Telegram Web Link
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xonlar uchun saqlangan qovunlar — Andarxon | Manzil

Farg‘onaning Andarxon qishlog‘idagi ko‘plab uylarda qovunxonalar bor. Qishloq ahli yetishtirilgan qovunni uzoq muddat, hatto may oyigacha saqlash texnologiyasini qadimdan qo‘llab keladi. “Manzil” loyihasi bu gal Andarxon qovunlarini sizga ilindi.

📍Lokatsiya
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Andarxon qovunlari boshqachada 😊

Shirindan-shakar qovunlar saqlanadigan qishloq haqidagi ko‘rsatuvimizdan so‘ng ko‘plab obunachilar va tanishlarimiz Andarxon qovunlari rostdan ham o‘zgacha ekanini ta'kidlashdi. Qishloq manzilini so‘raganlar ham talaygina. Rostdan ham ta'mi og‘izda qoladigan qovunlar haqida ko‘rsatuvimizni yana bir bor sizga tavsiya etamiz.

📍Lokatsiya
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Yerevanga ham olib borib sotganman" Andarxonliklar qovun eksporti haqida

Andarxonliklar avvallari o‘zlari yetishtirgan qovunlarini MDH davlatlariga olib borib sotishardi. Hozir esa bu ishlar bilan ishbilarmonlar (olib sotarlar) shug‘ullanmoqda. Yo‘l va logistikaga qishloq joylashgan hudud potensiali katta. Kelajakda dehqonlar ham eksport qilishi uchun sharoit yaratilar...

📍Lokatsiya
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
G‘aroyib tezyordam, osma ko‘prik, qishga g‘amlangan suv — Oqdahana | Manzil

“Manzil” loyihasi bu safar Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanining Oqdahana qishlog‘ida yashovchi, jaydari va samimiy insonlar haqida hikoya qiladi.

📍Lokatsiya
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ba'zida ekologik toza transportdan ham foydalanib turish kerak.😜

Eshshak Black Line, yili 2018. "Mokriy asfalt"

Bazi ishlab chiqaruvchilar avtomobillaridan sifatliroq 😂
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📹 Radiatsiya bilan yashayotgan hudud — Manzil | Maxsus son

Bu qishloqda yashab, u yerdan ko‘chib ketgan ruslar, oradan bir ikki-yil o‘tib, vafot etgan. Qishloqdagi konda ishlaganlar esa u yerdan qanday modda qazib olinishi, u nimaga ishlatishi haqida umuman bilishmagan. Manzil loyihasining maxsus sonida uzoq yillar sir saqlangan va ko‘plab insonlarga zarar keltirgan kon haqida bilib olasiz.

📞 Reklama va hamkorlik uchun:
+998 78 113-10-10

📍Lokatsiya
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Bu yerdan ko‘chib ketgan ruslar ko‘p o‘tmay o‘lib ketgan" — Uran konida ishlagan otaxon

Chorkesardagi uran konida salkam 30 yil ishlagan Rahmonali Haydarov nafaqaga chiqqunicha kondan nima qazib olinishini bilmagan. Qishloq ta'minoti esa to‘liq Moskvadan olib borilgan.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
«U yog‘iga yurgani yurak betlamadi» — Bu galgi manzilimizda tashlandiq uran shaxtasiga kirdik.

Pop tumani Qasarak qishlog‘ida 1960-yillarda kavlangan uran shaxtasi uzoq yillar tashlandiq holda yotgan. Tasvirga olish jarayonida ushbu shaxtaga kirishga qaror qildik.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Markaziy Osiyodagi eng g‘aroyib chegara-qishloq – Mamay | Manzil

Ushbu qishloqda ikki qo‘shni bir-birini ko‘rganda salomlashsa-da, bir-birinikiga mehmonga chiqolmaydi. Qo‘shnisinikida biror-bir ma’rakada qatnashish uchun 50-60 km yo‘l bosib kelishiga to‘g‘ri keladi. Jamoamiz bilan ushbu antiqa qishloqni sizga ko‘rsatishga qaror qildik.

📞 Reklama va hamkorlik uchun:
+998 78 113-10-10

📍Lokatsiya
Surxondaryo, Sariosiyo, Sangardak...  

Tez kunda! Manzilda kuting!!!
Surxondaryo, Oltinsoy, Vaxshivor... 

So‘fi Olloyor masjidi, XVII asr.
Chapani otaxonlar...

Vaxshivor, Oltinsoy, Surxondaryo...
Tez kunda, Manzilda kuting!
Surxondaryoga borib, afg‘on chegarasida joylashgan qishloqlardan birortasi haqida ko‘rsatuv qilmay qaytsak ko‘nglimiz to‘lmasdi.

🔥Tez kunda Manzilning maхsus soni.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Toshlar orasidagi qishloq—Sangardak | Manzil 

Sodda va samimiy insonlar haqida hikoya qiluvchi Manzil loyihasi bu gal Surxondaryoning Sariosiyo tumanida joylashgan Sangardak qishlog‘iga bordi. To‘y oshi, ajoyib sharshara va hazilkash otaxonlar bilan bo‘lgan suhbatlarni tomosha qiling
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mehnatkash mo‘ysafidlar qishlog‘i — Vaxshivor | Manzil

Soddadil insonlarning sokin va bahavo manzillarini sizga tanishtirib kelayotgan “Manzil” vlogi bu gal Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanining Vaxshivor qishlog‘iga bordi. Havosi kabi odamlarining ham ko‘ngli toza qishloq bilan siz ham tanishing: sizni shiddatli shahar hayotidan osuda qishloqqa g‘oyibona sayrga taklif qilamiz.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbek-afg'on-tojik chegarasidagi qishloq — Gulbahor

O‘zbekistonning eng janubiy qismida joylashgan, bir tomoni Afg‘oniston, yana bir tomoni Tojikiston bilan chegaradosh Gulbahor qishlog‘idagi sokin va osuda hayot manzaralari — “Manzil”ning navbatdagi sonida tomosha qiling.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Manzil”: Nemis askarlari qurgan qishloq – Polvontosh

Andijonning Marhamat tumanidagi bu qishloqni II jahon urushida asirga tushgan nemislar va 1944-45 yillarda Qrimdan surgun qilingan tatarlar qurishgan. Sutkasiga ming tonnagacha neft qazib olingan qishloqda hozir ham neft quduqlari ishlab turibdi. Qishloqqa “Manzil” loyihasi bilan sayohat qiling.

👉 https://kun.uz/uz/28989957
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Odamlardan olisda yashayotgan cho‘pon — Manzil | Intervyu

Manzil chekka hududlarda, halol mehnat ortidan rizq topayotgan oddiy insonlar hayoti haqida hikoya qilib kelmoqda. Endi intervyu formatida ham oddiy insonlar bilan suhbatlarni sizga taqdim etadi. Ilk suhbatdosh qahramonimiz — Namangan viloyati, Pop tumani, Chorkesar qishlog‘ida istiqomat qiluvchi usta cho‘pon Samandar To‘ychiyev
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Manzil”ning yangi manzili – Angren shahridan 7 km yuqorida joylashgan Qorabog‘ qishlog‘i. Bu yerda qorli tog‘lardagi tajribali ovchilar hayotidan hikoya qilamiz.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Shaharlarda bunaqa gasht yo‘q” — chorak asrlik tajribaga ega agronom-dehqon hikoyasi

“Manzil” chekka hududlarda, halol mehnat ortidan rizq topayotgan oddiy va samimiy hamyurtlarimiz bilan tanishtirishda davom etadi. Navbatdagi qahramonimiz – Namanganning Norin tumanidagi Cho‘ja qishlog‘ida yashovchi dehqon Sherali Ro‘zimatov.

👉 To'liq video
2025/07/05 12:46:18
Back to Top
HTML Embed Code: