Forwarded from Digital Topchan | Izzat Shukurov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❤7👍7🆒1
Gazetamizning bosh sahifasi Yilning Eng Muhim Mehmonlariga tegishli 😎
Gazetamizni TAF! konferensiyasida toping va Yil Mehmoni boʻling.
Marketing oʻzbek tilida — @marketingbolimi

🔥17❤11👍4⚡3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
TAF! dan gapiramiz. Yil agentligi…
5😁16❤7👍5🔥3
Forwarded from Kopirayting | Yoʻldoshevdan
TAF! 25 natijalari
605 Agency 🥇🥈🥈🥉🥉🥉🥉🥉🥉🥉(40)
Synthesis🥇🥈🥈🥈(24)
SEED🥇🥇🥈 (23)
Ma’no branding🥇🥇🥉 (21)
Aida Pioneer🥈🥈🥉🥉(16)
bvp.🥇🥉🥉(15)
proof.🥇🥉🥉(15)
RoRegroup🥇🥈(14)
REDKEDS🥈🥉🥉(11)
TDI Group🥈🥈(10)
Salmon🥈🥈(10)
DDVB 🥈🥈(10)
Contrapunt 🥇(9)
ENDY🥇(9)
360 Agency🥈🥉(8)
FCB Tashkent 🥈🥉(8)
NASP un Pr Rep. Uzb 🥉🥉(6)
wagon-wagon🥉🥉(6)
Depot 🥈(5)
Hate Agency 🥉(3)
Visual Monsters 🥉(3)
Naked Eye🥉(3)
Savr&Mubinov 🥉(3)
Simple-studio🥉(3)
PG Brand R. C.🥉(3)
Shoom Production🥉(3)
Abstract🥉(3)
Ohmybrand🥉(3)
We Digital🥉(3)
Yil agentligi: 605 Agency 🥇🥈🥈🥉🥉🥉🥉🥉🥉🥉
Yil mijozi: NASP un Pr Rep. Uzb 🥇🥈🥉🥉
GranPri: Synthesis (NASP under Pr Rep. Uzb)
Barchani tabriklayman!!!
*oltin uchun — 9, kumushga — 5, bronzaga — 3 balldan hisoblangan
**я считал так: золото — 9, серебро — 5, бронза — 3 очка
✅️@copirayt

1⚡13🔥13❤8🎉5👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
OpenAI yangi Sora 2 ilovasini taqdim etdi
Bir yil avval Sora harakatli tasvirlar orqali sun’iy intellektda video tayyorlash imkoniyatlarini yangi bosqichga olib chiqqan edi.
Bugun esa OpenAI Sora modeliga asoslangan yangi Sora 2 ilovasini taqdim etdi.
Sora 2 – hozirgacha yaratilgan eng kuchli ijodiy texnologiya. U videolarni ovoz bilan uyg‘unlashtirib, harakat, fizika qonunlari va tana mexanikasini real darajada tabiiy aks ettiradi.
Yangi Kanyo funksiyasi esa foydalanuvchiga istalgan olamga kirish yoki do‘stlarining videosida ishtirok etish imkonini beradi.
Masalan:
Do‘stingiz oʻzining tog‘da sayohat qilayotgan videosini yaratgan bo‘lsa, siz shunchaki “men ham shu joyda bo‘lay” deb aytasiz yoki yozasiz va Sora 2 sizni o‘sha videoga tabiiy ravishda joylashtiradi. Siz u bilan yonma-yon yurasiz, kamera harakatiga mos ravishda sizning ovozingiz va hatto soyangiz ham videoga kiritiladi.
Sora 2 – faqat texnologik yutuq emas. Bu erkin ijod, yangi imkoniyat va inson tasavvurining yanada kengayishi sari tashlangan qadam deb bemalol aytish mumkin.
Ilova hozircha AQSh va Kanadada sinov tarzida ishga tushirildi. Yaqin orada kengroq foydalanuvchilarga taqdim etilishi kutilmoqda.
Sizchi, nima deb oʻylaysiz, sunʼiy intellektning imkoniyatlari bunchalar kengayib borayotgani foydami yoki zarar?

👍9❤3⚡2
Marketingda o‘zbek tilining imkoniyatlari va muammolari
Bugungi kunda brendlar ikki tilli kommunikatsiyani afzal ko‘rmoqda, biroq o‘zbek tilining zamonaviy, tabiiy va ishonchli ohangi hali ham izlanish jarayonida.
Bizning ochiq suhbatimiz – aynan shu mavzuni chuqur tahlil qilish uchun tashkil etildi. Tajribali mutaxassislar o‘z amaliy kuzatuvlari, brendlar bilan ishlash jarayonidan real misollar va soha ichidagi muammoli nuqtalar bilan o‘rtoqlashishadi.
Muhokamada quyidagi savollar ko‘tariladi:
• O‘zbek tilini marketing tili sifatida shakllantirish uchun nimalar zarur?
• Ikkitillik: imkoniyatmi yoki to‘siq?
• “Zamonaviy” o‘zbekcha kopirayting qanday boʻlishi kerak?
• Brendlar o‘zbek tilida qanday qilib tabiiy va ishonchli bo‘lishi mumkin?
• Hududiy farqlar va shevalar – marketingda ularni qanday hisobga olish kerak?
Spikerlar:
• Madina Nurman — Daryo.uz muxbiri, fotojurnalist
• Otabek Sharapov — 605 agentligi va Marketing bo‘limi asoschisi
• Mirzayor Erkinov — Korzinka supermarketlar tarmog‘i kopirayteri, PR va kreativ mutaxassisi
Moderator:
• Sardor Babaev — We Digital agentligi PR va kreativ bo‘yicha direktori
Suhbat 21-oktabr, soat 19:00 da, ALPHA biznes-markazining 3-qavatida boʻlib oʻtadi.
Ishtirok etish bepul. Joylar soni cheklangan. Ushbu havola orqali oldindan ro‘yxatdan o‘ting.

1🔥9❤7👍4🎉3🤗1
Brend tanilishi va esda qolishi uchun nima qilish kerak?
Marketologlar ko‘pincha logotipga ortiqcha yuk berishadi – “bu rang nimani bildiradi?”, “bu shakl nimani anglatadi?” deb. Brendni tanitishdagi eng katta xato – jarayonni tezlashtirish uchun ramz tanlab, unga ma’no yuklab qo‘yishda. Natijada u tezda eski yoki keraksizga aylanadi.
Xoʻsh, bunday boʻlmasligi uchun nima qilish kerak?
Coca-Cola bunga misol bo‘la oladi. U o‘z rangini hech qachon o‘zgartirmagan. Qizil fon, oq yozuv, konturli shisha — shu elementlar o‘nlab yillar davomida insonlar ongida “quvonch”, “bayram”, “yangi yil” degan tuyg‘ular bilan bog‘landi. Ammo bu bog‘lanish bir kunda paydo bo‘lmadi. Ular o‘sha elementlarni sodiqlik bilan yillar davomida takrorlab, reklamalarda, plakatlarda, qadoqlarda bir xil estetikani ushlab turgani uchun bu natijaga erishdi.
Apple ham shunday yo‘l tutdi. Minimalizm va sokin dizayn — ularning asosiy belgisi. Har bir mahsulotda, reklamada, hatto taqdimot sahnasida ham shu kayfiyat seziladi. Shu sababdan Apple logosi matnsiz ham ishlay oladi — u nafaqat dekor, balki identifikatsiya belgisi hamdir.
Nike "swoosh" esa boshida oddiy chiziq edi. Uni hech kim “iroda ramzi” deb bilmagan. Ammo o‘nlab yillar davomida sportchilar hikoyalari, reklama kampaniyalari, “Just Do It” falsafasi orqali bu oddiy chiziqqa ulkan ma’no yuklandi.
Esda tuting, brendni kuchli qiladigan narsa – soddalik va izchillik. Rang, tovush yoki soʻz, nima boʻlishi ahamiyatsiz, muhimi u sizni eslatsin. Esda qolishning eng katta siri – shu.
Ma’noni esa ishlaringiz va natijalaringizning o‘zi yaratadi.

❤15🤝9👍7🔥2🙏1💯1
Imkonsiz topshiriqni qanday bajarasiz?
“Business of Creativity” kreativ agentligi asoschisi Sir John Hegarty o‘zining LinkedIn sahifasida quyidagi jumlalar orqali maqola yozib qoldirdi:
— Madaniyat yordamida.
1950-yillarning oxirida Buyuk Britaniyada yoqilg‘i tanqisligi yuzaga keldi. Benzin qat’iy me’yor bilan berilar, odamlar esa katta mashinalarni tashlab, kichik avtomobillarga o‘tishni boshladilar. Shu paytda Britaniya motor korporatsiyasi rahbari Leonard Lord yangi g‘oya bilan chiqdi: u “haqiqiy mini avtomobil” yaratmoqchi edi.
Biroq bu g‘oya oson emasdi. U muhandislarga shunday topshiriq berdi: mashina har joyga sig‘adigan darajada kichik, lekin bir oilani bemalol o‘tkazadigan darajada katta bo‘lishi kerak. Bir qarashda bu topshiriq imkonsizdek tuyulardi.
Ammo Ser Aleks Issigonis boshchiligidagi muhandislar jamoasi bu “imkonsiz” vazifadan cho‘chimadi. Ular muammoni boshqa tomondan ko‘rishga qaror qildilar. “Nega dvigatellar har doim oldinga qarab joylashtiriladi?” degan savolni berishdi. Shu oddiy, ammo kerakli savol ularga yechim topishga yordam berdi.
Ular dvigatelni yon tomonga o‘rnatish g‘oyasini ilgari surdilar. Bu qaror natijasida avtomobil ichida joy tejaldi va nihoyat mashhur Mini avtomobili yaratildi. Kichik, qulay va o‘ziga xos dizayni bilan Mini qisqa vaqt ichida Buyuk Britaniyaning ramziga aylandi. 1999-yilda esa u “XX asrning ikkinchi eng nufuzli avtomobillaridan biri” sifatida e’tirof etildi.
Bu voqea bitta muhim haqiqatni eslatadi: imkonsiz topshiriqlarni bajarish uchun katta byudjet kerak emas. Eng asosiysi, ijodiy fikrlash va savol berish madaniyati.
Marketingda ham xuddi shunday. Eng samarali kampaniyalar cheksiz mablag‘dan emas, balki ijodiy yondashuv va to‘g‘ri savollardan tug‘iladi. Har bir brend, har bir jamoa o‘z “imkonsiz” topshirig‘iga Mini singari yangicha qarashlar va tahlil bilan yondashsa, oddiy g‘oya ham tarix yaratishi mumkin.

🔥12❤8👍4🎉3⚡2👏1💯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
OpenAi oʻzining brauzerini chiqardi. Xayr Google
ChatGPT Atlas endi sizning asosiy brauzeringizga aylanishi mumkin. Chunki:
- Undagi qidiruvlar avtomatik ravishda ChatGPT orqali qidiriladi (xayr Google);
- Ekranda ko'rib turgan narsangiz haqida qo'shimcha ma'lumotlarni, yon tarafdagi chatdan so'rashingiz mumkin (xayr Google);
- "500 kun avval qaysi saytga kirgandim?..." - deb eslay olmaysizmi? Shuni endi brauzeringizdagi ChatGPT'dan so'rasangiz, ochib beradi. Alohida "tarix" sahifasiga kirishni hamma ham bilmasdi o'zi, endi bu shart ham emas (xayr Google);
- Marketpleysda ko'rib turgan mahsulotingizni xarid qilishni shunchaki "Agent"ga buyurib qo'yishingiz mumkin;
- Xat, xabarlar yozishingizda yordam beradi.
Google Chrome, biz afsusdamiz. ChatGPT Atlas brauzerini Googler Chrome brauzeri orqali yuklab olish vaziyatga yanada drama qo'sharkan. 😭
Lekin xulosaga ham shoshilmaylik. Ishlatib ko'raylikchi...
UPD. Faqatgina macOS 14+ (M1+) qurilmasida ishlarkan.

🤣17❤10👍5🤔3🤗1
Assalomu alaykum!
Biz istirohat bog‘larini yanada qulay va tashrif buyuruvchilar uchun qiziqarli maskanga aylantirish ustida ishlayapmiz.
Shu maqsadda oʻtkazilayotgan qisqa so‘rovnomada ishtirok etishingini soʻraymiz. Sizning fikringiz biz uchun juda muhim.
Savollarga javob berish atigi bir necha daqiqa vaqt oladi.
Soʻrovnoma

❤8👍4👎2🤔2😱1🙏1🤣1
Yandex Split endi O‘zbekistonda
So‘nggi kunlarda Anhor Parkidagi Pac-Man'ga koʻzingiz tushdimi? Demak, yangiliklar davom etadi: Yandex Split ishga tushirildi.
Endi xaridlaringizni bugunoq amalga oshirib, to‘lovni esa bosqichma-bosqich qilishingiz mumkin.
Bu nima degani?
— Buyumni hozir olasiz
— To‘lovni bosqichma-bosqich amalga oshirasiz
— 2 oygacha hech qanday komissiya yoʻq
— Ortiqcha xarajatlar va hujjatlarsiz: telefon raqamining oʻzi yetarli
— Tez va qulay jarayon.
Sinab ko‘ring: Yandex Split

❤12👍4🔥4💯2
O‘zbekistonda sun’iy chegirmalar taqiqlanmoqda
Endi “aksiya” degan so‘z shunchaki reklama usuli emas, qonun bilan tartibga solinadigan amaliyotga aylanadi. Bu haqida Gazeta nashri, vazirlar mahkamasi qaroriga asosan xabar berdi.
Yangi qoidalarga ko‘ra, savdo va xizmat ko‘rsatish sohasidagi tadbirkorlar chegirmaning sun’iy ko‘rinishini yaratish orqali xaridorni chalg‘itish huquqiga ega emas. Ya’ni mahsulot narxini avval oshirib, keyin “chegirma” qilib ko‘rsatish endi noqonuniy.
Chegirma haqiqiy hisoblanishi uchun:
- mahsulotning oxirgi 30 kun ichidagi eng past narxi asos qilib olinadi;
- “chegirmadan avval" deb ko‘rsatilgan narx aynan shu davrdagi eng past narx bo‘lishi kerak;
- chegirma sababi ochiq aytiladi. Masalan, mavsum tugashi, mahsulotning muddati yaqinlashgani yoki qadoqlanishdagi nuqson yoki boshqa sabab.
Tadbirkorlar endi har bir chegirma uchun narxlar tarixini yuritadi. Aksiya haqida soliq organlariga 10 kun oldin xabar beradi va chegirmali tovar zaxirasini aksiya davomida ta’minlashi kerak.
Shuningdek, chegirmadan tashqari, turli xil konkurs, sovg‘ali o‘yin va boshqa turdagi aksiyalar ham nazorat qilinadi. Ular "ommaviy tadbir o‘tkazish" qonuni doirasiga kiradi.
Alkogol, pivo, tamaki va nikotinli mahsulotlarga chegirma belgilash ma’n etiladi.
Qoidalarni buzganlarga nisbatan javobgarlik esa 2026-yil 1-iyuldan kuchga kiradi.

👍30❤5🤔3🔥2😇1