Telegram Web Link
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Эксперт_шарҳи

Давлат хизматида ишлайман. Яқинда бир ойлик муддатда ҳарбий хизматга кетмоқчиман. Бундай ҳолатда мен билан тузилган меҳнат шартномаси бекор қилинадими?

▫️Ушбу масала юзасидан эксперт, Тошкент давлат юридик университети катта ўқитувчиси Муҳаммадамин Каримжонов маълумот берди.

Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|Murojaat
#qonunbilan
🎓 Davlat xizmatida yagona kadrlar tayyorlash tizimi joriy etiladi

🇺🇿 2025 yil 19 iyundagi PF-95-sonli Prezident farmoniga ko‘ra,
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi hamda “El-yurt umidi” jamg‘armasi hamkorligida davlat xizmatchilarini tayyorlash va rivojlantirishning yaxlit tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Asosiy yo‘nalishlar:
🔹 Agentlik:
– Ochiq tanlov asosida eng munosib kadrlarni tanlaydi
– Xodimlarning kompetensiyasini aniqlaydi, rivojlanish rejasini tuzadi
– Milliy kadrlar zaxirasini shakllantiradi
– Zarur yo‘nalishlar bo‘yicha xorijda stajirovkalarni tashkil etadi
– “El-yurt umidi” stipendiatlarini qo‘llab-quvvatlaydi

🔹 Akademiya:

– Davlat xizmatchilarining malakasini oshiradi, qayta tayyorlaydi
– Magistrlik dasturlarini amalga oshiradi
– Boshqa o‘quv markazlar faoliyatini uslubiy jihatdan muvofiqlashtiradi

🔹 “El-yurt umidi” jamg‘armasi:
– Xorijdagi stajirovkalarni tashkil etadi
– Kadrlarning xorijda o‘qishini va amaliy ko‘nikmasini muvofiqlashtiradi

📓Hujjatlar to'plami 1-qism
📕Hujjatlar to'plami 2-qism
📔Hujjatlar to'plami 3-qism
📚 Paket hujjatlar (ishdan bo'shatish haqida)

🛒 Hujjatlar, konsultatsiya uchun murojaat qiling: @miryoqubraximov
Kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang https://www.tg-me.com/mehnathuquqi
#savolimbor Malaka oshirish davrida xodimga xizmat safari xarajatlari to’lab beriladimi?

https://www.tg-me.com/mehnathuquqi javobi 📤:

⚠️ Xizmat safari va malaka oshirish boshqa-boshqa tushunchalardir. ❗️MK 280-moddasiga e’tibor bering! Unga ko’ra ish beruvchi, xodim xizmat safarida bo‘lgan davr va xodim ishdan ajralgan holda o‘zi va ish beruvchi uchun majburiy bo‘lgan qayta tayyorlashdan yoki majburiy malaka oshirishdan o‘tgan davr hamda boshqa holatlarda kafolatli to‘lovlarni amalga oshirishi shart.

❗️Bundan tashqari, MK 286-moddasiga ko’ra, ish beruvchi quyidagi hollarda xodimga uning o‘z mehnat majburiyatlarini bajarishi bilan bog‘liq xarajatlarni kompensatsiya qilishi shart: xizmat safarlarida bo‘lganda, ish beruvchining yo‘llanmasi bilan kasbiy tayyorgarlikdan, qayta tayyorlash, malaka oshirish va stajirovkadan o‘tganda.

⚠️E’tibor bergan bo’lsangiz, MK 280, 286 va boshqa moddalarda malaka oshirish va xizmat safari alohida-alohida ko’rsatilyapti. Xizmat safari va malaka oshirish davrida xodimning o‘rtacha ish haqi saqlab qolinadi.

⚠️ Diqqat! MK 370-moddasiga ko'ra, agar qayta tayyorlash yoki malaka oshirish ixtiyoriy ravishda amalga oshirilsa, ish beruvchi qayta tayyorlash yoki malaka oshirish vaqtida xodimning ish joyini (lavozimini) saqlab turishi shart. Xodimning o‘rtacha ish haqini saqlab qolish masalasi jamoa shartnomasida, ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishilgan holda qabul qilinadigan ichki hujjatda yoxud mehnat shartnomasi taraflarining kelishuviga ko‘ra hal qilinadi.

👉 MK 287-moddasiga ko’ra, xizmat safari xodimning ish beruvchi farmoyishiga binoan doimiy ish joyidan tashqarida xizmat topshirig‘ini bajarish uchun boshqa joyga ma’lum muddatga qiladigan safaridir. Doimiy ishi ko‘chib yurish yoki sayyor xususiyatga ega bo‘lgan xodimlarning xizmat safarlariga chiqishi xizmat safarlari hisoblanmaydi. Ish beruvchi xodimga MK 287-moddasida nazarda tutilgan xizmat safarlari chog‘idagi kompensatsiya to‘lovlarini qoplab berishi berishi shart.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 424-son qaroriga ILOVA “O‘zbekiston Respublikasi hududida xizmat safarlari to‘g‘risida”gi Nizomga ko’ra, xizmat safari — tashkilot rahbarining buyrug‘iga (qarori, farmoyishiga) asosan xodimning o‘zining doimiy ish joyidan boshqa joyga xizmat topshirig‘ini bajarish uchun ma’lum bir muddatga yuborilishi https://lex.uz/uz/docs/-6139421

👉 MK 367-moddasi 3-qismiga ko’ra, malaka oshirish deganda esa xodimning undagi mavjud kasb va mutaxassislik bo‘yicha ishlarni bajarishga tayyorligini tavsiflovchi, xodimning kasbiy bilimlari, malakalari va ko‘nikmalari darajasini takomillashtirish tushuniladi.

MK 290-moddasiga ko’ra, agar ish beruvchining yo‘llanmasi bo‘yicha xodimning kasbiy tayyorgarlik, qayta tayyorlash, malaka oshirish va stajirovkadan o‘tishi boshqa joyga ko‘chishni talab qilsa, xodimga o‘qish joyiga borish va qaytib kelish, shuningdek uy-joyni ijaraga olish xarajatlarining o‘rni qoplanadi.

Jamoa shartnomasida yoki ish beruvchi tomonidan kasaba uyushma qo‘mitasi bilan kelishilgan holda tasdiqlangan ichki hujjatda kasbiy tayyorgarlik, qayta tayyorlash, malaka oshirish va stajirovkaga yuborilgan xodimlarga yashash joyidan tashqarida yashaganlik uchun kompensatsiya (sutkalik) to‘lovi belgilanishi mumkin.

Bundan tashqari, MK 370-moddasida ish beruvchining xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga doir huquq va majburiyatlari, 371-moddada esa kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirish chog‘ida xodimlarning huquq va majburiyatlari belgilab qo’yilgan.

❗️Demak, MK 290-moddasiga ko'ra, malaka oshirish boshqa joyga ko‘chishni talab qilsa, xodimga o‘qish joyiga borish va qaytib kelish, shuningdek uy-joyni ijaraga olish xarajatlarining o‘rni qoplanadi.
Forwarded from YURISTKADR
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#дарс_жараёни

Меҳнат ҳуқуқи бўйича мутахассис Мухаммадамин Каримжонов тингловчиларимизга ходимларнинг иш жойини ўзгартириш ҳақида тушунтириш беряпти.

👉@yuristkadr
#savolimbor Assalomu alaykum yaxshimisiz Men 2024-yil 25-dekabrdan 2025-yil 26-maygacha “MCHJ Da ishladim. Ishni tark etganimdan so‘ng, yillik mehnat ta’tili uchun kompensatsiyani talab qildim.

Biroq, ish beruvchi O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 227-moddasiga asosan, men faqat 5 oy ishlaganim sababli yillik ta’til huquqi paydo bo‘lmaganini va shuning uchun kompensatsiya to‘lanmasligini ma’lum qildi.

Iltimos, ushbu holat yuzasidan mening huquqlarim qanchalik qonuniy himoyalanganligi va qanday choralar ko‘rishim mumkinligi haqida maslahat berishingizni so‘rayman.

Advokatga murojaat: @MuhammadaminKarimjonov

ELEKTRON QO'LLANMALAR, BUYRUQLARDAN NAMUNALAR : https://www.tg-me.com/mehnathuquqi/8470

💻 Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://www.tg-me.com/mehnathuquqi
АРИЗА_14_Меҳнат_дафтарчасига_ўриндошлик_асосида_ишлаган_даврни_киритиш.docx
21 KB
#namuna
Mehnat daftarchasiga o‘rindoshlik asosida ishlagan davrni kiritish to‘g‘risida ariza


📑 Jamlanmada:
O‘zbek (kirill va lotin yozuvi) tilidagi ariza namunalari
Video tushintirish (https://youtu.be/zObgYS-mXg4?si=cstVikJepllA00tm)

🔒 Xususiyatlari:
Bitta qonun hujjati bilan asoslangan
Tez va oson foydalanish uchun WORD formatda
4 betli to‘liq hujjat

💵 Narx: 10 ming so‘m
💳 Karta raqami: 6262730098638887

📓Hujjatlar to'plami 1-qism
📕Hujjatlar to'plami 2-qism
📔Hujjatlar to'plami 3-qism
📚 Paket hujjatlar (ishdan bo'shatish haqida)

🛒 Hujjatlar, konsultatsiya uchun murojaat qiling: @miryoqubraximov
Kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang https://www.tg-me.com/mehnathuquqi
#qonunbilan
📢 Davlat xizmatini tubdan isloh qilish: 2026 yildan yangi tartiblar!

🇺🇿 2025 yil 19 iyundagi PF-95-sonli Prezident farmoniga binoan, 2026-yil 1-yanvardan boshlab davlat fuqarolik xizmatiga oid quyidagi yangiliklar joriy etiladi:

🔹 Tanlov tizimidagi yangiliklar (2025-yil 1-avgustdan):
– Barcha vakant lavozimlar yagona portal orqali tanlov asosida egallanadi;
– Tayinlash bo‘yicha kelishuvlar endi tanlov komissiyasi tarkibi orqali amalga oshiriladi;
– Testlar maxsus xonalar yoki onlayn proktoring orqali o‘tkaziladi;
– Suhbat bosqichiga fuqarolik jamiyati, OTM va ilmiy tashkilotlar vakillari ekspert sifatida jalb qilinadi.

🔹 “TOP-100” rahbarlar dasturi:
– Har 2 yilda eng salohiyatli 100 nafar rahbar tanlab olinadi;
– G‘oliblar:
🔸 100 BHM miqdorida pul mukofoti oladi
🔸 Maxsus o‘quv dasturida qatnashadi
🔸 Tajribali rahbarlarga biriktiriladi
🔸 Xorijda stajirovka va boshqa lavozimlarda xizmat safariga yuboriladi
🔸 Milliy kadrlar zaxirasiga kiritiladi

🔹 Milliy va hududiy kadrlar zaxirasi:
– Respublika miqyosida – 500 nafar, mahalliy darajada 1 000 nafar rahbar nomzod zaxiraga olinadi;
– Mahalla tizimida faoliyat yuritayotgan 1 000 nafar kadr (raislar, yoshlar yetakchilari va boshqalar) tanlovsiz lavozimga tavsiya etiladi;
– Milliy zaxiradagi kadrlarga boshqa idoralarda xizmat safarlari va xorijiy tajriba almashinuvi tashkil etiladi.

📓Hujjatlar to'plami 1-qism
📕Hujjatlar to'plami 2-qism
📔Hujjatlar to'plami 3-qism
📚 Paket hujjatlar (ishdan bo'shatish haqida)

🛒 Hujjatlar, konsultatsiya uchun murojaat qiling: @miryoqubraximov
Kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang https://www.tg-me.com/mehnathuquqi
#savolimbor Assalomu alaykum, Ustoz. Bir xodimimiz korxonamizda 15 yildan beri ishlaydi. U bilan mehnat shartnomasi o’z xohishi bilan bekor qilinmoqda. Xodim ish yilida 6 oy ishlagan. Shunda MK 220-moddasidagi ko‘p yillik ish staji uchun beriladigan har yilgi qo‘shimcha mehnat ta’tili ya’ni 6 kunni to’liq beramizmi yoki 6 oyga mutanosibmi?

https://www.tg-me.com/mehnathuquqi javobi 📤:

Mutanosib hisoblanadi. MK 222-modda 1-qismiga ko’ra, har yilgi mehnat ta’tilining umumiy davomiyligini hisoblab chiqarishda qo‘shimcha ta’tillar har yilgi asosiy eng kam ta’til yoki har yilgi asosiy uzaytirilgan ta’tilga qo‘shib jamlanadi.

Shuningdek, MK 224-modda 1-qismiga ko’ra, har yilgi mehnat ta’tilining davomiyligini ishlab berilgan vaqtga mutanosib ravishda hisoblab chiqarishda uning davomiyligi har yilgi asosiy va qo‘shimcha mehnat ta’tilining to‘liq miqdorini o‘n ikkiga bo‘lish hamda to‘liq ishlangan oylar soniga ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi.

❗️Buni misol bilan tushintiramiz. Xodimning har yilgi asosiy eng kam mehnat ta’tilining davomiyligi 21 kalendar kun. Bitta tashkilotda ko‘p yillik ish staji uchun beriladigan har yilgi qo‘shimcha mehnat ta’tili 15 yillik staji uchun 6 kun. Jamoa shartnomasidagi qo‘shimcha mehnat ta’tili 3 kun. Shunda (21+6+3)/12= 2.5 Chiqqan natijani to‘liq ishlangan oylar soniga ko‘paytiramiz 2.5*6= 15. Demak, Sizning holatingizda xodimga mehnat shartnomasi bekor qilinganda 15 kalendar kun uchun pulli kompensatsiya to‘lanadi (MK 234-moddasi 3-qismiga ko'ra, pulli kompensatsiya to‘lashda yakshanba kuni inobatga olinmaydi).

Batafsil:https://www.tg-me.com/mehnathuquqi/9329

Ekspertga murojaat: @MuhammadaminKarimjonov

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://www.tg-me.com/mehnathuquqi
#test Ish kuni (smena) davomida xodimga dam olish va ovqatlanish uchun davomiyligi ko‘pi bilan 2 soat va kamida ... daqiqa bo‘lgan, ish vaqtiga kiritilmaydigan tanaffus berilishi kerak.
Anonymous Quiz
20%
20
54%
30
11%
40
15%
60
Barcha tashkilotlardagi ilmiy darajaga ega bo'lgan xodimlarga ustama to'lanadimi?

#savolimbor Ассалому алайкум Устозлар юридик фанлари номзоди янги ходим ишга олинди шунга Вазирлар махкмасининг карори борми у ходимга қўшича устамалар тайинлаш бўйича ишхоналар ҳам тўлайдими ушбу устамани

https://www.tg-me.com/mehnathuquqi javobi 📤

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-dekabrdagi 1030 - son qaroriga 1-ilova “Ilm-fan va ta’lim sohasidagi davlat tashkilotlarida ilmiy, ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi ilmiy darajaga ega xodimlarga qo‘shimcha haq to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom ilm-fan, ta’lim va tajriba-konstruktorlik sohasidagi davlat tashkilotlarida ilmiy, ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi ilmiy darajaga ega xodimlarga (shu jumladan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari hamda davlat sud-ekspertiza muassasalarining xodimlariga) qo‘shimcha haq to‘lash tartibini belgilaydi https://lex.uz/docs/-4662181

⚠️ Demak, e’tibor bering ushbu nizom barcha tashkilotlarda emas, balki ilm-fan, ta’lim va tajriba-konstruktorlik sohasidagi davlat tashkilotlarida ilmiy, ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi ilmiy darajaga ega xodimlarga (shu jumladan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari hamda davlat sud-ekspertiza muassasalarining xodimlariga) qo‘shimcha haq to‘lash tartibini belgilaydi.

⚠️ Nizomning 26-bandiga ko’ra, davlat boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlarda faoliyat yurituvchi ilmiy darajaga ega xodimlarga mazkur Nizom talablari asosida budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan qo‘shimcha haq to‘lanishi mumkin. Bunda qo‘shimcha haq belgilash talablari (mezonlari) davlat boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatining asosiy xususiyatlaridan kelib chiqqan holda ularning kollegial organi qarori bilan tasdiqlanadi.

❗️ Demak, e’tibor bering, davlat boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlarda faoliyat yurituvchi ilmiy darajaga ega xodimlarga budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan qo‘shimcha haq to‘lanishi mumkin. "Mumkin" so'ziga e'tibor bering: to'lanishi ham mumkin, to'lanmasligi ham mumkin. To'lash yoki to'lamaslik masalasi, davlat boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatining asosiy xususiyatlaridan kelib chiqqan holda ularning kollegial organi qarori bilan tasdiqlanadi.

Ekspertga murojaat:
@MuhammadaminKarimjonov
Batafsil:
https://www.tg-me.com/mehnathuquqi/8470


💻 Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://www.tg-me.com/mehnathuquqi
#qonunbilan
🔒 Davlat xizmatida korrupsiyaga qarshi kurash va raqamlashtirish!

🇺🇿 2025 yil 19 iyundagi PF-95-sonli Prezident farmoniga ko‘ra, davlat xizmatchilari orasida halollik va ochiqlikni kuchaytirish maqsadida quyidagi chora-tadbirlar joriy etiladi:

🛡 1. Korrupsiyaga qarshi barqarorlikni baholash
– Rahbarlar va zaxiradagi nomzodlarning korrupsiyaga qarshi barqarorlik darajasi baholanadi;
– Korrupsiyaga murosasiz munosabat va halollik qadriyatlarini shakllantirish bo‘yicha ilmiy asoslangan choralar ishlab chiqiladi;
– Baholash uslubiyoti doimiy ravishda takomillashtirib boriladi.

💻 2. “Xizmat safari” – yagona elektron modul
🗓 2025-yil 1-oktyabrdan boshlab barcha davlat xizmatchilarining xorijiy va ichki xizmat safarlari “hrm.argos.uz” tizimi orqali boshqariladi.

🔹 Modul qanday ishlaydi?
– Safar rejasi, geografiyasi, xarajatlari va natijalari onlayn nazorat qilinadi;
– Har bir safar bo‘yicha hisobot topshiriladi va uning samaradorligi baholanadi;
– Safar faoliyatining davlat organi natijadorligiga ta’siri monitoring qilinadi.

📓Hujjatlar to'plami 1-qism
📕Hujjatlar to'plami 2-qism
📔Hujjatlar to'plami 3-qism
📚 Paket hujjatlar (ishdan bo'shatish haqida)

🛒 Hujjatlar, konsultatsiya uchun murojaat qiling: @miryoqubraximov
Kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang https://www.tg-me.com/mehnathuquqi
#savolimbor Assalomu alaykum, Muhammadamin aka. Qon topshirgan xodimga ish beruvchi bazaviy hisoblashning 5 barobari miqdorida pul to'lashi shartmi?

https://www.tg-me.com/mehnathuquqi javobi 📤:

Qonunchilikda bunday norma mavjud emas. Aks holda, hamma xodimlar qon topshirib yurgan bo'lar edi😊

MK 283-moddasiga ko'ra, tibbiy tekshiruv o‘tkaziladigan hamda qon va uning tarkibiy qismlari topshiriladigan kunda ishdan ozod qilinganda, shuningdek dam olish kunlarida xodimning o‘rtacha ish haqi saqlanadi. Lekin qonunda xodimga yana qandaydir pulli kompensatsiya to'lansin degan talab mavjud emas.

Ko’pchilik Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 23-iyuldagi 202-son qaroriga 1-ilova “O‘zbekiston Respublikasi faxriy donori” (“Pochetniy donor Respubliki Uzbekistan”) ko‘krak nishoni to‘g‘risida”gi nizomdagi quyidagi normaga chalg’imoqda https://lex.uz/uz/docs/-2434762👇

“O‘zbekiston Respublikasi faxriy donori” ko‘krak nishoni bilan mukofotlangan shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravari miqdorida bir yo‘la pul mukofoti oladilar. Ushbu ko’krak nishonni olish esa, oson ish emas. Nishon bilan o‘z qonini kamida 40 marta yoki uning tarkibiy qismlaridan bir qismini kamida 60 marta bepul topshirgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari mukofotlanadilar.

⚠️ Qon donorlariga qanday kafolatlar berilgan? Bu haqida batafsil ushbu postlarimizda to’xtalganmiz👇

https://www.tg-me.com/mehnathuquqi/5929
https://www.tg-me.com/mehnathuquqi/5934
https://www.tg-me.com/mehnathuquqi/3011

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://www.tg-me.com/mehnathuquqi
ЁЗМА_РОЗИЛИК_1_Пастроқ_малака_талаб_этиладиган_ишга_вақтинча_ўтиш.docx
21.5 KB
#namuna
Pastroq malaka talab etiladigan ishga vaqtincha o‘tish to‘g‘risida xodimning yozma roziligi


📑 Jamlanmada:
O‘zbek (kirill va lotin yozuvi) tilidagi ariza namunalari
Video tushintirish https://youtu.be/PSLVrvnAbU0?si=a5tCHiYpuaE0-CdH)

🔒 Xususiyatlari:
Bitta qonun hujjati bilan asoslangan
Tez va oson foydalanish uchun WORD formatda
4 betli to‘liq hujjat

💵 Narx: 10 ming so‘m
💳 Karta raqami: 6262730098638887

📓Hujjatlar to'plami 1-qism
📕Hujjatlar to'plami 2-qism
📔Hujjatlar to'plami 3-qism
📚 Paket hujjatlar (ishdan bo'shatish haqida)

🛒 Hujjatlar, konsultatsiya uchun murojaat qiling: @miryoqubraximov
Kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang https://www.tg-me.com/mehnathuquqi
Pensiya yoshi oshadimi

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonda pensiya yoshini oshirish taklif qilinmoqda mazmunidagi xabarlar tarqaldi. Pensiya jamg‘armasi mazkur holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi:

Bugungi kunda O‘zbekistonda pensiya yoshini oshirish bo‘yicha hech qanday yakuniy qaror qabul qilinmagan.

Pensiya islohotini o‘tkazish bo‘yicha xalqaro ekspertlar tomonidan berilgan takliflar hozirda O‘zbekiston sharoitiga mosligi, aholining turmush darajasiga ta’siri va iqtisodiy oqibatlari tahlil qilinmoqda.

Pensiya tizimiga kiritiladigan har qanday o‘zgartirishlar, jumladan, pensiya yoshiga oid masalalar ham, albatta, keng jamoatchilik muhokamasidan so‘ng, xalqning fikri va manfaatlarini inobatga olingan holda bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

⚠️ Hurmatli fuqarolar! Pensiya ta’minoti bo‘yicha haqiqiy ma’lumotlarni faqat rasmiy manbalardan olishni unutmang. Manba: https://www.tg-me.com/PensionFundRUz

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇https://www.tg-me.com/mehnathuquqi
#sudishi Yangiyo`l shahar tibbiyot birlashmasi xodim bilan taraflarning kelishuviga ko‘ra (MKning 157-moddasi) mehnat shartnomasini g’ayriqonuniy bekor qilgan.

Fuqarolik ishlari bo'yicha Yangiyo`l tumanlararo sudiga mehnat shartnomasini bekor qilish haqidagi buyruqni g‘ayriqonuniy deb topish, ishga tiklash, majburiy progul vaqti uchun haq to‘lash, homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqani va nafaqani kechiktirganlik uchun pulli kompensatsiya, ma’naviy ziyon hamda advokat xarajatlarini undirish to‘g‘risida da’vo ariza kiritgan edik. Da'vo ariza qanoatlantirildi, da'vogar avvalgi ishiga - Yangiyo‘l shahar tibbiyot birlashmasi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika oilaviy shifokori lavozimiga ishga tiklandi!

Xodim qo’shimcha kelishuvni imzolamagan! Eng qiziq joyi, javobgar vakili xodim qo’shimcha kelishuvni imzolashdan bosh tortgan, shuning uchun dalolatnoma tuzganmiz desa bo’ladimi …

⚠️ Shu o'rinda, yuridik markaz xodimlarini ham xushyorlikka chaqirib qolamiz! Yuridik markaz xodimi qo'shimcha kelishuv xodim tomonidan imzolanmaganiga e'tibor bermagan! Haqiqatan, yuridik markaz xodimlarida ish hajmi ko'p, lekin nima bo'lgan taqdirda ham diqqatli bo'lish kerak edi!

Ishdagi barcha holatlarni sinchkovlik bilan, har tomonlama, to’liq va xolisona koʻrib chiqqan sudya Atayev Ruslanbеk Azadovichga alohida tashakkurimni izhor etaman.

Advokatga murojaat: @MuhammadaminKarimjonov

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇https://www.tg-me.com/mehnathuquqi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Меҳнат таътилида бўлиб турган ходим интизомий жавобгарликка тортилиши мумкинми?

◽️Ушбу саволга эксперт, Тошкент давлат юридик университети катта ўқитувчиси Муҳаммадамин Каримжонов жавоб берди.

Ekspertga murojaat: @MuhammadaminKarimjonov

Batafsil:https://www.tg-me.com/mehnathuquqi/9329
ЁЗМА_РОЗИЛИК_2_Бошқа_иш_берувчига_вақтинча_хизмат_сафарига_юборилиш.docx
21.5 KB
#namuna
Boshqa ish beruvchiga vaqtincha xizmat safariga yuborilish to‘g‘risida xodimning yozma roziligi

📑 Jamlanmada:
O‘zbek (kirill va lotin yozuvi) tilidagi ariza namunalari
Video tushintirish (https://youtu.be/PSLVrvnAbU0?si=a5tCHiYpuaE0-CdH)

🔒 Xususiyatlari:
Bitta qonun hujjati bilan asoslangan
Tez va oson foydalanish uchun WORD formatda
4 betli to‘liq hujjat

💵 Narx: 10 ming so‘m
💳 Karta raqami: 6262730098638887

📓Hujjatlar to'plami 1-qism
📕Hujjatlar to'plami 2-qism
📔Hujjatlar to'plami 3-qism
📚 Paket hujjatlar (ishdan bo'shatish haqida)

🛒 Hujjatlar, konsultatsiya uchun murojaat qiling: @miryoqubraximov
Kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang https://www.tg-me.com/mehnathuquqi
2025/06/27 05:56:52
Back to Top
HTML Embed Code: