Telegram Web Link
#new_books

- “Shayboniylar davlati” Qamardan sovg’a;
- “Isiguro” Secret Santadan sovg’a;
- qolgani esa Topilmalar)

@mahinsworld
🔥41❤‍🔥11🍓8👏4💋2
Javonni qayta taxlayapman

@mahinsworld
❤‍🔥8815🔥14🤩11🌚6🤔2🤗2
5000 ga oz qoldi. Share link and subscribe

https://youtube.com/@MahinReads
🎉48❤‍🔥167🍓2
💔53🕊5🤗3👏1
​​#book_review
#specialty

Partizanlar… partizan so’zini ilk bora “Ikki eshik orasi”da o’qiganman. Qora ammaga qarab “siqilma, Kimsan balki partizanlarga qo’shilib ketgandir”, deydi. Shunda partizan so’zi qiziq tuyilgan. Keyin esa “Bella Ciao”ni eshitdim. Unda ham kichik edim. Qo’shiq negadir mungli va dardli tuyilardi. Yillar o’tdi va ayni shu mavzuda ilmiy ish yoza boshladim.

Bugun Baxtiyor Abdug’afurning “Kazbek” Osiyo arsloni kitobini o’qib tugatdim. Kazbek haqida avval ham o’qigandim. Kazbek nomli kitobchani yozgan odamning o’zi sovg’a qilgandi. Endi esa badiiy to’qimalar qo’shilganini ham ko’zdan kechirdim (shunday deyiladida, aslida to’liq o’qidim).

Mamadali (MuhammadAli) Topivoldiyev asli Farg’onalik 2-Jahon urushi boshlanganda harbiy xizmat o’tash uchun allaqachon ona vatandan uzoqda edi. Nemislar shartnomaga “tupurib” urush ochganida shundoqqina urush o’chog’ida edi. Falak gardishi bilan Belorus makonida partizanga aylanadi. Uning kuchi, sezgirligi va tap tortmay har qanday xatarga shay ekani ruslarni hayron qoldiradi. Axir o’zbeklar “bosmachi, qorin qo’ygan va osh yeyishdan boshqasiga yaramaydi”. Uning ismini aytishga qiynalishgani sabab Tolik, Kazbek deya chaqira boshlashadi. Topivoldiyev ham izidan Kazbek deya yozib keta boshlaydi.

Xo’sh, kitobga to’xtalsak - yozuvchi allaqachon o’z uslubini topgan. Tarixiy qahramonlar haqida arxiv ma’lumotlarni yig’ib, ozgina badiiy to’qima bilan xalqqa taqdim etadi. Kitobda biz hech qanday g’olib yoki to’laqonli aybdor/jabrlanuvchilarni ko’rmaymiz. Ikki tomon ham birdek aybdor. Urushda g’oliblar bo’lmaydi. Biz nemislarni mehnat lagerlari uchun, mehnat lagerida nafaqat haqiqiy yahudiylar, balki yahudiy deya yoqib yuborilgan vatandoshlar uchun yomon ko’rsak, qizil armiyani urush boshlanguncha qadar Polshaning chegaralaridagi harakatlarini aytishimiz mumkin (kitobda bir qator sahnalar/voqealar keltirilgan).

Undan tashqari Turkiston legioni ham “qistirib” o’tilgan. Maximal tarzda legionni oqlagan. Ular shunga majbur bo’lgandek tasvirlangan. Biz buni Muzaffarxon jamoasi tarkibidagilar misolida ko’rishimiz mumkin. Urushga safarbar qilingan yosh yigitlar jang maydoniga tushganining birinchi kunidayoq konslagerga tushishadi. U yerdagi azoblarda, yoqilayotgan odamlarning isidan bo’g’riqib yurganida Turkiston legionidan kelib, Turkistonni ozod etish uchun qo’shilishlarini so’rashi va lagerdagi musulmonlarga bu oqlikdek ko’rinishi aytilgan. Juda baxsli mavzu. Turkiston legioni hanuz yopiq va baxsli mavzuligicha qolmoqda. Ma’lumotlar kam, bo’lsa ham yopiq arxivlarda saqlanadi.

Umuman olganda bizning yurtdan ko’p qahramonlar chiqqan. Ba’zida o’ylanib qolaman, birovning urushida jon olib, jon bergan, uyida ota-onasi dod urgancha ko’zlari to’rt bo’lib kutgan vatandoshlarimizni qahramon deya boshga ko’tarish erishdek o’zimni ayblayman. Ular ham tinch, osuda umr kechirishga haqli edilarku deyman. O’qing. Kitobdor nashriyotida 2023-yilda nashr etilgan.

@mahinsworld
❤‍🔥28🔥9🥰63🤩2
​​#book_review

“Sukunat ta'bimni xira qildi. Bu oddiy sukunat emasdi. Jon-jonimni sug'urib olgan sukunat edi.”

Ancha yillar oldin edi. Tush ko’rdim. Tushimda 6 qavatli bino. Zinalar. Aylana zinalar edi. Aniq eslayman. Qorong’ulik. Tuman. Zinalarda yuguryapman. Qochyapman. Qaysidir bir qavatga ko’tarildim. Jinnilar. Qo’rqdim. Pastga tushdim. Bino eshigi qulf. Yana zinalarga qaytdim. Endi barcha aqldan ozganlar ustimga bostirib kela boshlashdi. Shu kabi tushlarni ko’p ko’rganman. Kimgadir tushlarimni aytsam ishonmagan. Kitobga qaytamiz.

Kuni kecha Sylvia Plathning “The Bell jar” kitobini o’qib tugatdim. Asar Esther ismi qiz haqida. Chiroyli, qobiliyatli qizning sekin asta og’rishi haqida. Inson jismoniy og’riqqa bardosh bera olishi mumkin, hech bo’lmasa og’riq qoldiruvchi dorilar yordamida. Lekin mental azobga davo yo’q. Davosi yo’q dard deydilar buni. Asarni avtobiografik desak mubolag'a bo'lmaydi. Muallif asardagi ko'p voqealarni boshdan kechirgan.

"The Bell jar"ni "The catcher in rye"ning ayol analogi deb ham atashadi. Ikkisida ham melanxoliya, depressiya alomatlari mavjud. Lekin Sylvianing ijodi kuchliroq deb bildim. Ester - asar bosh qahramonining orzusi shoira bo'lish va dunyo kezish. U faqat yozishni istaydi, ammo kunlardan bir kun u yozish, o'qish va uxlash qobiliyatlarini yo'qotib qo'yadi. Endilikda u faqatgina psixologik kitob o'qiy olardi. Qanchalar dahshat bo'lsa kerak. Asar muallifi ham hayotida ana shunday og'ir damni boshidan kechirgan.

Kitobni o'qir ekansiz muallifning so'z ishlatish qobiliyatiga oshiq bo'lasiz, aynan shu sabab ham original tilida o'qishni tavsiya qilgan bo'lardim. Nazmdan yig'ilgan nasrga o'xshayd bu asar. Depressiya, jinnixona, psixik kasallik, suiqasd - barida o'zimni ko'rdim. Eski, balki hozirgi Mahin. Bu narsalar qanchalar tanish, qanchalar qadrli va bir paytda qo'rqinchili ham.

Atrofdagi sodir bo'layotganlar o'z ahamiyatni yo'qotishi va absurdga aylanishi. Istasang ham hech narsa qila olmay qolishing. Xayolingga suiqasdning ming bir turlari kelishi, urinishing va nihoyasida qo'lingdan kelmasligi.

Kuz uchun melanxolik kitob izlayapsizmi? To'g'ri yo'ldasiz - "The Bell jar"ni o'qing. Kitobni hali ko’p qayta o’qiyman. Bu aniq.

@mahinsworld
❤‍🔥356🎉4😘4🐳31🤔1🤗1🦄1
🕊32❤‍🔥18🐳14👏3🤗2😘2🤩1
🕊29🐳14❤‍🔥11🤗4🤩3💯2😘1
🕊37🐳25❤‍🔥4🤩3💯2🤗2😘1
#nimadir

Book influencer hisoblangan Jack Edward yaqinda Murakamining noyabrda nashr qilinishi rejalashtirilayotgan kitobini hammaga "maqtandi". Unga allaqachon kitobni maxsus nashrini jo'natishgan. Mahin kitobni go'zalligiga va Murakamini chin fanati sifatida birdaniga kitobni izlashga tutindi. Qarasaki u muqova tag-tugi bilan yo'q ekan.

Kitob sohasini qarang a, nashrdan 3 oy avval kitob blogerlarga MAXSUS nashrda chiqarib, jo'natishar ekan. Endi ko'rganimdan beri shu miyamdan chiqmayapti.

ana shunaqa dushanba menda. Ko'ngil maxsus nashr istaydi... Nashriyotlar uchun tekin g'oya

@mahinsworld
🐳48❤‍🔥15🕊6👏5💔5🤝5🌚3🍓32🔥1😇1
#reading

A little life💔

@mahinsworld
💔41🤗8❤‍🔥4🤔42😘1
Mahin's World
#reading A little life💔 @mahinsworld
Mahin qachondir kitoblarni bir paytda bir necha tillarda o’qish odatini yengib chiqadi va oson hayotda yashaydi. Men Mahinga ishonaman.

@mahinsworld
❤‍🔥70🤗12🔥8🍓73🌚2🤝2🐳1😘1
#nimadir

qoidalar buzilaveradi, ularni buzish oson. Odatlar - mana nimani buzish va voz kechik mushkul.

shu sabab ham "o'rgangan ko'ngil, o'rtansa qo'ymas" degan gap bor
@mahinsworld
👏34💯12🤝7🍓5❤‍🔥3🦄3😘1
🥺
💯69❤‍🔥20🤩9🤔6🍓4😘2
#nimadir

“Bizdan faqat hislar qoladi”

derdim doim. Lekin inson hech narsa his qilmay qolsachi? Na quvonch, na sevgi, na yomon ko’rish, na sog’inch. Hech narsa. Atrofingda voqealar sodir bo’lsa, bo’laversa. Sen esa hech narsa his qilmasang. Bundan og’iri bo’lsa kerak. Eng qizig’i esa shu og’ir ekanini ham his qilolmasang.

Kunlar, soatlar o’z maylida o’tsa. Sen esa boring va borlig’inga befarq bo’lib qolsang. Nima bu? Kimsan? Shunchaki yo’qlik qariga yo’q bo’lsang. Aytishadiki, faqat despressiv/qora mavzulardan chiqa olmas ekanman. Shundaymikan? Bu bir mavzu atrofida aylanishimmi yoki aynan shu his bilan tug’ilganim?

His qilmasang, qilolmasang, qilishni ham istamay qo’ysan. Hech narsa qilolmasang. Yo’q - apatiya emas. Bu depressiya ham emas. Hech narsa emas. Bularning hech biri emas.

@mahinsworld
💔59💯5🕊3🤩2🤝2💘2
#reading

Qalb yaralanishi mumkinmi? Kitobdan? Qahramonlardan? Hikoya? O’tmish? Yaralar-u azoblaridan…

#alittlelife
@mahinsworld
❤‍🔥40🔥8🤗51
#nimadir

Hammani bir vijdon kabi yaqini bo'lishi kerak. Muhim ishlaring, maqsadlaringni eslatishga va doim nafas olishinga sharoit yaratishga.

#sevingvasevilingbolalarim
@mahinsworld
❤‍🔥60🔥14104🎉2
2025/07/14 00:52:10
Back to Top
HTML Embed Code: