Telegram Web Link
Kitobni ko’pi bormi?

@mahinsworld
Mahin's World
Kitobni ko’pi bormi? @mahinsworld
Zafar darvozasini olishga ulgurdilarmi?

@mahinsworld
​​#book_review

Qobil va Hobil hikoyasini barchamiz bolalikdan eshitganmiz. Kattalar bizga aytib berishgan, o'qib berishgan. Tinglaganmiz, namuna sifatida qaysidir ma'noda timsoliy kuchga ega bo'lgan. Steynbekning "East of Eden" asari ana shu hikoyani o'ziga markaz qilib oladi. Adam va Charlz, Kaleb va Aron - ikki avlod vakillari, ikkisi ham aka-uka. Farqi birida 1 yosh oraliq, ona ham boshqa, ikkinchisi esa egizaklar (ular qanday ekanini o'qib bilasiz). Xuddi Qobil va Hobil baki ushbu aka-ukalar ham o'zida ezgulik va yozuvlik, oq-qora, yaxshilik-yomonlik kabi hislatlarni jam qilgan.

Ushbu asar yozuvchining ko'p qatlamli murakkab ijod namunasi hisoblanadi. O'qir ekansiz unda "Timshel" g'oyasini uchratasiz. Ma'nosi esa - sen o'z yo'lingni o'zing tanlaysan, yozuvchlik sening ichingda emas, unga bo'ysunmaslik, qarshi chiqishga, yaxshilikni tanlashga qodir. Inson irodali, o'z hayoti chevari hisoblanadi. Yovuzlik va yomonlik, qabihlik, ichi qoralik ustunlik qilishiga qarshi chiqishga qurbi yetadi deydi.

Turli qahramonlar hayotida siz dunyodagi barcha hislatli insonlar, turli sharoitlarda yashaydigan oilalarni uchratasiz. Asardagi eng asosiy qahramonlardan biri - Lee. O'zi ko'p asarlarda markaz hisoblangan "Wise man" obrazi bo'ladi. Bu adabiyotshunoslik nazariyasida ham bor obraz hisoblanib, qahramonlarga o'z donishmand gaplari, maslahatlarini ayamaydi. Lee ham o'z navbatida ko'p kitob o'qiydigan, doimo bolalarga faylasufona o'gitlarini ayamaydigan qahramon hisoblanib, uning obrazida biz immigratsiyani ham ko'rishimiz mumkin. Immigrantlarning muammolari, diskriminatsiyalar sahnalarini ko'rishimiz mumkin,

Bundan tashqari asar o'zida fuqarolar urushi, birinchi jahon urushi elementlari, poyezd yo'llar, suv orqali immigrantlarning Amerikaga kelishi, amerika orzusi (bu yerda immigrantlar misolida emas) va boshqa tarixiy elementlarni uchratamiz. Kitobni tavsiya qilaman. O'qing. Doim qaytarganimdek - yaxshi asarlar o'qilishi kerak.

@mahinsworld
Har qanday siz uchun mavhum tuyulgan vaziyatda - gaplashib oling. Muloqot barcha o’ylovlar kaliti.

@mahinsworld
O’ta go’zal kitob. O’qilishi kerak bo’lganlardan.

@mahinsworld
Do’stlarim Baku sayohatida bo’lishdi. Va men uchun Kichkina shahzodani olib kelishdi. Kitobni turli tillarda kolleksiya qilsam ham bo’ladi endi.

Bu kitobni deyarli barcha yaxshi ko’radi. Men esa ayniqsa Yusufga o’xshatganimdan keyin yanayam boshqacha mehr qo’ydim. Kitob uchun katta rahmat.

@mahinsworld
​​#book_review

Bolalik - oyoqyalang yugurishlar, ko'chadan yalinib/urushib kattalarning uyga sudrashlari, uyushgancha o'yinlar o'ylab topganlarimiz, relslardan toshlar terib "besh tosh, chertki" o'ynaganimiz, paypoqlarni ichma-ich tiqib koptochka yasagancha 15 kartalar o'ynaganimizni yurakda o'zgacha xapqirish bilan eslayman. Qanday damlar edi a? Hozir Yusuf uchun istaydigan eng katta istagim ana shunday bolalikda yashashi. Shu sabab hovlida ogorotga kirgizaman. Loy o'ynaydi, o'zi istagan turda o'yinlar o'ylab topadi, oyoq kiymini yechib otadi, sakraydi, yiqiladi. Indamayman, aralashmayman. Uzoqroqdan kuzataman.

Bolaga bolalik berish hozirgi shovqinli dunyoda eng muhim va borgan sari kamayib borayotgan ne'matga aylandi, xoh u shahar va xoh u qishloq bo'lsin. 2010 yildan keyin smartfonlar yomg'irdan keyingi qo'ziqorindek bolalagan bir zamonda bolalar ham tabiiyki shovqinning ichida qolib, borgan sari jizzaki, sabrsiz, behalovatlashishmoqda. Ozgina tin olay deya bolalarga berilayotgan telefonlarning qora tuynugini go'daklarning miyasini o'z qora panjalari bilan g'ijimlayapti.

Yaqin kunlarda tugatgan ilmiy-ommabop kitobimni aynan Yusuf uchun o'qidim. U behalovat avlodga kiradi. U cheksiz va o'ta tez internet zamonida voyaga yetyapti. Uning psixik sog'lom bo'lishi men uchun juda muhim. Kitob e'tiborimni tortishi bilan sotib olib, o'qishga kirishdim va afsuslanmadim. Juda ko'p kerakli bilimlarni oldim. Bir qarashda kitobda doimgi klishe gaplar keltirilgandek tuyuladi: bolalarga telefon bermang, jismoniy o'yinlar o'ynasin kabi. Bu gapni aytishni hamma biladi, biroq kerakli va muhim statistikalar, qiz va o'g'il bollarning internetni qay tarzda qabul qilishi haqida tushunchamiz kamroq bo'lishi mumkin.

O'g'il va qizning internet qabul qilishida qanday farq bor ekan? Qizlar social medianing qurbolariga kundan-kun aylanayotgan bo'lishsa, ya'ni layfstayl blogerlarning hayot tarzidan ko'ngil uza olmay qolishi, tinimsiz ichida taqqoslashi, o'xsashga urinishi, hayotini o'z hayotidan ustun qo'yib "birga yashashi" kabi, o'g'il bolalar video o'yinlar hamda pornografiya jarligiga qulashmoqda. O'z xonalarida qamalgancha tinimsiz shu kabi videolar ko'rishi ikki tomonning ham mental sog'ligiga jiddiy ta'sir o'tkazmoqda.

Tasavvur qiling, o'smirlar kuniga o'rtacha 4-5 soat ijtimoiy tarmoq: turli guruhlar, instagram va shaxsiy yozishmalarga vaqt sarflashsa bu haftasiga 28-35 soat degani. Juda katta raqamlar. Kun davomida kimdan qanday xabar kelishini kutish, umuman tanimaydigan, hayotiga aloqasi yo'q insonlarning kontentlarini ovqat kabi yamlamay yutish - dahshatning o'zginasi. O'smirning o'ta ta'sirchan psixikasini o'qidan chiqarib yuboradi. Kamiga esa hozirda yosh bolalarning profillari ochilmoqda, ota-onasi tomonidan ular uchun maxsus ochilgan blogger bola akkauntiga kundalik storislar, lavhalar qo'yilmoqda. Shumi bolalik?

Kitobda ota-ona, maktablar uchun maxsus tavsiyalar berilgan. Bolalarning rivojlanishi biz bolalikda o'ynagan o'yinlarning o'ta muhimligi, bu ularni nafaqat jismoniy rivojlanishida balki muloqotga kirishish, o'ziga bo'lgan ishonch, kelishuvlar olib borishida ham muhim o'rin tutishini faktlar bilan keltirgan.

Bolaga o'yinchoq berish kerak, bola qanday o'ynashni o'zi hal qiladi, avval o'rganadi, kuzatadi va o'ynay boshlaydi. Fasllarga qarab mavsumbop ishlarni birgalikda bajarish kerak: birgalikda ekin ekish, yig'ishtirish, kir yoyish, idishlarini yig'ish kabi. Bola tubsiz jarlikka kirishga ulguradi - siz va men kabi. Qo'limizdan keladigan yoshigacha esa imkon boricha bolalik bilan ta'minlaylik.

Kitobni o'qing. Bolangizga bolalik bering.
@mahinsworld
Dunyo tartiboti haqida gapirilganda asosan faqatgina G’arb borasida gap boradi. The Westphalian, undan keyingi voqealarni tahlil qilishadi. Osiyochi? Osiyoga nega urg’uni kam berishadi? Osiyoda dunyo tartiboti qanday bo’lgan.

Ana shu savollarga sekin-asta javob olyapman. O’ta qiziq kitob

@mahinsworld
Qariyotganimiz qo’rqinchili emas, kundan-kun yoshimiz o’tayotganini bilib tursak-da yoshlik qalbimizni va shuurimizni tark etgisi kelmay xarxasha qilishi - dahshatli.

@mahinsworld
Forwarded from I got a bad idea🚬
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hozir Qodir Mirmuhamedov tarjimasida “Ochlik”ni o’qiyapman. Bir voqea yodimga tushdi.

Bundan 4 yil oldin edi. U bilan oshga kirdik. O’tiribmiz, uyoq-buyoq gaplashib, shunda bir amaki (yoshini aniqlashni iloji bo’lmadi) uvada kiyimda, salqin tushganiga qaramay shippakda edi. Hozir pul so’rasa kerak, deb o’yladim. Yo’q, bo’sh joylardan biriga o’tirdi. Ancha payt bir nuqtaga tikilib qoldi. U nega buyurma bermayotganiga qiziqdim, puli bo’lmasa ozgina beraylik dedim. U odam pulni olmadi. G’alati holga tushdim. Na pulni olar va na buyurtma berardi.

Shunda qo’shni stoldagilar turib ketdi. U odam shart o’rnidan sakrab turdi-yu ketganlarning stolida ortib qolgan ushoq nonlarni terib oldi va stoliga qo’ydi. Va yana mungli ko’zlari bilan o’tirardi. Oshimizni yeya olmadik. U odam bor e’tiborimizni egallagan edi. Xuddi ozgina yegandek qildik (olmayman deyishidan qo’rqib) va U amakiga olib borib berdi. Amaki juda xursand edi. Na kulishni va na rahmat aytishni bilar, ma’noli, rahmat to’la ko’zlari bilan boqdi.

Amaki shoshib ovqatni yeya boshladi. Tin oldik. Amaki hech qursa o’sha kuni to’q edi. Och uxlamadi. Qorin to’ydirish o’ylovi bir tun bo’lsa-da uni tinch qo’ygandi.

@mahinsworld
​​#book_review

Nobel mukofoti sovrindori Knut Hamsun o'zining "Ochlik" asarida ochlikni nafaqat jismonan ochligi, balki uning yo'qsilligi, atrofdagilarning ruhan ochligi, shaharning ochligi, befarqligini ko'rsatib bergan.

Asar boshida bosh qahramon jismonan och, ammo ma'nan hali tanazzulga juda uchramagan holda qarshimizdan chiqadi. U muharrirga u-bu qoralaganlarini olib borar, omadi kelsa, yo'q-yo'q, uning tili bilan aytganda "ilhom"i kelganida ajoyib narsalarni eltar, gonorarga esa kun kechirardi. U avvaliga, ya'ni asar boshida faqatgina jismonan ochligi haqida qayg'uradi. To'g'ri, biz uning ilhom izlagan sahnalarini ham ko'rishimiz mumkin. Ammo bu ilhomi juda bir uzoq kuttiravermaydi.

Qahramon yigitcha timsolida aynan o'sha davrda Osloda mavjud bo'lgan yoshlarning ishsizligi, bundan aziyat chekishini ko'ramiz. Uning zamona tili bilab aytganda "bomj"ga aylanishi xavfi, doimiy tarzda ichki monologlari bilan ruhan kurashgani, vijdoni oldida pok qolishga intilganini kuzatamiz.

Shaxsan o'zim uchun og'ir mutolaa bo'ldi. Shunday bir jirkanch, achinarli sahnalar bor edi-ki yig'lab yubordim. Hayot shunchalar murakkabki biz tinimsiz o'zligimizni topishga urunamiz, xuddi qahramon yigitdek. Hayot shunchalar qabihki biz unda or-nomus saqlashga urinamiz, "Ochlik"dagi och qahramondek. Hayot shunchalar turfaki biri qimmat mehmonxonada go'shtdan qolgan qoldiqlarni tishini kavlab tozalasa, boshqasi qassobdan bittagina suyak tilanib, uni g'ajigancha po'k-po'k yig'laydi.

Asar kulminatsiyasiga yaqinlashgani sari qish keladi. Quruq sovuq tushadi. Oddiylik ila yozilgan, o'qilishi oson, biroq hazm bo'lishi qiyin bo'lgan asar ham mutolaa sari quruq, sovuq qishdek insonni qaqshatib yuboradi. O'qing. Ochlikni tanangizda his qilmagan bo'lsangiz, qahramonning ruhiyati bilan bosib o'ting.

@mahinsworld
Yomg’irni yaxshi ko’raman. Yomg’ir yog’ishi uchun borimni ham berishga tayyor insonlardan biriman. Tasodifni qarangki yomg’ir ham meni yaxshi ko’rar ekan. Esimni tanibmanki ko’p tug’ilgan kunimda yomg’ir yoqqan. Tug’ilgan kunim desa eng birinchi xayolimda gavdalanadigan sahna bu oyim quchoqlab yotgancha, barmoqlarimdan 4 ni ko’rsatib “qara shuncha yoshsan”, deganida qiqirlab kulganim.

Tug’ilgan kunim. Aynan dunyoga kelgan, oyim ming azoblar bilan shu dunyoda yashashimga sababchi bo’lgan kun. Ajoyib. Nega aynan may? Nega aynan 29? Nega aynan kechqurun soat 9? Keling joiz bo’lmasa-da bir voqeani aytib bersam. Tug’ilishim o’ta og’ir bo’lgan. Belgilangan vaqtdan ancha o’tgan, shifokorlar yo ona, yo bola deyishgan. Tabiiyki hamma onani tanlagan. Oyim esa mani…

Tug’ilish jarayonimda ona qornida nobud bo’ldi deb o’ylashgan. Qandaydir bir asbob bilan ona qornidan maydalab olishmoqchi bo’lgan. Lekin u asbobga ilashmaganman. Shunchalar ham shu hayotga tashna bo’lamanmi? Tug’ilganman. Yig’lamaganman. Hamma yashamaydi, deb o’ylagan. Bir zumdan keyin baqirib yig’lab yuborganman.

O’zi bir olam bo’lgan aynan men tug’ilishim ham bir olamga tatigulik bo’lgan. Ismim O’lmasoy bo’lishi kerakmidi, deb qolaman. Tug’ilgan kunimda shu paytgacha doim nonushtani oyim bilan qilganman. Ona farzandi uchun doim buyuk insonligicha qoladi. Ona buyuk. U takrorlanmas bir shaxs. Aynan ona farzandi uchun boridan voz kechadi. Aynan ona farzandi uchun barcha taxqirliklarga ko’z yumadi.

Bu qadar uzun yozmoqchi emasdim aslida. Yozdim. O’chirdim. O’chirdim. Yozdim. Hozir ham yozganimni joylagim yo’q. Sababi o’ta shaxsiy bo’lgan voqeani yozdim. Ammo shu o’rinda hammaga onam qancha azob tortgani va yashashim uchun jonini tikkanini aytgim keldi. Tug’ilgan kun balki nishonlanmas, ammo ona ikki dunyo o’rtasida bo’lgan kun eslanmasligi mumkin emas. Bori shu.

Tug’ilgan kun bilan Mahin. Hayotingda yana bir sahifa - 365 kunni ochyapsan.

@mahinsworld
May shunday o’tdi.

@mahinsworld
2025/06/27 06:05:56
Back to Top
HTML Embed Code: