Telegram Web Link
#reading

Sevgi metaforadan boshlanadi. Boshqacha so’zlar bilan aytganda: ayol erkakning poetik xotirasidan ilk so’zlari ila joy olganida erkakning muhabbati kurtaklanadi.

Milan Kundera “Невыносимая легкость бытия”
@mahinsworld
#new_books

Oyim kitoblar olib berdilar🌞.

@mahinsworld
​​#book_review

Milan Kunderani ilk bor 2018-yilda o’qiganman “Vidolashuv valsi” kitobi edi. Kunderaga qiziqib, nima o’qishni izlaganimda kitob nomi o’ziga tortgandi. Keyin esa hozirda reviewsini yozayotgan kitobimni “to read” ro’yxatimga qo’shdim. Tabiiyki (ya’ni men bilan bo’ladigan holat) ortga surilib ketaverdi. Kitob do’konlariga kirganimda muqovasi doim o’ziga tortardi. Pushti rang, o’zgacha rasm, shakllar va men ro’yxatimga qo’shgan kitob.

Shu tarzda oradan ancha yillar o’tdi va men bu ortga tashlashni ortiq davom ettirmaslikka qaror qildim. Sotib oldim va o’sha onning o’zidayoq o’qishga tutindim. Bilasizmi, kitob do’kondan aynan hozir o’qish uchun kitob olib, joyida mutolaaga kirishish zavqi juda boshqacha. Kitobnig ilk satrlari bog’lab qo’ydi: voqealar takrorlanishi nazariyasi, inson hayotining har bir lahzasini hech qanday tayyorgarliksiz yashab o’tishi o’ylantirib qo’ydi.

Voqealar markazida mas’uliyatdan butkul qochadigan Tomash, bolalik travmasiga to’la Tereza edi. Ikkisining muhabbati kommunistik tizim, Chexiyaning ruslar tomonidan hokimiyatni boshqarishi, chexlarni Gulaglarga jo’natishi, kommunistik tizimga bo’ysunmagan aholini yaxshi ishlaridan mosuvo qilib, qora ro’yxatga tushirishi bilan qorishib ketadi.

Tomash ushbu tizimdan uzoqlashgancha xorijga yo’l oladi, ammo muhabbati uchun qaytishga majbur bo’ladi. Qaytganidan keyin esa tizim qurboniga aylanadi. Tomashning Edip misolida yozgan maqolasi haqiqiy furrorga aylanadi. Kommunistik tizimni Edip bilan qiyoslagancha tahlil qilish - mislsiz bir san’at asari deyishimiz mumkin. Tasavvur qiling, xirurg olim inson ana shunday maqola yozsa ya?

Biroq, ayni shu maqolasi ortidan bari “boshlanadi”. Asarning ayni shu joylarida esa arxivda SSSRning Chexiya uchun qilgan yaxshiliklari haqida hujjatlar bor ekan (maxfiy emas, ochiq turibdi). Har qanday qo’lga olish, boshqalar tomonidan hokimiyat boshqaruvi, koloniyallik, mustamlaka qilish ham - inson huquqlarini chegaralaydi. Insonning jismoniy harakatlarini cheklashdan ham yomoni, ya’ni majburiy mehnatdan ham og’irroq narsa bu xayollar va orzularga nuqta qo’yish. Inson erkin tarzda do’stlari bilan istalgan soatda uchrasholmaslik, qayerdadir gapingni eshitib qolishlaridan qo’rqishdir.

Terezaning sevgisi timsolida biz partnerning qulashini kuzatishimiz. Sekinlik bilan o’z statusidan mosuvolilni Tomash o’z tanasida his qiladi. Biroq ayni shu satrlarida ikkisining suhbati menga qattiq ta’sir qildi. Tereza ming istihola bilan Tomashga uning deb o’z o’rnidan ketishiga to’g’ri kelganini aytadi. Tomash unga qarab “o’z rutbasiz yashash - erkinlik”, deydi. Shu joyda o’ylanib qoldim, qandaydir bir martaba, missiyasiz yashash ham tom ma’noda erkinlikmikan? Sen o’z rutbangni saqlab qolish, uni yuksaltirishni o’ylamaysan. Birovlardan o’zingni ulug’vor his qilish, boshqalardan aqlli ekaningni o’zingga isbotlamay ham qo’yasan. Shunchaki yashaysan. Yashash - ay’ni yashash hammaga ham berilmaydigan ne’mat aslida.

Kitob falsafiy jumlalarga boy. Uslubi o’ta go’zal. O’qing, zavq oling.
@mahinsworld
Yana. Sog’indim. Dengizni. Sohilni. Seni.

@mahinsworld
Kissingerning “World Order”ini rus tilida ham ko’zdan kechirishga qaror qildim. Bu kitob doim o’qiladi, lekin hech oxiri tugallanmas ekan. Bugun o’qiy turib, tarjimon tomonidan berilgan tushuntirishga ko’zim tushdi. O’qib ko’ring siz ham.

@mahinsworld
#new_books

Autism haqida kitob o’qib ko’rishga qaror qildim. Shu kitobni Amazondan zakaz qildim. Birinchi bor buyurtmam ozgina qayrilgan holda yetib keldi. Ushbu kitob anchayin mashhur va shu mavzu bilan ilk tanishmoqchi bo’lganlarga yaxshi to’g’ri kelar ekan.

@mahinsworld
Jamiyatda o’rning bo’lishi har bir inson uchun missiyami? Har bir inson hayot ekan nimagadir erishishga, uni tan olishlariga muhtoj. Ha, aynan muhtoj. Ularda maqsad bir, maqsadga eltar yo’llar turlicha bo’lishi mumkin. Bu tan olinishni kimdir yaxshi karyera bilan, boshqasi “krutoy” avtomashina-yu, qimmat joyda shinam/dabdabali uy, boshqa birov esa kitoblari (o’ziniki, tarjimasi) bilan erishishga intiladi.

Bu yomon narsa emas. Biz dunyoga kelar ekanmiz, birinchi nafasimizdanoq tan olinishni istaymiz. Issiqqina bag’rga bosishlari, tinimsiz qo’lda ko’tarishlari, bizning - aynan biz ekanimizni tan olgancha, aytganlarimizni qilishlariga intilamiz. Bu mutlaq tabiiy jarayon. Qaysidir tomondan inson tabiatiga xos desa ham bo’ladi. Balki adashayotgandirman.

Ulg’ayar ekanmiz bu narsa surunkasiga zo’rayadi. Yaxshi baholarga intilamiz, sinfda, o’rtoqlarimiz orasida tan olinishni istab qolamiz. Bu ham yomon emas. Yuksaklik tuyg’usini tuyishni, kimdir tomonidan qilinmagan qabulni o’zimizning daholik cho’qqimizdan otishga intilamiz. Qiziq jarayon.

Keyinchalik esa jamiyatdagi o’ringa shoshamiz. O’rnimiz bo’lishini istaymiz. Bizga bu qiziq tuyuladi. Qay birimizdir bu narsani tan olamiz, boshqamiz esa - biz asli bir darvesh shunchaki tanildim, asli istamaganman, deb tonamiz. Bu ham tabiiy. Biz odammiz. Tonib turishimiz ham tabiiy jarayon.

Ammo, jamiyatdagi o’rin, daholik, tan olinish, yuksaklik biz istagan qoniqishni beradimi? Bizga asli nima kerak? Uch so’m pul va kallaqantmi? Shunchaki yashashdan qachon qochadigan bo’ldik? Bizdan nimadir qoldirishga, daholikni talab qilmaslikka intilmasdan. Yashash. Hayotga singib ketish. Shularning o’zi qoniqtirmaydimi? Savollar ko’p. Javoblar-u tonishlar ham ko’p.

@mahinsworld
O’rtog’im Koreyadan olib kelibdi (wishlistimdan tanlagan). Koreyaga GSK yutib, magistraturada o’qib keldi. Uni o’qigani Mahinga foyda, kitobli bo’ldi. Oldik

@mahinsworld
​​#book_review

Or-nomus, sha’n nima? U nima bilan o’lchanadi? Uning me’yori, tamoyillari bormi? Jamiyat oldidagi sha’n va or-nomus nima?

Kutzeening “Disgrace” asari bizni Janubiy Afrikaning 2 xil jamiyatiga uloqtiradi: qabila-urug’chilik jamiyati, shaharga. Shahar ayolning nomusi uchun deya bong ursa, qishloq joyda erkaksiz ayolning bir o’zi kun kechira olmaydi, ayol uchun doimo erkak kerak deb tosh otadi.

Bizning qarshimizga ota Devid Luri, qizi Lyusi chiqadi. Luri professor, adabiyot kushandasi - ayniqsa Bayron oshnosi, qalban doim Bayronning hayotiyu yozganlarini takrorlashdan tinmaydi. Bayronga ishqi kuchliligidan Bayron va Tereza haqida opera yozishga tushadi. Asarning professor Luri va talabasi o’rtasidagi munosabatlardan bir Stouner yodimga tushdi. Ammo Lurining Stounerga bir tomchilik o’xshash joyi yo’q edi. Stounerni siz sevsangiz, Luridan nafratlanasiz, har bir harakatlari ensangizni qotiradi, burningizni jiyirishga undaydi.

Lyusi… Lyusi esa qalbni sindirishga qodir bir qahramon. Uning gaplari, harakatlari, mustaqil bo’lishga urinishi, hayot - to’g’rirog’i o’sha zamon va makondagi jamiyat qurboniga aylangani yuragingizning zimiston burchagidagi tomirlarni chertadi, ishoning. Lyusining g’ururi sizni yoqangizni ko’tarib qo’yadi.

Asar o’z ichiga turli mavzularni qamrab oladi: kuchlilik, sha’n, zaiflik, irqiy munosabatlar, hayvonlar timsoli. Irqiy munosabatlarda biz Lyusining qishloqda fermaga egalik qilishi, tajovuz va jamiyat normasiga ko’nishga majbur bo’lishi. Kuchlilil va zaiflikda esa Lurining avvaliga talabasiga qilgan munosabati, o’z ustunligidan foydalanishi, hatto baholarini-da shunchaki ko’tarishga urinishi, imtixondan ham soxtakorlik bilan o’tkazib yuborishga harakat qilishi bo’lsa, qiziga bo’lgan tajovuzda o’ta zaif ko’rinishga tushib, qo’lidan hech narsa kelmasligi. Qizini himoya qilolmasligini ko’ramiz.

Asarda hayvonlar esa alohida timsol. Biz fermada hayvonlarni uchratamiz. Avvaliga bosh qahramon Devid ularga nisbatan hech qanday munosabatda bo’lmaydi. Biroq, asar rivojlangani sari hayvonlar Devidning hayotida bo’lak o’ringa ega bo’lishadi va professorning ularni parvarishlashga urinishi uni insoniylik sari tashlagan qadamlarini ifodalaydi.

Kutzee uslubi noodatiy, poetik, go’zal so’zlaru, iqtiboslardan iborat emas, yo’q. Qo’lingizga qalamni olgancha berilib chizib o’qiy olmaysiz. Sodda, minimalistik. O’qib ko’ring.

@mahinsworld
Katta elmiz(mi), deya boshlangan ishimiz yalpi harakatga aylanib borayotgandek... Ustoz Yo‘ldosh Eshbekka yordam berishga ko‘pchilik shoshilmoqda, tanish-notanishlar qo‘ldan kelgancha ko‘maklashmoqda.

O‘zbekistondagi nashriyot – “Akademnashr” doimgidek xayrli tashabbus bilan chiqdi. Yo‘ldosh Eshbek tarjimasi bilan chop etilgan “Turk she’riyati antologiyasi”ning sotuvidan tushgan mablag‘ to‘lig‘icha tarjimonga beriladigan bo‘ldi.

📗 Kitobda Yunus Emro, Mehmed Akif Erso‘y, Yahyo Kamol Bayotli, Oshiq Vaysal Shotiro‘g‘li, Shukufa Nihol Bashar, Ali Mumtoz Oro‘lot kabi turk xalqining taniqli shoirlari ijodi bilan tanishishingiz mumkin.

Kitob: Turk she’riyati antologiyasi
Tarjimon:
Yo‘ldosh Eshbek
Nashriyot:
Akademnashr
Narx: 52.000 so‘m.


Shoshiling, kitobdan 690 dona qolgan.

Kitobni sotib olish uchun quyidagi kartalardan biriga pul o‘tkazib, chekini ushbu botga yuboring.

👉 UZCARD 5614681908452158 (Djabbarov Farrukh)
👉 HUMO 9860060102409871 (Farrukh Djabbarov)
👉 VISA 4195250040623413 (Farrukh Djabbarov)

Toshkent shahri bo‘ylab va viloyatlarga yetkazib berish xizmati bor.

Men qozondagi toshlarning sholg‘omga aylanishiga chin dilimdan, qattiq ishonaman. Buning uchun qattiq istash, ojiz ko‘zdan yosh chiqishi kerak. © Yo‘ldosh Eshbek
Kitoblarni ikki tilda o’qib ko’rishga qiziqaman. Ancha oydan beri Dostoyevskiyning “Jinoyat va Jazo”sini o’qiyapman. Rus va o’zbek tilida. To’g’ri har bir qator va so’zlarni qiyoslashga vaqt bo’lmayotgan bo’lishi mumkin, lekin muallif atmosferasidagi farqni sezyapman.

Dostoyevskiyni o’qish uchun rus tilini o’rganadiganlarni tushungandekman.
@mahinsworld
​​#book_review

Rushdiy. Uning shaxsiyati haqida to’xtalish asarga nisbatan hurmatsizlik deb o’ylayman. Aynan hozir taqriz yozayotganimga. Sababi, asarning o’zida “men” bor, shaxsiyat bor. Bir tirik mavjudot o’zida jam qilishi mumkin bo’lganlarning barini Rushdiy ushbu kitobga ato etgan – go’zal til, voqealar rang-barangligi, so’zlar, yorqin qahramonlar va Hindiston hamda Pokistonning biz bilar-bilmas makonlari.

Asardagi voqealar tarixi hech kimni befarq qoldirmas Hindistonning mustaqillikka erishgan kunlaridan so’zlaydi. Ayni Hindiston mustaqilikka erishgan mahal, yarim tunda Salim Sinay – yarim tun bolalari dunyoga keladi. Bu bolalarning ajralib turar, ko’rinar va ko’rinmas hislatlari bo’lib, kimdir hidlarga zo’r, boshqa biri esa o’ziga rom etishda edi. Rushdiy Salimning hayoti orqali metafora usullarini qo’llagancha Hindistonning postmustamlaka ekanini, sinfiy qatlamlarni mohirona ko’rsatib bergan. Masalan, Salimning ota-onasi mustaqillikdan keyin Hindistonni tark etishga majbur inglizlardan hashamdor villasini sotib olar mahal, inglizning qahramonlarimiz oldiga qo’yar talablari: roppa-rosa kechki soat oldida hovlida kokteyl ichishi shartligi, ikki oy mobaynida. Yoki ayni ularning suhbatida ingliz Salimning otasiga qarab, aynan inglizlar sabab hindlar tamaddunga erishgani, poyezd yo’llar qurilgani, maktab va shifoxonalarga xalq erishganini ta’kidlab minnat qiladi.

Muallifning yozuv uslubi ko’p qatlamli tizimdan iborat, biz unda magic realism, ichki monolog, yorqin tasvir, kutilmagan burilishlardan iborat. Asarni o’qir ekansiz yozuvlar ichiga o’z ona tilida ham bemalol so’zlar qo’shganiga guvoh bo’lasiz. Salim umri davomida o’zligini izlaydi, topishga urinadi (ha, xuddi siz va men kabi). Biroq, Rushdiy ana shu o’zlikni izlash jarayonini davlatining mustaqillikdan keyin o’zini topishga urinishi yo’li bilan chambarchas bog’lagan.

Asar nashrdan chiqqanidan keyin Indira Gandi Rushdiyni sudga ham bergan. Sababi, kitob ichida xonim haqida ham ancha gaplar mavjud. Rushdiy bemalol, qo’rqmasdan qog’ozga tushura olgan. Bilamiz, ushbu yozuvchi ko’plab davlatlarda qora ro’yxatda mavjud, uni yomon ko’rishadi, hayotiga necha bor tajovuz ham qilishgan. Ammo, siz Yarim tun bolalarini o’qib ko’ring, to’g’ri og’ir asar. Bir o’tirishda 100 bet o’qiy olmaysiz. Varaqlab o’qisangiz balki qo’lingizdan kelar, ammo bu slow reading kitob. Sizni befarq qoldirmasligiga ishonaman.

@mahinsworld
​​Kutubxonamga qo’shilgan yangi kitoblar bilan tanishtirmoqchiman:

1. Orxan Pamuk - “Qora kitob”. Bu kitobni hayit kuni sotib oldim. Yozuvchining ijodiga bo’lgan iliq tuyg’ularimni “Qor” asarini o’qiganimdagi taassurotlarimdan yaxshi bilasiz.
2. Orxan Pamuk - «Наивный и сентиментальный писатель». Bu kitobi ma’ruzalari to’planmasi ekan. Boshidan ozgina o’qib ko’rdim, uyqu va romanni uyg’unligini qiyosiy tahlillagan (boshida shu, davomi boshqa narsalardan iborat).
3. Milorad Pavich - “Xazar lug’ati”. Bu kitobni 2018-yilda ustozimiz Anatoliy Stepanovich o’qinglar, deb rosa ta’kidlagandilar. Varaqlaganman, endi g’ijjalab o’qimoqchiman. Azbuka Premiumda o’ta go’zal nashrini sotib oldim.
4. Milorad Pavich - «Ящик для письменных принадлежностей». Bu kitobi haqida hech qanday ma’lumotga ega emasman, muallifni taniganim uchun oldim (🌚).
5. Olga Tokarchuk - “Бегуны”. Nobel olgan ushbu yozuvchining biron ijodini o’qib ko’rmabman. Uzkiy krugda bu narsaga chek qo’ymoqchimiz.
6. Tomas Pinchon - “Нерадивый ученик”. Knijniy mirni aylanib yurganimda muqovasiga oshiq bo’ldim. Qalb aytganini qilmaydigan kim bo’libman, deya egalik qildim.
7. Absurd dramasi II - Kaligula
8. Urush san’ati - ushbu 7 va 8 raqamli kitoblar Uzkiy krug “qurultoy”ida sovg’a qilinganlar.

Menda ana shunday yangi kitoblar bor. Davomli bo’lsin, deya gapni yakunlayman.
@mahinsworld
“Jinoyat va Jazo”ni tugatdim. U ham meni tugatdi. Tamom!

@mahinsworld
Hech qanday rejalarsiz boshlangan kitob, eng yaxshisiga aylanishi mumkin.

@mahinsworld
Umuman dissertatsiya yozish jarayoni juda qiyin va o'ta tortuvchan. Uyoqqa tortadi, buyoqqa tortadi. Siz esa na shaxsiy hayot, na dissertatsiya va na boshqa narsani to'liq yo'lga qo'ya olasiz. Unisini qo'yaman desangiz bunisi qolib ketaveradi.

Ilmiy ishim mavzusidan menimcha hatto Marsdagilarniyam xabari bor. Mayli, yana bir eslatay "Yevropadagi Qarshilik ko'rsatish harakatida o'zbekistonliklarning ishtiroki (1941-1945)". Ana shunaqa eshitilishi oson, ammo yozilishi o'ta qiyin bir mavzu. Bir qaraganda, "bilgich"man deganlar - oooo legionerlarku, Turkiston legioni haqida yozyapsanmi, deydi. Boshqalar esa - hmmmm, hayotga qarshi chiqqanlarmi deydi. Mayli, ko'pirtiryapti demang, mavzuim haqida yaxshi tushunchaga ega bo'lgan insonlar ham oramizda ancha topiladi. Ayniqsa, mavzuim haqida o'zim aytib berganlarim...

xo'sh, hozir Italiya haqida yozib o'tirib miyam yetarlicha suyilganini his qildim. Rosti ma'lum soat yozganingizdan keyin, agar o'zim tahlillar qilib yozaman desangiz, shunchaki hamma ma'lumotlar atrofda aylanib boshlaydi. Konslagerdan qochganlar, legiondan qochib partizanga qo'shilgan, jangda halok bo'lgan, qaytgan va qaytmaganlar, qaytmaganni farzandi qarindoshini qidirganlar va hozako va hokazolar. qiziq a? juda qiziq.

ba'zilar yana aytadi, e urush tugab ketgan, bizga nima bu keraksiz mavzu, hozir sun'iy intellekt, start aplar davriku, bo'ladigan ishni qil, deb. Ishonmaysizmi? Xop, tug'ilgan kunda o'tiribman, o'zimning o'qigan, ziyoli bir qarindoshim "e bo'ladigan ishni qil, shuyam mavzumi", desa bo'ladimi? Tasavvur qiling, 5 yil umringizni sarflayapsiz, bu bo'ladigan ish yoki yo'qligini faqat siz hal qiladigan ish, shundoq bir odam ishingizni suvga oqizdi. Yomon ahvol a? Umuman olganda hech kim bilmaydi aslida nima qilayotganini. Hech kim 100 foiz to'g'ri yashayotgani va bo'ladigan ishni qilayotganini bilmaydi. Bilaman desa ham u qadriyatlaridan yoki jamiyatdan kelib chiqqan bo'lishi mumkin.

Mavzuga qaytamiz, mavzuimni bo'ladigan ish ekani haqida ozgina gaplashaylik. Partizanlarning avlodlari telefon qilishganida, ularning ajdodi haqida biron yangilikni arxivdan topganimda yig'laganlar bo'lgan. Qanday qilib bunday xursandchilik, ajdodi nomini tiklanishi siz bo'lmaydigan ish deya olasiz? Ba'zi partizanlar (ko'pi desak ham bo'ladi) GULAGlarga surgun qilinganidan xabaringiz bormi? Ularning avlodlari hanuz ota-bobosi kim ekanini bilmay yashayotganlar borligidanchi? Ana shu narsalarni topish, raqamlarni asl raqamlarga tenglashtirish, asl kim ekanimizni o'rganish - bo'lmaydigan ish emasku axir. Yuqorida ogohlantirdim a, kun bo'yi dissertatsiya qoralash charchatdi, deb

agar mavzuim doirasida faktlarga asoslangan longreadlar kerak bo'lsa kanal profilida aloqa uchun profil bor, shunga xabar berasizlar. bye

@mahinsworld
Shaytanatni detektiv janrida deb PhD qilgan tadqiqotchining himoyasiga borgandik. Adabiyot ustozimiz olib borgan. Tadqiqotchi asarni detektiv deb himoya qilgan. Rahmatli Tohir Malik so'zga chiqib Shaytanat detektiv emasligi, balki realismga asoslangani haqida gapirgandilar. Ya'ni atrofda nima sodir bo'lgan bo'lsa shularni yozganman, siz adabiyotchilar mezonga qarab janrga bo'lishingiz mumkin, lekin o'zim uchun reallikligicha qolaveradi, deb.

O'shanda o'tirib Anvar yodimga tushgan. Uning aqli, kosasi oqarmasligi va ishxonasidagi "mashmasha"lar. Bunday mashmashani biz "Girdob"da ham ko'rishimiz mumkin. Eng qizig'i esa bu ijodlar necha yil oldin qoralanganiga qaramay, aktualligini saqlab qolmoqda. bori shu. ok, bye

@mahinsworld
sen daho emassan, tinchlan jigarim

@mahinsworld
2025/06/30 06:59:46
Back to Top
HTML Embed Code: