Telegram Web Link
#reading

Shovqinda adashish, ovunish, yupanch, tentirash, be’manilik, fikrsizlik - bari miyangni bo’shatmaydi, ammo Hayot bor! Aldanib bo’lsa ham yashaging keladi.

@mahinsworld
Mahin's World
Video
#nimadir

erkinlik, inson nafaqat jismonan balki ruhan erkin inson bo'lishi haqida ko'p o'ylayman. Qiziq, tug'ilganimizda biz to'laqonli erkin bo'lamizmi? Agar javob "ha" bo'lsa, nega ismimizni tanlolmaymiz hatto. Erkin shaxsman deymizu, ammo bizga qo'yilgan ism bilan ko'pchiligimiz umrimiz oxiriga qadar rozilik bergan holda umr kechiramiz. Noliymizu, lekin nolib turgan hayotdan chiqishga hatto urinmaymiz

deb o'yladim, kemada Marmaracik dengizini ko'pirtirayotgan yomg'irga qarab. Orzularimizda erkinmiz to'g'rimi? Nega unda ayni yomg'irda dengizda kemada bo'lishni hech orzu qilmadim, degan o'y miyamni egovlaydi. Nega?

deb o'zimni koyidim, junbushga kelgan shamol va shirin yomg'irga qarab. O'rnimdan turib kema boshiga, ochiq joyga chiqdim. Kemadagilar hayotidan to'ygan, o'lgisi kelgandir deb qarashardi. Bilishmasdiki, hayotning shirasini ana shu tarzda tatishga urinayotganimni. Kema shamol aralash yomg'ir yo yomg'ir aralash shamolga qaysarlangancha siljishda davom etar, usti boshim jiqqa ho'l edi. Bir yoqdan yomg'irning tomchilari, boshqa tomondan esa dengizning suvlari ayamay, qizg'anmay o'z suvlarini tutqazardi. Zavqli, qo'rqinchili go'zallik. Ertakka tushgandek his qildim o'zimni. Bilmasdim, orzu ham qilmasdim

deb o'yladim orzu qilishgada erkin bo'lolmagan men. Qaradim, ko'zimda yosh g'iltilladi. Yo'q, ne'matga qarab hayratda qolgan yosh tomchilari edi. E voh, bunchalar shovqin qayerdan a? Bunday ajiyb tortiq, go'zallik ayni menga yog'ilayotgandek

edi go'yo.

@mahinsworld
#nimadir

Kitob. Kofe. Bilasan, kofe ichishni yomon ko’raman. Lekin sotib olaman. Hidi yoqadi. Sening kofega qarashing. Uni xo’plab qo’yishing. O’zga bir ruh beradi qalbimga.

Esingdami birinchi bor birga ichilgan qahva? Aslida sen meni qahva uchun chaqirganingchi? Socials. Qahva. Uchun edi bari. Shunchaki. Ikki telba borgandik. Qaradik. Bu safar so’zlar emas. Balki so’zdagi ko’zlar termulardi bir-biriga. Senga ko’zlaringni sevishimni aytganmidim hech? Ko’zing tubidagi men uchun atalgan alohida mehr.

Esingdami o’sha kuni sen bilan soatlab so’zlashganimiz? So’zlaganlarimiz, tinglaganlarimiz? Shaharning qorli ko’chalarida qo’l ushlashib jim ketganimiz. Ko’zlaring ko’zimga termulib “ketmang” deya sassiz qaragani.

26-noyabr
@mahinsworld
#reading

Orxan Pamukning "Qor"ini o'qiyapman va afsuslanyapman. Qor yog'ishini kutsam bo'lar ekan, deb qoldim. Juda juda o'zga olam ekan. Agar menga qanday kitob olishni bilmasangiz - Pamukning kitoblarini oling.

@mahinsworld
#nimadir
#ai

Melanxoliya, Apatiya va Yozuv: Ichki Dunyo Kechinmalari
Yozuv inson qalbining turli holatlarini tadqiq etish va ifodalash uchun eng qadimgi va samarali vositalardan biridir. Ammo bu ijod jarayoni har doim ham jo‘shqinlik yoki ilhom bilan kechmaydi. Ba'zida yozuvchi qalbini melanxoliya va apatiya kabi hissiyotlar egallaydi. Ushbu holatlar, bir qarashda, ijodning dushmani bo‘lib tuyulsa-da, ular chuqur fikr yuritish va noyob asarlar yaratishning manbai bo‘lishi ham mumkin.

Melanxoliya va Uning Yozuvga Ta’siri
Melanxoliya, odatda, o‘tkinchi qayg‘u yoki hayotdagi chuqur yetishmovchilik hissi sifatida tushuniladi. Bu holat ko‘pincha ichki kechinmalar va hayot ma’nosini qidirish bilan bog‘liq. Yozuvchilar uchun melanxoliya ijodiy izlanishlar uchun ajoyib material bo‘lishi mumkin. Klassik adabiyotdan Robert Bernsning qayg‘uli she’rlari yoki Frants Kafkaning hayotning absurd tomonlarini ko‘rsatgan asarlari melanxoliyaning ijodiy quvvatini isbotlaydi.

Bu holatda yozuv ko‘pincha o‘zini anglash yoki ichki tinchlikni topish vositasiga aylanadi. Melanxoliyaning qog‘ozga tushirilgan shakli o‘quvchini yozuvchining dunyosiga olib kirib, o‘zining qayg‘uli yoki nozik kechinmalariga hamohang bo‘lishga undaydi.

Apatiya: Bo‘shliqdan Tug‘ilgan Yozuv

Apatiya, boshqacha qilib aytganda, hissiyotlarning xiralashishi yoki harakat qilishga bo‘lgan istakning yo‘qolishi, ijodiy jarayonni tormozlashi mumkin. Ammo ba’zan aynan shu bo‘shliq ichki ovozni tinglash imkonini beradi. Shu jihatdan, apatiya yozuvchilarga o‘zlarining eng oddiy va chuqur fikrlarini ochib berishga yordam beradi.

Masalan, Albert Kamyu o‘zining "Begona" romanida insoniyat va hayotning begonalashuvi haqida gapiradi. Kamyu qahramoni apatiya holatida bo‘lsa-da, bu unga hayotning noaniqligi va absurdligini ochib berishga imkon yaratgan.

Yozuv: Ikkala Holatni Bog‘lovchi Ko‘prik
Yozuv melanxoliya va apatiyani birlashtirib, ularni o‘zining asosiy materialiga aylantirishi mumkin. Bu jarayon ikki tomonlama foyda keltiradi: yozuvchi o‘zining ichki kechinmalarini boshqarib, ularni tushunish uchun shakllantiradi, o‘quvchi esa ushbu kechinmalar orqali o‘z hayotiga nazar tashlaydi.

Melanxoliya va apatiyaning yozuv orqali qayta ishlanishi insonning o‘zligini anglashga xizmat qiladi. Ushbu jarayonni chuqurroq o‘rganish uchun Xorxe Luis Borxes yoki Virjiniya Vulfning asarlari juda qiziqarli bo‘lishi mumkin, chunki ular inson ruhiyatining murakkab tomonlarini yoritib bergan.

Melanxoliya va apatiya yozuvchining ijodiy safarida to‘siq emas, aksincha, muhim manba bo‘lishi mumkin. Yozuv ushbu hissiyotlarni nafaqat o‘zlashtirishga, balki ularni san’atga aylantirishga yordam beradi. Hayotning qorong‘i tomonlarini o‘rganish orqali yozuvchi nafaqat o‘zini, balki butun dunyoni chuqurroq anglashga imkon yaratadi.

Bu jarayon haqiqiy yozuv san’atining qalbi, inson kechinmalarining eng nozik tomonlarini o‘quvchiga yetkazish vositasi sifatida namoyon bo‘ladi.

@mahinsworld
#new_books

Yusufni kutubxonasiga yangi kitoblar sotib oldim. O’zim o’qiyman🌚

@mahinsworld
​​#book_review

Qor yog’yapti. Qor hidi. Oppoq ko’chalar. Bir tomonda oshiq shoir. Ikkinchi tomonda esa otishma, odamlar halok bo’lmoqda. Amazon.uk da kitob buyurtma qilaman deb turgandim. Nima bo’ldiyu Orhan Pamukning “Qor”iga tushib qoldim. Bir dona iqtibosga ko’zim tushdi va o’qimasam bo’lmaydi deb o’yladim.

“Qor” nafaqat tashqi tasvirni, balki ichki muhitni, insonlarning ruhiy holati va jamiyatning umidsizlikka tushgan ahvolini o’zida aks ettirilgan. Shahar va qishloq o'rtasidagi ziddiyat, yangilik va an'anaviy qadriyatlar o'rtasidagi kurash, qor orqali ko’rsatilgan.

"Qor" turk jamiyatidagi siyosiy inqiroz, din va siyosat o'rtasidagi munosabatlar, hamda Kars qishlog’ining g’arbga nisbatan fikrlarini o’zaro qarama-qarshilikda chuqur mulohazalar yuritilishidir.

“Qor” Ka ismli bosh qahramonning Kars shahriga tashrifi, u yerda bo‘layotgan siyosiy va ijtimoiy hodisalarni kuzatishi, hamda o‘z ichki kurashlari haqidagi asar. Kars o‘zining sovuq qishi, uzoq vaqtdan beri erkinlikni orzu qilayotgan jamiyat va uning qattiq repressiv tizimini aynan qor parchalari, uning tasvirlari bilan yozilishi o’quvchini o’ziga ipsiz bog’lab qo’yadi.

Qorning sovug’idagi qarama-qarshi muhabbat Karsning osmonidan pag’a-pag’a yog’iladi. Biz Ka’ning Ipekka qor erishi kabi tezlikda oshiq bo’lishini ko’ramiz. Dinchilar, kurdlar, harbiylarning to’qnashuvida bizning hayolimiz yana boshqa muhabbatga qaratilgan bo’ladi.

“Qor” bizga sevgining turli ko’rinishlarini ko’rsatadi: Allohga, dinga, siyosatga, san’atga, xudbinlikka, adabiyotga, she’riyatga, qat’iyatlilikka, do’stlikka, oilaga va hokazo. Har bir muhabbatni siyosiy jarayon yordamida ochish yoki siyosiy jarayonni muhabbatning turli ko’rinishlari bilan ochishmi, tanlov sizning qo’lingizda.

@mahinsworld
#new_books

Qanchalar kutdim seni.

P.S bu hozirda qalbakisi tarqagan 40-50 mingligi emas. Original, kelishini 1.5 oy kutdim o’ziyam😅

@mahinsworld
#reading

1990-yilda Rossiyada chiqqan Italiya tarixi haqida o'qiyapman. Shunda nimalaridir qaytarilayotgandek tuyuldi. Qarasam 45-50-yilda Italiyada yozilgan kitobni birga-biri ekan).

Ana shunaqa. Bye
@mahinsworld
#nimadir

Bugun ko’chada sekin yurib ketayotgandim. Bir kuryerga ko’zim tushdi. Tapochkada, paypoqsiz edi. 35 yashar chamasi bir erkak, Uzum tezkor sumkasini ilgan. Ovqatni egasiga berguncha kulib turibdi. Futbolkada, yupin. Pastki kiymi ham juda abgor. Ammo, ishlayotganidan juda xursand. G’alati holga tushdim, ko’zimga yosh keldi. Oldimda oyim bor edi, ta’sirchanligimni bilib tinchlantirdi.

Shunda o’ylay ketdim. Bolaligimda gazetada bir hikoya o’qigandim. Shunda ayol yo’qchilikda, uyida yeyishga bir burda non ham qolmaganda “o’ziga mos ish topolmay yurgan” eriga iymanib, ko’ngliga tegmas qilib, chaqalog’i panasida gapiradi. Ya’ni yeyishga narsa yo’q, deydi. Oradan 1-2 yil o’tadi. Surunkali davom etgan yolg’on va erining ishlamasligi ayolni haqiqiy zahar, o’tkir tilga aylantiradi. O’qiganimda bola edim. Rosa ayolni ayblaganman. Erkakni tushunish kerakligi, yomon gapirmaslik kerak edi deganman. Oyimga aytganimda, hali bola ekanligim, ayolni ayol bo’libgina tushuna olishimni aytgan.

Bundan 2 haftalar burun bir bekat oldidan o’tib keta turib eski matiz ichida rulni ushlagancha uxlab qolgan amakiga ko’zim tushdi. Yonida choy to’la bakalajka. Suvga ham tejaganda. Shunda adam endi turmush qurgan paytida oila boqish uchun (aspiranturada o’qigan paytlari) xurmo sotgani, odamlarni uyida hatto kafel terganini aytib bergandi. Esimda. Erkakchilik shu bo’lsa kerak. Oilani boqish. Yo’qdan bor qilish. Zoriqtirmaslikka urinish.

Eslayman, 2016-yil edi adam bir ilojsiz joyda. Qo’lida pul yo’q ekanini bilaman. Telefonimga esa pul tashlash sanasi kelgan (telefon ishlatib boshlagan yoshimdan beri doim VIP ta’rifida bo’lgan). Shunda telefonin jiringladi. Ko’tarsam adam. Turgan joyimda kalovlanib yig’lay boshladim. Telefonda ovozini naqd 2 yilu 6 oy eshitmaganman. Yig’layapman. Shunda adam “qizim telefoninga pul tashladim. Qizimsan. Hech qachon zoriqma”, dedilar. Ikkimiz ham yig’layapmiz. Esimdan chiqmaydi shu lahzalar.

Xullas, shunday o’ylar qurshovida boya 15 ming qadam yurib kelibman. Shunchaki adamni yaxshi ko’rishimni hamma bilishini istadim. Istardimki barcha otalar farzandlari uchun ana shunday bordan yo’q qilishsa, borligini his ettirishsa. Balki shunda baxtli bolalar ko’payarmidi.

Mahin.
@mahinsworld
#nimadir

Qaniydi

Qor yog’sa va juda sovuq bo’lmasa. Sochlarim oppoq qor bo’lsa-yu, ammo turmagi buzilmasa.

Ko’chada yupun kiyingan bo’lmasa.

Oilalar buzilmasa.

Hamma bir-birini avaylasa. Sevsa, eng muhimi sevilsa.

Sevgan odami sevgan uchun osmondagi oyni olib bersa. Suyasa, suysa.

@mahinsworld
#nimadir

Issiq kakao ichgancha kitoblar haqida tonggacha suhbatlashish

@mahinsworld
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#reading

Murakami - bu sokinlik, mushuklar, inson ichki gormoniyasi, kitoblardir. Hayotimdagi har qanday tushunarsiz vaziyatda Murakamiga murojaat qilganman. Uning ijodini qanchalar yaxshi ko’rishimni mahinsworld ochilgan paytdan beri bilasiz.

@mahinsworld
#nimadir

Bu dunyoga inson birovni baxti uchun yaratiladi

@mahinsworld
2025/07/05 22:45:34
Back to Top
HTML Embed Code: