni xohlamaganimiz. Hammasi oddiy..) Boshida o’xshamasligi, qiynalishingiz oddiy holat. Va mashqlar, o’rganishlar natijasida o’sasiz. Bu sizga natijaga erishishning turli yo’llarini izlab topishga yordam beradi..💛

@m1racle_books 🔵
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from M1racle live 🧠
Hech sezganmisiz… Kattalashgan sari bari kattalashadi…

Men hali hech qaysi katta odam magazinda oyisi kanfet olib bermagani uchun dod voy qilganini ko’rmadim… Lekin bir paytlar bu eng katta fojea edi)
Forwarded from M1racle live 🧠
Instagramga yangi reel qo’ydim I need your help🥹❤️

Like va kitob olishni xohlagan odamlaringizga tashlang😂


https://www.instagram.com/reel/CmY5tQMLUKz/?igshid=YmMyMTA2M2Y=
Qadriyatlar gapirilmaydi, yashaladi

“Men aldamayman, bilasan-ku”

“Qachon yolg’on gapirganimni ko’rgansan?”

Yolg’on gapirmasligini ko’p aytadiganlar — eng ko’p aldaydiganlar bo’ladi

Doim to’g’risini gapiradigan odamlar, aldamasligi haqida hammaga gapirib yurmaydi

Nega?

Chunki ular buni fazilat deb bilmaydi

Halol odam uchun halollik oddiy holat. Har kuni qiladigan ishi

Tog’riso’z odam uchun aldamaslik oddiy holat, boshqachasini bilmaydi

Oddiy ishlar bilan hech kim maqtanmaydi

Men har kuni uxlayman

Yoki

Tishimni yuvaman deb maqtanmaysan-ku?

Alohida ta’kidlab gapiryaptimi, rost gapirish bu odam uchun oddiy holat emas

Buning misoli

Bir marta Pradoga o’tirib, rasmga tushib, hammaga ko’rsatib yurgan bolaga o’xshaydi

Hayotida bunday voqea kam bo’lgani uchun alohida ko’rsatadi, maqtanadi.

Huddi shunday mantiqda:

Allohdan qo’rqishini ko’p aytadiganlar, kam qo’rqadiganlar

Qanchalar ko’p va zo’r ishlashini gapiradiganlar, kam ish qiladiganlar

Halolligini hadeb gapiraveradiganlar, halollikka kam e’tibor beradiganlar

Do’stim, jigarim deb ko’p takrorlaydiganlar, qiyinchilikda birinchi bo’lib tashlab ketadiganlar bo’ladi

©️ Azizbek Rakhimov

@m1racle_books
📌
​​#tavsiya

“Ular uchun bu dunyoda yashash emas, balki undan qutilib, omon qolish muhim edi. Bizning zamonamizda esa dunyoga ega bo’lish eng oliy maqsad bo’lib qoldi. Avvalgi insonlar yashashni majburiyat deb bilishgan, biz esa dunyoni zarurat deb hisoblaymiz”.

KITOB: Fotih Duman “Men: Bas qil , ey nafsim”

Balki bu kitob haqida yozishimning kechikishiga ham nafsimning boshqa narsalarni ko’proq tusashi sababdir(Kitob haqida 3 kundan beri yozishga harakat qilaman). Balki… Aziz Mahmud Xudoiy va uning nafs bilan qilgan kurashi haqida kitob. O’sha hammamiz biladigan ichimizdagi ovoz, o’zimiz bilganimiz nafs va menlik tilidan so’zlangan qissa. Bir ko’rinishda erish tuyilgan tasodif va uning oqibatida ega bo’lingan kitob. Tasodif inson hayotini shu qadar o’zgartirishga qodirmidi? Yoki rostdan ham tasodiflar tasodifan bo’lmaydimi? Mahmud Xudoiyga qaytsak, borlikdan yo’qlik diyoriga qaytgan va o’sha yerda o’z nafsi bilan kurashgan Aziz Avliyo. Ustozi Uftodadan nafs va unga qarshi kurashni o’rgangan, Sevgani(Alloh) ishqida o’zini yo’qlik diyoriga ota olgan va oxirida o’z nafsini jilovlay olgan buyuk zot. Bir qarashda eng qiyin yo’lni tanlagan, ammo o’z tabiri bilan aytganda, dunyo uning uchun zulmat, umuman qiziqarsiz bir matoga aylangan...

Hech umringizning ayni damida, erishganingiz hamma narsadan voz kechib, o’z nafsingiz bilan kurash uchun borlikdan yo’qlikka borgan bo’larmidingiz? Ichingizdagi o’sha men bilan kurashda bor budingizdan kecharmidingiz? Kitobni o’qish davomida meni bu savol juda o’ylantirdi. “Men” sizga ta’sir qilishi uchun, kitob nafs tilidan hikoya qilinadi. Tasavvur qilyapsizmi, siz ichingizda gaplashadigan ovoz tilidan boshqa bir inson hayoti haqida eshitasiz. Xudoiy va nafs jangi haqida aynan mag’lub tomonning tilidan o’qiysiz . Aslida biz o’lmagunimizcha nafsimiz ham o’lmaydi…

Endi kitobning sifati haqida ozroq gaplashsak. Haqiqatdan anchadan beri qo’limga o’zbek tilidagi bunchalik sifatli kitobni olmagan edim. Kitobda atiga bittagina imlo xato (bir harf tushib qolgan) meni xursand qildi(Buni aytmoqchi emasdim. Lekin rostdan bittagina xato borligidan juda xursandman). Bu yaxshi natija. Nashriyotga alohida tashakkurlar. Bunday kitobni kitobxonlarga taqdim qilgani uchun ham. Kitobni sovg’a qilgani uchun “Qamar” kitoblar do’koniga ham Rahmat.

Kitob diniy adabiyotlarga qiziqadigan, nafs va o’z menligi haqida ko’proq anglashni xohlagan, Aziz Avliyolar hayotiga qiziqadigan va umuman keng kitobxon ommasi uchun. Katta ehtimol bilan kitob sizga yoqadi. O’qing! Zero eng yaxshi xulosa bu - o’zingiz chiqargan xulosa)

Kitobning elektron varianti mavjud emas!

@m1racle_books
Mana shu jumlalar menga kitobdan eng yoqqan jumlalar🥹


https://www.instagram.com/reel/CmzIFO5P2V_/?igshid=YmMyMTA2M2Y=
2025/07/04 20:30:14
Back to Top
HTML Embed Code: