#nimadir
Hech narsani yangi loyiha ham, yangi odamlar-u, yangi g’oyalar ham qutqarmaydi.
Tizim…
Faqatgina tizim kerak. Tizim bo’lmas ekan, bari befoyda. Pullar sarflanaveradi, vaqt o’taveradi, raqamlar uchungina yashalaveradi.
IMHO
@mahinsworld

⚡62❤10💯8❤🔥6🔥6🍓1
#book_review
Chexovning yozganlari o’z qahrabosi bilan boshqalardan ajralib turadi. O’zining hajman kichik ishlarida jamiyat muammolari, falsafiy muammolar, achchiq hayotning realligi qamrab oladi. Bugun yozmoqchi bo’lganim “6-palata” haqida. Ushbu san’at asari rus xalqining aqli zaiflar hayot tarzi, ularni “qamoqxona”dan ham abgor holatda saqlashlariga bosh ko’tarish timsolida yozilgan.
Kunlardan bir kun Chexov rus aqli zaiflar ushlab turiladigan kasalxonalar hisoboti bilan tanishadi. Hisobotda kasallarni urishlari, qiynoqlarga solishlari, qamoqxonadan ham rasvo sharoitda tutishlari yozilgandi. Oradan vaqt o’tib o’zi shunday kasalxonaga boradi va ko’zi bilan ahvolni ko’radi. Qalbi ostin-ustun bo’ladi. Shu tarzda 6-palataning tamal toshlari yuragida paydo bo’ladi.
Hikoyadan hajman kattaroq, asardan esa kichik bo’lgan ushbu qissa realizmda yozilgan. O’sha paytlar urfga kirgan yo’nalish edi. 6-palata haqida qisqa hikoya qilishim shart emas, deb o’ylayman. O’qib ko’ring. Endi esa mavzularga to’xtalsam.
Eng asosiy mavzulardan biri - bu qalb kambag’alligi. O’qimaganlik, dunyoqarashlar torligidir. Shaharning qalbi qashshoq. Ular bilan gaplashadigan gap, baxslashadigan mavzuning o’zi qolmagan. Ularning kuni bir xil tarzda o’tadi. Sug’ur kuni desak mubolag’a qilmagan bo’lamiz. Eng katta misol: qahramonimiz doktor Andrey Yefimich. Shaharning asosiy ovunchog’i - g’iybat, Manfaatlar.
Ijtimoiy mavzulardan biri - mas’uliyatsizlik. Amaldorlar, kursi egalarining o’z kasbiga sovuqqonlik qilishlari. Ular pullarni keraksiz binolar qurishga sarflashadi-yu, lekin kasalxona isloh qilinmaydi. Davolashnig yangi usullari qo’llanilmaydi. Shunchaki kun o’tib, pul sarflashga kun o’tkazishadi.
Yolg’izlik - doktor Andrey Yefimichning qalban yolg’izligi. Kim bilan suhbatlashishni bilolmay, kim gapini tushinishini qidirib 6-palatadagi o’zi kabi yolg’iz vos-vosga chalingan Ivan bilan suhbatlashishi. Aynan shu suhbatlar o’zidan shubhalanishiga sabab bo’ladi. Jamiyat dildan suhbatni tushunmaydi. Ular uchun manfaatlar bo’lsa bas. Hattoki doktorga yaqin do’st hisoblagan Mixailda ham bee’tiborlik va manfaat yotadi. Afsus.
O’qing. Go’yoki jamiyatimiz 6-palataga aylanmoqda.

🔥25💘7💋5🍓1
#nimadir
Kitob o’qish foizlari sezilarli darajada past. Kitoblar assortimenti haqida aytmasam ham bilasiz. Kitob do’konlarga kirganda bir xillik. Elektron kitoblar uchun ham dasturlar barmoq bilan sanagulik. Kitob haqidagi #review joylaydigan O’zbek plastformasi yo’q. Tanlov yo’q. Kitoblar seriyalari deyarli yo’q (barmoq bilan sanagudek u ham). Borini ham to’liq yig’olmaysiz, yarmi sotuvda yo’q, yarmi xolamnikida.
Yozuvchilar bilan qiziqarli uchrashuvlar yo’q. Kitobga oid hech narsa yo’q. Qo’ysangizchi endi…
Biz kitobxon millat emasmiz. Biz kitob o’qimaymiz. Kitobni yaxshiyam ko’rmaymiz. Biz sandiq va xontaxta oyog’iga tirgak qilib kitobni qo’yuvchi, xojatga qog’oz topolmay eski kitoblarni oboruvchimiz.

💔146❤14💯14🔥9😘5🤩2⚡1🎉1🐳1🌚1
dissertatsiyamni ochdim. Sekin to'ldirib yozishga urindim. Shunda Fransiya va Italiyaga borib arxiv/muzey/kutubxonalarda 1 oy ishlasa ancha yangiliklar topa olishimni o'yladim. Lekini bor
harajatlarni qoplaydigan dastur yo'q! Yosh olim, tadqiqotchilarni qo'llab-quvvatlaydigan, ilmiy ishini rivoji uchun izlanishlar harajatini qoplaydigan dastur haqida o'ylay ketdim. Menimcha yo'q.
afsus

💔68🤔11💯11👏4🕊4☃3🌚2
Ilmiy ishda mavzu tanlashda ikki xil tadqiqotchi mavjud:
1. Avval ham ishlangan mavzuni oladi. Shularni o'rganib, yangilik kiritibi, yozadi
2. Mahindek avval ishlanmagan mavzuni oladi va ma'lumot qidirib, arxivlarni titib, yillab yozadi

🤩57❤🔥11👏10❤8💔5💘2🎉1🌚1🍓1
"Futbol muxlislarining ko‘pchiligi tomonidan kechadan beri nima sababdan Timur Kapadzening Ispaniyaga qarshi o‘yin oldi fikrlari chiqmagani muhokama qilinmoqda.
Sababi esa oddiy O‘zbekiston OTJ bilan birgalikda olimpiada yo‘lini bosib o‘tgan O‘FA matbuot xizmati vakili Parijga olib ketilmagan. Shu sababli ham kechagi Timur Kapadzening fikrlari hech bir o‘zbek OAVsida chiqmadi. Katta ehtimol bilan Parijda bo‘lib turganlarning hech birini kechagi matbuot anjumani audiosini yozib olish xayolida ham bo‘lmagan"
Bu xabar juda ham dilimni og'ritdi. Xullas, O'zbekiston olimpiya terma jamoasining matbuot kotibi terma jamoa bilan birgalikda Parijga bormabdi. (Adashmayotgan bo'lsam, Kamoliddin ismli yigit edi). Bu butun O'zbekiston nomli mamlakat uchun ulkan sharmandalik. Olimpiadaga davlat hisobidan ketgan futbolga aloqasi yo'q bo'lgan ba'zilarning istoriya va postlar qo'yib yurgani fonida bu xabar yanada sharmandaliroq tuyulmoqda. Eng qizig'i, o'sha Parijga ketganlar nimaning hisobiga fan-klub muxlislari, matbuot vakillari va futbolchilarning oila a'zolari uchun mo'ljallangan kvotaga yuvilmagan qoshiq kabi "suqilib" kirib olishgan? Ha, tanish-bilishchilik. Eng yomoni, o'shalar ichida bir paytlar tanish-bilishchilikka nisbatan nafratini ochiq bayon etishdan qo'rqmagan insonlarning mavjudligi ikki hissa achinarli. O'sha ketganlarning o'rniga eng muhim bo'g'inlardan biri hisoblangan, jamoaga foyda keltiradigan, anjumanlardan, mashg'ulotlardan, o'yinoldi jarayonlardan "issiq" xabarlarni ilinib turadigan matbuot kotibini olib ketishsa bo'lmasmidi? Bo'lardi. Lekin, futbol ichidagi o'rta bo'g'indagi qaysidir bir rahbarchaning piar yoki reklama sohasidagi qaysi bir kalamushcha bilan tanish-bilishchiligi bunga to'siq bo'lgan. Parijga borishni ko'ngli tusagan blogercha piarchisiga chiqqan, piarchisi rahbarchasiga chiqqan, rahbarchasi haqdor odamni chopib tashlab, tanishchasini ro'yxatga kiritgan. Sxema shunaqa.
Oxirgi paytlarda tanish-bilishchilik, urra-urrachilik har sohada urchib ketayotgani ( azaldan bu narsa bo'lib kelgan), Maksim Gorkiy aytganidek, "go‘yo yuragimning ustini shilib tashlagandek bo‘ldi". Borib-borib, "qalbim har bir nohaqlikdan, adolatsizlikdan ta’sirlanib, achishadigan" bo'lib qolmasa, go'rga edi. Bir necha yil ijtimoiy tarmoqlarda davlat va jamiyat ishidagi odamlarning tanish-bilishchiligi, urra-urrachiligidan nolib kelgan, buni o'zgartirmasak, rivojlanmasligimizni bot-bot ta'kidlab kelgan insonlar davlat qaramog'idagi loyihalarga rahbar sifatida kelishganlarida yoki davlat idoradagi "katta-katta" ishlarni bir og'iz gap bilan hal qilib yuboradigan shaxslar bilan mustahkam aloqalarga ega bo'lganlarida, bezlarcha bir dumalab o'zgarib qolayotganlari esa o'lganning ustiga chipqondek bo'lmoqda.
Ayniqsa, davlat tasarrufidagi ayrim loyihalarga rahbar sifatida kelgan sobiq (bemalol sobiq desam bo'ladi, aqli raso odamlar ularning prinspi, qadriyatlari, tanish-bilishchilikka nisbatan nafrati "kreslo tekkungacha" ekanligini tushunib olishdi) "haqparast"larning besh-panjasini og'ziga tiqib, "наглый" tanish-bilishchilik, urra-urachilikka yo'l qo'yayotgani, bundan uyalmayotgani ko'pchilikning hafsalasini pir qilmoqda.
Tanish-bilishchilik lazzatli narsa. Ko'pchilik yetolmagan narsalarga yetishasan, ko'pchilik bora olmaydigan joylarga borasan, ko'pchilik hal qila olmaydigan ishlarni bitirishga ko'p kuch sarflamaysan. Mazza-ku. Lekin o'sha tanish-bilishni orttirgungacha aynan o'sha ko'pchilik seni qo'llagani, o'sha ko'pchilik qo'llab-quvvatlamaganida, sen ham o'sha ko'pchilik qatoridagi oddiy odamligingcha qolishing mumkinligini esingdan chiqarib qo'yishing yomon. Albatta, tanish-bilishchilik bilan hayoting osonroq, qiziqarliroq bo'ladi. Lekin o'sha seni qo'llaydigan tanishing uchun sening qo'pol bo'lsa-da, bir marta ishlatiladigan vositalarchalik qadring bo'ladi. Qachondir, foydalanish muddating tugaganidan so'ng, itqitib yuborilganingda, o'sha bir paytlar sen past nazar bilan qaragan oddiy qorako'zlar oldiga tushasan. Buyog'i esa... E, xullas. Foydasi yo'q. O'ta qo'pol fikrlar uchun uzr.
@mahinsworld
⚡53💔34💯25🔥10❤🔥8❤3🏆2
Mahin's World
"Futbol muxlislarining ko‘pchiligi tomonidan kechadan beri nima sababdan Timur Kapadzening Ispaniyaga qarshi o‘yin oldi fikrlari chiqmagani muhokama qilinmoqda. Sababi esa oddiy O‘zbekiston OTJ bilan birgalikda olimpiada yo‘lini bosib o‘tgan O‘FA matbuot xizmati…
Tasavvur qilyapsizlarmi yoshligidan mehnat, sabr qilgan ota-onalar ajratilgan kvotaga kirmagan, saytlar futbol jurnalistlari qolib Khusnorikka o’xshagan blogerlar borgan.
Mantiqni topib beringlar. Mantiq qidirilmoqda.
@mahinsworld
Mantiqni topib beringlar. Mantiq qidirilmoqda.
@mahinsworld
💯71💔31🤔9❤5🌚4❤🔥3
Bu kitob loyihalari, kitob bloglari, nashriyotlar, kitobga aloqador barchamizga nisbatan hurmatsizlik, deb hisoblayman. Agar shunday gapdan keyin ham barcha indamay qo’ysa - yozilganidek NOTHINGmiz
@mahinsworld
@mahinsworld
💯70💔15🤔7❤4⚡3🕊1🍓1
#book_review
"Pachinko" NewYork Time bestsellerlari ro'yxatiga kirganida navbatdagi shunchaki varaqlanadigan kitoblardan biri, deb o'yladim (oxirgi paytlarda shunchaki varaqlaydigan mass literature kitoblar ko'paydi). Shu bilan shovqin-suronlarga ham e'tibor bermadim. Ammo, twitterda BookClubimizning tarix ruknining shu oyi uchun ushbu kitob tanlandi. O'qishga tutindim. Avvaliga xafsalasizlik bilan ko'z yugurtira boshladim va shu bilan qanday tugatganimni sezmay qoldim. Bilasizmi, menda stabillik yo'q. Haftalab kitob o'qimasligim yoki aksincha bir kitobni uxlamay o'qishim ham mumkin. Bu kitobda uxlamadim.
Xo'sh, doimgidek hislarim haqida gapira boshladimmi? Kitobga qaytsak. Asarda biz 16 yashar qizga duch kelamiz. U otasidan erta ayrilgan, onasi bilan pansion yurg'izar va esini tanigandan beri tinim bilmasdi. Kunlardan bir kun U o'zidan ikki barobar katta erkak bilan ko'ngil qo'yadi va homilador bo'lib qoladi (yo'q, bu spoyler emas. Qisqa tarif xolos). Shu tariqa voqealar qizg'inlasha boshlaydi.
Tarixdan bilasiz, 1930-yillar Koreya, Yaponiyada o'zgacha bir nostabil davr bo'lgan. Koreyslar qiyin davrni boshdan kechirgan. Yaxshiroq hayot izlab Yaponiyaga ketishgan, u yerda esa odam hisobiga kirishmagan. Shu tariqa esa ular na Koreyalik va na Yaponiyalik bo'lishgan. Bizning qahramonlar ham xuddi shunday, yaxshiroq non istab Osakaga yo'l olishadi-yu, hech ko'kraklari shamol ko'rmaydi.
Asar ko'plab tarixiy voqealarni qamrab oladi: Jahon urushi, Xalq urushi, Koreyaning ikkiga bo'linishi, ocharchilik. Koreyada ocharchilik shunday bir ayanchli tarzda tus oladiki, qariyalar uyidagi yoshlarga oxirgi ozuqalarini qoldirib, uyidan uzoqlashgancha ochlikdan jon berishadi.
Asarga qaytsak, muallif kitobni uzoq muddat yozgani va qayta-qayta kitob ustida ishlaganini aytgan. Men uchun esa shoshib yozgandek his qoldirdi. Plot yaxshi, qayerlaridir Oshinni ham eslatdi. Lekin, qahramonlar yaxshi ochib berilmagan. Juda shoshilingan. Voqealar tezlik bilan sodir bo'laveradi. Bir ko'zingizni ochmasingizdan, urushlar tugab ham bo'lgan bo'ladi. Juda ko'p mavzu va og'riqlarni qamrash uchun asosiy voqealarga urg'u berishni unutadi, balki muallif shuni istaganu men ko'proq narsa kutgandirman.
Asarda qalbimni yaralagan narsa qahramonlardan birining "ayollar qiyinchilik uchun yaratilgan, ular doimo qiynalishadi. Eringa xizmat qil, farzandinga xizmat qil. Doimo ishla. Shaxsiy puling bo'lsin", deya onaning qiziga bergan nasihati bo'ldi. Qisqa gaplar. Mag'zini chaqsak esa unday emas. AYOLLAR QIYINCHILIK UCHUN YARATILGAN... Osiyoni ko'p narsa birlashtiradi, qariyalarni tashlab qo'ymaslik, eriga xizmat qilish, ayollar qiyinchilik uchun yaratilgani, erkak va ayol qilgan gunohga ayol javob berishi, ayolga ta'na qilishlari...
Kitob 560 sahifadan iborat. O'qishni boshladingizmi? Tabriklayman, tugatmaguncha o'rningizdan tura olmaysiz. Tarjima qilinishini istardim, lekin ichida 18+ va bachabozlik sahnalari bor. Senzurasiz chiqarila olmasa kerak, deb o'ylayman.

❤🔥45☃5🦄5🎉4🍓4
#reading
Sukunat ta'bimni xira qildi. Bu oddiy sukunat emasdi. Jon-jonimni sug'urib olgan sukunat edi.
@mahinsworld
Sukunat ta'bimni xira qildi. Bu oddiy sukunat emasdi. Jon-jonimni sug'urib olgan sukunat edi.
@mahinsworld
❤🔥44💔16⚡8🎉4
#nimadir
10 yil oldingi Mahinga do'stona maslahatlar:
- O'qi, atrofga chalg'ima. Faqat o'qi;
- Atrofingda sifatli insonlarni yig'. Ya'ni ularda ham hayotiy reja, maqsad bo'lsin. Kunlari kimgadir hate yozish va 'chaynash'dan iborat bo'lmasin;
- Soha tanlashdan qo'rqma. Ilojsiz narsa faqat o'lim. Barchasi qo'lingdan keladi;
- Katta maqsad qo'y va mayda qadamlar bilan maqsadinga qarab yur;
- Til o'rgan. Qancha ko'p bo'lsa shuncha yaxshi (Universitetga kirganimda 2 ta yangi til o'rganmoqchi edim. Afsus tashlab qo'ydim, irodasizlik qildim)
- Sayohat qil. U xoh chet, xoh atrofingdagi viloyat/qishloq bo'lsin;
- Sifatli ta'limni tanla. Shunchaki diplom bilan ish bitmaydi, yaxshi ta'lim kelajagingda yaxshigina tamal toshi bo'la oladi;
- Moliyaviy savodxonlikni o'rgan. Pullar bilan munosabatingni to'g'rila;
- Terapiyani qancha erta boshlasang shuncha yaxshi
hozircha shular.

❤🔥99❤18🔥17🦄8💋4🐳1🍓1