This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Nurotadagi jonli peyzaj — Chuya | Manzil
“Manzil” loyihasi jamoasi ilk marta Navoiy viloyatida bo‘ldi. Manzilimiz – Nurota tumanidagi Chuya qishlog‘i. Bepoyon adirlardagi sokin hayot, tog‘lik insonlar, beg‘ubor bolalar, ulkan harsangzor, yero'choqdagi sumalak va tabiat qo‘ynidagi kabob – sizga ilingan lavhalarimizni yangi “Manzil”da tomosha qiling.
📞 Reklama va hamkorlik uchun:
+998 78 113-10-10
📹👉 To'liq video

“Otimni 300 millionga sotmaganman” — otlar ishqibozi
Bir necha yuz ming dollarga baholanadigan otlar ham bor, yaqinda vodiyda bitta ot 250 ming dollarga sotildi, deydi navoiylik otchopar Abbos Aminov. Uning tushuntirishicha, tulpor bunaqa darajaga chiqishi uchun yillar davomida unga mehr berilishi, o‘z navbatida ot ham ko‘plab ko‘pkarilarda o‘z chempionligini isbotlashi kerak. Otlar ishqibozi bilan suhbatni “Manzil”da tomosha qiling.
📹👉 To'liq video
Bir necha yuz ming dollarga baholanadigan otlar ham bor, yaqinda vodiyda bitta ot 250 ming dollarga sotildi, deydi navoiylik otchopar Abbos Aminov. Uning tushuntirishicha, tulpor bunaqa darajaga chiqishi uchun yillar davomida unga mehr berilishi, o‘z navbatida ot ham ko‘plab ko‘pkarilarda o‘z chempionligini isbotlashi kerak. Otlar ishqibozi bilan suhbatni “Manzil”da tomosha qiling.
📹👉 To'liq video
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Cho‘ldan chiqqan chempionlar qishlog‘i – Alami
Chekka qishloqlik yoshlarni qiyin sharoitdan katta chempionatlarga olib chiquvchi murabbiylar haqida motivatsion filmlarni ko‘rganmiz. Voqealarni ko‘rib, ha, bu kinoda desangiz kerak. “Manzil” loyihasining bu galgi qahramoni va u yashaydigan hudud shunday filmlarni eslatib yuboradi. Tuman markazidan 40 km uzoqlikda, cho‘l orasidan chempionlab chiqadi deb hech kim o‘ylamagan.
👉TO'LIQ VIDEONI TOMOSHA QILING

Qishloqdagi ekzotika — “Manzil”da Angidonga sayohat
Qadimiy usulda ishlayotgan suv tegirmoni, echki sutidan olingan sariyog‘ va uning qatig‘idan qilingan qurut, eshakda maktabga qatnaydigan o‘quvchilar, ichida buloqlari bor xavfli daralar. Xatirchidagi Angidon mahallasining ta'rifini ming eshitgandan, “Manzil”ning yangi sonida bir marta ko'rgan afzal.
Qadimiy usulda ishlayotgan suv tegirmoni, echki sutidan olingan sariyog‘ va uning qatig‘idan qilingan qurut, eshakda maktabga qatnaydigan o‘quvchilar, ichida buloqlari bor xavfli daralar. Xatirchidagi Angidon mahallasining ta'rifini ming eshitgandan, “Manzil”ning yangi sonida bir marta ko'rgan afzal.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Odamlardan olisda yashayotgan Norbobo cho‘pon — Manzil | Intervyu
Navoiy viloyati Xatirchi tumanida transport harakatlana olmaydigan, qishloqlardan 17-18 km uzoqda, tog‘lar orasida yashaydigan cho‘pon haqida ko‘rsatuv tayyorladik.
Siz shunday joylarda yashagan bo‘larmidingiz? Javoblarni ko‘rsatuv ostidagi izohlarda yozib qoldiring!
Navoiy viloyati Xatirchi tumanida transport harakatlana olmaydigan, qishloqlardan 17-18 km uzoqda, tog‘lar orasida yashaydigan cho‘pon haqida ko‘rsatuv tayyorladik.
Siz shunday joylarda yashagan bo‘larmidingiz? Javoblarni ko‘rsatuv ostidagi izohlarda yozib qoldiring!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Bu kasbni puxta o‘rganishga kamida 4-5 yil kerak” - montyorlik mashaqqati
“Manzil” loyihasi olis hududlarda sokin hayot kechirayotgan oddiy hamyurtlarimiz hayotidan hikoya qilishda davom etadi. Navbatdagi qahramonimiz – xorazmlik Tursunboy aka O‘razboyev 35 yildan oshiq umrini montyor sifatida xalqqa elektr energiyasi yetkazib berish uchun sarflagan.
“Manzil” loyihasi olis hududlarda sokin hayot kechirayotgan oddiy hamyurtlarimiz hayotidan hikoya qilishda davom etadi. Navbatdagi qahramonimiz – xorazmlik Tursunboy aka O‘razboyev 35 yildan oshiq umrini montyor sifatida xalqqa elektr energiyasi yetkazib berish uchun sarflagan.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Manzil”: Cho‘l o‘rtasida gaz qaziyotgan burg‘ilovchilar
Buxoro cho‘llari qa’riga 200 km yurib, qum barxanlari oralab kirib borsangiz, jazirama issiqda ishlayotgan insonlarni ko‘rasiz. Ba’zan 65°C issiq sharoitda ham ishlaydigan bu hamyurtlarimiz – “O‘zbekneftgaz”ning “O‘zneftgazburg‘ilash ishlari” korxonasi xodimlari – “Manzil” loyihasining navbatdagi qahramonlari.
👉 TO‘LIQ VIDЕONI TOMOSHA QILING
Buxoro cho‘llari qa’riga 200 km yurib, qum barxanlari oralab kirib borsangiz, jazirama issiqda ishlayotgan insonlarni ko‘rasiz. Ba’zan 65°C issiq sharoitda ham ishlaydigan bu hamyurtlarimiz – “O‘zbekneftgaz”ning “O‘zneftgazburg‘ilash ishlari” korxonasi xodimlari – “Manzil” loyihasining navbatdagi qahramonlari.
👉 TO‘LIQ VIDЕONI TOMOSHA QILING
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Jaziramada borishga arziydigan qishloq — G‘ova | Manzil
G‘ova qishlog‘i Namanganning Chust tumani shimolida, Qirg‘iziston bilan chegara hududda, tog‘lar orasida joylashgan. "Manzil" zilol suvli soyi, musaffo havosi bilan uzoq yillardan beri vodiy ahlining hordiq chiqarish maskaniga aylanib ulgurgan G‘ova qishlog‘ini ko‘rsatishga qaror qildi.
👉 TO‘LIQ VIDЕONI TOMOSHA QILING
G‘ova qishlog‘i Namanganning Chust tumani shimolida, Qirg‘iziston bilan chegara hududda, tog‘lar orasida joylashgan. "Manzil" zilol suvli soyi, musaffo havosi bilan uzoq yillardan beri vodiy ahlining hordiq chiqarish maskaniga aylanib ulgurgan G‘ova qishlog‘ini ko‘rsatishga qaror qildi.
👉 TO‘LIQ VIDЕONI TOMOSHA QILING
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hayotning “tikanli kovul”ini terayotgan qishloq ayollari | “Manzil”
Olis hududlardagi qahramonlarni ko‘rsatar ekanmiz, bu gal qishloq ayollarning hayoti va mashaqqatli mehnatini olib chiqishga qaror qildik. “Manzil” loyihasi Namangan viloyatining Chust tumani adirlarida kovul deb ataluvchi tikanli o‘simlik mevalarini terayotgan ayollarni sizga tanishtiradi.
Ayollar orasidan Chinora Abdiyevaning hayoti ham shu tikanli kovulga o‘xshaydi. Kovul qancha tikani bo‘lmasin, kerakli o‘simlik, qahramonimiz ham oilasiga, yaqinlariga, shu jamiyatga qanchalik kerakli inson bo‘lmasin, mana 23 yil bo‘libdiki, O‘zbekiston fuqaroligini ololmagan.
Videoni ko‘rib o‘zingiz xulosa chiqarasiz, degan umiddamiz.

3 yoshida otga mingan Sunnatilla — “Manzil”
Sunnatilla 13 yosh bo‘lishiga qaramay, 100 dan oshiq chorva va 30 dan oshiq yilqi uyurini bitta o‘zi yaylovlarda boqib yuribdi. “Manzil” jajji qahramonining Chotqol tog‘ tizmalarida ot minib, yozni qanday o‘tkazayotgani haqida hikoya qiladi.
👉 TO‘LIQ VIDЕONI TOMOSHA QILING
Sunnatilla 13 yosh bo‘lishiga qaramay, 100 dan oshiq chorva va 30 dan oshiq yilqi uyurini bitta o‘zi yaylovlarda boqib yuribdi. “Manzil” jajji qahramonining Chotqol tog‘ tizmalarida ot minib, yozni qanday o‘tkazayotgani haqida hikoya qiladi.
👉 TO‘LIQ VIDЕONI TOMOSHA QILING
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bo‘ri, ayiq, kiyiklar va tog‘ qori orasidagi hayot - Kelinchaksoy cho‘ponlari | Manzil
Kelinchaksoy ko‘pchilikka ma’lum Arashan bulog‘i va ko‘llari tomon eltuvchi yo‘lda joylashgan. Cho‘ponlar aytgan afsonaga ko‘ra, sovuqda bolasini beshikda tebratib turgan kelinchak muzlab, toshga aylanib qolgan va shu sababdan bu atroflarni kelinchaksoy deb atashadi. "Manzil" shu yerda tirikchilik qilayotgan cho‘ponlar va yozning issig‘igacha saqlanadigan qorlarni ko‘rsatishga qaror qildi.
👉 TO'LIQ VIDEONI TOMOSHA QILING
Kelinchaksoy ko‘pchilikka ma’lum Arashan bulog‘i va ko‘llari tomon eltuvchi yo‘lda joylashgan. Cho‘ponlar aytgan afsonaga ko‘ra, sovuqda bolasini beshikda tebratib turgan kelinchak muzlab, toshga aylanib qolgan va shu sababdan bu atroflarni kelinchaksoy deb atashadi. "Manzil" shu yerda tirikchilik qilayotgan cho‘ponlar va yozning issig‘igacha saqlanadigan qorlarni ko‘rsatishga qaror qildi.
👉 TO'LIQ VIDEONI TOMOSHA QILING
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Unutilgan odamlar va suv qadri — “Manzil”
Uydagi joʻmrakni burashimiz bilan suv kelishiga koʻpchiligimiz oʻrganib qolganmiz. Aslida ham bu oddiy va normal hol boʻlishi kerak. Lekin minglab vatandoshlarimiz inson sivilizatsiyasining shu elementar qulayligidan ayro holda yashayapti.
Uydagi joʻmrakni burashimiz bilan suv kelishiga koʻpchiligimiz oʻrganib qolganmiz. Aslida ham bu oddiy va normal hol boʻlishi kerak. Lekin minglab vatandoshlarimiz inson sivilizatsiyasining shu elementar qulayligidan ayro holda yashayapti.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ko‘hna uylarda yashovchilar qishlog‘i – G‘elon | Manzil
O‘zbekistonda bir kunda bir martagina taksi qatnaydigan qishloq haqida eshitganmisiz? Qashqadaryo viloyatning Shahrisabz tumani, G‘elon qishlog‘iga bir kunda bir marta taksi boradi xolos. Chunki qishloqqa tog‘lar oralab salkam 3 soat yo‘l yurib borishga to‘g‘ri keladi. “Manzil” loyihasi bu galgi sonini shu qishloqqa bag‘ishladi.
O‘zbekistonda bir kunda bir martagina taksi qatnaydigan qishloq haqida eshitganmisiz? Qashqadaryo viloyatning Shahrisabz tumani, G‘elon qishlog‘iga bir kunda bir marta taksi boradi xolos. Chunki qishloqqa tog‘lar oralab salkam 3 soat yo‘l yurib borishga to‘g‘ri keladi. “Manzil” loyihasi bu galgi sonini shu qishloqqa bag‘ishladi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Andarxon qovunlari boshqachada 😊
Shirindan-shakar qovunlar saqlanadigan qishloq haqidagi ko‘rsatuvimizdan so‘ng ko‘plab obunachilar va tanishlarimiz Andarxon qovunlari rostdan ham o‘zgacha ekanini ta'kidlashdi. Qishloq manzilini so‘raganlar ham talaygina. Rostdan ham ta'mi og‘izda qoladigan qovunlar haqida ko‘rsatuvimizni yana bir bor sizga tavsiya etamiz.
📹👉 TO'LIQ VIDEONI KO'RISH

Daralar oralab maktabga 9 km yo‘l - “Manzil”
Ramazon – Navoiy viloyatining Xatirchi tumani Angidon mahallasidagi 49-maktabda o‘qiydi. U yashaydigan uy qishloqning Shaldiroq degan qismida bo‘lib, maktabdan salkam 9 km uzoqda joylashgan. Qahramonimiz akasi Javohir bilan birga har kuni maktabga eshak minib boradi.
📹👉 TO'LIQ VIDEONI KO'RISH
Ramazon – Navoiy viloyatining Xatirchi tumani Angidon mahallasidagi 49-maktabda o‘qiydi. U yashaydigan uy qishloqning Shaldiroq degan qismida bo‘lib, maktabdan salkam 9 km uzoqda joylashgan. Qahramonimiz akasi Javohir bilan birga har kuni maktabga eshak minib boradi.
📹👉 TO'LIQ VIDEONI KO'RISH
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
2268 metr balandlikdagi dovon yo‘li — Qamchiq | Manzil
“Manzil”ning yangi soni O‘zbekistonning eng mashhur dovoni – Qamchiq haqida hikoya qiladi. Strategik ahamiyatga ega, doim gavjum bu joylar sayohat manzilingizga eltuvchi yo‘l bo‘libgina qolmay, balki dovonning o‘zi ham sayohat ob’yekti bo‘la oladi.
📹👉 TO'LIQ VIDEONI KO'RISH
“Manzil”ning yangi soni O‘zbekistonning eng mashhur dovoni – Qamchiq haqida hikoya qiladi. Strategik ahamiyatga ega, doim gavjum bu joylar sayohat manzilingizga eltuvchi yo‘l bo‘libgina qolmay, balki dovonning o‘zi ham sayohat ob’yekti bo‘la oladi.
📹👉 TO'LIQ VIDEONI KO'RISH
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Buni faqat borib ko‘rish kerak – Darband | Manzil
“Manzil” bu safar O‘zbekistonning tuzilishi jihatidan yagona darasi, ajoyib manzaraga ega qishloq, samimiy insonlar, xatarli yo‘lak va takrorlanmas hissiyotlarga boy sayohatni taqdim etadi. Bu manzil esa Darband qishlog‘idir.
📹 TO'LIQ VIDEONI KO'RING
“Manzil” bu safar O‘zbekistonning tuzilishi jihatidan yagona darasi, ajoyib manzaraga ega qishloq, samimiy insonlar, xatarli yo‘lak va takrorlanmas hissiyotlarga boy sayohatni taqdim etadi. Bu manzil esa Darband qishlog‘idir.
📹 TO'LIQ VIDEONI KO'RING
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Selfi-zonasi bor qishloq, olqorlar oilasi va betakror Aydarko‘l. “Manzil” – Forish
Yovvoyi tabiat bilan yuzma-yuz, tog‘lar orasidagi go‘zallik, esda qolarli vaziyatlar, bahaybat kit shaklidagi ko‘l. “Manzil” bu gal mana shunday ajoyib sayohatni sizga taqdim etadi. Manzilimiz – Jizzaxning Forish tumani.
📹 TO'LIQ VIDEONI KO'RING
Yovvoyi tabiat bilan yuzma-yuz, tog‘lar orasidagi go‘zallik, esda qolarli vaziyatlar, bahaybat kit shaklidagi ko‘l. “Manzil” bu gal mana shunday ajoyib sayohatni sizga taqdim etadi. Manzilimiz – Jizzaxning Forish tumani.
📹 TO'LIQ VIDEONI KO'RING
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qishki ta’tilga hamyonbop tanlov – Chimyon | Manzil
Chimyon Toshkent shahridan 90 km uzoqlikda joylashgan. Qishki mavsum tog‘ chang‘i sporti bilan keluvchilarni o‘ziga jalb etsa, bahor, yoz va kuzning issiq kunlarida asosan cho‘qqilar va soylar tomon sayohatlar avjiga chiqadi. "Manzil" loyihasi ushbu joydagi narxlar va u o‘ziga xos ko‘ngilochar mashg‘ulotlar bilan sizlarni tanishtiradi.
📹 TO'LIQ VIDEONI KO'RING
Chimyon Toshkent shahridan 90 km uzoqlikda joylashgan. Qishki mavsum tog‘ chang‘i sporti bilan keluvchilarni o‘ziga jalb etsa, bahor, yoz va kuzning issiq kunlarida asosan cho‘qqilar va soylar tomon sayohatlar avjiga chiqadi. "Manzil" loyihasi ushbu joydagi narxlar va u o‘ziga xos ko‘ngilochar mashg‘ulotlar bilan sizlarni tanishtiradi.
📹 TO'LIQ VIDEONI KO'RING
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Polvonlar qishlog‘i - Ertosh | "Manzil"
Bu qishloqda ko‘pkari chopmaydigan 7 yoshdan 70 yoshgacha erkaklarni uchratish mushkul. O‘g‘il bola borki, bolalikdan eshakda ko‘pkari chopadi. Ozgina yoshi ulg‘aygach tengdoshlari o‘rtasida otlarda musobaqalashishni boshlashadi. Bu maskan – qadimdan polvonlar yurti bo‘lib kelgan Ertosh. "Manzil" loyihasi bu safar shu qishloq bilan sizlarni tanishtiradi.
📹 TO‘LIQ VIDEO SAYTIMIZDA