Telegram Web Link
Forwarded from Saida Mirziyoyeva
Bugun Samarqandda BMT Bosh kotibining iqtisodiy rivojlanish bo‘yicha yordamchisi Navid Hanif bilan samimiy va mazmunli uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muloqotning asosiy mavzusi — ilk bor O‘zbekistonda tashkil etilgan Davlat xizmati bo‘yicha global forum yakunlari va natijalariga bag‘ishlandi.

Suhbat davomida islohotlarimiz samarasi, raqamlashtirish jarayoni va “O‘zbekiston–2030” strategiyasi doirasidagi rejalar haqida ma’lumot berdik, shuningdek, hamkorlikning yangi yo‘nalishlari: yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, raqamli ko‘nikmalarni rivojlantirish, ayollar uchun imkoniyatlarni kengaytirish va mutaxassislarimizning BMT loyihalarida ishtirok etishini muhokama qildik. Ekologiya masalalari ham e’tibor markazida bo‘ldi — Xalqaro iqlim akademiyasini tuzish va Orol hududini tiklash bo‘yicha fikr almashdik.

Bugungi beqaror dunyoda eng muhim jihat — bir-birimizni eshitishni o‘rganish. BMT — ana shunday ochiq muloqot va yechimlarni birgalikda izlash mumkin bo‘lgan maydondir. Oldinda hali ko‘plab yangi g‘oya va loyihalarimiz bor — ularni hamjihatlikda amalga oshirishga tayyormiz.



Сегодня в Самарканде прошла тёплая и содержательная встреча с Навидом Ханифом, помощником Генерального секретаря ООН по экономическому развитию. Главная тема — итоги Глобального форума по госслужбе, который впервые прошёл в Узбекистане.

Мы поделились успехами реформ, цифровизации и планами по стратегии «Узбекистан–2030», а также обсудили новые направления сотрудничества: поддержку молодёжи, развитие цифровых навыков, расширение возможностей для женщин и участие наших специалистов в проектах ООН. Затронули и экологические вопросы — создание Международной климатической академии и восстановление Аральского региона.

Сегодня, когда в мире так много нестабильности, особенно важно учиться слышать друг друга. ООН — именно та площадка, где возможен открытый диалог и совместный поиск решений. Впереди у нас много новых идей и проектов, которые мы готовы реализовать вместе.
Raqamli texnologiyalar vazirligi – “Namunali vazirlik” nominatsiyasi g‘olibi

➡️ Samarqand shahrida “O‘zbekiston Respublikasi davlat organlari faoliyati samaradorligini baholash” dasturi sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

🟣Mukofotning ikkinchi sikli doirasida mamlakatimizdagi 17 ta vazirlik va idoradan 140 ga yaqin ishtirokchi tanlovda qatnashdi. Baholash 8 ta nominatsiya bo‘yicha olib borildi. Jarayonda 43 nafar ekspert va assessor BAAdan, 22 nafar mutaxassis O‘zbekistondan, 5 nafar xalqaro hakam BAAdan taklif etildi.

🟪Tahlillarga ko‘ra, Raqamli texnologiyalar vazirligi “Namunali vazirlik” nominatsiyasi g‘olibi deb topildi. Shuningdek, “Namunali vazir o‘rinbosari” nominatsiyasida Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari J. Maxsudov, shuningdek, vazirlikning Litsenziyalash va radiochastota spektridan foydalanishni tartibga solish bo‘limi boshlig‘i Dilmurod Dusmatov “Namunali boshqarma boshlig‘i” g‘olib deya e'tirof etildi.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/63321

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/06/29 04:00:35
Back to Top
HTML Embed Code: