Telegram Web Link
🌐 Samarqand BMT Davlat xizmati forumiga mezbonlik qilmoqda

Bugun, 23-iyun kuni Samarqand shahrida BMTning Davlat xizmati forumi (UNPSF 2025)ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Bu yilgi forum “2030-yilgacha besh yil: Barqaror kelajak uchun davlat xizmatlarini ko‘rsatishni jadallashtirish” mavzusiga bag‘ishlandi.

#️⃣Forum Yevropa, Osiyo, Lotin Amerikasi va Afrikadan, jumladan, Samoa va Butan kabi kichik davlatlardan vazirlar va davlat xizmatiga mas’ul organlar rahbarlarini birlashtirdi. Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, ilmiy doiralar, fuqarolik jamiyati, xususiy sektor vakillari va innovatsiya yetakchilari ham ishtirok etmoqda.

🔠Forum doirasida yalpi majlislar, mavzuli muhokamalar, strategik muloqotlar va ilg‘or amaliyotlar taqdimoti ham bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, ayniqsa rivojlanayotgan davlatlar o‘rtasida tajriba almashish hamda davlat xizmatlaridan teng va adolatli foydalanishni rag‘batlantirishga qaratilgan Samarqand vazirlar deklaratsiyasi muhokama qilindi.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/63339

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇸🇪Davlat xizmatlari forumi doirasida Shvetsiyaning Migratsiya vaziri bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Samarqand shahrida o‘tayotgan BMTning Davlat xizmati forumi doirasida Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Shvetsiya Migratsiya vaziri Yoxan Forssell bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Suhbat chog‘ida tomonlar O‘zbekistonda davlat xizmatlarini raqamlashtirish, aholiga elektron xizmatlar ko‘rsatish tizimini takomillashtirish va ushbu sohada amalga oshirilayotgan islohotlar yuzasidan fikr almashdilar.

Shu bilan birga, IT xizmatlar eksporti hajmini oshirish masalasi muhokama qilindi. Xususan, Shvetsiya bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan holda Yevropa bozorlariga chiqish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/63386

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/06/29 19:01:34
Back to Top
HTML Embed Code: