Telegram Web Link
#yashil_energiya

Joriy yil boshidan buyon quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan ishlab chiqarilgan elektr energiyasi hajmi 5 mlrd kVt⋅soatga yetdi


Kecha, 6-iyul holatiga koʻra, Oʻzbekistondagi quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan 2025-yilda ishlab chiqarilgan elektr energiyasi miqdori 5 mlrd kVt⋅soatni tashkil qildi.

Bugungi kunda mamlakatimizning 10 ta viloyatida umumiy quvvati 4 119 megavatt boʻlgan 11 ta quyosh fotoelektr stansiyasi hamda 4 ta shamol elektr stansiyasi “yashil” energiya ishlab chiqarmoqda.

Navoiy va Samarqand viloyatlaridagi dastlabki quyosh elektr stansiyalari tarmoqqa ulanganidan soʻng 2022-yili 434 mln kVt⋅soat, 2023-yilda esa 576,9 mln kVt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan edi.

Oʻtgan yili respublikamizning 7 ta viloyatida joylashgan 9 ta quyosh va bitta shamol elektr stansiyalari tomonidan ishlab chiqarilgan jami elektr energiyasi hajmi 4 mlrd 860 mln kVt·soatni tashkil qildi.

Bundan 26 kun oldin, 2025-yil 10-iyun kuni soat 12:00 da joriy yil boshidan buyon quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan 4 mlrd kVt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgani qayd etilgan edi.

Kecha, 6-iyul holatiga ko‘ra, quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan 2025-yilda ishlab chiqarilgan elektr energiyasi miqdori 5 mlrd kVt⋅soatga yetdi. Bu oʻtgan vaqt mobaynida kuniga oʻrtacha 26,7 mln kVt·soat elektr energiyasi quyosh va shamol elektr stansiyalaridan olindi, deganidir.

Mazkur generatsiyaning 3 mlrd 125,4 mln kVt⋅soatlik qismi quyosh elektr stansiyalari tomonidan, 1 mlrd 915,1 mln kVt⋅soatlik qismi esa shamol elektr stansiyalari tomonidan ishlab chiqarildi.

Buning natijasida:

1 mlrd 515 mln kub metr tabiiy gaz tejalishiga erishildi;

atmosferaga 2 mln 220 ming tonnadan ortiq zararli gazlarning chiqishi oldi olindi.

Qolaversa, joriy yil boshidan bugun, 7-iyul soat 08:00 ga qadar Oʻzbekistondagi barcha gidroelektr stansiyalari va quyosh hamda shamol elektr stansiyalari tomonidan 8 mlrd 736,9 mln kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Bu joriy yildagi jami generatsiyaning 20,3 foizini tashkil qiladi.

Buning natijasida:

2 mlrd 647 mln kub metr tabiiy gaz tejalishiga erishildi;

atmosferaga 3 mln 879 ming tonnadan ortiq zararli gazlarning chiqishi oldi olindi.

Maʼlumot uchun: mazkur hajmdagi elektr energiyasi 7 million 280 mingta xonadonning olti oylik yoki 3 million 640 mingta xonadonning bir yillik meʼyoriy bazasini tashkil qiladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Tahlilnoma” tahlili: Xorazm viloyatida energiya resurslaridan samarali foydalanish bo‘yicha olib borilayotgan choralar.

—————

Анализ из «Тахлилнома»: меры по рациональному использованию энергетических ресурсов в Хорезмской области.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Samarqand va Xorazm viloyatlarida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganlik holatlari aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jomboy tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “X.B.” fermer xo‘jaligi rahbari I.X. tijorat maqsadida suv nasosini elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulab, 243,7 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Shu kabi Departamentning Shovot tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “B.O.” fermer xo‘jaligi rahbari N.B. tijorat maqsadida suv nasosini umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulab, 205,6 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Shuningdek, Departamentining Urganch shahri bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “G.S.” MCHJ rahbari S.X. savdo do‘konida elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib 102 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
#yashil_energiya

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 5 ta mikro GES ishga tushirildi


Nukus tumanida 3 ta, Xo‘jayli tumanida 2 ta mikro GES mahalliy aholi uchun elektr energiya ishlab chiqara boshladi.

Xususan, Nukus tumanida umumiy quvvati 45 kVt bo‘lgan 3 ta va Xo‘jayli tumanida har birining quvvati 50 kVtga teng bo‘lgan 2 ta (jami 145 kVt) mikro GES foydalanishga topshirildi.

Ushbu mikro GESlar orqali yiliga o‘rtacha 840 ming kVt·soat elektr energiya ishlab chiqariladi.

—————

#зелёная_энергия

В Республике Каракалпакстан введены в эксплуатацию 5 микроГЭС


Три микроГЭС в Нукусском районе и две в Ходжейлийском начали вырабатывать электроэнергию для местного населения.

В частности, в Нукусском районе введены в эксплуатацию 3 микроГЭС общей мощностью 45 кВт, а в Ходжейлийском районе2 микроГЭС мощностью по 50 кВт каждая. Общая мощность составляет 145 кВт.

Данные микроГЭС будут вырабатывать в среднем 840 тысяч кВт·ч электроэнергии в год.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Gender tenglik faoli” milliy tanlovi eʼlon qilindi

Oliy Majlis Senati, Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi hamda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tashabbusi bilan “Gender tenglik faoli” milliy tanlovi eʼlon qilindi.

Tanlovning maqsadi – tashkilotlar va jamoatchilik o‘rtasida gender tenglikni taʼminlashga qaratilgan siyosatni shakllantirish, bu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlarga keng jamoatchilik eʼtiborini qaratish, soha rivojiga hissa qo‘shayotgan faol subyektlarni rag‘batlantirish hamda ularning ilg‘or tajribalarini ommalashtirishdan iborat.

—————

Объявлен национальный конкурс
«Активист гендерного равенства»

По инициативе Сената Олий Мажлиса и Республиканской комиссии по вопросам повышения роли женщин в обществе, гендерного равенства и семьи, а также Комитета семьи и женщин объявлен национальный конкурс «Активист гендерного равенства».

Цель конкурса – формирование политики, направленной на обеспечение гендерного равенства между организациями и общественностью, привлечение внимания широкой общественности к проводимой в этом направлении работе, поощрение активных субъектов, вносящих вклад в развитие сферы, а также популяризация их передового опыта.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ахborot 24: Magistral gaz tarmoqlari tizimida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarining borishi tahlil qilindi.

—————

Ахборот 24: Проведен анализ хода подготовки к осенне-зимнему сезону в системе магистральных газовых сетей.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Toshkent shahridagi 220 kVli ikkita podstansiya zamonaviy texnologiyalar asosida yangilanadi

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va Xitoyning “Shandong Electrical Engineering & Equipment Group Co., Ltd.” kompaniyasi o‘rtasida Toshkent shahridagi 220 kV kuchlanishli “Zafar” va “Fayziobod” podstansiyalarini loyihalashtirish, yetkazib berish va o‘rnatish (EPC) ishlari bo‘yicha shartnoma imzolandi.

Loyihaning asosiy maqsadi — ushbu podstansiyalarni zamonaviy elegaz izolyatsiyali komplekt taqsimlovchi qurilma (KRUE) podstansiyalariga aylantirishdir.

Loyiha amalga oshirilishi natijasida quyidagi ustuvor natijalarga erishiladi:

🔹inson omilining ta’sirini minimallashtirish;
🔹tashqi iqlim sharoitlarining salbiy ta’sirini kamaytirish;
🔹ekspluatatsiya va texnik xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning xavfsizligini oshirish;
🔹podstansiyalarning ishonchli ishlashini ta’minlash;
🔹atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirish;
🔹podstansiyalarning zamonaviy estetik ko‘rinishini shakllantirish;
🔹ish faoliyatini optimallashtirish;
🔹ilg‘or texnologiyalar asosida ishlab chiqarilgan zamonaviy uskunalardan foydalanish.

Mazkur loyiha O‘zbekiston energetika tizimini zamonaviylashtirish va uning barqaror ishlashini ta’minlashga xizmat qiladi.

—————

Две подстанции 220 кВ в Ташкенте будут обновлены на основе современных технологий

Между АО «Национальные электрические сети Узбекистана» и китайской компанией «Shandong Electrical Engineering & Equipment Group Co., Ltd.» подписан контракт на проектирование, поставку и монтаж (EPC) подстанций «Зафар» и «Файзиобод» напряжением 220 кВ, расположенных в Ташкенте.

Основная цель проекта — модернизация этих подстанций с переходом на современные КРУЭ с элегазовой изоляцией.

В результате реализации проекта будут достигнуты следующие приоритетные результаты:

🔹минимизация влияния человеческого фактора;
🔹снижение негативного воздействия внешних климатических условий;
🔹повышение безопасности эксплуатационного и технического персонала;
🔹обеспечение надёжной работы подстанций;
🔹снижение негативного воздействия на окружающую среду;
🔹формирование современного эстетического облика подстанций;
🔹оптимизация производственной деятельности;
🔹использование современного оборудования, созданного на основе передовых технологий.

Реализация данного проекта будет способствовать модернизации и стабильной работе энергетической системы Узбекистана.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
#infografika

Energiyani tejash – barqaror kelajak sari muhim qadam!

🖋Aholi o‘rtasida energiya resurslaridan oqilona foydalanish maqsadida eslatma ishlab chiqildi!

😮 Ushbu eslatmada:

Energiya sarfi va tejamkorlik bo‘yicha foydali maslahatlar;

Maishiy texnikadan unumli foydalanish usullari;

Elektr va gaz sarfini kamaytirish yo‘llari tushuntirilgan.

💵 Energiya tejash — bu nafaqat iqtisod, balki atrof-muhitni himoya qilishga ham hissadir!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#xorij_xabarlari / #yashil_transport

Fakt 24
: AQShda elektromobillarni quyosh energiyasi orqali zaryadlovchi yirik stansiya barpo etildi.

To‘liq quyosh energiyasida ishlaydigan ushbu stansiya kuniga 1000 taga yaqin elektromobilni quvvatlash imkonini beradi.

—————

#мировые_новости / #зеленый_транспорт

Факт 24: В США построена крупная станция для зарядки электромобилей с использованием солнечной энергии.

Эта станция, работающая полностью на солнечной энергии, позволяет ежедневно заряжать до 1000 электромобилей.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
2025/07/13 17:01:59
Back to Top
HTML Embed Code: