#nimadir
3 kun. Yana bir fasl tugashiga sanoqli kunlar qoldi. Qiziq. Kuzni intizorlik bilan kutarkanmanu, ammo ungacha bo’lgan mavsumlardagi umrim va lahzalarning o’tayotganiga e’tibor bermas ekanman. Umrim. Ha, shunchaki lahzalar emas umrim. Balki kunim tugashi, endi nimanidir boshlanishi emas, yakunim, intihoyim tomon qadamlayotgan ekanman. Kuz?
Yoz. Ha, undan oldin bahor bor edi? Aytgancha qishni eslatish yoddan ko’tarildi. Roppa-rosa 8 oy. Balki 3 mavsumni hisoblashim kerakdir. Uchlik. Uchlikning uchini hisoblasak naqd to’qqiz oy. Oylar. Lahzalar o’tmoqda. Yoz?
Kuzdan kuzgacha bo’lgan umrim qanday o’tdi? O’zim uchun nimalar qildim? Bilmim, sog’ligim, ahvolim. Umuman menim uchun. O’ylanaman. Shu yoz butun umrga yo’qotgan, qayta ko’rmaydigan insonimni eslayman. Ko’zimga yosh keladi. Merso yodimga tushdi. Qo’msayman. Yana xotiralar ortga tortadi. Yetaklayaptimikan yo? Kuz?
Umrim. Nega buncha umrim, deb qoldim o’zi? Umr bir menda bormi? Yoki mening menim-u umrim qolganlarnikidan bir o’zgachami? Lolman. Yoz?
Lahzalar. Yoz. Kuz. Umr. Soniyalar. Nafas. Ulgurish. Sokinlik. Qayg’u. Xomushlik. Yig’i.
@mahinsworld

❤🔥66💔26🕊7🐳5🏆5❤3☃1🤔1🌚1🤝1🤗1
#specialty
Kecha o’zim uchun muhim 2 kitob taqdimoti bo’lib o’tdi: biri turkum sifatida chiqayotgan kitob-albom (naqd beshinchisi) va monografiya. Taqdimot joyiga borganimda odamlar ko’pligiga hayron qoldim. Odatdagidan 3-4 barobar ko’p edi. Keyin bilsam yana yangi qahramonlar (Ikkinchi jahon urushidagi) ismlari tiklangan va ularning oila/avlodlari kelishgan ekan. O’zimning maqolam haqida qisqacha gapirsam:
2 yil oldin arxivda doimgidek ishlab o’tirgan va izlanishlarimdan natija (yangi ism) ko’rmay o’tirgan edim. Shunda bir shaxsiy arxivda bir familiya ko’rdim. Birdaniga delolarni buyurtma qildim. Topganimni skaner qildim, Italiyaga yozdim. U yerdan qisqa ma’lumot topdim. Avlodlarini izlashga tushdim (ishoning qiyin ish. Ba’zilar farzandsiz, ba’zilarda esa bir dona qiz, qiz ham turmush qurib familiya o’zgartirgan yo ko’chib ketgan). Shunda tasodifni qarangki jiyanlari muzeyga tog’alaridan qolganmi topshirishga kelgan ekanlar. Haqiqatda omadli tasodif. Kecha ko’rishdik taqdimotda, ancha gaplashdik. Kitob-albomdagi maqolani qarindoshlarga oborib ko’rsatishlarini va tog’alaridan cheksiz faxrlanishlarini aytdilar.
Ba’zilar menga aytadiki - urush tugaganiga ehe qancha yil bo’ldi, nima kerak deb. Nega kerak? O’zingizniki bo’lmagan urushda qatnashib, mardlarcha jang qilib, kamiga esa bedarak yo’qoldi yoki qaytganda xoyin deya surgun qilinganni oqlash, uni nomini tiklash kerakmasmi? O’sha insonlar avlodlarichi? Hanuz boshi egik yurganlar yoki otasi qayerda halok bo’lganini bilmaydigan farzandlarchi (kecha bir jangchini qizi bor edi, u to’kkan ko’z yoshlarni ko’rsangiz balki gaplarimni tushunarsiz).
Qilayotgan ilmiy ishim, partizanlarni izlash, asirlar hayoti bilan qiziqishim, oilalarni izlashimning zig’ircha bo’lsa ham kimnidir hayoti uchun foyda keltirishi, quvonch ko’z yoshiga sabab bo’lishini guvohi bo’laman. Yig’layman. Qiyin ish. Og’ir. Doimiy ravishda konslagerdagilar voqealarini titish - juda azobli. Bo’z yigitlarimizni azoblangani va xoyinga chiqqanlarini o’qish og’riqli juda.

❤🔥36👏10❤6🍓5☃3
Mahin's World
#specialty Kecha o’zim uchun muhim 2 kitob taqdimoti bo’lib o’tdi: biri turkum sifatida chiqayotgan kitob-albom (naqd beshinchisi) va monografiya. Taqdimot joyiga borganimda odamlar ko’pligiga hayron qoldim. Odatdagidan 3-4 barobar ko’p edi. Keyin bilsam…
P.S monografiyada ham muallif edim. Olimlar qatorida ham muallif sifatida tan olinganim katta yutuq deb o’ylayman. Kitob-albomda esa ijodiy guruhda borman.
👏39❤🔥15❤3
Remark kitoblarini yaxshi ko’raman. Nima topganman, hayronman. Lekin undagi melanxoliya, qahramonlardagi mayuslik o’ziga tortadi. Hozircha 5 ta kitobini o’qibman. Endi esa shunisiga navbat.
Yo’q, siz Mahin hoziroq o’qiydi, deb o’ylamang. Sotib oldim xolos. Hali o’qiyman demadim. Bilasizku, kitoblarni sotib olaman-u, lekin o’qimayman
XUDDI SIZDEK🫶🏾

❤🔥96🌚27🤗15🤩12😇10❤7🐳4💔1😘1
💘40💯22❤🔥18❤8🍓6💔2👏1😘1
#specialty
Urush mavzusi shu qadar chuqurki, izlangan saringiz nafratingiz va qarashlaringiz o'zgarib boraveradi. Kimni ayblashni, kimga barmoq bilan niqtalishni bilmaysiz...
Shuhratning "Oltin Zanglamas" kitobida zo'r berib Turkiston legioniga qo'shilib ketganlar xoin, sotqin, kuchsiz insondek tasvirlangan. Juda yomonlangan. Tanganing boshqa tomoniga qaraylik (urushda shaxsan o'zim hech kimni yaxshilamayman. Insoniyat, butun tabiatga aziyat yetkazadigan har qanday zot taraf olinmasligi kerak). Qanchadan-qancha o'lishi muqarrar bo'lgan yosh yigitlar omon qolishgan - ular sabab. Eson-omon qaytganlaridan so'ng, toki o'limiga qadar lom-lim demay ko'z yumgan urush qatnashchilari talaygina. Or hisoblashgan. Sotqinlik, xoinlik deyishgan.
"Kazbek"da esa Turkiston legionchilar arosatchilar sifatida tasvirlanganlar. Muallif o'rtaga savollar tashlaydi "Ular aslida xoin emasmi? Ularni aldashganu, endi nima qilarini bilmay qoldilarmi?", kabi. Nemislar gapiga bekor kirganlar, yana qayta qizillarga o'tganida o'lar holda kaltaklangani va arang qochgani haqida ham bor.
Lekinchi? Aslida kimning urushi edi? Biznikimi? Yosh joni uvol ketgan ajdodlarimizning urushi edimi?

💯20❤🔥3🔥3🌚3💘1
#nimadir
Hamma o’zini muhim odam, deb hisoblaydi. Aslida esa yo’q bo’lib qolsa ham dunyoda hech narsa o’zgarmasligidan bexabar.
#tojemne

💯124💔17❤🔥10❤9🌚6⚡3🔥2👏2💘1
#nimadir
Adabiyotchi va ijodkor sifatida kitob o'qiyotgan paytimda yozuvchi uslubiyatiga jiddiy ahamiyat qarataman. Balki aynan shu sabab ham asarni original tili (nemis, fransuzlar emas albatta), rus va agar bo'lsa ko'p holda o'zbek tarjimasini bir paytda o'qiyman. Uslubiyatni saqlangani men uchun juda muhim hisoblanadi. "Ali va Nino" tarjimasida ham Alining o'r, ammo sof xarakteri, sodda tilini saqlashga uringanman. Bu borada ustozlar - universtitetimda tarjima nazariyasi o'qituvchilari, "Akademnashr" rahbari Sanjar Nazar va boshqalardan so'raganman.
Uslub - yozuvchi nafasi, xayoloti, ichki dunyosi va asar havosini biz o'quvchilarga yetkazib beradi. Aynan uslubiyat yozuvchida individuallikka sabab bo'ladi. E'tibor bergan bo'lsangiz men har qanday yozmalarimda gap qurilmamni xato tuzaman, odatda gaplarim ega va kesimsiz yo qisqa so'z hamda gaplardan tashkil topadi. Shu uslubiyatni yaxshi ko'raman. So'zlarimdagi qorong'ulik, xush kayfiyatda yozsam-da xuddiki chuqur qora jarlikdan chiqayotgandek yozish yoqadi. Shu aynan uslubiyatim, deb bilaman (o'zimni katta yozuvchilarga teng qilish niyatim yo'q, oddiy matnlarimni nazarda tutyapman).
Nega Dostoyevskyni ko'pchilik yoqtiradi? Nega uni asl tilida o'qish uchun rus tilini o'rganishadi? Nega uning matnlarini muallifsiz berilsa-da ajratib olsa bo'ladi? Nima deb o'ylaysiz?
Men uslubiyatini yaxshi ko'rgan yozuvchilarim bor. Har yili yoki ikki yilda bir kitoblaridan sekin o'qib boraman. Keling shularni sanab o'taman:
Xaruki Murakami - birinchi bor "Norwegian Wood"ni ochganimda matn ichidagi musiqa ovozi o'ziga tortgan. Xayolimga qor, okean bo'yidagi etni titratar sovuq kelgan. Tasavvur qiling a yozuvchi so'zlari, uslubiyati odamni qay ahvolga solishi mumkin. Undan keyin "Kafka on the shore"ni o'qidim. Undagi melanxoliyani so'z bilan tasvirlash qiyin. Ezilib, urilib mazza qilib o'qisa bo'ladi.
Kurt Vonnegut - yerlik bo'lmagan yozuvchi. Uni uslubiyatini muallif yozilmagan bo'lsa ham, mingta muallifsiz asarlar orasidan bittada ajrata olasiz. Hozircha atigi ikki dona asarini o'qigan bo'lsam ham qalbdan joy olgan.
Margaret Atwood - ichki dunyo, yozish uslubi jihatdan qalbimga yaqin yozuvchi. Birinchi bor "The Handmaid's Tale"ni o'qiganimda xolasini topgan jiyandek xursand bo'lganman. Uslubiyati ajoyib ko'ringan. Keyin yana boshqa asarini o'qib ko'rdim va uni faqatgina o'z yozilgan tilida o'qish kerakligiga amin bo'ldim. Yozmalaridagi atmosferani his qilaman desangiz - originalda o'qing.
Hozirda Dildora, Nurali bilan birga mutolaa qilayotganimiz "A little life" - bizni yakson qilmoqda. Aynan nimasi bilan deb o'ylaysiz? So'zlari, tasviri, uslubiyati bilan. Asarni varaqlagan sarimiz chilparchin bo'layotganimizni his qilmoqdamiz.
Abdulla Qahhorga to'xtalsam - qisqa so'zlar, qisqa gaplar, joyiga tegar terminlar.
VA Dostoyevsky
Xullas, shunaqa gaplar. Adabiyotchi, uslubiyat gadosi va so'zlar, asardagi nafas olishlarni erinmay kuzatuvchisi sifatida hozircha bori shu. Yana ko'plab shunday yozuvchilar bor. Qolgani keyingi sonlarda.

❤🔥40🔥11👏5🕊4🐳4❤2☃2🌚2⚡1🤝1😘1
❤🔥87❤36🔥11💯11😘5🎉2💘1
Sayohatda eng avval O’zingdan yaralgan odamchang uchun kitob olishing. Uyingdagi kichkinangni kutubxonasini to’ldirish baxti🫶🏾
@mahinsworld
@mahinsworld
🤩71❤37❤🔥17🎉5🐳4🌚1💘1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❤🔥67🍓11💋8🔥7🤔6☃5❤2😇2💘1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❤42❤🔥18🤩11😘3🕊2💋2🤗1
#nimadir
Nima istayman o’zi?
O’zim haqimda o’ylash, xayollarim bilan andarmon bo’lish, aynan o’zi hayotimda birovlar ishiga aralashmay yashashni yaxsh ko’raman (U “kim yaxshi ko’rmaydi” degan bo’lardi). Kimgadir nimanidir isbotlash, qandaydir marralarga erishganimni hatto o’zimga-da qizig’i qolmagan.
Katta bo’lish bilan bog’liqdir balki. Endilikda ruhiy, psixik holatimgina qiziq. Sokinlik, halovatda yashash har qanday karyera, mashhurlik, jamiyatda tanilishdan ustunlikka chiqdi. Sevgan shaharlarimda uyim bo’lsa, uyda esa mo’jaz kutubxonam. O’sha shaharlarga ayni yomg’ir mavsumida borsam (hozir Istanbulda yomg’ir). Derazadan yomg’irni tomosha qilgancha o’zim sevgan melanxolik, depressiv bir kitob o’qisam.
O’rnimdan erinibgina tursam, shu yomg’irda dengizda qayiqqa chiqsam (kecha suzib ko’rdim, qo’rqinchili go’zallik edi). Tomosha qilsam, qayiq qalqiganda qo’rquv his qilsam, qayiqni ochiq joyiga chiqsam va dengiz suvi menga otilsa. Men esa uni bag’rimga bossam. Qayiqdan tushsam, qandaydir bir orol aylansam. U orolda kitob uylari bo’lsa, rastalarni ko’zdan kechira turib o’z ismimni ko’rib qolsam. Kitobimni ko’rsam, kitobni sekingina quchsamu, yozilgunga qadar to’kilgan ko’z yoshlarimni yodga olib yana mayus tortsam.
Melanxoliyaga g’arq bo’lsam. Men, sevgim, sevgim parchasi yetarli bo’lsa. Shu tarzda hayot kechiraversam, kechiraversam…

❤76❤🔥15🍓15🎉5💔4🦄4💘3🤔1
#book_review
Oq qog’ozni ochaman va nima haqida yozishga lol qolaman. Nimadan boshlay – muallif uslubi, qahramonlar mukammalligi, tili ravonligimi yoki voqealarning go’zallik ila zanjirlanganimi?
Hozirgina Hanya Yanagiharaning “A little life” kitobini o’qib tugatdim. Kitobni ancha yillar avval sovg’a qilishgan (to’g’risi qaysi kitobni olib beray, deyilganida shu kitobni tanlaganman. Sababi muallifning debyut asarini muqovasiga qiziqib Moskvadan sotib olgandim). Asarni avvaliga rus tilida boshladim, ammo qalinligidan olib yurish noqulay bo’lgani bois Kindlega ingliz tilida yukladim. Va. Bilasizmi, original tiliga oshiq bo’ldim. Dostondek ravon tili, chiroyli so’zlariga oshiq bo’ldim. Asar haqida gapirmay yana hislarimga tortyapmanmi?
Nimadan boshlay, axir? Mayli, keling Jude haqida aytib beraman. Bizning sirli Jude. Go’zal, dardli ko’rinadigan menga doim kimnidir eslatadigan Jude. O’zining nozik yelkasiga yuk mashinasidan-da og’ir bolalik travmalarini ortgan Jude. Qanchalar istadim a Judeni boshini silashni, yupatishni, qutqarishni. Ammo qo’lim kaltalik qildi.
Asar to’rt do’st atrofida qurilgan. Asosiy protagonist yuqorida ismini tilga olganim – Jude. Uning do’stlari esa JB, Malcolm, Willem. Ajoyib do’stlar (rosti bu do’stlikdan keyin “Uch og’ayni”dagi do’stlik sekin bu asardan keying o’ringa tushdi). Do’stlik qanday bo’lishi haqida sizga falsafa so’qimoqchi emasman, shunchaki asarni o’qib qolsangiz guvohi bo’lasiz. Eng asosiy mavzulariga to’xtalsam degandim. Bilasizmi, hozir mavzularga to’xtalsam spoyler qilar ekanman. Juda ikkilanyapman, chunki aynan men to’xtalmoqchi bo’lgan mavzuga o’zingiz mutolaa davomida kelsangiz yuragingiz og’riqdan yig’laydi.
Asar yo’qotishlar haqida – o’zlikni, o’zingizni, o’zingizga tegishli bo’lganni, tana a’zosini, ruhiyatni, ega bo’lib turganni, egalik qilganni, egalik qilib olganni, egaman deb o’ylaganni. Og’ir shunday emasmi? Lekin nega bularning bari bir inson bilan sodir bo’lishi kerak? Bizga yoshligimizdan uqtirilgan “oyning o’n beshi qorong'u, o’n beshi yog’du bilan” degan safsatalar qani? Asar davomida shu savolimga javob izladim.
Zo’ravonlik, pedofiliya – shu nomlarni o’qishning o’zi azobli bo’lganlar bormi? Bolaligida pedofilning abyuziga bir marta bo’lsa-da uchramagan bo’lsangiz demak bilingki omadlilardansiz. Aynan shu omadsiz, ammo o’zini o’ta omadli hisoblaydiganimiz yana – Jude bo’ladi.
Keling, oz bo’lsa ham gapirib beray. Tashlandiq, hatto xaromi yoki unday emasligini bilmagan bizning Jude monastrda azobli yillari, kunlarini o’tkazadi. Unga berilayotgan azoblarni ko’rib, boqib olgingiz, ruhiyatining bo’ysundirilayotganini ko’rib esa monastrdagilarni bo’g’gingiz keladi. Lekin bu uning hayotidagi eng shirin davrlari, hali hammasi oldinda desamchi? Davomini o’qishga yurak botina olasizmi?
Muallifning aytishicha bir inson travmalar hosilasini bilishga, uni qiyinchilig-u dardlarga bardoshi chegarasiga juda qiziqqan ekan. Goodreadsga kirsangiz turli reviewlarga ko'zingiz tushadi. Kimdir "ajoyib kitob", desa, boshqa birov "jin ursin bu kitobni", deya yozg'irgan bo'ladi. Ushbu naturalistik asarni shunchaki o'qib ko'rish kerak. Lekin asarni "nozik qalb egalari", pedofiliyaga chidolmaydiganlarga tavsiya qilmayman.

❤🔥29❤5🐳4🍓2🤗2💘1
#nimadir
Qariyapman yoki ulg’ayayapman
Sokin kunlarimiz. Hech qayerga shoshmasligimiz. Budilniklarsiz uyg’onishimiz. Sen men uchun tayyorlagan nonushta. Cheki yo’q hech narsa haqidagi suhbatimiz. Tushdagi nonushta. Issiq joy. Sen doim ozgina kuydirib yuboradigan qovurilgan tuxum. Mayin havo. Kuz ifori. Senga qarab nimalardan yoki kimlardan shikoyat qilishim. Mehr bilan kulgancha tinglashing. Mening maydayu, biroq ulkan shikoyatimni jiddiy qabul qilishing. O’qiyotgan kitobimni aytib berishim. Yig’lab olishim. Qayg’urishim. Sekin bag’ringa bosishing. Hidingdan miriqib nafas olishim.
Sen, senlik, menim, menlikdan birlashgan dunyoyimiz. Halovat shu. Hayot shu. Haqiqat shu. Bular sarob emas. Biz shumiz aslida. Bizlikdan tashkil topgan beg’ubor tuyg’ularimiz.

❤🔥109❤33🔥13💋13🍓7😘2