Telegram Web Link
​​#book_review

“Balki… ammo har kimning o’z ertaklar dunyosi bo’lishini yodingizdan chiqarmang.”

Meri Poppins. Sirli olam.

Har birimiz bolaligimizda stoldan chayla yashab, ustiga odyel yopib sirli mamlakatlar o’lkasi qilardik. Mo’jizaviy o’lkamiz turli ajoyibotlar, xayolga kelmas jonzotlar bilar suhbatlar bilan to’lardi. Og’ir hafta, arxivning chang delolaridan keyin Zabarjadga borganimda aynan qalbga issiqlik kiritar, hayotning realligini bir muddat unuttirar ushbu kitob qo’limga tushdi.

“O’qiyman dam olish kunlarida”, dedim. O’qidim. Mutolaa soatlari uzoq bo’lmadi. Hajman kichik, bizning yosh uchun sodda hisoblanmish so’zlar edi. Ammo. Bolalikni yodga soldi. Barchamiz orzu qilgan yulduzlar, o’yga cho’mdirgan hayvonlar bilan xayoliy suhbatlar - barchasi bor edi. Rosti, Poppinsning filmini ko’rmaganman (enaga Makfidan xabarim bor. Million marta tomosha qilganman).

Kitobni ochayotganimda enaga Makfiga o’xshasa kerak, deb o’ylagandim. Hindlarda ham Rani Mujerki va Saif Ali Xon o’ynagan filmi bor. Qaysidir jihatlari enaga Makfiga o’xshardi. Meri Poppinsni o’qib esa ikkisining qorishmasi, degan xulosaga keldim. Barchamiz qalban bolalarmiz. Hammamizning yuragimizda aynan kitobda bor sarguzashtlarga tashnalik yashaydi.

O’qing. Bir muddat bolalikka qayting. Men esa kitobimni o’qib turishga jiyanim Solihaga beraman. Keyin jiyanim bilan muhokama qilamiz. Ko’ndirolsam esa Solihaning kichik videosini instagram sahifamga ham joylayman.

@mahinsworld
Har bir insonning doim borar kimsasi bo’lishi kerak.

Uni eshitadigan, qabul qiladigani. Qalbi yolg’izlanganida iliq tafti bilan bag’riga bosar. Yurak yoshlarini mehrining qaynog’i bilan artari bo’lishi kerak.

@mahinsworld
Kitoblar uchun yashaging kelar

@mahinsworld
​​#book_review

Ushbu kitob mutolaasini moxirona tarzda yillarga surdim. Har yili o’qiydigan kitoblarim ro’yxatida bo’lardi va albattaki yana qolib ketardi. Bu yil esa qoladigan kitoblarimga jiddiy kirishdim.

Hozirgina “Beloved”ni o’qib tugatdim. Kitob 3 qismdan iborat. Birinchi qism bizni voqealarga olib kirish o’rniga tushunarsiz holga soladi. Tushunarsizlik, chalkash voqealar, qisqa hikoyalar bilan asar ta’mi ozgina nohasdek tuyuladi. Biroq, ikkinchi qismga kelganda esa mozaikadek voqealar birin ketin o’z joyiga tushishni, yelimlashishni boshlaydi. Va o’quvchini o’ziga ohangrabodek tortadi.

Voqealar markazi qora tanlilar hisoblanib, abyuz, ozodlik yo’lida qilgan qurbonliklari - hatto o’z farzandlarini qurbon qilganlariklari atrofida aylanadi. Qora tanlilar o’z oilalarini boqa olmasliklarini tushunganlaridan keyin qochib ketganliklari yoki oilalari qochganlarni umr bo’yi kutganlari yurakni tilka pora qiladi.

Menga eng yoqqan qahramon shubhasiz Paul D edi. Uning sevgisi, qiyinchiliklari hech kimni e’tiborsiz qoldirmasa kerak. Oq tanlilar uning bo’yniga zanjir, og’ziga temir solganlari, qolgan erkaklardan kuchli va ishchan bo’lgani uchun ochiqchasiga narx belgilab mazax qilishgani, ko’plab joylardan qochgani, hayot uchun, jon saqlash uchun tirik qolgani va shunda ham travmalarining son mingta ekaniga qaramay sevgan ayolini parvarishlashga uringani ko’zda yosh aylantiradi.

Yoki Baby Suggs - familiyasi boshqa ekaniga qaramay, eri uni qidirganda qachondir topishi uchun erining familiyasidan voz kechmaganligi, ozodligini o’g’li sotib olib bergani qalbni larzaga soladi. Uning timsolida mehribonlikni ko’rishimiz mumkin. Baby Suggsni o’qib turib kattam yodimga tushdi (buvim). Shaharcha uni yaxshi ko’radi, u barchaga o’z yordamini ayamaydi, doim hamma uchun tayyor. Turli hikoyalar aytib berishga juda usta bir ayol.

Bilaman, qora tanlilar, qullik, ulardagi abyuz va huquqlarni poymol qiladigan asarlar talaygina. Ammo Beloved o’z suyukli ekani bilan ajralib turadi. Uning poetic tili sizni o’ziga mahliyo etadi. O’qing.

@mahinsworld
1. O’zimdan o’zimga sababsiz
2. Gazetchidan Mahinga. Hayotida borligim uchun oylik soliq
​​Biz ba’zida qandaydir qalbda qolar voqea, xoh u quvonch bersin, xoh azob qaytarilishini istaymiz. Ikkinchi bor takrorlanishi yoki qayta-qayta sodir bo’lishi. Agarki qaytarilishga bir nazariya kabi qarasak, masalan bir oila janjallashdi. Bu janjalning hukumatga boshida hech qanday ta’sir kuchi bo’lmasligi mumkin. Ammo janjal bir xil tusda, bir xil ko’rinishda qayta-qayta sodir bo’laversa bevosita atrofga o’z ta’sirini o’tkazadi.

Yoki Fransuz inqilobini olaylik. Ushbu inqilob tarixda o’z o’rniga ega yirik inqilob sanaladi. Endi ana shu inqilob takrorlansa, takrorlanaversa. U tarixda hozirgidek o’rin qoldira olarmidi?

Inson repetitsiya qilmagan hayotida yashaydi. Biz qaysidir voqelikni o’z tajribamiz, deb oladigan bo’lsak to’g’ri xulosa chiqaramizmi yoki xato? Biz tajriba deb o’ylagan nimadir aynan o’sha voqea, makon va zamonga tegishli. Demakki ertaga xuddi bugungidek voqea ham, zamon ham qayta sodir bo’lmaydi. Bundan chiqdi, har bir kunimiz biz uchun qaysidir ma’noda yangilik. Yo’q, butkul yangilik. Bundan kelib chiqdi, insoniyat o’z harakatlaridan xulosa chiqarishidan ma’ni yo’qmi? Qiziq, gipoteza. Cheksiz baxslar qilish, kitoblar yozish yoki falsafa so’qish mumkin.

Qiziq, qiz farzand ona hayoti-yu taqdirining davomchisi yoki ssenariylarini takrori hisoblanadimi? Gar shunday ekan biz hayotimizni-da o’zimiz belgilagandek yashay olmas ekanmizda.

Ha.
@mahinsworld
.
​​#book_review

Gomerning "Oddiseya"siga allegoriya berilgan, asar nomi "Gomer navsegda" bo'lgan kitob sizni absurdism atalmish labirintdan iborat jarlikka uloqtiradi. Bir gapdan iborat bob. Bir gap deganda siz hozir u gapning hajmini xayolingizga keltira olmadingiz. Aynan shu jihati stream of consciousness (ong oqimi)ni eslatib yubordi.

Qahramon faqat qochadi. Qotildan qochadi. Bizga o'zining qochishi haqidagi tim qora hikoyasini aytib beradi. So'zlaydi. Nuqtalarsiz. Asar uchun maxsus ishlangan o'zga olam musiqasi va yerlik bo'lmagan illustratsiyalari bilan deydi. Sizni bunday aytilma va dedilma befarq qoldirmasligi mumkin. Agar sabringiz bo'lsa albatta.

Asar o'zgachalik, absurdlik, hayotida umidini yo'qotgan, shahardan paraxodga, quruqlikka, turli joylarga qotilgan qochayotgan haqida. Mutolaa jarayonida yuragingizga tosh bog'langandek his beradi. U toshni nima qilmang o'zingizdan yulib ololmaysiz.

Hayot ham aslida qochishdan iborat emasmi? Vaqtdan, odamlar gap so'zidan, o'zimiz, o'zligimiz, orzularimizdan doimiy qochishimiz. O'ylantiradi. O'qib ko'ring, sizni ham befarq qoldirmasligi aniq.

@mahinsworld
Yakshanbada ham sev

@mahinsworld
kelibon
Navro'z
Bahor. Mahalla. Sumalak. Bolalarning oyoqyalang chopishlari. Umid. Orzu. Yangilanish.

@mahinsworld
​​Eng yaqin do’stim hisoblanmish Akbarmirzo kitob tavsiya qildi. Yo’q, tavsiya qilmadi - Majburladi. “Doood, shu kitobni o’qimasang o’zimni bir balo qilaman”, deydida. Ok, good deb Ozonga buyurtma berdim. Bugun qo’limga oldim va varaqladim va 40 betcha o’qib qo’yibman. Insaytlarim bilan bo’lishishga yugurib keldim.

Insonlarning bog’lanish tiplari uch turda bo’lib, ular: havotirchan, qochuvchan va ishonchli ekan. Ya’ni biz munosabatlarda, xoh u ota-onaga nisbatan, xoh partnerimizga ana shu tiplardan biriga kirar ekanmiz. Havotirchan tipidagi insonlar partneriga tinmay qo’ng’iroq qiladigan, bo’sh vaqti tugul bor vaqtini bag’shida etadigan tip bo’lib, agar ushbu tipdagilar qochuvchan bilan partner bo’lishsa haqiqiy Tom va Jerriga aylanishar ekan. Ya’ni qochuvchan tipda faqat qochadi, telefonlarga javob bermaydi, yo’qolib qolaveradi. Oradan birmuncha vaqt o’tib esa yana paydo bo’lib sevamanga tushadi.

Ushbu tiplarning birontasi patalogiya hisoblanmas va xato emas ekan. Bu biz. Tipimiz shu. Olam turfalikdan iborat. Agar dunyo bir xillikdan mavjud bo’lganda, haligacha bari yakson bo’lgan bo’lardi. O’qishda davom etaychi yana.

@mahinsworld
Havo yaxshi. Sevgingiz bilan sayr qiling.

@mahinsworld
Dengizsizlikning bir yuz saksoninchi kuni o’tib borardi.

@mahinsworld
#new_books

Hamma yangi kitoblarimni ham joylamay qo’ydim (yuqoridagilarni joylagansanku desangiz, ular hammasi emasdi). Lekin rasmdagini juda joylagim keldi. Sababi nashr qilingandan beri aynan shu muqovadagisini istagandim.

Oxirgi oylarning “trend”dagi kitobi. O’qiganmisiz?
@mahinsworld
​​#book_review

Zero har birimiz hayotimiz davomida Godoni kutar holimiz bo’ladi…

Godo kim? Godo nima? Godo - umidmi yo absurdning cho’qqisidagi ma’nosiz umidsizlik?

Statik syujet, harakatlardan holi, bir xillik davom etar ushbu asar ikki qahramonning daraxt oldida Godoni kutishidan boshlanadi. Har bir inson hayoti davomida umidsizlikdan umid izlaydi, chorasizlikda kun o’tkazadigan onlari bo’ladi. Ana o’sha Vladimir va Estragon kabi dialoglar tuzishni boshlaydi. Ikkisining suhbati insoniyatning doimiy ikkilanishi, hayotning mazmunsizligini ochib beradi.

Estragonning ketaman deya keta olmagani, Vladimirning unga qarab “butunlay ketib qoldingmi, deb xavotirlandim”, degan gapi odamning boshqasiga bog’liqliginini, doimiy umidini uza olmasligibi ko’rsatsa, Estragonning “men ham”, deya javob qaytarilishi umid bog’langan joydan ming chorasiz bo’lsa ham qadam siljiy olmasligini ochib beradi.

Asar shuningdek Posso va Laki ismli qahramonlar ham bo’lib, ular hukmronlik hamda qaramlikni o’quvchilarga ko’rsatib berishga xizmat qiladi. Laki doimiy itoati, so’zsiz aytilganni bajarishi, doimiy ravishda uyquga zor ekani, hatto tik holda ham mizg’ishi o’qiyotgan tomoshabinni bir lahza muzlatib qo’yadi. Axir, axir bu aslida men emasmikinman, jamiyatga, odamlarga, atrofga - umuman olganda borliq va borlikka qaram bo’lgan individ AYNAN MEN bo’lsamchi, degan savol miyada g’ujg’on aylanishni boshlaydi.

Godo! Godo aslida umidmi yoki umidsizlik? Biz nima yoki kimligini bilmaydigan, doimiy ravishda, har bir ishimizda yakunni qiladigan umidizmi? Uni to’xtovsiz kutishimiz, kutganda ham bizning kelganimizni uni eslashimizni tinimsiz bildirishga urinishimiz absurdlikning oliy cho’qqisimi yoki cho’qqining ham absurdligimi yo? Inson mavjud ekan u bilan yondosh ravishda orzulari, abadiy tuganmas umudlari yuradi. Zero, umri davomida u Godoning kelishiga muhtoj hisoblanadi.

Bir ko’rinishda va o’qishda mantiqsiz ko’ringan replikalar, takrorlanar dialoglar ishoning sizni befarq qoldirmaydi. Ishonaman, siz hozir ham Godoni kutmoqdasiz!

@mahinsworld
Yomg’irda uni raqsga taklif qiling.

@mahinsworld
2025/07/01 02:56:29
Back to Top
HTML Embed Code: