📺 ✍️ 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni!
Hurmatli jurnalistlar, muharrirlar, blogerlar va ommaviy axborot vositalari sohasida fidokorona xizmat qilayotgan aziz hamkasblar!
Raqamli texnologiyalar vazirligi Sizlarni 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan samimiy muborakbod etadi!
Bugungi kunda O‘zbekistonning ochiqlik, oshkoralik va axborot erkinligi tamoyillarini mustahkamlash yo‘lida ommaviy axborot vositalarining roli beqiyosdir. Sizlar xalqimizning yangilik va haqiqatga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, fuqarolik jamiyatini shakllantirishda muhim ko‘prik bo‘lib xizmat qilmoqdasiz.
Zamonaviy texnologiyalar davrida tezkor, xolis va ishonchli axborotni yetkazish borasidagi sa’y-harakatlaringiz tahsinga loyiq.
Sizlarga mustahkam sog‘lik, ijodiy kuch-g‘ayrat, cheksiz muvaffaqiyatlar va eng muhimi, doimiy xalq e’tirofini tilaymiz!📰
📩 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram 📺 Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Hurmatli jurnalistlar, muharrirlar, blogerlar va ommaviy axborot vositalari sohasida fidokorona xizmat qilayotgan aziz hamkasblar!
Raqamli texnologiyalar vazirligi Sizlarni 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan samimiy muborakbod etadi!
Bugungi kunda O‘zbekistonning ochiqlik, oshkoralik va axborot erkinligi tamoyillarini mustahkamlash yo‘lida ommaviy axborot vositalarining roli beqiyosdir. Sizlar xalqimizning yangilik va haqiqatga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, fuqarolik jamiyatini shakllantirishda muhim ko‘prik bo‘lib xizmat qilmoqdasiz.
Zamonaviy texnologiyalar davrida tezkor, xolis va ishonchli axborotni yetkazish borasidagi sa’y-harakatlaringiz tahsinga loyiq.
Sizlarga mustahkam sog‘lik, ijodiy kuch-g‘ayrat, cheksiz muvaffaqiyatlar va eng muhimi, doimiy xalq e’tirofini tilaymiz!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
«Ekologiya, san’at, texnologiyalar» mavzusida umumiy sovrin jamg‘armasi 100 million so‘mdan ortiqni tashkil etadigan xakaton bo‘lib o‘tdi
UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamda School 21 raqamli texnologiyalar maktabi tomonidan tashkillashtirilgan «Ekologiya, san’at, texnologiyalar» mavzusida ikki kunlik xakaton bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda barcha viloyatlardan 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan 100 nafar ishtirokchilar qatnashdi. Ikki kun davomida ishtirokchilar ekologik muammoni his qilish va shakllantirish, loyihani prototipini yaratish va omma oldida himoya qilish kabi dizayn fikrlashning asosiy bosqichlaridan o‘tishdi. Ishtirokchilar tashabbusi bilan «Tech for Ecology» yo‘nalishida 16 ta, «Art for Ecology» yo‘nalishida 6 ta, jami 22 ta jamoalar tuzildi. Xakatonning umumiy sovrin jamg‘armasi 100 million so‘mdan ortiqni tashkil etdi.
🌱Tech for Ecology:
🥇 Fax jamoasi
Ekilgan daraxt ko‘chatlarining holatini kuzatish imkonini beruvchi mini-ilova. Ushbu mini-ilovaning maqsadi yosh avlodni har kuni daraxtlarni parvarish qilishga da’vat etishdan iborat.
🥈 Birlik jamoasi — «Agrobot» loyihasi
Qishloq xo‘jaligi ekinlari va o‘simliklarning zararlanish turi va darajasini aniqlashga yordam beruvchi bot.
🥉 GreenCode jamoasi — «EcoHabit» loyihasi
Ekologik chellenjlar va odatlarni amalga oshirish hamda kuzatishga mo‘ljallangan geymifikatsiyalashtirilgan ilova.
🎨 Art for Ecology:
🥇 GreeNation jamoasi — «Tabiat imo-ishoralarda» loyihasi
Ekologik mavzularni nogironligi bo‘lgan va bo‘lmagan bolalar birdek qiyinchiliksiz o‘rganishlari va his qilishlari mumkin bo‘lgan komiks.
🥈 EcoVengers jamoasidan — «Yashil Missiya» loyihasi
Ekologik odatlarni shakllantirish bo‘yicha mobil o‘yin.
🥉 Oxi.Art jamoasi — «Dur Anor» loyihasi
Hudud ifloslanishining interaktiv xaritasi.
🏆 Click tomonidan maxsus nominatsiya: Yashil Meros 2.0
G‘olib — EcoMind jamoasi o‘zining «Loopik» loyihasi bilan
Geymifikatsiya tizimi orqali chiqindilarni qabul qilish va saralash joylarini topishda insonlarga yordam beradigan ilova.
Bundan tashqari, StartUp Garage kompaniyasi ishtirokchilarga o‘zining ichki resurslarida ta’lim olishlari uchun 100 000 000 so‘mlik grantni taqdim etdi. Shuningdek, 10 ta jamoa qo‘shimcha ravishda o‘quv adabiyotlari bilan taqdirlandi.