Telegram Web Link
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍121🔥1510😇9👏6
#savolimbor
Ассалому алайкум ҳурматли устозлар, ФХШшартномаларига корхонанинг ички тартиб қоидаларига амал қилиш диган банд қошса бўладими? ички тартиб қоидаоари билан уларни таништириб имзолатсек (ишчилар ўртасида тартибни сақлаш учун) рахмат.


 Javob:
Фуқаролик-ҳуқуқий шартнома (ФХШ) — меҳнат шартномаси эмас.
Унинг ҳуқуқий асослари, жумладан, Фуқаролик кодекси 38-бобида (ҳақ эвазига хизмат кўрсатиш шартномалари) назарда тутилган.
Бундай шартномалар меҳнат жараёни эмас, иш ёки хизмат натижасини топширишга қаратилган бўлади.

Шу сабабли, ФХШ асосида ишлаётган шахсларга нисбатан меҳнат қонунчилиги, жумладан, ички меҳнат тартиб-қоидалари тўғридан-тўғри татбиқ этилмайди.

🔹 Бироқ, шартнома эркинлиги принципидан келиб чиқиб (Фуқаролик кодекси, 354-модда), тарафлар ФХШ матнига ички тартиб қоидаларига риоя этиш мажбуриятини қўшишлари мумкин. Масалан, хавфсизлик техникаси, ёнғинга қарши қоидалар, бино ичидаги интизомга риоя қилиш кабиларни шартлашиш мумкин. Шунингдек, ижрочини ушбу қоидалар билан таништириб, имзо олган ҳолда расмийлаштириш мақсадга мувофиқ.

📌 Шу билан бирга, эътиборли жиҳат: Агар ФХШ амалда меҳнат шартномаси белгиларини (режали иш вақти, ходимнинг шахсан бажариши, ходимга доимий раҳбарлик қилиниши ва ҳ.к.) намоён этса, у ҳолда бу шартнома Меҳнат кодексининг 11 ва 33-моддалари асосида якка тартибдаги меҳнатга оид муносабатлар сифатида эътироф этилиши мумкин.

⚖️ Меҳнат кодекси, 33-модда: ФХШ орқали амалда меҳнат муносабатларини тартибга солишга уриниш ходим фойдасига суд томонидан меҳнат шартномаси деб қайта баҳоланишига сабаб бўлади. Бу ҳолда шартнома тузилган деб ҳисобланади ва барча ижтимоий кафолатлар иш берувчи зиммасига юкланади.

📝 Хулоса:
 ФХШ шартномасига ички тартиб қоидаларига риоя этиш ҳақидаги бандни киритиш мумкин.

 Бу тартиб фуқаролик-ҳуқуқий муносабатни меҳнат муносабатига айлантирмаслиги керак.

⚠️ Акс ҳолда, суд муносабатларни меҳнат муносабати деб баҳолаши ва барча меҳнатга оид ҳуқуқий оқибатларни юклаш эҳтимоли бор.


📓Hujjatlar to'plami 1-qism
📕Hujjatlar to'plami 2-qism
📔Hujjatlar to'plami 3-qism
📚 Paket hujjatlar (ishdan bo'shatish haqida) 

🛒 Hujjatlar, konsultatsiya uchun murojaat qiling: @miryoqubraximov
Kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang https://www.tg-me.com/mehnathuquqi
7👍2🔥2
#savolimbor MCHJ ham dekret puli to'lashi shartmi?

Assalomu alaykum yaxshimisiz savolim bor edi OOO mchj korxona DEKRET pulni tolashi majburmi otgan yili dekret ga chiqdim bu yili ham dekretni qog‘oz olib boraman to‘lab bershi kerekmi

Advokatga murojaat: @MuhammadaminKarimjonov

ELEKTRON QO'LLANMALAR, BUYRUQLARDAN NAMUNALAR : https://www.tg-me.com/mehnathuquqi/8470

💻 Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://www.tg-me.com/mehnathuquqi
6👍6
#savolimbor Xayrli kun. Korxona jamoa shartnomasida mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish uchun kasaba uyushmasi qo‘mitasining oldindan roziligini olish nazarda tutilgan. Lekin xodim tashkilot kasaba uyushmasidan chiqib ketgan. Bu holatda nima qilinadi?

Advokatga murojaat: @MuhammadaminKarimjonov

ELEKTRON QO'LLANMALAR, BUYRUQLARDAN NAMUNALAR : https://www.tg-me.com/mehnathuquqi/8470

💻 Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://www.tg-me.com/mehnathuquqi
9👍2
#sudishi Bir MCHJ sotuv ishlari menejeri lavozimida ishlab kelgan xodim bilan mehnat shartnomasini MK 161-moddasi 2-qismi 2-bandiga ko’ra ya’ni shtat qisqarishi bilan g’ayriqonuniy ravishda bekor qilgan. Sobiq xodim esa “Advokat Karimjonov” advokatlik byurosiga huquqiy yordam so’rab murojaat qilgan edi.

Fuqarolik ishlari bo’yicha Mirobod tumanlararo sudiga mehnat shartnomasini bekor qilish haqidagi buyruqni g‘ayriqonuniy deb topish, ishga tiklash o‘rniga 3 oylik ish haqi miqdorida qo‘shimcha tovon undirish, majburiy progul vaqti uchun haq to‘lash, xodim tomonidan foydalanilmagan barcha asosiy va qo‘shimcha ta’tillar uchun pulli kompensatsiya va ularni kechiktirilganlik uchun pulli kompensatsiya, xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasining bekor qilish kunini sudning hal qiluv qarori qabul qilingan kunga o‘zgartirish, ma’naviy ziyon hamda advokat xarajatlarini undirish to‘g‘risida da’vo ariza kiritgan edik. Da'vo talablari ham yarim bet))

Mehnat shartnomasi qonunni ochiq-oydin buzgan holda bekor qilinganligini asoslab berdik. Shuning uchun sudya ham, biz ham kelishuvni taklif qildik. Lekin ish beruvchi vakili o’zlarini haq deb hisobladi shekilli, kelishuvga rozi bo’lmadi. Natijada, da’vo ariza qisman qanoatlantirildi.

Javobgardan da’vogar foydasiga ishga tiklash qismi o‘rniga uch oylik o‘rtacha oylik ish haqi miqdorida 12.026.302,50 so‘m tovon puli, foydalanilmagan har yilgi asosiy ta’tillar uchun 1.972.834,54 so‘m kompensatsiya to‘lovi, 20.043.837,50 so‘m miqdorida majburiy progul uchun to‘lovlar, ushbu to‘lovlardan soliq va boshqa majburiy yig‘imlar chegirilgan holda undirilishi belgilandi. Shuningdek, javobgardan da’vogar foydasiga 4.100.000 so‘m ma’naviy zarar undirilishi belgilandi. Jami 38 million so'mdan ziyodroq pul undirilishi belgilandi!

Da’vogar ishdan bo‘shash sanasi 04.07.2025yil deb hisoblandi.

Qisqarish bilan bo’shatish juda ham nozik masala, ish beruvchi baribir qayerdadir xatolikka yo’l qo’yadi. Shuning uchun ham, qisqarish bilan bog’liq ko'p ishlarimizda ish beruvchilar yutqazmoqda. Xodimni qisqarish bo’yicha to’g’ri bo’shatmoqchisiz, unda amaliy qo’llanmamizni o’qing👉: https://www.tg-me.com/mehnathuquqi/9386

Ishdagi barcha holatlarni sinchkovlik bilan, har tomonlama, to’liq, xolisona, erinmasdan koʻrib chiqqan sudya Hayitova Adiba G‘ofurovnaga alohida tashakkurimni izhor etaman.

Advokatga murojaat: @MuhammadaminKarimjonov

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇https://www.tg-me.com/mehnathuquqi
👍1510🔥2😎1
Forwarded from YURISTKADR
Бугун адвокатлар, адвокат ёрдамчилари ва юристлар билан кечки курсимизда ҳамкорим Мухаммадамин Каримжонов иштирок этмоқда.

Дарслар қизигандан-қизимоқда.

Навбатдаги кечки курсларимизга ёзилинг. Ишдан бўш вақтда жуда бемалол бўлади😊

Битта ташкилотдаги юристлар (ёки кадровиклар) жамоаси битта гуруҳ тузишлари ҳам мумкин.

👩‍💻@yuristkadr_menejer

📱
+99890-010-86-15
+99897-731-40-30

👉@yuristkadr
👍24🔥64
#test Ish beruvchi xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini sinov natijasi qoniqarsiz bo‘lganligi tufayli bekor qildi. Bu holatda kasaba uyushmasi qo'mitasining oldindan roziligi ...
Anonymous Quiz
35%
olinadi.
65%
olinmaydi.
👍27👏1
#savolimbor? Assalomu alaykum, bosh buxgalterni 6 oylik sinov bilan ishga olgandik, hali sinov muddati tugamagan lekin o'z xohishi bilan bo'shamoqchi, bosh buxgalter 1 oy oldin ogohlantiradi desam yo'q 3 kun oldin deyapti yuristimiz?

Aloqador moddalar:  MK 130, 132, 160, 489 -moddalar

https://www.tg-me.com/mehnathuquqi audio javobi  📤:
👍72
#savolimbor
Men 2016 yildan buyon bir korxonada ishladim. Yaqinda ishdan bo‘shadim. Menga faqat 2024–2025-yil uchun yillik ta’til kompensatsiyasi to‘lab berildi. Avvalgi yillar (2016–2023) uchun foydalanilmagan ta’til kunlari uchun kompensatsiya berilmadi. Bu holat qonuniymi?

Javob
Yo‘q, bu holat qonuniy emas. Amaldagi Mehnat kodeksining bir qator moddalariga ko‘ra, ish beruvchi sizga foydalanilmagan barcha yillik ta’til kunlari uchun to‘liq pul kompensatsiyasini to‘lashi shart edi.


Mehnat kodeksining 172-moddasiga muvofiq, mehnat shartnomasi bekor qilinganida ish beruvchi xodim bilan to‘liq hisob-kitob qilishi shart. Bu hisob-kitobga xodimning oxirigacha olingan ish haqi, foydalanilmagan barcha asosiy va qo‘shimcha yillik ta’tillar uchun pul kompensatsiyasi, hamda mehnat shartnomasida yoki qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa to‘lovlar kiradi. Demak, ish beruvchi sizga faqat oxirgi yil uchun emas, balki 2016–2023-yillar davomida foydalanilmagan barcha ta’tillar uchun ham kompensatsiya to‘lashi kerak edi.

Mehnat kodeksining 228-moddasiga binoan, ikkinchi va keyingi ish yillari uchun yillik ta’til xodimga har yili ta’tillar jadvaliga muvofiq berilishi shart. Shuningdek, 230-moddaga ko‘ra, ta’til har yili o‘sha ish yili tugaguniga qadar berilishi kerak. Faqat ayrim holatlarda, ishlab chiqarish zarurati bo‘lsa, ta’til xodimning roziligi bilan keyingi yilga ko‘chirilishi mumkin. Demak, yillar davomida ta’til bermaslik yoki uni xodim roziligisiz yig‘ib borish — bu qonun buzilishidir.

Bundan tashqari, Mehnat kodeksining 233-moddasiga muvofiq, xodim yillik ta’tilga chiqqanida unga o‘rtacha ish haqi saqlanishi kafolatlanadi. Ta’til puli ta’til boshlanishidan oldin, eng kechida oxirgi ish kunida to‘lanishi shart. Agar o‘tgan yillarda sizga ta’til berilgan bo‘lsa, lekin to‘lov amalga oshirilmagan bo‘lsa, bu ham alohida qonunbuzarlikdir.

Agar sizga bu to‘lovlar o‘z vaqtida yoki umuman amalga oshirilmagan bo‘lsa, Mehnat kodeksining 333-moddasiga ko‘ra, ish beruvchi sizga kechiktirilgan har bir kun uchun foiz (kompensatsiya) ham to‘lashi lozim. Ushbu foiz O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi asosida hisoblanadi. Bu norma xodimlarning moliyaviy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan.

Agar ish beruvchi ushbu qonuniy majburiyatlarini bajarmagan bo‘lsa, u Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 49-moddasiga binoan javobgarlikka tortilishi mumkin. Ushbu modda asosida mehnat qonunchiligi buzilgan hollarda mansabdor shaxslarga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan 10 baravarigacha jarima belgilanadi. Shu sababli, siz ushbu huquqiy asoslarga tayangan holda yozma talabnoma bilan ish beruvchiga murojaat qilishingiz yoki tegishli tashkilotlarga (mehnat inspeksiyasi, sud) shikoyat qilish huquqiga egasiz.

📓Hujjatlar to'plami 1-qism
📕Hujjatlar to'plami 2-qism
📔Hujjatlar to'plami 3-qism
📚 Paket hujjatlar (ishdan bo'shatish haqida)

🛒 Hujjatlar, konsultatsiya uchun murojaat qiling: @miryoqubraximov
Kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang https://www.tg-me.com/mehnathuquqi
6👏5👍2
#savolimbor Ассалому алейкум.Саволим бориди.Ходим 3 ой без содержания да боган.тугаши билан бошади.Увольнения бовотганида без содержанияда боган вакти хисобланиладими.Календарный кунла

Advokatga murojaat: @MuhammadaminKarimjonov

ELEKTRON QO'LLANMALAR, BUYRUQLARDAN NAMUNALAR : https://www.tg-me.com/mehnathuquqi/8470

💻 Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://www.tg-me.com/mehnathuquqi
👍62
#test Intizomiy jazo intizomiy qilmish sodir etilgan kundan e’tiboran ... oydan kechiktirmay qo‘llanilishi mumkin.
Anonymous Quiz
69%
1 oy
6%
2 oy
13%
3 oy
12%
6 oy
🔥9👍32
2025/07/14 18:28:11
Back to Top
HTML Embed Code: