Telegram Web Link
#siyosiy_ma'rifiy_soat

📚Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligida "O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasining mazmun-mohiyati" mavzusida siyosiy-ma’rifiy o‘quv bo‘lib o'tdi.

🟣Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi raisining Axborot siyosati masalalari maslahatchisi Ilhom Ma’rupov ma'ruza qildi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hozirgi kunda O‘zbekistonda:

👉mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori (MHTEKM) – 1 155 000 so‘m;

👉bazaviy hisoblash miqdori (BHM) – 375 000 so‘m;

👉pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 428 000 so‘m;

👉yoshga doir eng kam pensiya – 834 000 so‘m;

👉nogironlik pensiyalari, jumladan ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori – 920 000 so‘m;

👉mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi va bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa – 920 000 so‘m;

👉zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa – 745 000 so‘m;

👉ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda – 745 000 so‘m.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣

Kasbiy ko‘nikmalar markazlarida o‘qish uchun yosh chegarasi qanday?

📝 Bu yerda o‘qish uchun yo‘llanma qayerdan olinadi?

🔻Efirni to'liq ko'rish

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Milliy texnik malakani baholash imtihoni natijalari e'lon qilindi

Xabar berganimizdek, 2025-yil 21-may kuni Toshkent shahar Kasbiy ko‘nikmalar mintaqaviy markazida 251 nafar mutaxassislar uchun nazariy malaka imtihoni bo'lib o'tgan edi.

Imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar ro‘yxati bilan quyidagi havolalar orqali tanishishingiz mumkin:

▪️avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish va taʼmirlash yo‘nalishi;
▪️
elektr va elektronika yo‘nalishi;
▪️payvandlash yo‘nalishi.

📍Imtihondan o‘tganlar uchun malakani baholashning ikkinchi bosqich amaliy imtihonlari joriy yilning 3–5-iyun kunlari Toshkent, Samarqand va Shahrisabz shaharlarida bo‘lib o‘tadi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tadbirkorlik qilmoqchimisiz? Biznes-inkubator sizga yordam beradi

Tadbirkorlikka bepul o‘qitadi;
Biznes reja tuzib beradi;
Kredit olishga ko‘maklashadi, xullas "nol"dan to oxirigacha yoningizda turadi.

👉Biznes-inkubatorlarning manzil va telefon raqamlari

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔗 my.mehnat.uz sayti orqali mehnat daftarchasini yuklab olish va avvalgi ish joyni qo‘shish bo‘yicha videoqo‘llanma

💻Tizimga OneID orqali kiriladi.
👉OneID olishni oson o‘rganib oling.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔴Har yilgi mehnat ta’tilidan chaqirib olishga ta’tilning istalgan vaqtida faqat xodimning roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi.

Shu munosabat bilan ta’tilning foydalanilmay qolgan qismi xodimga mazkur ish yili davomida boshqa vaqtda berilishi yoki ushbu Mehnat kodeksning 230 va 231-moddalarida nazarda tutilgan talablarga rioya etilgan holda keyingi ish yilida berilishi kerak.

▪️18 yoshga to‘lmagan xodimlarni, homilador ayollarni va mehnat sharoitlari o‘ta zararli va o‘ta og‘ir ishlarda band bo‘lgan xodimlarni har yilgi mehnat ta’tilidan chaqirib olishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025-yil ish vaqti taqvimi.pdf
198.5 KB
📆 2025-yilga mo‘ljallangan ish vaqti me'yorlari davomiyligi taqvimi

❗️Eslatma: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-martdagi PQ-124-son qaroriga muvofiq taqvimga o‘zgartirish kiritilgan edi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mehnat qilgan kam bo‘lmaydi!

📍Kasbi tumanida yashovchi Davron Ibodov 10 bosh tuyaqush parvarishlab oilasi daromadini kengaytirdi.

🐝 Ibrohim Turdimurodov esa dehqonchilik va asalarichilik orqali yiliga 150 million so‘mgacha sof foyda ko‘rmoqda.

Mehnat qiling, o‘rganing, harakatdan to‘xtamang. Davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalaning.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bog‘ emas, ko‘chadan 820 tonna hosil, 450 tonnasi eksportga

🍇Buloqboshi tumanining M. Ismoiliy mahallasidagi 405 ta xonadonning 380 tasi uzumchilik bilan shugʻullanadi. Mahalla koʻchalarining 4 kilometrga yaqin qismida tokzorlar barpo etilgan. Bir xonadon yiliga 4 tonnagacha hosil oladi.

🌎"Uzumchilar" mahallasining birgina Oybuloq koʻchasida 820 tonna uzum yetishtirilib, 450 tonnasi eksportga yoʻnaltirilmoqda. Hosilni saqlash va realizatsiya qilish uchun maxsus sovitkich va omborlar ham qurilgan.

Mahsulotlarni to‘g‘ri parvarishlash va yuqori hosil olish maqsadida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tashabbusi bilan mahallaning o‘zida maxsus Agromarkaz tashkil etilgan.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Obyektivka"ni haliyam qo‘lda to‘ldiryapsizmi? my.mehnat.uz da tayyori bor.

👉Saytga OneID orqali kirib, qisqa soniyalarda yuklab olishingiz mumkin.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
✒️Mehnatni muhofaza qilish qoidalariga o‘zgartirishlar kiritildi

📌Ish jarayonida xodimlarni hayoti va sog‘lig‘ini ta’minlashni huquqiy asoslarini yanada kuchaytirish maqsadida turli soha va tarmoqlarga oid mehnatni muhofaza qilish qoidalari o‘zgartirildi.

Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish, xodimlarni xavfsiz ish uslublariga o‘qitish va majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish hamda boshqa talablarni o‘z ichiga oladi.

🔗Quyidagi havolalar orqali ushbu hujjatlar bilan tanishishingiz mumkin:

🔸Farmatsevtika ishlab chiqarishi xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalari;

🔸
Yuqumli kasallikka chalingan hayvonlarga xizmat ko‘rsatishda mehnatni muhofaza qilish qoidalari;

🔸
Sog‘liqni saqlash muassasalari va korxonalarining oshxonalari xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalari;

🔸Tabiiy toshdan buyumlar (plitalar, bloklar) ishlab chiqarishda mehnatni muhofaza qilish qoidalari;

🔸Daryo transporti xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalari;

🔸Ijtimoiy ta’minot muassasalari xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalari;

🔸Karlar jamiyatining o‘quv-ishlab chiqarish tashkilotlari xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalari;

🔸Qurilish keramikasi ishlab chiqarish xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalari;

🔸Detallarni gidroqumpurkash va-maydalab purkash va kimyoviy ishlov berish usullari bilan tozalashda mehnatni muhofaza qilish qoidalari;

🔸Ko‘zi ojizlar jamiyatining o‘quv-ishlab chiqarish tashkilotlari xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalari;

🔸Nogironligi bo‘lgan shaxslar, shu jumladan nogironligi bo‘lgan shaxslar – urush qatnashchilari va chernobilchilar jamiyatining o‘quv-ishlab chiqarish tashkilotlari xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalari.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qurbon hayiti munosabati bilan quyidagi kunlari dam olinadi:

6-iyun (juma) — Qurbon hayiti bayrami;
7-iyun (shanba) — 6 kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
8-iyun (yakshanba) — odatiy dam olish kuni.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔤🔤🔤🔤 🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤

🫥 Bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan barcha ish beruvchilarga eslatma:

🔵xodimlarni ish vaqtidan tashqari paytda ishga jalb qilish;

🔵oylik maoshlarni kechiktirib to‘lash mehnat normalarining buzilishi hisoblanadi.

🗣Ish va oilaviy hayot o‘rtasidagi muvozanat (work-life-balance) xodimlarning mehnat samaradorligi yuqori bo‘lishiga xizmat qiladi.

😎1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan barcha yurtdoshlarimizni tabriklaymiz. Farzandlaringizga ko'proq vaqt ajrating!

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Namanganning olmasi, anori va o‘rigi bordur!

🍎
Olma va anori bilan dong taratgan Namangan endi o‘rik yetishtirish bo‘yicha ham ilg‘or. Viloyatning yer bilan tillashayotgan bog‘bonlari kuniga 5 tonnagacha o’rik eksport qilib yaxshigina daromad topmoqda.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Qanday hollarda xodimning ruxsatisiz ish haqidan ushlab qolinadi?

👉soliqlar va yig‘imlarni undirish uchun;

👉sud qarorlarini va boshqa ijro hujjatlarini ijro etish, shuningdek vakolatli organlarning qonuniy talablarini bajarish uchun;

👉ish haqi hisobiga berilgan bo‘nakni ushlab qolish, boshqa joydagi ishga ko‘chib o‘tganligi munosabati bilan xo‘jalik ehtiyojlariga, xizmat safarlariga berilgan, sarflanmagan va o‘z vaqtida qaytarilmagan bo‘nakni ushlab qolish uchun;

👉xodim tomonidan ish beruvchiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash uchun, agar yetkazilgan zararning miqdori xodimning o‘rtacha oylik ish haqidan oshmasa;

👉ish beruvchi tomonidan xodimga qo‘llangan jarimani undirish uchun;

👉xodim qaysi ish yili hisobiga ta’til olib bo‘lgan bo‘lsa, o‘sha yil tugaguniga qadar mehnat shartnomasi bekor qilinganda ta’tilning ishlab berilmagan kunlari uchun.

❗️Har bir to‘lov chog‘ida ish haqidan ushlab qolingan mablag‘larning umumiy summasi xodimga haqiqatda hisoblangan ish haqining 50 foizidan oshishi mumkin emas.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1-iyuldan pensiya va nafaqalar, 1-avgustdan ish haqi va stipendiyalar 10% oshiriladi

🖊Prezident farmoniga muvofiq, 2025-yil 1-iyuldan boshlab pensiyalar, nafaqalar hamda kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqalari va moddiy yordam toʻlovlari 10 foizga oshiriladi.

1. Yoshga doir eng kam pensiya 918 ming soʻm, nogironlik pensiyasi 1 million 12 ming soʻmni tashkil etadi;

2. Kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqasining har oylik miqdori:

— 3 yoshgacha boʻlgan bitta kichik farzandi uchun – 360 000 soʻm,
— 3 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan bitta farzandi uchun – 275 000 soʻm,
— oilaning ikkinchi farzandi uchun qoʻshimcha – 165 000 soʻm;
— oilaning uchinchi va undan keyingi har bir farzandi uchun qoʻshimcha - 110 000 soʻm;

3. Kam taʼminlangan oilalar uchun moddiy yordamning oylik miqdori 420 000 soʻm etib belgilandi.

ℹ️ 2025-yil 1-avgustdan boshlab budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi va stipendiyalar miqdori ham 10 foizga oshirilishi belgilandi. Yaʼni, mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori amaldagi 1 mln 155 ming soʻmdan 1 mln 271 ming soʻmga oshirildi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Ishga qabul qilishda kimlarga dastlabki sinov belgilanmaydi?

▪️homilador ayol, 3 yoshga to‘lmagan bolasi bor ayol yoki 3 yoshga to‘lmagan bolani yolg‘iz o‘zi tarbiyalayotgan ota (vasiy);

▪️zaxiraga qo‘yiladigan ish o‘rinlariga ishga joylashtirish uchun yuborilgan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalaridan bo‘lgan shaxslar;

▪️davlat grantlari asosida o‘qigan va oliy ta’lim tashkilotini tamomlagan kundan e’tiboran 3 oy ichida yo‘llanma bo‘yicha olingan mutaxassisligiga doir ishga kirayotgan oliy ta’lim tashkilotlarining bitiruvchilari;

▪️tegishli ta’lim tashkilotini tamomlagan kundan e’tiboran 1 yil ichida birinchi bor ishga kirayotganda olingan mutaxassisligi bo‘yicha mustaqil ravishda ishga joylashayotgan umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim tashkilotlarining bitiruvchilari;

▪️6 oygacha muddatga mehnat shartnomasi tuzilayotgan xodimlar;

▪️18 yoshga to‘lmagan shaxslar;

▪️ishga qaytadan qabul qilingan taqdirda ish beruvchi ilgari qaysi xodimlar bilan mehnat shartnomasini alohida asoslar bo‘yicha bekor qilgan bo‘lsa, o‘sha shaxslar;

▪️ishlab chiqarishda o‘qitish shartnomasi bo‘yicha ushbu ish beruvchida o‘qishni o‘tagan o‘quvchilar.

👉batafsil

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
2025/07/03 10:35:41
Back to Top
HTML Embed Code: