Telegram Web Link
Forwarded from M1racle live 🧠
Baxtning shunaqa ko’rinishi bor..)
Sayr qildim… Juda ko’p o’yladim… Balki shunchaki rostdan jim bo’lib ketish va hayotini hech kimga ko’rsatmasdan mazza qilib yashashni tanlarman…)

Balki shunchaki oxir oqibat insonlarga yordam berish, “qutqaruvchi” rolida bo’lish meni charchatgandir… Balki o’zimni qutqarish vaqti keldimikin..🥲

Baribir tushunmaydigan atmosferada bo’lish qiynayotgandir. Yoki tashqi ko’rinishingga qarab senga fatvo o’qiydiganlardan charchadimmikin…🫠 Balki insonlar boshqalar hayotida yashashni nega xohlashini tushunmayotgan va ularni o’z hayoti haqida qayg’urishlari uchun tinmay harakat qilish befoydaligini tushundimmikin…

Ba’zan esa shunchaki yosh boladay qaysarlik qilaman. Ba’zan 80 yil yashab qo’ygan odamdek maslahat beraman. Ichimdagi o’sha bolajonni himoya qilish uchun ham yoshi katta odamga aylandimmikin… Himoya qilmoqchi bo’lganin bolajon balki shundoq ham himoyaga muhtoj bo’lmasachi..)

To’xtab barini tushunish uchun yongan yana bir qizil chiroqdir balki bu..)

@m1racle_books
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
… but you’re loved..)
Yaxshi odam bo’lishingiz muhimroqdir…)
Bu sovuq havoda “front psixologiyasi” haqida o’qishga nima deysiz😁

Umuman kitob o’ylaganimdan ancha qiziq) Bugun tugasa albatta bitta review yozaman) Ungacha sizdan reaksiyalar😍
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#iqtibos

“Hayotda ham xuddi stomatolog kreslosining ustidagi kabi, doim asosiysi endi keladi, deb o’ylaganda, asosiysi aslida ortda qolgan bo’ladi”.

©️ Bismark

@m1racle_books
​​#tavsiya
10/10

“Agar hayot – umuman ma’noga ega bo’lsa, unda azob-uqubatlarning ham ma’nosi bor. Azob-uqubatlar, xuddi taqdir va o’lim singari hayotning bir qismidir. Azob va o’lim borliqqa butunlikni beradi”.

©️ Asardan

KITOB: Viktor Emil Franklning “Hayotga Ha de!” kitobi

Urush va uning oqibatlari, yetkazilgan moddiy talofatlar-u, insonlarning hayot kechirmalari haqida juda ko’p o’qiganman va yetarlicha tasavvurga ega ekanligimga shu kitob qo’limga tushkunicha ishonchim komil edi. Menimcha bu kitobning rus va ingliz tilidagi variantiga juda ko’p ko’zingiz tushgan.

Psixolog konslagerda! Aytib o’tganimdek biz urushning moddiy talofatlari, konslagerlar, maxbuslarning halokati haqida yetarlicha ma’lumotga egamiz. Ammo ma’naviy, psixologik talofatlar haqidachi? Bu haqida ya’ni maxbuslarning konslagerga kelishi, konslagerdagi hayot, ruxiy kechinmalar va ozodlikdan keyingi kechinmalari to’grisida tasavvurga egamidik? Umuman azob-uqubatlar insonlarni qanday axvolga olib kelishi mumkin edi?

Xullas bu savollarning bariga aynan ushbu kitobda javob topishingiz mumkin bo’ladi. Kitob muallifi aynan konslagerning ruhiy asoratlarini, oxirgi umidi bilan yashayotgan va har kun o’lishi mumkin bo’lgan, qiyinchiliklardan o’tayotgan maxbuslarning hayot tarzini ifodalab beradi. Azob-uqubatlar kuchaygani sari, orzu qiladigan narsalaringiz ham kichrayib boraveradi. Masalan, siz shunchaki uxlashni, qorningiz to’yib ovqatlanishni va sovuqda qo’lingizni isitish uchun pechka oldiga borishni orzu qilishingiz mumkin. Bundan tashqari apatiya, ruhiy inqirozlar va kuchli taxqirlashlar natijasida insonlarda xohish-istaklar yo’qolishi jarayoni boshlanar, lagerda zarra umid ham maxbuslarni yashab qolishi uchun katta yordam berardi. Ko’plar esa shunchaki o’zini o’ldirish bilan “qutilishar”, “nima uchun” degan savolga javobi bo’lmaganlar azob-uqubatlarga chiday olishmasdi.Kitob o’zbek tilida nima uchundir juda kichik hajmda, uni qisqartirishmagan, degan umiddaman.

Agar sizga inson ruhiyati, psixologik tadqioqtlar, urush va qiyinchilik haqidagi asarlar qiziq bo’lsa, demak kitob sizga yoqishi aniq) O’qing! Zero, eng yaxshi xulosa bu – o’zingiz chiqargan xulosadi!

Kitobning elektron varianti menda mavjud emas!

@m1racle_books
Kitobdan ba’zi highlight’lar🫠

@m1racle_books
2025/07/04 15:29:06
Back to Top
HTML Embed Code: