Telegram Web Link
Koreyada ishlash maqsadida EPS-TOPIK imtihonlaridan o‘tib, SPAS elektron bazasida tasdiqlangan nomzodlar uchun navbatdagi tanlov kunlari tasdiqlandi.

Unga ko‘ra:
📆 22–28-may – Ishlab chiqarish, kemasozlik, tog‘-konchilik
📆 29-may – 4-iyun – Qishloq xo‘jaligi, baliqchilik, qurilish va servis sohalariga 22 418 ta kvota uchun ish 17 davlatdan munosib nomzodlar ish beruvchilar tomonidan saralanadi.
(qo'shimcha tanlov kunlari 9-10 iyun)

Ish beruvchi tanlov jarayonida:

▪️Qancha ishchi kerakligi
▪️Millati (2 xil millatdan tanlashi shart)
▪️Yoshini belgilaydi.
▪️ Shuningdek, zaruratga qarab, bo‘y, vazn, kasb, til bilish kabi talablarni aniqlaydi.

🔴Tizim berilgan mezonlarga mos keladigan nomzodlardan kerakli sonning 3 barobarida ro‘yxat shakllantiradi. Ish beruvchi ular orasidan o‘ziga mos nomzodlarni tanlab, ishchi shartnomalarini yuboradi.


❗️Diqqat


▪️
Ish beruvchi
istalgan millat vakillarini
tanlash huquqiga ega.
▪️
Bazada
nomzodlarning qachon imtihon topshirgani ko‘rinmaydi
.
▪️
SPAS tizimidagi
tasdiq muddati tugagan fuqarolar tanlovda ishtirok eta olmaydi
.


‼️Agar sizning SPAS bazasidagi bir yillik tasdiq muddatingizni tugash vaqti aynan tanlov kunlariga to‘g‘ri kelsa, uni ikkinchi yilga uzaytirish uchun o‘z vaqtida Migratsiya agentligiga murojaat qilishingiz tavsiya etiladi.

📞Murojaat uchun: (71) 202 33 55 qisqa raqam 1282

@uzmigration
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31728😴18🤨13😢976🔥4💯4🥰3😐3
🇰🇷 Janubiy Koreyada ishlab, O‘zbekistonga qaytgan fuqarolar diqqatiga!

Janubiy Koreya Respublikasida mehnat faoliyatini muvaffaqiyatli tugatib, O‘zbekistonga qaytgan fuqarolar EPS-Topik testida ishtirok etish maqsadida 2025-yil 17-24-mart kunlari 1006 nafar nomzod ro`yxatdan o'tgan edi.

🗓Ushbu nomzodlar uchun EPS-Topik testi joriy yil 21-26-aprel kunlari 2 xil manzilda o'tkazilishi rejalashtirilmoqda.

21-24 aprel kunlari uchun👇

📍Imtihon manzili:
Toshkent shahri Mirobod tumani Tolimarjon ko‘chasi 3-uy.

👉 Lokatsiya

📝 Nomzodlar ro'yxati


26-aprel shanba kuni👇

📍Imtihon manzili:
Toshkent shahri Yakkasaroy tumani Shota Rustaveli ko'chasi 156, (Kimyo Universiteti)

👉
Lokatsiya

📝
Nomzodlar ro'yxati

Imtihonga kirishda talab etiladigan hujjatlar va maʼlumotlar:
1.
xorijga chiqish pasporti;
2. 3,5 x 4,5 hajmdagi oq fonda, sifatli va rangli surat (2 dona).

❗️Imtihon ishtirokchilari uchun muhim ma'lumotlar:

1.
Belgilangan vaqtdan 1 soat oldin ko‘rsatilgan manzilga yetib kelish va ro‘yxatdan o‘tish lozim;
2. Xorijga chiqish pasportini olib kelmagan, belgilangan sana va vaqtdan kech qolgan fuqarolar imtihonga kiritilmaydi;
3. HRD shartlariga ko‘ra, takror yoki qayta apellyatsiya maxsus testi o‘tkazilmaydi.
4. Imtihonda elektron vositalaridan (mobil telefon, elektron soat, shpargalka va h.k.) foydalanish qat'iyan man etiladi;
5. HRD talablariga muvofiq, imtihon qoidalarini buzgan nomzodning natijalari bekor qilinadi va keyingi testlarda qatnashishi uchun 4 yil muddatga cheklov qo‘yiladi.


❗️Migratsiya agentligi imtihondan muvaffaqiyatli o'tgan fuqarolarni Koreya Respublikasida mehnat faoliyatini amalga oshirishini kafolatlamaydi.

📞 Murojaat uchun: 71 202-33-55 yoki 1282 qisqa raqami

Rasmiy manbalar — ishonchli ma’lumot, xavfsiz kelajak! 👇

🌐 "xorijda ish" e’lonlar kanali
🌐@uzmigration
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍24420🤔15🤓9🔥6👌6🤩5💯5😐4😴43
⚡️"WORKMALL” XUSUSIY BANDLIK AGENTLIGI E’LONI

Qonunchilikka muvofiq tegishli litsenziya asosida faoliyat yuritayotgan "WORKMALL" xususiy bandlik agentligi jahon mehnat bozorida talab yuqori bo'lgan ish o‘rinlari uchun tanlov e'lon qiladi:

Bolgariyalik ish beruvchilar sizni kuryer sifatida ishlashga taklif qiladi.

Eng kam ish haqi: 800 yevro

Bo'sh ish o'rinlari: 100 ta.

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:
▪️Kamida 1 yillik ish tajribasi;
▪️25-45 yosh oralig'ida bo'lish;
▪️A yoki B kategoriyali haydovchilik guvohnomasi;
▪️Rus yoki ingliz tilida muloqot qila olish.

Imtiyozlar:
▪️Turar joy;
▪️Sug'urta;
▪️Aviabilet.


👉ANKETANI TO'LDIRISH👈

Agentlik taklif qilayotgan boshqa vakansiyalar:
Oliy ma'lumotli elektriklar uchun(Oylik maosh: $1400+) - DIPLOM NUSXASINI YUBORISH
Turkiya davlatida chevarxona ishchilari uchun(Oylik maosh: $725+) - ANKETANI TO'LDIRISH
Rossiya davlatida issiqxona ishchilari uchun(Oylik maosh: $500+) - ANKETANI TO'LDIRISH

Murojaat uchun: 71-200-86-00
Filiallar: Andijon(50-008-86-17), Buxoro(95-158-86-16), Farg'ona(50-500-12-34), Jizzax(94-828-05-25), Namangan(90-273-93-93).

❗️Ushbu e’londagi ma’lumotlarning to‘g‘riligiga "WORKMALL" mas’ul!

🌐Migratsiya agentligining "xorijda ish" e’lonlar kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍318🤨5518🤔15😴14🎉42🥰2
Forwarded from Migratsiya agentligi
Ҳурматли юртдошлар!

Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Миграция агентлиги тизимида коррупциявий ҳуқуқбузарликлар тўғрисидаги хабарларни тезкор қабул қилиш учун махсус алоқа тармоқлари ишга туширилганини маълум қилади.

Агар сиз соҳада қонунбузарлик ёки коррупциявий хатти-ҳаракатларга гувоҳ бўлсангиз, @anticor_migrationbot телеграм боти, [email protected] электрон почтаси орқали бизга хабар беринг.

❗️Мурожаатингиз ўз вақтида кўриб чиқилиши ва шахсингиз сир тутилишини кафолатлаймиз.

Шунингдек, 71-202-44-11 ишонч телефонига (иш кунларида 9-00 дан 18-00 гача) қўнғироқ қилишингиз мумкин.

@uzmigration
👍221😴231212🤓9🎉54🤨4👨‍💻4🔥3👌3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Payvandlash sohasida xalqaro sertifikat — yuqori daromadli ish kafolati!

Endi O‘zbekistonda payvandlash sohasida xalqaro ISO 9606 sertifikatini olish imkoniyati bor!

Ushbu xalqaro e’tirof etilgan hujjat nafaqat kasbiy malakangizni baholash, balki Yevropa Ittifoqi davlatlari va boshqa rivojlangan mamlakatlarda ham yuqori malakali mutaxassis sifatida ishlash va yaxshi daromad qilish imkonini beradi!

O‘qish muddati: 1 oy (144 soat);
📚O‘quv dasturi: 70% amaliy va 30% nazariy
📗 Qo‘shimcha: Ingliz tili.

Migratsiya agentligi va O‘rta Chirchiq tuman hokimligi hamkorligida tashkil qilingan markazda malakali ustozlar bilan zamonaviy uskunalar yordamida nafaqat nazariy bilimga, balki real ishlab chiqarish muhitida amaliy tajribaga ega bo‘lasiz! O‘qishni muvaffaqiyatli tamomlaganlarga xorijiy ish beruvchilardan takliflar ham tayyor!

📲 Murojaat uchun: +998908077585; +998335515168
📍O‘qitish manzili: Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumani, Yangi Hayot MFY 2-son politexnikumi.

Ro’yxatdan o’tish uchun: HAVOLA

🌐Migratsiya agentligining "xorijda ish" e’lonlar kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍28713🤨8🔥76😴4🥰1😢1
⚡️"GLOBALHR” XUSUSIY BANDLIK AGENTLIGI E’LONI

Qonunchilikka muvofiq tegishli litsenziya asosida faoliyat yuritayotgan "GLOBALHR" xususiy bandlik agentligi mehnat bozorida talab yuqori bo'lgan ish o‘rinlari uchun tanlov e'lon qiladi.

Qatar davlatida yurtdoshlarimiz bort kuzatuvchiligi kasbi bo‘yicha ishga taklif qilinadi.

ish o‘rinlari: 100+
eng kam ish haqi: 2000$


Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:
▪️21-30 yosh oralig‘idagi qizlar va yigitlar (qizlar uchun ustuvorlik beriladi)
▪️Sudlanmagan va chet elga chiqish uchun ta'qiq bo‘lmasligi
▪️Ingliz tilida erkin muloqot qila olish (ingliz tiliga qo‘shimcha tarzda boshqa tillarni bilganlarga ustuvorlik beriladi)
▪️Bo‘y - 1.65 smdan kam bo‘lmasligi
▪️Badanda va yuzda - tatirovka, chizgi va shramlar bo‘lmasligi
* Nomzodlar chiroyli ko‘rinishda bo‘lishi kerak.

❗️Ish beruvchi talabiga qanchalik ko'p to'g'ri kelsangiz ishchi vizangiz shuchalik tez muddatlarda tayyor bo'ladi.

❗️Nomzod sifatida ro‘yxatdan o‘tish uchun quyidagi tugmani bosing
RO‘YXATDAN O‘TISH

Ish shartlari, xarajatlar xususida "GLOBALHR" xususiy bandlik agentliklari mutaxassislariga murojaat qilishingiz mumkin:

Murojaat uchun:
95-839-99-99
95-933-09-99
95-757-99-90

⚠️Ushbu e’londagi ma’lumotlarning to‘g‘riligiga "GLOBALHR" xususiy bandlik agentligi mas’ul!

🌐Migratsiya agentligining "xorijda ish" e’lonlar kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍346🤨7533😢26😴11😍9🫡8🤓75👌5😇3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇰🇷Koreyada ishlab kelganlarga YANGI XABAR – 627 nafar fuqaroga sug‘urta pullari qaytariladi!
삼성화재 보험
(SAMSUNGHWAJE)

2022-2023-2024-yillar oralig'ida Koreyada E-9 viza bilan ishlab qaytganlar, e’tibor bering! Agar siz ham 13-oylik yoki Samsung sug‘urta pulini olmagan bo‘lsangiz, balki ro‘yxatda bordirsiz? 627 nafar yurtdoshimizga to‘lov qaytarilishi kutilyapti. Pulni olish uchun 4 ta oddiy hujjat tayyorlang va Migratsiya agentligining hududiy filiallariga boring.


Kerakli hujjatlar:

1. Fuqarolik pasporti nusxasi (agar Koreyaga borgan davrda pasport almashtirilgan bo'lsa, bu haqdagi ma'lumotni ham taqdim etish lozim. Eski va yangi pasport raqamlari aniq ko'rsatilishi, ism-sharif ingliz tilida yozilishi kerak)

2. Milliy bankdan fuqaro nomiga ochilgan bank hisob raqami hujjati. ( fuqaroning ism-sharifi pasportdagi rasmli betda ko'rsatilgani bilan bir xil bo'lishi lozim. Lotin alifbosida yozilgan, hamda hujjatda bank muhrining bo'lishi shart)

3. Fuqaro nomidan to'ldirilgan ariza.

👉Fuqarolar ro'yxati.
👉Agentlik filiallari manzillari.
👉Ariza anketasini yuklab olish.
👉Anketa to'ldirish namunasi.

‼️Eslatma: Bu pullar hozirgi kunda EPS markazi hisobida ham, Agentlik hisobida ham emas, balki “HRD Korea”ni hisob raqamida turgan mablag‘lardir. Ro'yxatda mavjud fuqarolar hujjatlarni kamchiliklarsiz yig'ib topshirganlaridan so'ng, ma'lumotlar Koreya tomoniga yuboriladi. Hujjatlari tasdiqlangan fuqarolarning pul mablag'lari shaxsiy Milliy bank hisob raqamiga o'tkazib beradi.


🌐Migratsiya agentligining "xorijda ish" e’lonlar kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍25211🔥11😴6😍3🫡21🥰1💯1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⛔️ Narkotik savdosi va qimor o‘yinlariga aralashib qolmang!

Xorijda vaqtincha ishlab yurgan hamyurtlarimiz orasida ham yomon illatlar girdobiga tushib qolayotganlar oz emas.

Shu bois ogohlantirib qo‘yishni joiz bildik, bir martalik mo‘may daromad ilinjida o‘zingizni panjara ortiga otmang!

Tanimagan, shubhali shaxslar bilan ishlayotganingizda ehtiyot bo‘ling!

🌐Migratsiya agentligining "xorijda ish" e’lonlar kanali
🌐@uzmigration
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍207😴2116🔥6💯5👌3🕊2🤓1
Tikuvchilarni ochiq tanlovga taklif qilamiz, tekstil dunyosida tan olingan davlatda tajriba oshiring!

205 ta ish o'rni
yosh chegarasi: 23-50 yosh oralig'ida.
Ish haqi (sof maosh):
▪️tikuvchi - 24 850 Turk lirasi
▪️modelchi - 31 100 Turk lirasi
▪️mijozlar bilan ishlovchi hodim (ingliz tilini biladigan) - 31 500 Turk lirasi
Qo'shimcha ish soatlar uchun ustama haq to'lanadi

TALABLAR:
▪️sudlanmaganlik;
▪️O'zbekistondan chiqishga yoki Turkiyaga kirishga taqiqi bo'lmasligi;
▪️sohada kamida bir yillik tajribaga ega bo'lish;
▪️ruhan va jismonan sog'lom bo'lish.

Imtiyozlar:
▪️Turkiyadan O'zbekistonga qaytish uchun aviachipta;
▪️yotoqxona;
▪️bir mahal ovqatlanish;
▪️kasbga o'qitish;
▪️ichki transport;
▪️sug'urta;
▪️ishlash uchun ruxsatnoma xarajatlari.

Nomzod hisobidan:
▪️O'zbekistondan Turkiyaga borish uchun aviachipta;
▪️ishchi vizasi.


Tanlov manzili:
Toshkent shahri Olmazor tumani Sebzor ko‘chasi 313-uy. Toshkent shahar dizaynerlar va texnologlar tayyorlash texnikumi (Sobiq Olmazor yengil sanoat kolleji)
Tanlov sanasi va vaqti: 26.04.2025, soat 08:00
Lokatsiya

Buxoro shahri Piridastgir ko‘chasi 13-uy. Buxoro shahri Kasbiy ko‘nikmalar markazi
Tanlov sanasi va vaqti: 28.04.2025, soat 10:00
Lokatsiya

✍️ Ro'yxatdan o'tish

📞 Murojaat uchun: 71 202 335 (ichki raqam 87,77) ish kunlarida soat 9-00 dan 18-00 gacha.

@uzmigration
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍30124🤔17😴15🤨6🎉4💯3😢1
"TURON WORLD" XUSUSIY BANDLIK AGENTLIGI E’LONI

Qonunchilikka muvofiq tegishli litsenziya asosida faoliyat olib borayotgan "TURON WORLD" xususiy bandlik agentligi sizni Slovakiyadagi yuqori maoshli qurilish yo‘nalishlaridagi ish o‘rinlariga taklif qiladi!

🇸🇰 Slovakiyadagi ish takliflari:
Bo‘sh ish o‘rinlari soni: 50 ta
Ish haqi: oyiga €1100 (EUR) qo'lga tegishi
Yo‘nalishlar: G'isht teruvchi, betonchi, kranchi, payvandchilar
Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:
• Erkak (22-45 yosh)
• Rus tilida muloqot qila olish
• Kasb bo‘yicha ish tajribasiga ega bo‘lish

Imtiyozlar:
• Bepul turar joy
• Tibbiy sug‘urta
• Xavfsizlik

Oson va tez ro‘yxatdan o‘tish:
👉Onlayn ro'yxatdan o'tish👈

Agentlik taklif qilayotgan boshqa vakansiyalar:
Elektr sohasiga oid barcha yo'nalishlar (Bakalavr) Ish haqi: $1500+
Diplom nusxasini yuborish
Arxitektura, qurilish muhandisligi hamda landshaft arxitekturasi va shu kabi boshqa yo'nalishlar: Ish haqi $1500+
Diplom nusxasini yuborish
Qatar davlatiga ayollar uchun ofitsiantka ish o'rinlari: Ish haqi $1500+
CV (rezyume) yuborish

⚠️ Ushbu e’londagi ma’lumotlarga "TURON WORLD" xususiy bandlik agentligi mas’ul!

Murojaat uchun: 78 1470030

🌐Migratsiya agentligining "xorijda ish" e’lonlar kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍344🤨46😴3025🤔17🤓6👨‍💻5🫡4🥰3🤗3🏆2
Forwarded from Migratsiya agentligi
⚡️Россияда вақтинча меҳнат фаолиятини олиб бораётган ҳамюртларимиз учун муҳим хабар

Россия Федерацияси Президентининг имзолаган фармонига кўра Россия Федерациясидаги чет эл фуқаролари ва фуқаролиги бўлмаган шахсларнинг ҳуқуқий мақомини расмийлаштириши (легализация)лозим бўлган муддат 2025 йилнинг 10 сентябргача узайтирилди.

❗️Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Миграция агентлиги Россияда ишлаб юрган, аммо, ҳужжатларида камчилиги мавжуд бўлган барча юртдошларимизга ҳуқуқий, амалий ёрдам кўрсатишга тайёр.

Легализацияга доир саволлар билан қуйидаги телефон рақамларга ва телеграм орқали @huquqiy_yordam_uzbot га мурожаат қилинг:

☎️ (95) 985 33 55, (95) 983 33 55 🇺🇿
☎️ +79250454744🇷🇺
😎 @pomoshrussiamigrant
💬 WhatsApp: +79250454744


@uzmigration
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍492🔥22🤔2220🤓18👌10🤝7👨‍💻5👀5🫡54
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Germaniyada QASSOBLAR uchun 1750 YeVRO MAOSH! Shoshiling, 150 ta bo‘sh o‘rin!


Migratsiya agentligi va Germaniyaning “The International Placement People GmbH & Co. KG” kompaniyasi qassoblar uchun tanlov e’lon qiladi!

ish o‘rinlari: 150
Ish haqi: oyiga €1750 (qo‘lga tegishi)
Ish jadvali: haftasiga 44 soat

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:
▪️18–44 yoshdagi jismonan sog‘lom erkaklar;
▪️kamida 1 yillik qassoblik tajribasi;
▪️go‘shtni ajratish, sanitariya qoidalariga rioya qilish, o‘tkir tig‘li asboblar bilan ishlash ko‘nikmasi;
▪️ish beruvchisidan mehnat faoliyati bo‘yicha ma’lumotnoma (my.gov.uz dan);
▪️nemis tili A2 darajasi (xalqaro sertifikat shart);
▪️ta’lim darajasi: professional ta’lim yoki oliy ta’lim diplomi (Anabin saytida H+status bilan belgilangan bo‘lishi lozim);


Germaniya aeroportdan yashash joyigacha transport ish beruvchi hisobidan

Xarajatlar (nomzod hisobiga):
▪️ avia chipta, viza yashash va ovqatlanish;
▪️agentlik to‘lovi: 4 BHM;
▪️sinov muddati: 3 oy;

🎁Bonus: Avia chipta, viza va til sertifikati xarajatlari Migratsiya agentligi tomonidan “kompensatsiya”qilinadi!

➡️ RO‘YXATDAN O‘TISH

❗️Eslatma: ro‘yxatdan o‘tishda sertifikat, diplom va xorijga chiqish pasportini fayl shaklida yuklash talab etiladi.

Murojaat uchun: Migratsiya agentligi 1282, 71 202-33-55 (ichki raqam 77)

🌐Migratsiya agentligi e’lonlar kanali
🌐@uzmigration
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍482😢8344😴27🤨25🤔19🤓14🤩13👀7😐65
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Koreyada ishlashni rejalashtirayotgan hamyurtlarimiz uchun QULAY IMKONIYAT!

EPS-topik imtihonidan o‘tib, SPAS elektron bazasida ro‘yxatda turganlar uchun bepul onlayn koreys tili platformasi ishga tushirildi!


Bu yerda siz:
– Koreys tilidan bilim va ko‘nikmalaringizni takrorlash orqali mustahkamlaysiz, hamda darajangizni sinab ko‘rasiz.

Xo‘sh, qanday foydalaniladi?
- Telefon yoki kompyuter orqali kiriladi.
– ID raqamingiz oldiga “uz” qo‘shiladi
– Parol sifatida tug‘ilgan sanangizni tinish belgilarisiz(kun, oy, yil) birlashtirib kiritasiz (masalan: 01011999)


Vaqtni boy bermang – har kuni kamida 15 - 20 daqiqa koreys tili ustida ishlang, bilimingizni oshirib borish— kelajak uchun muhim qadam!

Platformaga o‘tish uchun hoziroq havola ustiga bosing⬇️
https://epsuzbekistan.masterk1.com/page/com/auth/n/b2bLogin

🌐Migratsiya agentligi e’lonlar kanali
@uzmigration
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍315😴3617👀9🔥8🤗86🤨6🥰4😍4👨‍💻4
XORIJDA ISH pinned a video
Forwarded from Migratsiya agentligi
Хорижда ишлаш учун визангиз чиқди, йўл чиптаси ҳам қўлингизда, харажатлар кўп бўлди, тўғрими?

Ана шундай фурсатда сиз учун — 4 ҚАДАМ ВА ХАРАЖАТЛАРИНГИЗ ҚОПЛАНАДИ!


"Xorijda ish" платформасидан рўйхатдан ўтиб, ташкиллаштирилган тартибда ишга кетяпсизми?
Эътибор беринг, бу жуда зўр имконият!

Ишчи виза харажатлари учун — БҲМнинг 5 бараваригача
(бораётган давлатига қараб бугунги кунда - 1млн 875 минг сўмгача)
Йўл чиптаси харажатлари учун — БҲМнинг 2 бараваригача (бораётган давлатига қараб бугунги кунда -750 минг сўмгача) бўлган маблағлар компенсация сифатида Миграция агентлиги томонидан тўлаб берилади.

Нима қилиш керак?

🔹Визанинг тасдиқланган нусхаси
🔹Виза пули тўланган квитанция
🔹Меҳнат шартномаси нусхаси
🔹Ариза
Йўл чиптаси учун ҳам худди шу тартиб!

Эсда тутинг:
аризада банк пластик карта ва транзит ҳисоб рақамлари, банк номи, MФО ҳамда ИНН рақамлари кўрсатилган бўлиши шарт.

Ҳужжатларингизни агентлик филиалига олиб боринг, ёки "Xorijda ish" платформасининг хизматлар бўлимига юкланг!


Аризангиз 3 иш кунида кўриб чиқилади ва сизга хабарнома юборилади.

➡️Онлайн ариза қолдириш ва ҳужжат юклаш
➡️Агентликнинг ҳудудий филиаллари манзиллари

Дўстларингизга ҳам улашинг — керак бўлиб қолади!

📞Батафсил: (71) 202 33 55 / ички рақамлар 121, 123, 171
қисқа рақам: 1282
.

@uzmigration
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍477😴5650🤔25😢15🤨14🔥9💯5🫡5😐3👌2
🇰🇷MAXSUS TEST NATIJALARI MA'LUM BO'LDI!

Koreya Respublikasida mehnat faoliyatini tugatib, O‘zbekistonga qaytgan fuqarolar uchun 2025-yil 21-24 va 26-aprel kunlari maxsus EPS-Topik testi tashkil etilgan edi. Imtixon natijalariga ko'ra - 188 nafar nomzod muvaffaqiyatli o‘tdi!

Statistika:
Test topshirish maqsadida ro’yxatdan o’tganlar: 1006 nafar
Qatnashganlar: 828 nafar
Kelmaganlar: 172 nafar
⛔️ Talablarni buzgan va chetlatilganlar: 6 nafar

👉 Testdan o'tganlar ro'yxati bu yerda

‼️ Diqqat:
Imtihon vaqtida qurilma olib kirgan 6 nafar fuqaro 4 yilga testdan chetlatildi!

Anketani topshirish muddati:
8 maydan boshlab, yashash manzilingiz bo‘yicha Migratsiya agentligi filiallariga murojaat qiling.


👉 Anketani yuklab olish

👉 Hududiy filiallar manzillari

☎️ Murojaat uchun: 1282 qisqa raqami yoki 71 202-33-55 (ichki raqam 241,243,244)

🌐Migratsiya agentligi e’lonlar kanali
@uzmigration
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍18222😴17👌3👀21🔥1🥰1💯1
Forwarded from XORIJDA ISH
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Koreyada ishlashni rejalashtirayotgan hamyurtlarimiz uchun YANGI IMKONIYAT!

EPS-topik imtihonidan o‘tib, SPAS elektron bazasida ro‘yxatda turganlar uchun bepul onlayn koreys tili platformasi ishga tushirildi!


Bu yerda siz:
– Koreys tilidan bilim va ko‘nikmalaringizni takrorlash orqali mustahkamlaysiz, hamda darajangizni sinab ko‘rasiz.

Xo‘sh, qanday foydalaniladi?
- Telefon yoki kompyuter orqali kiriladi.
– ID raqamingiz oldiga “uz” qo‘shiladi
– Parol sifatida tug‘ilgan sanangizni tinish belgilarisiz(kun, oy, yil) birlashtirib kiritasiz (masalan: 01011999)


Vaqtni boy bermang – har kuni kamida 15 - 20 daqiqa koreys tili ustida ishlang, bilimingizni oshirib borish— kelajak uchun muhim qadam!

Platformaga o‘tish uchun hoziroq havola ustiga bosing⬇️
https://epsuzbekistan.masterk1.com/page/com/auth/n/b2bLogin

🌐Migratsiya agentligi e’lonlar kanali
@uzmigration
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍180🤨2713😴5👨‍💻3🥰2🕊2
Forwarded from Migratsiya agentligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
9 май — Хотира ва Қадрлаш куни

Бугун — буюк Ғалабага ҳисса қўшган қаҳрамонлар, уруш ва меҳнат фидойилари хотирасини эъзозлаш куни.

Бу кун — ҳар биримиз учун ибрат, жасорат ва Ватанга садоқат рамзи.

Миграция агентлиги жамоаси тинчлик ва эркинлик учун жон фидо қилган ватандошларимизни чуқур ҳурмат ва миннатдорлик билан ёдга олади.

Қаҳрамонлар хотираси — абадий, жасоратлари — авлодларга намуна!

Хотира ва Қадрлаш куни муборак бўлсин!

@uzmigration
👍17718🔥8🤔5😢5🤨3🤗2👀1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ishonch yo‘qolsa — imkoniyatlar yopiladi!

📉 So‘nggi paytlarda Koreya Respublikasida vaqtinchalik ishlash uchun yuborilgan ayrim O‘zbekiston fuqarolarining shartnoma shartlariga amal qilmasligi va nolegal maqomga o‘tib ketish holatlari jiddiy muammoga aylanmoqda.

🇰🇷 Bu holatlar nafaqat alohida shaxsga, balki bu davlatda ishlash istagida bo'lganlarga ham salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda:

🔻 Koreya ish beruvchilari va rasmiylarini o'zbekistonlioklarga nisbatan ishonchi kamaymoqda.
🔻 O‘zbekiston uchun ajratiladigan mehnat kvotalarining pasayishiga olib kelmoqda.
🔻 Shartnomani buzgan fuqarolar ish topolmay, 3 oylik muddat ichida nolegal maqomga tushib qolmoqda.

❗️2025 - yil boshidan beri 3 nafar fuqaro sud qarori bilan qariyb 77 million so‘m jarimaga tortilgan.
Yana 28 nafar fuqaro yuzasidan sudga da’vo arizalari tayyorlangan.

👉 Shuni unutmang: sizning har bir harakatingiz — yurtimiz nomidan chiqayotgan minglab fuqarolarning kelajagiga ta’sir qiladi.
🛑 Qoidalarni buzmang, shartnomalarga amal qiling!

🌐Migratsiya agentligi e’lonlar kanali
@uzmigration
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍457🫡3326🤨19🔥13👌12🤔11🤓9👀9🤝9🎉5
NEMIS TILI O’QITUVCHILARI, SIZNI KATTA LOYIHALAR KUTMOQDA!

Migratsiya agentligi va Germaniyaning ish beruvchi kompaniyalari hamkorligida katta o'qitish loyihalari boshlandi.

🤝Xalqaro sertifikatingiz bormi? Unda Migratsiya agentligi bilan rasmiy hamkorlik taklifi!

Bizga zamonaviy pedagogik usullarni o'zlashtirgan, xalqaro ta'lim loyihalarida ishtirok etish istagidagi o'qituvchilar kerak!

🔑 Sizni kutayotgan imkoniyatlar:

Mamlakatimizning 14 ta hududidagi 23 ta ta'lim muassasalarining birida Germaniya standartlarida nemis tili o'quv kurslarini olib borish;
Ish joyingizdan ajralmagan holda oyiga 10 mln so'mgacha daromad topish.
O'zingizga qulay ish vaqtlari.

🧐 Biz sizdan nimani kutamiz?

▪️Nemis tili bo’yicha B2-C1 darajadagi sertifikat;
▪️Zamonaviy pedagogik metodikalarni qo'llash qobiliyati;
▪️O‘quvchilarga natijaga yo‘naltirilgan sifatli ta'lim berish ko‘nikmalari.

💼 Nima taklif qilamiz?

▪️Qulay va raqobatbardosh sharoitda ishlash imkoniyati;
▪️Barqaror va yuqori daromad;
▪️Xalqaro loyihalarda ishtirok etish imkoniyati!

💥 Agar siz yuqoridagi talablarga javob bersangiz va Germaniyada ishlash orzusidagi yurtdoshlarimizga yordam berishni xohlasangiz – bizga qo‘shiling!

📲 Qiziqyapsizmi? Ro‘yxatdan o‘tish uchun hoziroq quyidagi linkga o'ting⬇️
LINK

Sizni jamoamizda kutib qolamiz! 💪

@uzmigration
👍25431🔥20👌7🤔6😢5😴4👀3🫡3💯1🤨1
2025/07/12 16:04:59
Back to Top
HTML Embed Code: